Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu arg‘imchoqning nomini bilasizmi?

Buning nomi – innana.

Izohli lug‘atga ko‘ra, innana – uzun yog‘och yoki taxtani biror g‘o‘la ustiga muvozanatli o‘rnatib, ikki boshiga ikki kishi o‘tirib olib, navbat bilan ko‘tarilib-tushib o‘ynaladigan bolalar o‘yini va shunday moslamaning o‘zi.

👉 Manba: @xatoliklar

@oriftolib
👍44💯3
Koʻpik, koʻprik va koʻppak

Bu uch soʻzning qarindoshlik belgilari birinchi boʻgʻinda saqlanib qolgan. Koʻpik suyuqliklarda hosil boʻladigan mayda pufakchalardir. Koʻprik suv, chuqurlik va shu kabilar ustiga qurilgan yoʻlni anglatadi. Koʻppak esa xashaki it zoti.

Garchi bir-biridan umuman yiroq maʼnolarni ifodalasa-da, ularning ildizi bir. Koʻpik va koʻprik soʻzlari qadimgi turkiy tilda shishmoq, koʻtarilmoq maʼnosini anglatgan koʻpmoq feʼlidan hosil boʻlgan. Bu feʼl ayni shu shaklda bugungi tilimizda ham ishlatiladi: xamir koʻpdi.

Koʻpik va koʻprikning qarindoshligiga ishonish oson. Lekin koʻppak soʻzi oʻylantirib qoʻyadi. Turkiy tillar etimologik lugʻatiga koʻra, bu soʻz koʻp oʻzagining yumshoq, doʻmboq, koʻpchigan, hurpaygan, paxmoq kabi maʼnolaridan oʻsib chiqqan. Koʻppak soʻzi qadimda yungi oʻsgan, hurpaygan itni anglatgan.

Olimlar fikricha, koʻp soʻzi dastlab shish, boʻrtiq, doʻng, uyum, toʻda kabi maʼnolarni ifodalagan. Son, miqdor jihatidan ortiqlik mazmunini keyinroq olgan.

@oriftolib
👍41🔥5💯1
Qay biri toʻgʻri?

Begunoh, pok, toza – ...
Anonymous Quiz
37%
Masʼum
63%
Maʼsum
👍28😢7😎3
Qay biri toʻgʻri?

Baxtsizlik, falokat keltiruvchi, baxtsizlikdan darak beruvchi; shum; koʻngilsiz, noxush – ...
Anonymous Quiz
71%
Mashʼum
29%
Maʼshum
👍36😎1
Tahrir uchun jumla

👉 Sevimli koʻrsatuvingiz haqida oʻzingizning hamkasbingiz bilan suhbat olib borishingiz kerak.

Bu jumlani qanday ifodalagan yaxshi deb oʻylaysiz? Yoki oʻzi toʻkis holatdami? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
🔥8👍3
Mahkam aka uvvalo tushuntirishga urinsa ham, chol eshitmasdi. (R. Fayziy, “Hazrati inson”.)

Jumladagi “uvvalo” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
19%
Yalinib-yolvorib
65%
Astoydil urinib
16%
Baqirib-chaqirib
💯28👍13
Taʼminot toʻxtatiladi

#Amaliyot

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz taʼminoti oʻchiriladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi.

🟢 Taʼminot soʻzi bu jumlada yetkazib berish maʼnosiga ega. Gaz yetkazib berilishi toʻxtatiladi degan mazmun koʻzlangan. Taʼminotning oʻchish, yonish, oʻchirilish yoki yondirilish xususiyati boʻlmaydi.

@oriftolib
👍42🤨1
​​Hamal, hammol va homila

Hamal keldi – amal keldi degan maqolni eshitgan boʻlsangiz kerak. Hamal soʻzi oʻzbekchada burj nomini yoki shamsiy yil hisobi boʻyicha birinchi oyni anglatadi. Hamal oyi 22 martdan 21 aprelgacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, hamal soʻzi arabchada koʻp maʼnoli hamala – olib keldi feʼlidan hosil boʻlgan va qoʻzi maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada bu maʼnosini toʻla yoʻqotgan.

Hammol oʻzbekchada yuk tashuvchi, yukchi maʼnosida qoʻllanadi. Homila esa ona qornidagi bolani – embrionni bildiradi. Har ikki soʻz xuddi hamal kabi hamala feʼlidan yasalgan.

Bu uch soʻz farqli maʼnolarni anglatsa-da, ularni bir-biriga majozan bogʻlash mumkin. Hamal – ayni dehqonchilik ishlari bilan shugʻullanish, yerga urugʻ qadash mavsumi. Vaqti kelib yer xuddi homilador ayol kabi koʻpayishadi – hosil beradi. Yuk koʻtarish maʼnosida esa homila va hammol soʻzlarini bir ipga tizsa boʻladi. Homilador ona bolasini toʻqqiz oy qornida koʻtarib yuradi. Hammol esa yelkasiga yuk ortadi.

@oriftolib
👍28🤨5
Qay biri toʻgʻri?

Turkiy va moʻgʻul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qalʼa – ...
Anonymous Quiz
9%
Xadra
71%
Oʻrda
11%
Shahriston
9%
Registon
💯19👍6🔥3😱1
Atoqli olim Naim Karimov vafot etdi

Akademik, adabiyotshunos olim Naim Karimov 90 yoshda vafot etdi.

Naim Karimov XX asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U shu davrdagi oʻzbek adabiyoti va uning yirik vakillari ijodini milliy gʻoya mezonlari asosida oʻrganish ishini birinchilardan boʻlib boshlab bergan.

Zahmatkash olim Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Hamza kabi adiblarning koʻp jildli akademik nashrlarini tayyorlash va nashr etishda qatnashgan. Oʻrta maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurti talabalari uchun oʻzbek adabiyotidan darsliklar yozgan.

Domlani Alloh rahmat qilsin. Yaqinlariga sabr bersin.

🤲 Janoza bugun, 2023-yil 17-sentyabr kuni asr namozidan soʻng Chigʻatoy masjidida oʻqiladi. Marhum Chigʻatoy qabristoniga qoʻyiladi.

@oriftolib
😢71🔥9👍5
👍25🤨13💯5🔥3
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Turkiyada yashab har kuni bitta kitobni o‘qib tugatayotgan bola yozgi taʼtilni o‘tkazish uchun O‘zbekistonga qaytgan va bir varoq ham o‘qimay qo‘ygan.

Yaqinda shu bolakay Turkiyaga qaytib, o‘qishni boshlab olibdi. Otasi yozyapti: "Bolalarning kitob o‘qishida muhit juda-juda muhim ekaniga bugun yana bir bor amin bo‘ldim. 9 yosh o‘g‘lim (3-sinf) butun yoz (75 kun) O‘zbekistonda o‘qiy olmagan 2 ta kitobni (har biri 140 betdan) Turkiyada maktab boshlangach, 5 kundayoq o‘qib tugatdi".

Baʼzan o‘ylab qolaman, bizning iqlimimiz, ovqatlarimiz va suvimiz, umuman, yashash tarzimiz ham kitob o‘qishga xalal bersa kerak deb. Gapim kulgili tuyilmasin, issiqning taʼsiri haqida real tadqiqotlar bor.

Siz nima deb o‘ylaysiz, kitobxon millat bo‘lishimizga qaysi omillar xalal beryapti?
👍50🔥10🤨7😱6😢6
Shoirning onasi

Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.

Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.

Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,

O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.

Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.

O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”

Xurshid Davron

#Sheʼriy_lahza

@oriftolib
😢80👍26
Alifbo va alifbe: farqi nimada?

Alifbo
soʻzi arab alifbosi boshidagi 1- va 2-harflar – alif va bo nomidan olingan. Bu soʻz oʻzbekchada biror til yozuv shakllarining, yaʼni harf va belgilarining maʼlum tartibda joylashgan majmuini anglatadi: oʻzbek alifbosi.

Izohli lugʻatga koʻra, xuddi shu maʼnoda alifbe soʻzi ham ishlatiladi. Biroq hozir amaliyotda alifbe soʻzi alifbo maʼnosida qoʻllanmaydi. U asosan boshlangʻich savod chiqarish kitobini bildiradi: birinchi sinf oʻquvchilari uchun alifbe.

Alifbe
soʻzi koʻchma maʼnoda ham ishlatiladi. Bunda u biror maslak, taʼlimot, ilm va shu kabilarning boshlangʻich asoslari, eng oddiy qoidalarini ifodalaydi.

📌 Demak, harflarning tartibli qatori uchun alifbo, savod kitobi uchun alifbe soʻzini ishlatgan afzal.

@oriftolib
👍56🔥3
“Boshi yostiqqa yetganda” iborasi qanday maʼnoda qoʻllanadi?
Anonymous Quiz
55%
Halovat, tinchlikka erishganda
36%
Kasal boʻlib yotib qolganda
9%
Baxt, obroʻ topganda
😢30👍12🤨7💯3😎1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Haqiqatdan shunday
41%
Haqiqatan shunday
👍23🤨15😱8💯4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
Rostdan shunday
32%
Rostan shunday
🔥18🤨15👍5😢4💯1
Bloknot, nota va notarius

Bloknot oʻzbekchaga rus tilidan kirgan, ruschaga fransuz tilidan. U yon daftarchani bildiradi.

Nota musiqada tovushning shartli grafik belgisidir. U tovushning oʻzini ham, maxsus belgilar bilan yozilgan musiqa asari matnini ham anglatadi.

Notarius esa yuridik hujjatlar bilan shugʻullanuvchi mutaxassis.

Bu uch soʻz bir-biridan uzoq maʼnolarni anglatsa-da, ularning zamirida oʻzak maʼno – yozish, qayd qilish bilan aloqa saqlanib qolgan. Uchala coʻz lotincha nota – belgi, nishon, qayd soʻzidan oʻsib chiqqan.

Nota lotincha gnoscere – bilmoq, tanimoq soʻziga, u esa qadimgi hind-yevropa tilidagi gnō – bilmoq oʻzagiga borib taqaladi. Bu oʻzakdan agnost, gnom, diagnoz, diagnostika, prognoz kabi soʻzlar ham hosil boʻlgan.

@oriftolib
👍26🔥7
Dunyo gʻaroyibotlarga boy

“Ekologlarning kuchi bitta echki va uning egasiga yetdi”, deb xabar beryapti Kun.uz. Navoiyda echkisi daraxt koʻchatiga arzimas shikast yetkazgan kishini ekologlar jarimaga tortibdi. Sohibi echkiga 1 mln 650 ming soʻm jarima yozilgan, tabiatga yetkazilgan zarar esa 990 ming soʻmga baholangan.

Aniqlanishicha, bir tup koʻchatga oʻsishdan toʻxtamaydigan darajada shikast yetkazilgan. Rasmga qaraganda, jabrdiyda koʻchat – tut.

Bu xabarga qanday sarlavha qoʻygan boʻlardingiz?

Mening variantlarim:

👉 Koʻchat: “Charxning men koʻrmagan jabr-u jafosi qoldimu?!”
👉 Echki: “Bilmayin yedim koʻchatni...”
👉 Echki odamga doʻst emas
👉 Tabiat yirik talafotdan omon qoldi

@oriftolib
😱33😢19👍11🤨8🔥1💯1
“Miqti” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
39%
Toʻlacha, ammo pishiq
18%
Xomsemiz, dum-dumaloq
43%
Pakana, past boʻyli
💯20👍8😢5🔥2😎1
Chumchuqlar turkumiga mansub, tumshugʻi egilgan, hasharot, mayda parranda va hayvonlar bilan oziqlanadigan qush – ...
Anonymous Quiz
18%
Karqunoq
62%
Qarqunoq
19%
Qarqoʻnoq
💯20👍9🔥3😢1