Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
👍30💯11🤨2🔥1
Rasmdagi narsa siz tomonlarda nima deb ataladi. Odatda non yopishda, non uzishda ishlatiladi. Qo'qon tomonlarda yengicha deyiladi. Fikrlarni izohda qoldiring.
@shevashunos
👍32
“Hammasiga shukr qilaman...”

Zaynab Sabanayeva

Mening bir dugonam bor. Boshiga ketma-ket musibatlar tushdi: oldin eri olamdan oʻtdi, keyin oʻzi ikki marta avtohalokatga uchradi. Natijada xastalandi. Bir necha bor yanglish tashxis qoʻygan doʻxtirlar nihoyat oxirgi va aniq xulosani aytdi: dugonamning bosh miyasida oʻsma bor ekan...

Doʻxtirlar kasalga aniq tashxis qoʻyolmay yurgan vaqtlarda oʻsma rivojlanib, bosh miya toʻqimalariga yetib boribdi. Bu juda jiddiy holat edi. Shunday boʻlsa-da, dugonam umidsizlikka tushmadi, oʻzini tezda qoʻlga oldi. Axir uning hali voyaga yetmagan bolalari bor, ayniqsa, kenjasi goʻdak yoshida. Biroq baʼzida mustahkam irodamiz va qatʼiyatimiz bizga bogʻliq boʻlmagan narsalar qarshisida ojiz qoladi...

Shunday qilib, uning miyasi ikki marta “oʻchib qoldi”. Doʻxtirlar dugonamga “yaratiqlar jumbogʻi” deb nom berishdi. Chunki shu paytgacha sogʻ-omon yurganiga aqllari hayron. U katta yoʻlni kesib oʻtayotib, oʻrtada tek qotib toʻxtab qolishi mumkin. Oʻziga qarab kelayotgan mashinani koʻrib-bilib turadi, biroq joyidan jilmaydi. Sababi maʼlum – miya oyoqlarga kerakli buyruqni bermaydi... Gohida esa oʻz bolalarini tanimay qoladi. Chunki miyaning xotirani taʼminlaydigan qobigʻi shikastlangan, shu bois tez-tez xotirasini yoʻqotib turadi. “Ochiq koʻz bilan yurish juda qiyin, koʻzlarimni hamisha yumib yurgim keladi”, deydi u. Dugonamning qoqsuyak boʻlib qolgan tanasi esa yeyish-ichishidan ham maza ketganini koʻrsatadi. Oʻzining aytishicha, bir qultum suv ichish unga koni azob. Dori-darmon olganidan keyingina sal tetik his etarkan oʻzini.

Dugonam yana koʻp narsalarni gapirib berdi. Garchi achinayotganimni undan yashirishga urinayotgan boʻlsam-da, butun vujudimni alamli bir iztirob qoplab olgan, ana shu iztirob oʻtkir tirnoqli qoʻllari bilan yuragimni ezgʻilar va bu yuz-koʻzimda ozmi-koʻpmi zohir edi. Ana shu damlarda uni qoʻllab-quvvatlashni judayam istadim. Yaratgan bandalariga turli-tuman koʻrgilik va qiyinchiliklarni yoʻllab sinashini va Alloh taolo ularga chiroyli sabr etganlar bilan birga boʻlishini aytgim keldi. Biroq u bunga oʻrin qoldirmadi, xuddi oʻy-xayollarimni oʻqib turganday: “Mendan ham ogʻirroq ahvolga tushganlar bor. Alloh peshonamga nimani yozgan boʻlsa, hammasiga shukr qilaman”, dedi dugonam. Ayni shu damda Tangri taolo uni menga yaxshi gap-soʻzlar bilan tinchlantirishim uchun yoʻllamaganini, aksincha, bu uchrashuv imonimni mustahkamlashim uchun bir ishora-sabab boʻlganini anglab yetdim. Chunki soʻnggi paytlarda bu masalaga unchalik ham eʼtibor bermayotgan edim-da...

Yaratgan menga tortiq etgan behisob neʼmatlar shukrini ado etmayotgan edim. Boriga qanoat qilmagan, itoatni unutgan chogʻlarimizda Alloh bizga biror insonni yoki voqeani ibrat qilib qoʻyadi. Eng muhimi, ana shu belgi-ishoralarni anglay bilishimiz va Oʻziga maqbul boʻladigan shaklda – samimiy, chin dildan tavba qilishimiz zarur.

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

“Irfon” taqvimida
chop etilgan.

@oriftolib
👍36
​​Ishonish qiyin: namoz va namaste, musicha va moʻri, koʻprik va koʻppak – kutilmagan qarindosh soʻzlar

Odam yettinchi avlodida begonaga aylanadi degan gap bor. Chunki avlodlar koʻpayib, bir-biridan uzoqlashib borgani sari oʻzaro qarindosh-urugʻlik ham bilinmaydigan darajaga yetadi. Bu hol soʻzlar bilan ham yuz beradi. Bitta asosdan paydo boʻlgan, bir ildizdan oʻsib chiqqan soʻzlar bora-bora begonalashadi, bir-biridan uzoq maʼnolarni ifodalay boshlaydi.

“Daryo” nashridagi maqolamda ana shunday soʻzlarning baʼzilarini sharhladim.

🔹 Namoz va namaste
🔹 Xarita, karta va karton
🔹 Koʻpik, koʻprik va koʻppak
🔹 Vakuum va vakant
🔹 Hamal, hammol va homila
🔹 Bloknot, nota va notarius
🔹 Musicha, moʻrcha va moʻri
🔹 Yurt, yurak va yoʻrgʻa
🔹 Chiroyli koʻzlar va kirpi

Oʻqish:
👉 https://dy.uz/ih5kY

@oriftolib
👍28😎1
Namoz va namaste

Namoz
soʻzi oʻzbekchaga forschadan kirgan. Musulmonlar kuniga besh mahal bajaradigan ibodatni anglatadi. Uning arabchasi salot, oʻzbekchasi yukunchdir.

Namoz oʻrta fors tilida hurmat koʻrsatish, egilish, duo maʼnolarida qoʻllangan. Olimlar fikricha, u qadimgi hind-yevropa tillariga borib taqaladi. Islom dini Fors yerlarida yoyilgach, bu qadimgi soʻz salotni ifodalash uchun ishlatila boshlagan.

Hindlar salomlashish uchun namaste soʻzini ishlatadi. Asli sanskritcha – namas. Taʼzim maʼnosiga ega. Namaste senga taʼzim, senga hurmat koʻrsataman degan maʼnodadir.

Forscha namoz va sanskritcha namas oʻzakdosh. Ammo namasteli salomlashish yoki bu soʻzlarning kelib chiqish tarixi Islom ibodatlariga aloqador emas. Fors tilida salot soʻzining tarjimasi sifatida shu atama tanlangan xolos.

🔹 Islom, juma
🔹 Tarovih va qadr
🔹
Salavot

@oriftolib
👍45😱11🔥3
​​“Sentyabr”mi yo “sentabr”?

Har bahorda shu boʻlar takror, deganlaridek, yana shu mavzu trendda. Aslida imlomizda bu kabi muammolar koʻp. Lekin “sentyabr”mi yo “sentabr” masalasi kuchliroq, qamrovi kengroq. Chunki maktablar sentyabr oyida yangi oʻquv yilini boshlaydi va oʻqituvchilar shu soʻzning imlosiga deyarli har kuni duch keladi.

Darsliklarda ham xilmaxilliklar bor. Oxirgi 5–10 yilda nashr etilgan darsliklarda sentabr, sentyabr, oktabr, oktyabr variantlari aralash ishlatilgan boʻlsa, Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan darsliklarda, jumladan, men muharrir yoki musahhih boʻlgan darsliklarda bir xil – sentyabr, oktyabr variantlari ishlatildi. Bu yil nashr qilingan darsliklarda esa sentabr, oktabr varianti tanlanibdi.

Hozircha bu soʻzning har ikki varianti toʻgʻri. Albatta, chalkashmaslik, chalkashtirmaslik uchun bitta variantni tanlagan maʼqul. “Daryo” nashrida chop etilgan maqolamda bu kabi tushunmovchiliklarga mutasaddilardan aniq yechim soʻragan edim. Ammo yechim berilmadi. “Alifbo isloh qilinsa, bu masala ham hal boʻladi”, degan javob boʻldi. Alifbo islohi esa qolib ketdi.

Bu masalada janjallashayotgan, bahslashayotganlarga vaqtlarini behuda sarflamaslikni maslahat bera olaman xolos. Oʻqituvchilar esa bitta variantni tanlab davom etaverishlari, mabodo ikki variantdan qay biri toʻgʻriligi haqida savol soʻralsa, hozircha ikkovi ham toʻgʻri ekanini aytishlari mumkin. Yoki oʻzlari maʼqul koʻrgan yoʻlni tutishadi.

Mavzuga aloqador maqolalarga havolalar beraman. Qiziqqanlar tanishib chiqishi mumkin:

👉 Muhokamalarning “sevimli” savoli: “sentabr”mi yoki “sentyabr”?
👉 Egasi yoʻq muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak
👉 Munosabat va ochiq qolgan savol
👉 Lotin yozuvi va muammolar

@oriftolib
👍26😢7
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Bugun Yoshlar ishlari agentligi va “Anorbooks” nashriyotining qo‘shma loyihasi – “Uyg‘onish” to‘plamining taqdimotida bo‘ldik.
Tadbirda Alisher Saʼdullayev yana bir ajoyib loyiha haqida so‘zlab berdi. “Mutolaaxona” deb nomlanayotgan bu loyiha yurtimizda o‘xshashi yo‘q elektron kutubxona bo‘ladi. Ilova (dastur)ni yaratishda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanilar ekan. Deylik, sizning 5 yoshli farzandingiz bor, unga nima o‘qib berishni bilmaysiz. Ilova o‘zi farzandingizning yoshi va qiziqishlariga mos kontentni tavsiya qiladi. Kerak bo‘lsa, yillik o‘quv rejasini kunlarga taqsimlab, har kunlik o‘quvni nazorat qiladi. Zarurat tug‘ilsa, o‘qilishi kerak bo‘lgan manbani eslatib turadi. Bolalar ijodkori sifatida bu loyihaning ahamiyatini yaxshi his qilaman. Ota-onalar yosh toifasiga qarab asar tanlashga juda qiynalishadi. Endi mutaxassislar jamoasi yosh bo‘yicha tasniflab chiqqan asarlar dasturga kiritilsa, muammo o‘z-o‘zidan yechiladi. Xullas shunaqa gaplar. Yoshlar ishlari agentligiga esa respekt!
👍47🔥7
“Islom” soʻzining maʼnosi nima?

Islom
soʻzining lugʻaviy maʼnolari:

1️⃣ Ixlos.
2️⃣ Turli ofatlardan salomat boʻlish.
3️⃣ Sulh va omonlik.
4️⃣ Itoat va boʻysunish.

Islomning sharʼiy maʼnosi esa “Alloh yagona” deb eʼtiqod qilib, Unga boʻysunish, butun qalb bilan Unga ixlos qilish va Alloh buyurgan diniy eʼtiqodga iymon keltirishdir.

👉 Manba

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Paygʻambarmi yoki paygʻambar?
🔹 “Namoz” soʻzining oʻzbekchasi
🔹 “Ramazon” soʻzining maʼnosi nima?
🔹 “Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo”
🔹 Salavot

@oriftolib
👍20💯11🔥3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
80%
Assalomu alaykum!
20%
Assalomu aleykum!
🔥23👍7🤨4😱2
Tarjima va tahrir mahorat maktabi

“Hilol Nashr” tahririyati hamda “Grand taʼlim” maskani qoshida tarjima va tahrir boʻyicha mahorat maktabi ochilayotgan ekan.

Mahorat maktabida oʻzbek tili mutaxassislari, mohir muharrirlar, tajribali professor-oʻqituvchilar va tarjimonlar nazariy va amaliy bilimlarini ulashadi.

Yozishlaricha, birinchi darsni taniqli muharrir, filologiya fanlari nomzodi Abdugʻafur Iskandar oʻtadi.

Batafsil: https://t.iss.one/HilolNashr/16311

@oriftolib
👍28🔥1💯1
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
👍5💯3
@yoshlikjurnali“Yoshlik” jurnalining rasmiy telegram kanali. Bu kanalda yoshlarining adabiy-ijtimoiy qarashlari aks etgan ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyoti sara asarlarini o‘qib borishingiz mumkin.

Ulanish
👉 @yoshlikjurnali
Xarita, karta va karton

Xarita soʻzi oʻzbekchaga arab tilidan oʻzlashgan. Uning rus tili orqali kirgan shakli ham bor – karta. Har ikki soʻz obyektlarning shartli tasvirini anglatadi. Karta oʻzbekchada boshqa maʼnoga ham ega: oʻyin qogʻozlari dastasi va ular vositasida boʻladigan oʻyin. Bu soʻzning oʻzbekchalashgan shakli – qarta.

Karton soʻzi maxsus ishlangan qalin, qattiq qogʻozni anglatadi.

Bu soʻzlarning bari lotincha charta soʻzidan hosil boʻlgan. Uning ildizi yunoncha chartiaga borib taqaladi. Chartia esa chartēs soʻzining kichraytirish-erkalash shakli boʻlib, papirus qogʻozi, varaq degan maʼnoni anglatadi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, bu soʻzlar bir-biridan uzoqlashib ketgan boʻlsa-da, oʻzida dastlabki maʼno zarralarini saqlab qolgan. Ularning hammasi qogʻoz, varaq maʼnosi bilan maʼlum darajada bogʻlangan.

@oriftolib
👍27🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
30%
Zamzam suvi
50%
Zam-zam suvi
20%
“Zam-zam” suvi
👍15😢10💯3🔥1😱1