Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Haqiqatdan shunday
41%
Haqiqatan shunday
👍23🤨15😱8💯4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
Rostdan shunday
32%
Rostan shunday
🔥18🤨15👍5😢4💯1
Bloknot, nota va notarius

Bloknot oʻzbekchaga rus tilidan kirgan, ruschaga fransuz tilidan. U yon daftarchani bildiradi.

Nota musiqada tovushning shartli grafik belgisidir. U tovushning oʻzini ham, maxsus belgilar bilan yozilgan musiqa asari matnini ham anglatadi.

Notarius esa yuridik hujjatlar bilan shugʻullanuvchi mutaxassis.

Bu uch soʻz bir-biridan uzoq maʼnolarni anglatsa-da, ularning zamirida oʻzak maʼno – yozish, qayd qilish bilan aloqa saqlanib qolgan. Uchala coʻz lotincha nota – belgi, nishon, qayd soʻzidan oʻsib chiqqan.

Nota lotincha gnoscere – bilmoq, tanimoq soʻziga, u esa qadimgi hind-yevropa tilidagi gnō – bilmoq oʻzagiga borib taqaladi. Bu oʻzakdan agnost, gnom, diagnoz, diagnostika, prognoz kabi soʻzlar ham hosil boʻlgan.

@oriftolib
👍26🔥7
Dunyo gʻaroyibotlarga boy

“Ekologlarning kuchi bitta echki va uning egasiga yetdi”, deb xabar beryapti Kun.uz. Navoiyda echkisi daraxt koʻchatiga arzimas shikast yetkazgan kishini ekologlar jarimaga tortibdi. Sohibi echkiga 1 mln 650 ming soʻm jarima yozilgan, tabiatga yetkazilgan zarar esa 990 ming soʻmga baholangan.

Aniqlanishicha, bir tup koʻchatga oʻsishdan toʻxtamaydigan darajada shikast yetkazilgan. Rasmga qaraganda, jabrdiyda koʻchat – tut.

Bu xabarga qanday sarlavha qoʻygan boʻlardingiz?

Mening variantlarim:

👉 Koʻchat: “Charxning men koʻrmagan jabr-u jafosi qoldimu?!”
👉 Echki: “Bilmayin yedim koʻchatni...”
👉 Echki odamga doʻst emas
👉 Tabiat yirik talafotdan omon qoldi

@oriftolib
😱33😢19👍11🤨8🔥1💯1
“Miqti” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
39%
Toʻlacha, ammo pishiq
18%
Xomsemiz, dum-dumaloq
43%
Pakana, past boʻyli
💯20👍8😢5🔥2😎1
Chumchuqlar turkumiga mansub, tumshugʻi egilgan, hasharot, mayda parranda va hayvonlar bilan oziqlanadigan qush – ...
Anonymous Quiz
18%
Karqunoq
62%
Qarqunoq
19%
Qarqoʻnoq
💯20👍9🔥3😢1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Kreativlik va samaradorlikning boshqa-boshqa narsalar ekaniga oid keys

Koʻpchilik kreativlik deganda amalda boʻlgan gʻoyadan biroz boshqacha, qiziqroq koʻringan gʻoyalarni nazarda tutadi. Oʻylashimcha, bunday emas. Har qanday gʻoyaga baho berilganda uning qiymati baribir muhim boʻlishi kerak. Qiymat uning samaradorligi asosida chiqadi.

Ikki tushunchaning farqini yaxshi tushuntirish uchun bir boʻlgan voqeani aytib beraman.

Universitet oʻqituvchilarga zamonaviy pedagogikadan bir haftalik seminar oʻtyapman. Mavzular orasida kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish ham bor. 40 daqiqa davomida oʻqituvchilarga tushuncha berdim. Keyin topshiriq berdim, guruh boʻlib, kreativ gʻoya yaratishlari va uni taqdimot qilishlari kerak edi.

Bir guruh quyosh batareyalari bilan jihozlangan yengil avtomobil gʻoyasini taqdim qildi. Mashina hech qanday pul sarflamasangiz ham yuradi. Zavoddan quyosh paneli bilan chiqadi. Tabiatning oʻzi buni taʼminlaydi. Ham zararsiz. Zoʻr-a?

Bu - kreativ gʻoya.

Lekin taqdimotdan soʻng boshqa guruh aʼzosi boʻlgan fizik oʻqituvchi eʼtiroz bildirib qoldi. Shu taqdimotni tanqidiy koʻrib chiqsam maylimi dedi. Ruxsat berdim. Uning soʻzlari quyidagicha:

“Agar bu yengil avtomobil boʻlsa, bu mashina uzoq yurmaydi, joyidan jilmasligi ham mumkin. Chunki avtomobilni qoʻzgʻatish va yurgizish uchun maʼlum miqdordagi quvvat kerak. Mashina sirtining hajmi hamda unga joylashadigan quyosh panellari hajmini hisoblab chiqsak, bu juda kam quvvat boʻlib, mashinani qoʻzgʻatish uchun yetmaydi. Insoniyat hali bu ixtiroga yetib kela olmagan. Aks holda, avtomobil zavodlari allaqachon buni yoʻlga qoʻygan boʻlardi. Yaʼni gʻoya yaxshi, lekin samarasiz.”

Koʻryapsizmi, gʻoya rostdan ham zoʻr. Lekin uning samarasi yoʻq. Samarasiz gʻoya esa har qancha kreativ boʻlmasin yoʻqlikka mahkum. Biz kreativ gʻoyalar axlatxonasini emas, samarali gʻoyalar omborini ishlab chiqish ustida ishlashimiz kerak.

@birgap
👍17🔥17💯6
Musicha, moʻrcha va moʻri

Bahrom Bafoyev “Koʻhna soʻzlar tarixi” kitobida yozishicha, bu uch soʻzning oʻzagi bir. Fors tilida musicha moʻs soʻziga -cha sifat darajasini yasovchi qoʻshimcha qoʻshilishi bilan hosil qilingan. Moʻs qora rangli jonivorni anglatgan. Musicha qoramtir rangdagi qush demakdir.

Moʻrcha soʻzi ham shu shaklda yasalgan. Moʻrchadagi moʻr moʻs bilan bir asosli, u ham qora rangni, qoralikni ifodalaydi. Moʻrcha qora rangli jonzot degan maʼnoni anglatadi. U shevalarimizda chumoli, qumursqa maʼnolarida qoʻllanadi. Moʻr-malaxday yopirildi iborasidagi moʻr ham chumolini anglatadi.

Tilimiz sandigʻidan joy olgan moʻri soʻzi ham moʻr asosidan yasalgan. Moʻri – oshxona, pechka, oʻchoq va shu kabilarning tutun chiqib ketadigan yoʻli. Moʻrilarning ichi odatda qurum boʻlib, qorakuyaga aylanib ketadi. Uning qora, qoralik maʼnosidagi soʻzdan hosil boʻlgani mantiqiy asosga ega.

@oriftolib
👍29🤨1
Qay biri toʻgʻri?

Gapga uncha-munchaga tushunavermaydigan; kaltafahm, anqov – ...
Anonymous Quiz
74%
Pandavaqi
14%
Pandavoqi
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😱21👍17😢7🤨2🤣1😎1
👍23😢8🤨7
Yubilyarning oʻzi qani?

Qaysidir marhum ijodkorni yodlash kechasida bir kishi: “Yubilyarning oʻzi qani?” degani va bu kulgiga sabab boʻlgani haqida yozuvchilar orasida latifa yurardi. Latifa yangiribdi.

@oriftolib
👍20🔥6😢5😱2🤨2🤣1😎1
“Yagʻrin” soʻzining maʼnosi nima?

Oftob yagʻrindan urib turadi. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”)
Anonymous Quiz
16%
Boshning ust qismi
27%
Bosh va boʻyin orasi
41%
Kurak usti, yelkalar oraligʻi
16%
Peshona, manglay
👍26💯8🔥3🤨3😎1
​​Yurt, yurak va yoʻrgʻa

Maʼnosi bir-biridan tamoman farqlanadigan bu soʻzlarning ildizi bir soʻzga – qadimgi turkiy tildagi yoʻrimoq – harakatlanmoq, yurmoq feʼliga borib taqaladi. Yurt soʻzi qadimgi turkiy tilda chodir, boshpana, qoʻnib oʻtiladigan yer maʼnosini anglatgan. “Devonu lugʻatit turk”da esa xaroba holidagi bino izlari, qoʻrgʻon va boshqalar deb izohlangan.

Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, yurak soʻzi ham yoʻrimoqdan hosil boʻlgan. Turkiy tillar etimologik lugʻati esa bu maʼlumotni shubha ostiga oladi. Bunga yurak soʻzi eskiligi, Oʻrxun-Enasoy bitiklarida ham mavjudligini asos qilib keltiradi. Bu soʻz “Devonu lugʻatit turk”da ham bor. Mahmud Koshgʻariy yuraklig, yuraklandi kabi soʻzlarni ham keltiradi. Bu soʻzlar mardlik va shijoat maʼnolarini ifodalash uchun ishlatilgan.

Yurak soʻzi tanadagi markaziy aʼzo, qalb, dil kabi maʼnolarni anglatishini bilamiz. U qardosh turkiy tillarda bu maʼnolardan tashqari ichak-chavoq, qorin, oshqozon, jigar, oʻt pufagi kabi maʼnolarda ham qoʻllanadi.

Yoʻrgʻa soʻzi oʻzbekchada mayda qadam tashlab, tez yuradigan degan maʼnoda ishlatiladi va ot yoki eshakning yurishini ifodalaydi. U juda koʻp turkiy tillarda ayni shu maʼnoda ishlatiladi.

@oriftolib
🔥11👍5💯1
Nihoyat yechimga yaqinmiz

Ayni paytda “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtyapti.

Muammoli 4 harfni oʻzgartirish boʻyicha takliflar:

Oʻ – Õ
Gʻ – Ğ
Ch – C
Sh – Ş


Boʻldi. Boshqa oʻzgarish yoʻq.

Choʻzilmay, tez orada amalga kirsa yaxshi boʻlardi. Menga maʼqul.

Shu 4 ta harfning qiyinchiligini koʻp tortganman. Isloh boʻyicha oʻzim ham takliflar bergandim. Unga toʻliq mos kelmasa-da, shu holatiga ham roziman. Murosa ham kerak. Bu yerda imkon qadar kam oʻzgartirish kiritish, noroziliklarni ozaytirish koʻzda tutilgan.

Bu oʻrinda soʻzimiz bir joydan chiqishi kerak. Xorazmcha aytganda, ogʻzibirchilik zarur.

@oriftolib
👍64💯7🤨6😢5🔥4
“Obonato!”

Afrikadagi bir qabilani õrganiş ucun borgan antropolog olim qabila bolalariga şunday õyin taklif qildi. Daraxt yoniga meva tõla savatni qõydi va: “Iclaringdan kim birinci bõlib daraxt yoniga yetib kelsa, manavi şirindan şakar mevalarning hammasi uniki bõladi!” deb eʼlon qildi.

U copişga ruxsat işorasini bergan payt bolalar bir-birlarining qõllarini mahkam tutib, birgalikda yugurişga tuşdi. Marraga yetib kelib, yutuqlari – mevalarni maza qilib yeyişdi. Mağlub bõlgan antropolog bolalardan mevalarni faqat bir kişi qozonişi mumkin bõla turib, nima ucun bunday qilganlarini sõradi. Ular: “Obonato!” deb javob berişdi. Bu sõz ularning tilida: “Men borman, cunki biz bormiz!” degan maʼnoni anglatardi.

Bolalar hali oq-qorani unca yaxşi tanimasa-da, mehr-oqibat nimaligini, bir kişi baxtiyor bõlib, qolganlar baxtsiz bõlsa, bu baxtiyorlik tatimasligini yaxşi bilar ekan.

“Gulxan” jurnalida cop etilgan.

👉
Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍48🤨13😢6💯2
Harf terish qaytaga osonlashadi

Koʻpchilik oʻzgarish boʻlsa, yana qiyin boʻladi-ku, klaviaturada bu harflar yoʻq-ku deb oʻylayapti. Aslida unday emas. Hozirgi muammolar bartaraf boʻladi. Harflar bitta tugmada chiqadi.

Rasmda kecha ishchi guruh taklif qilgan variantni aks ettirdim. Ş harfini boshqa joyga ham qoʻyish mumkin. Masalan, enterning chap tomonidagi tugmaga.

Bu klaviatura uchun terilma yasab olish muammo emas. Hozirgi alifbo uchun ham moslangan terilma bor, masalan. Windows va Appleʼga rasmiy soʻrov yuborilsa, ular keyinchalik yangilanishlar payti oʻzbek lotin klaviaturasini oʻzgartirib qoʻyadi.

Kompyuter klaviaturangizga bir qarang. Unda kirildagi ў, қ, ғ, ҳ harflari yoʻq. Ular щ, ы, –, = belgilari oʻrniga joylashtirilgan. Lotinda ham shunday boʻladi.

@oriftolib
👍44🤨8😢3💯3🔥1
Boshqa variant

W harfi joyida qoladi, inglizcha soʻz kelsa, terilmani oʻzgartirish shart emas.

@oriftolib
👍35😢5🤨2🔥1
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Asliyatda boʻgʻish, boʻgʻilish, nafasi qaytish; boʻgʻib oʻldirish; boʻgʻuvchi kabi maʼnolarni anglatuvchi bu soʻz oʻzbekchaga oʻzlashgach, maʼnosini oʻzgartirgan. Biroz koʻchma maʼno kasb etgan. Lekin soʻz oʻzbekchada ifodalagan maʼnoda boʻgʻilish…
Xafa

Izohli lugʻatga koʻra, xafa soʻzi forschadan oʻzlashgan va asliyatda boʻgʻish, boʻgʻilish, nafas qaytish; boʻgʻib oʻldirish; boʻgʻuvchi kabi maʼnolarga ega. Tojik tili izohli lugʻatida xafa kardan soʻzi ranjitmoq va boʻgʻmoq maʼnosida izohlangan.

Xafa soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Gʻamli, qaygʻuli, hasratli.

Kumush juda xafa koʻringanlikdan uning koʻnglini ochmoqqa toʻgʻri kelar edi.
A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.

2️⃣ Ranjigan, ozor topgan, norozi; arazlagan.

Kimdan xafasiz? Mendan xafa boʻlmang.

@oriftolib
👍25🔥2