@yoshlikjurnali – “Yoshlik” jurnalining rasmiy telegram kanali. Bu kanalda yoshlarining adabiy-ijtimoiy qarashlari aks etgan ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyoti sara asarlarini o‘qib borishingiz mumkin.
Ulanish
👉 @yoshlikjurnali
Ulanish
👉 @yoshlikjurnali
Xarita, karta va karton
Xarita soʻzi oʻzbekchaga arab tilidan oʻzlashgan. Uning rus tili orqali kirgan shakli ham bor – karta. Har ikki soʻz obyektlarning shartli tasvirini anglatadi. Karta oʻzbekchada boshqa maʼnoga ham ega: oʻyin qogʻozlari dastasi va ular vositasida boʻladigan oʻyin. Bu soʻzning oʻzbekchalashgan shakli – qarta.
Karton soʻzi maxsus ishlangan qalin, qattiq qogʻozni anglatadi.
Bu soʻzlarning bari lotincha charta soʻzidan hosil boʻlgan. Uning ildizi yunoncha chartiaga borib taqaladi. Chartia esa chartēs soʻzining kichraytirish-erkalash shakli boʻlib, papirus qogʻozi, varaq degan maʼnoni anglatadi.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, bu soʻzlar bir-biridan uzoqlashib ketgan boʻlsa-da, oʻzida dastlabki maʼno zarralarini saqlab qolgan. Ularning hammasi qogʻoz, varaq maʼnosi bilan maʼlum darajada bogʻlangan.
@oriftolib

👍27🔥1
👍15😢10💯3🔥1😱1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
56%
Matallar, uning bali, oshning kilogrami
34%
Matallar, uning balli, oshning kilogrammi
9%
Matalllar, uning balli, oshning kilogrammi
🤨20💯14👍7😱5
👍23💯5
Forwarded from Orif Tolib
Har narsada hikmat bor
Kema halokatidan faqat bir kishigina omon qoldi. Ummon to‘lqinlari uni kimsasiz orolga olib borib tashladi. U titrab-qaqshab Xudoga yolvordi, qutqarishini so‘radi.
Odam har kuni ufqlarga uzoq tikilib o‘tirar, biror qora ko‘rinarmikan deb umid qilardi. Nihoyat bu ishdan zerikdi. Tunash va yirtqichlardan himoyalanish uchun turli shox-shabbalardan bir boshpana qurdi. Oradan kunlar o‘tdi. Bir kuni kechgacha oziq-ovqat qidirib yurdi. Ancha-muncha yegulik topib, horib-tolib qaytib keldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki... Uyi yonib, bir uyum kulga aylanibdi. Bu holdan uning yuragi g‘azab va alamga to‘ldi:
– Ey Xudo, menda nima qasding bor!? – deb o‘krab yubordi.
Ertasi kuni tongda uni sohilga yaqinlashayotgan kema tovushi uyg‘otib yubordi. Kema bu yerga uni qutqarish uchun kelayotgandi.
– Bu yerda ekanimni qaydan bildinglar? – deb so‘radi u hayratlanib qutqaruvchilardan.
– Axir kecha o‘t yoqib ishora berding-ku! – deyishdi kemadagilar.

👍49🔥3😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu arg‘imchoqning nomini bilasizmi?
Buning nomi – innana.
Izohli lug‘atga ko‘ra, innana – uzun yog‘och yoki taxtani biror g‘o‘la ustiga muvozanatli o‘rnatib, ikki boshiga ikki kishi o‘tirib olib, navbat bilan ko‘tarilib-tushib o‘ynaladigan bolalar o‘yini va shunday moslamaning o‘zi.
👉 Manba: @xatoliklar

👍44💯3
Koʻpik, koʻprik va koʻppak
Bu uch soʻzning qarindoshlik belgilari birinchi boʻgʻinda saqlanib qolgan. Koʻpik suyuqliklarda hosil boʻladigan mayda pufakchalardir. Koʻprik suv, chuqurlik va shu kabilar ustiga qurilgan yoʻlni anglatadi. Koʻppak esa xashaki it zoti.
Garchi bir-biridan umuman yiroq maʼnolarni ifodalasa-da, ularning ildizi bir. Koʻpik va koʻprik soʻzlari qadimgi turkiy tilda shishmoq, koʻtarilmoq maʼnosini anglatgan koʻpmoq feʼlidan hosil boʻlgan. Bu feʼl ayni shu shaklda bugungi tilimizda ham ishlatiladi: xamir koʻpdi.
Koʻpik va koʻprikning qarindoshligiga ishonish oson. Lekin koʻppak soʻzi oʻylantirib qoʻyadi. Turkiy tillar etimologik lugʻatiga koʻra, bu soʻz koʻp oʻzagining yumshoq, doʻmboq, koʻpchigan, hurpaygan, paxmoq kabi maʼnolaridan oʻsib chiqqan. Koʻppak soʻzi qadimda yungi oʻsgan, hurpaygan itni anglatgan.
Olimlar fikricha, koʻp soʻzi dastlab shish, boʻrtiq, doʻng, uyum, toʻda kabi maʼnolarni ifodalagan. Son, miqdor jihatidan ortiqlik mazmunini keyinroq olgan.

👍41🔥5💯1
👍28😢7😎3
✅ Qay biri toʻgʻri?
Baxtsizlik, falokat keltiruvchi, baxtsizlikdan darak beruvchi; shum; koʻngilsiz, noxush – ...
Baxtsizlik, falokat keltiruvchi, baxtsizlikdan darak beruvchi; shum; koʻngilsiz, noxush – ...
Anonymous Quiz
71%
Mashʼum
29%
Maʼshum
👍36😎1
Tahrir uchun jumla
👉 Sevimli koʻrsatuvingiz haqida oʻzingizning hamkasbingiz bilan suhbat olib borishingiz kerak.
Bu jumlani qanday ifodalagan yaxshi deb oʻylaysiz? Yoki oʻzi toʻkis holatdami? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

🔥8👍3
Mahkam aka uvvalo tushuntirishga urinsa ham, chol eshitmasdi. (R. Fayziy, “Hazrati inson”.)
Jumladagi “uvvalo” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “uvvalo” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
19%
Yalinib-yolvorib
65%
Astoydil urinib
16%
Baqirib-chaqirib
💯28👍13
Taʼminot toʻxtatiladi
#Amaliyot
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz taʼminoti oʻchiriladi ❌
Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz taʼminoti toʻxtatiladi. ✅
🟢 Taʼminot soʻzi bu jumlada yetkazib berish maʼnosiga ega. Gaz yetkazib berilishi toʻxtatiladi degan mazmun koʻzlangan. Taʼminotning oʻchish, yonish, oʻchirilish yoki yondirilish xususiyati boʻlmaydi.

👍42🤨1
Hamal, hammol va homila
Hamal keldi – amal keldi degan maqolni eshitgan boʻlsangiz kerak. Hamal soʻzi oʻzbekchada burj nomini yoki shamsiy yil hisobi boʻyicha birinchi oyni anglatadi. Hamal oyi 22 martdan 21 aprelgacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, hamal soʻzi arabchada koʻp maʼnoli hamala – olib keldi feʼlidan hosil boʻlgan va qoʻzi maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada bu maʼnosini toʻla yoʻqotgan.
Hammol oʻzbekchada yuk tashuvchi, yukchi maʼnosida qoʻllanadi. Homila esa ona qornidagi bolani – embrionni bildiradi. Har ikki soʻz xuddi hamal kabi hamala feʼlidan yasalgan.
Bu uch soʻz farqli maʼnolarni anglatsa-da, ularni bir-biriga majozan bogʻlash mumkin. Hamal – ayni dehqonchilik ishlari bilan shugʻullanish, yerga urugʻ qadash mavsumi. Vaqti kelib yer xuddi homilador ayol kabi koʻpayishadi – hosil beradi. Yuk koʻtarish maʼnosida esa homila va hammol soʻzlarini bir ipga tizsa boʻladi. Homilador ona bolasini toʻqqiz oy qornida koʻtarib yuradi. Hammol esa yelkasiga yuk ortadi.

👍28🤨5
✅ Qay biri toʻgʻri?
Turkiy va moʻgʻul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qalʼa – ...
Turkiy va moʻgʻul xalqlarida hukmdor, xon qarorgohi, qalʼa – ...
Anonymous Quiz
9%
Xadra
71%
Oʻrda
11%
Shahriston
9%
Registon
💯19👍6🔥3😱1
Atoqli olim Naim Karimov vafot etdi
Akademik, adabiyotshunos olim Naim Karimov 90 yoshda vafot etdi.
Naim Karimov XX asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U shu davrdagi oʻzbek adabiyoti va uning yirik vakillari ijodini milliy gʻoya mezonlari asosida oʻrganish ishini birinchilardan boʻlib boshlab bergan.
Zahmatkash olim Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Hamza kabi adiblarning koʻp jildli akademik nashrlarini tayyorlash va nashr etishda qatnashgan. Oʻrta maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurti talabalari uchun oʻzbek adabiyotidan darsliklar yozgan.
Domlani Alloh rahmat qilsin. Yaqinlariga sabr bersin.
🤲 Janoza bugun, 2023-yil 17-sentyabr kuni asr namozidan soʻng Chigʻatoy masjidida oʻqiladi. Marhum Chigʻatoy qabristoniga qoʻyiladi.

😢71🔥9👍5
👍25🤨13💯5🔥3
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Turkiyada yashab har kuni bitta kitobni o‘qib tugatayotgan bola yozgi taʼtilni o‘tkazish uchun O‘zbekistonga qaytgan va bir varoq ham o‘qimay qo‘ygan.
Yaqinda shu bolakay Turkiyaga qaytib, o‘qishni boshlab olibdi. Otasi yozyapti: "Bolalarning kitob o‘qishida muhit juda-juda muhim ekaniga bugun yana bir bor amin bo‘ldim. 9 yosh o‘g‘lim (3-sinf) butun yoz (75 kun) O‘zbekistonda o‘qiy olmagan 2 ta kitobni (har biri 140 betdan) Turkiyada maktab boshlangach, 5 kundayoq o‘qib tugatdi".
Baʼzan o‘ylab qolaman, bizning iqlimimiz, ovqatlarimiz va suvimiz, umuman, yashash tarzimiz ham kitob o‘qishga xalal bersa kerak deb. Gapim kulgili tuyilmasin, issiqning taʼsiri haqida real tadqiqotlar bor.
Siz nima deb o‘ylaysiz, kitobxon millat bo‘lishimizga qaysi omillar xalal beryapti?

👍50🔥10🤨7😱6😢6
Shoirning onasi
Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.
Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.
Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,
O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.
Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.
O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”
Xurshid Davron
#Sheʼriy_lahza
@oriftolib
Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.
Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.
Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,
O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.
Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.
O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”
Xurshid Davron
#Sheʼriy_lahza
@oriftolib
😢80👍26
Alifbo va alifbe: farqi nimada?
Alifbo soʻzi arab alifbosi boshidagi 1- va 2-harflar – alif va bo nomidan olingan. Bu soʻz oʻzbekchada biror til yozuv shakllarining, yaʼni harf va belgilarining maʼlum tartibda joylashgan majmuini anglatadi: oʻzbek alifbosi.
Izohli lugʻatga koʻra, xuddi shu maʼnoda alifbe soʻzi ham ishlatiladi. Biroq hozir amaliyotda alifbe soʻzi alifbo maʼnosida qoʻllanmaydi. U asosan boshlangʻich savod chiqarish kitobini bildiradi: birinchi sinf oʻquvchilari uchun alifbe.
Alifbe soʻzi koʻchma maʼnoda ham ishlatiladi. Bunda u biror maslak, taʼlimot, ilm va shu kabilarning boshlangʻich asoslari, eng oddiy qoidalarini ifodalaydi.
📌 Demak, harflarning tartibli qatori uchun alifbo, savod kitobi uchun alifbe soʻzini ishlatgan afzal.

👍56🔥3
“Boshi yostiqqa yetganda” iborasi qanday maʼnoda qoʻllanadi?
Anonymous Quiz
55%
Halovat, tinchlikka erishganda
36%
Kasal boʻlib yotib qolganda
9%
Baxt, obroʻ topganda
😢30👍12🤨7💯3😎1