👍25🤨13💯5🔥3
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Turkiyada yashab har kuni bitta kitobni o‘qib tugatayotgan bola yozgi taʼtilni o‘tkazish uchun O‘zbekistonga qaytgan va bir varoq ham o‘qimay qo‘ygan.
Yaqinda shu bolakay Turkiyaga qaytib, o‘qishni boshlab olibdi. Otasi yozyapti: "Bolalarning kitob o‘qishida muhit juda-juda muhim ekaniga bugun yana bir bor amin bo‘ldim. 9 yosh o‘g‘lim (3-sinf) butun yoz (75 kun) O‘zbekistonda o‘qiy olmagan 2 ta kitobni (har biri 140 betdan) Turkiyada maktab boshlangach, 5 kundayoq o‘qib tugatdi".
Baʼzan o‘ylab qolaman, bizning iqlimimiz, ovqatlarimiz va suvimiz, umuman, yashash tarzimiz ham kitob o‘qishga xalal bersa kerak deb. Gapim kulgili tuyilmasin, issiqning taʼsiri haqida real tadqiqotlar bor.
Siz nima deb o‘ylaysiz, kitobxon millat bo‘lishimizga qaysi omillar xalal beryapti?

👍50🔥10🤨7😱6😢6
Shoirning onasi
Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.
Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.
Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,
O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.
Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.
O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”
Xurshid Davron
#Sheʼriy_lahza
@oriftolib
Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.
Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.
Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,
O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.
Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.
O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”
Xurshid Davron
#Sheʼriy_lahza
@oriftolib
😢80👍26
Alifbo va alifbe: farqi nimada?
Alifbo soʻzi arab alifbosi boshidagi 1- va 2-harflar – alif va bo nomidan olingan. Bu soʻz oʻzbekchada biror til yozuv shakllarining, yaʼni harf va belgilarining maʼlum tartibda joylashgan majmuini anglatadi: oʻzbek alifbosi.
Izohli lugʻatga koʻra, xuddi shu maʼnoda alifbe soʻzi ham ishlatiladi. Biroq hozir amaliyotda alifbe soʻzi alifbo maʼnosida qoʻllanmaydi. U asosan boshlangʻich savod chiqarish kitobini bildiradi: birinchi sinf oʻquvchilari uchun alifbe.
Alifbe soʻzi koʻchma maʼnoda ham ishlatiladi. Bunda u biror maslak, taʼlimot, ilm va shu kabilarning boshlangʻich asoslari, eng oddiy qoidalarini ifodalaydi.
📌 Demak, harflarning tartibli qatori uchun alifbo, savod kitobi uchun alifbe soʻzini ishlatgan afzal.

👍56🔥3
“Boshi yostiqqa yetganda” iborasi qanday maʼnoda qoʻllanadi?
Anonymous Quiz
55%
Halovat, tinchlikka erishganda
36%
Kasal boʻlib yotib qolganda
9%
Baxt, obroʻ topganda
😢30👍12🤨7💯3😎1
👍23🤨15😱8💯4
🔥18🤨15👍5😢4💯1
Bloknot, nota va notarius
Bloknot oʻzbekchaga rus tilidan kirgan, ruschaga fransuz tilidan. U yon daftarchani bildiradi.
Nota musiqada tovushning shartli grafik belgisidir. U tovushning oʻzini ham, maxsus belgilar bilan yozilgan musiqa asari matnini ham anglatadi.
Notarius esa yuridik hujjatlar bilan shugʻullanuvchi mutaxassis.
Bu uch soʻz bir-biridan uzoq maʼnolarni anglatsa-da, ularning zamirida oʻzak maʼno – yozish, qayd qilish bilan aloqa saqlanib qolgan. Uchala coʻz lotincha nota – belgi, nishon, qayd soʻzidan oʻsib chiqqan.
Nota lotincha gnoscere – bilmoq, tanimoq soʻziga, u esa qadimgi hind-yevropa tilidagi gnō – bilmoq oʻzagiga borib taqaladi. Bu oʻzakdan agnost, gnom, diagnoz, diagnostika, prognoz kabi soʻzlar ham hosil boʻlgan.

👍26🔥7
Dunyo gʻaroyibotlarga boy
“Ekologlarning kuchi bitta echki va uning egasiga yetdi”, deb xabar beryapti Kun.uz. Navoiyda echkisi daraxt koʻchatiga arzimas shikast yetkazgan kishini ekologlar jarimaga tortibdi. Sohibi echkiga 1 mln 650 ming soʻm jarima yozilgan, tabiatga yetkazilgan zarar esa 990 ming soʻmga baholangan.
Aniqlanishicha, bir tup koʻchatga oʻsishdan toʻxtamaydigan darajada shikast yetkazilgan. Rasmga qaraganda, jabrdiyda koʻchat – tut.
Bu xabarga qanday sarlavha qoʻygan boʻlardingiz?
Mening variantlarim:
👉 Koʻchat: “Charxning men koʻrmagan jabr-u jafosi qoldimu?!”
👉 Echki: “Bilmayin yedim koʻchatni...”
👉 Echki odamga doʻst emas
👉 Tabiat yirik talafotdan omon qoldi

😱33😢19👍11🤨8🔥1💯1
“Miqti” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
39%
Toʻlacha, ammo pishiq
18%
Xomsemiz, dum-dumaloq
43%
Pakana, past boʻyli
💯20👍8😢5🔥2😎1
Chumchuqlar turkumiga mansub, tumshugʻi egilgan, hasharot, mayda parranda va hayvonlar bilan oziqlanadigan qush – ...
Anonymous Quiz
18%
Karqunoq
62%
Qarqunoq
19%
Qarqoʻnoq
💯20👍9🔥3😢1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Kreativlik va samaradorlikning boshqa-boshqa narsalar ekaniga oid keys
Koʻpchilik kreativlik deganda amalda boʻlgan gʻoyadan biroz boshqacha, qiziqroq koʻringan gʻoyalarni nazarda tutadi. Oʻylashimcha, bunday emas. Har qanday gʻoyaga baho berilganda uning qiymati baribir muhim boʻlishi kerak. Qiymat uning samaradorligi asosida chiqadi.
Ikki tushunchaning farqini yaxshi tushuntirish uchun bir boʻlgan voqeani aytib beraman.
Universitet oʻqituvchilarga zamonaviy pedagogikadan bir haftalik seminar oʻtyapman. Mavzular orasida kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish ham bor. 40 daqiqa davomida oʻqituvchilarga tushuncha berdim. Keyin topshiriq berdim, guruh boʻlib, kreativ gʻoya yaratishlari va uni taqdimot qilishlari kerak edi.
Bir guruh quyosh batareyalari bilan jihozlangan yengil avtomobil gʻoyasini taqdim qildi. Mashina hech qanday pul sarflamasangiz ham yuradi. Zavoddan quyosh paneli bilan chiqadi. Tabiatning oʻzi buni taʼminlaydi. Ham zararsiz. Zoʻr-a?
Bu - kreativ gʻoya.
Lekin taqdimotdan soʻng boshqa guruh aʼzosi boʻlgan fizik oʻqituvchi eʼtiroz bildirib qoldi. Shu taqdimotni tanqidiy koʻrib chiqsam maylimi dedi. Ruxsat berdim. Uning soʻzlari quyidagicha:
“Agar bu yengil avtomobil boʻlsa, bu mashina uzoq yurmaydi, joyidan jilmasligi ham mumkin. Chunki avtomobilni qoʻzgʻatish va yurgizish uchun maʼlum miqdordagi quvvat kerak. Mashina sirtining hajmi hamda unga joylashadigan quyosh panellari hajmini hisoblab chiqsak, bu juda kam quvvat boʻlib, mashinani qoʻzgʻatish uchun yetmaydi. Insoniyat hali bu ixtiroga yetib kela olmagan. Aks holda, avtomobil zavodlari allaqachon buni yoʻlga qoʻygan boʻlardi. Yaʼni gʻoya yaxshi, lekin samarasiz.”
Koʻryapsizmi, gʻoya rostdan ham zoʻr. Lekin uning samarasi yoʻq. Samarasiz gʻoya esa har qancha kreativ boʻlmasin yoʻqlikka mahkum. Biz kreativ gʻoyalar axlatxonasini emas, samarali gʻoyalar omborini ishlab chiqish ustida ishlashimiz kerak.
@birgap

👍17🔥17💯6
Musicha, moʻrcha va moʻri
Bahrom Bafoyev “Koʻhna soʻzlar tarixi” kitobida yozishicha, bu uch soʻzning oʻzagi bir. Fors tilida musicha moʻs soʻziga -cha sifat darajasini yasovchi qoʻshimcha qoʻshilishi bilan hosil qilingan. Moʻs qora rangli jonivorni anglatgan. Musicha qoramtir rangdagi qush demakdir.
Moʻrcha soʻzi ham shu shaklda yasalgan. Moʻrchadagi moʻr moʻs bilan bir asosli, u ham qora rangni, qoralikni ifodalaydi. Moʻrcha qora rangli jonzot degan maʼnoni anglatadi. U shevalarimizda chumoli, qumursqa maʼnolarida qoʻllanadi. Moʻr-malaxday yopirildi iborasidagi moʻr ham chumolini anglatadi.
Tilimiz sandigʻidan joy olgan moʻri soʻzi ham moʻr asosidan yasalgan. Moʻri – oshxona, pechka, oʻchoq va shu kabilarning tutun chiqib ketadigan yoʻli. Moʻrilarning ichi odatda qurum boʻlib, qorakuyaga aylanib ketadi. Uning qora, qoralik maʼnosidagi soʻzdan hosil boʻlgani mantiqiy asosga ega.

👍29🤨1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Gapga uncha-munchaga tushunavermaydigan; kaltafahm, anqov – ...
Gapga uncha-munchaga tushunavermaydigan; kaltafahm, anqov – ...
Anonymous Quiz
74%
Pandavaqi
14%
Pandavoqi
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😱21👍17😢7🤨2🤣1😎1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
28%
Tosh bilan urib pachaqladi
54%
Tosh bilan urib pachoqladi
19%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍23😢8🤨7
Yubilyarning oʻzi qani?
Qaysidir marhum ijodkorni yodlash kechasida bir kishi: “Yubilyarning oʻzi qani?” degani va bu kulgiga sabab boʻlgani haqida yozuvchilar orasida latifa yurardi. Latifa yangiribdi.

👍20🔥6😢5😱2🤨2🤣1😎1
“Yagʻrin” soʻzining maʼnosi nima?
Oftob yagʻrindan urib turadi. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”)
Oftob yagʻrindan urib turadi. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”)
Anonymous Quiz
16%
Boshning ust qismi
27%
Bosh va boʻyin orasi
41%
Kurak usti, yelkalar oraligʻi
16%
Peshona, manglay
👍26💯8🔥3🤨3😎1
Yurt, yurak va yoʻrgʻa
Maʼnosi bir-biridan tamoman farqlanadigan bu soʻzlarning ildizi bir soʻzga – qadimgi turkiy tildagi yoʻrimoq – harakatlanmoq, yurmoq feʼliga borib taqaladi. Yurt soʻzi qadimgi turkiy tilda chodir, boshpana, qoʻnib oʻtiladigan yer maʼnosini anglatgan. “Devonu lugʻatit turk”da esa xaroba holidagi bino izlari, qoʻrgʻon va boshqalar deb izohlangan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, yurak soʻzi ham yoʻrimoqdan hosil boʻlgan. Turkiy tillar etimologik lugʻati esa bu maʼlumotni shubha ostiga oladi. Bunga yurak soʻzi eskiligi, Oʻrxun-Enasoy bitiklarida ham mavjudligini asos qilib keltiradi. Bu soʻz “Devonu lugʻatit turk”da ham bor. Mahmud Koshgʻariy yuraklig, yuraklandi kabi soʻzlarni ham keltiradi. Bu soʻzlar mardlik va shijoat maʼnolarini ifodalash uchun ishlatilgan.
Yurak soʻzi tanadagi markaziy aʼzo, qalb, dil kabi maʼnolarni anglatishini bilamiz. U qardosh turkiy tillarda bu maʼnolardan tashqari ichak-chavoq, qorin, oshqozon, jigar, oʻt pufagi kabi maʼnolarda ham qoʻllanadi.
Yoʻrgʻa soʻzi oʻzbekchada mayda qadam tashlab, tez yuradigan degan maʼnoda ishlatiladi va ot yoki eshakning yurishini ifodalaydi. U juda koʻp turkiy tillarda ayni shu maʼnoda ishlatiladi.

🔥11👍5💯1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
39%
Marvon II – umaviylar davlatining soʻnggi hukmdori.
51%
Marvon II – Umaviylar davlatining soʻnggi hukmdori.
9%
Marvon II – “Umaviylar” davlatining soʻnggi hukmdori.
👍22😢5🔥2😎1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
26%
Marvon II – umaviylar sulolasining soʻnggi hukmdori.
58%
Marvon II – Umaviylar sulolasining soʻnggi hukmdori.
16%
Marvon II – “Umaviylar” sulolasining soʻnggi hukmdori.
👍21🤨12😱5😢2🔥1
Nihoyat yechimga yaqinmiz
Ayni paytda “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtyapti.
Muammoli 4 harfni oʻzgartirish boʻyicha takliflar:
Oʻ – Õ
Gʻ – Ğ
Ch – C
Sh – Ş
Boʻldi. Boshqa oʻzgarish yoʻq.
Choʻzilmay, tez orada amalga kirsa yaxshi boʻlardi. Menga maʼqul.
Shu 4 ta harfning qiyinchiligini koʻp tortganman. Isloh boʻyicha oʻzim ham takliflar bergandim. Unga toʻliq mos kelmasa-da, shu holatiga ham roziman. Murosa ham kerak. Bu yerda imkon qadar kam oʻzgartirish kiritish, noroziliklarni ozaytirish koʻzda tutilgan.
Bu oʻrinda soʻzimiz bir joydan chiqishi kerak. Xorazmcha aytganda, ogʻzibirchilik zarur.

👍64💯7🤨6😢5🔥4