Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
💯26👍14😢2😎1
“Admiral”ning asli-nasli – arab

Admiral
harbiy-dengiz flotidagi yuksak harbiy unvonni va shu unvonga ega boʻlgan shaxsni bildiradi. Bu soʻzning ildizi arabcha amirul bahr – dengiz amiri, dengiz hokimi iborasidir. Admiral atamasi deyarli barcha Yevropa tillariga kirib borgan. Oʻzbek tiliga rus tilidan, ruschaga esa holland tilidan oʻtgan.

Bu soʻz dastlab arablar boshqaruvidagi Sitsiliyada ishlatilgan. Keyinchalik bu hududni normanlar egallagach, atama oʻrta asr fransuz tili va genuya tillariga koʻchib oʻtgan.

@oriftolib
👍37
👍25😢11💯4
👍31🤨14💯10😢9😱4🔥3😎1
👍32💯9🔥4😢4🤨4😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
14%
Hechnima demadi.
86%
Hech nima demadi.
👍22💯8🔥4
👍34🔥2
Maska, maskarad va masxara

Uchala soʻz ham oʻzbek tilida ishlatiladi. Aslida uchalasining ildizi bir.

Maska fransuzchada masque, italyanchada maschera, ispanchada esa máscara shakliga ega. Bu soʻz arabcha masxarat(un)ustidan kulish, ermaklash; niqob soʻziga borib taqaladi. U Yevropa tillariga koʻchgach, teatr aktyorlari va komiklar kiyadigan niqobni anglatgan.

Maskarad maska, niqob va maxsus kiyimlar kiyib oʻtkaziladigan sayilni anglatadi. Talaffuzi arabcha masxaratga juda yaqinligini sezgan boʻlsangiz kerak. Maskarad oʻzbekchaga italyan, fransuz, rus tillarini kezib yetib kelgan.

Masxara oʻzbekchaga bevosita arab tilidan oʻtgan. Oʻzlashtirish jarayonida masxarat soʻzi oxiridagi t tovushidan voz kechilgan.

@oriftolib
👍35🔥2
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Chrome & Edge brauzerlarda o‘zbekcha imloni tekshiradigan ilk kengaytma!

Tahrirchining uzoq kutilgan kengaytmasi tayyor bo‘ldi! Endi qanday vebsaytda bo‘lishingizdan qat’i nazar, xatosiz yozing!

Kengaytmani o‘rnatish: https://tahrirchi.uz/product/browser

Kengaytma Chrome & Edge brauzerlarga o‘rnatiladi va Facebook, Twitter yoki Gmail kabi saytlarda ishlaydi, matnlaringizni tekshirib, to‘g‘rilab beradi.

Zamonaviy yechimlar bilan ishingizni yengillashtiring! Tahrirchidan foydalaning!

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥6
👍18💯15😢11
Qay biri toʻgʻri?

Usmonli sultonligida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon – ...
Anonymous Quiz
52%
Poshsho
13%
Poshsha
34%
Posho
💯19😢15👍6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
22%
Gulsapsar
51%
Gulsafsar
27%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😱26👍15😢6
Tarif va taʼrif qarindoshmi?

Taʼrif soʻzini tarif shaklida xato yozish koʻp uchraydi. Ammo alohida holatda tarif ham xato emas. Chunki oʻzbekchada tarif degan soʻz ham bor. Birinchi soʻz arabchadan oʻtgan boʻlsa, ikkinchisi ruschadan kirgan. Tarixan ikkisining ildizi bir. Asliyatda taʼrif(un) soʻzi aniqlash, izohlash, tanishtirish kabi maʼnolarni anglatadi. U boj toʻlovlari haqidagi eʼlon, toʻlovlar haqida eslatma maʼnosiga ham ega.

Taʼrif soʻzi oʻzbekchada asliyatga mos maʼnoni, tarif esa toʻlov stavkasi maʼnosini bildiradi. Masalan, uyali aloqa kompaniyalari turli narx-navo va shartlarga ega tariflarni taklif etadi.

Taʼrif va tarif oʻzbek tilidagi arafa, urf, maʼrifat kabi soʻzlar bilan oʻzakdosh.

@oriftolib
👍25💯2
Qay biri toʻgʻri?

Yungdan bosib tayyorlanadigan qalin pishiq palos, namat – ...
Anonymous Quiz
22%
Kiygiz
67%
Kigiz
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍28😢7🔥1
👍19💯5🔥4
​​Xalat podshohlar kiyimimi?

Xalat nimalagini juda yaxshi bilasiz: oʻzi ham, yengi ham uzun ustkiyim. U arabcha xilʼat soʻzidan. Xilʼat asliyatda tuhfa qilingan libosni anglatadi. Bu soʻz xuddi shu shaklda tilimizda mavjud. U tuhfa qilingan toʻn, toza kiyim maʼnolarini anglatadi. Biroq hozir xilʼat soʻzi eskirib ulgurgan, uni jonli tilda ishlatmay qoʻyganmiz.

Xalat soʻzi bizga ruschadan kirgan. Ruschaga esa turk tilidan oʻzlashgan. Turkchada hilat podshohlar inʼom qiladigan toʻnni ifodalagan. Bizning xonliklar kabi Usmonli sultonligida ham toʻn kiydirish anʼanasi boʻlgan. Odatda qoradan boshqa rangdagi choponlar taqdirlash uchun berilgan. Uni olganlar tez orada mansab pillapoyalaridan ham yuqorilagan.

Bilasiz, toʻn kiydirish anʼanasi yurtimizda bugunga qadar saqlangan. U endi podshohlarning emas, oddiy odamlarning amaliga aylangan. Eʼzoz va hurmat izhori sifatida kishining yelkasiga chopon tashlanadi.

Xalat rus tilida XVII asrda keng isteʼmolga kirgan. Oʻzbekchada bu soʻz XX asrdan ishlatila boshlagan.

@oriftolib
👍31
Qay biri toʻgʻri?

Noaniq, mujmal – ...
Anonymous Quiz
61%
Muhmal
16%
Moʻhmal
22%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😢22🤨12👍7💯5🔥1
👍30💯11🤨2🔥1
Rasmdagi narsa siz tomonlarda nima deb ataladi. Odatda non yopishda, non uzishda ishlatiladi. Qo'qon tomonlarda yengicha deyiladi. Fikrlarni izohda qoldiring.
@shevashunos
👍32
“Hammasiga shukr qilaman...”

Zaynab Sabanayeva

Mening bir dugonam bor. Boshiga ketma-ket musibatlar tushdi: oldin eri olamdan oʻtdi, keyin oʻzi ikki marta avtohalokatga uchradi. Natijada xastalandi. Bir necha bor yanglish tashxis qoʻygan doʻxtirlar nihoyat oxirgi va aniq xulosani aytdi: dugonamning bosh miyasida oʻsma bor ekan...

Doʻxtirlar kasalga aniq tashxis qoʻyolmay yurgan vaqtlarda oʻsma rivojlanib, bosh miya toʻqimalariga yetib boribdi. Bu juda jiddiy holat edi. Shunday boʻlsa-da, dugonam umidsizlikka tushmadi, oʻzini tezda qoʻlga oldi. Axir uning hali voyaga yetmagan bolalari bor, ayniqsa, kenjasi goʻdak yoshida. Biroq baʼzida mustahkam irodamiz va qatʼiyatimiz bizga bogʻliq boʻlmagan narsalar qarshisida ojiz qoladi...

Shunday qilib, uning miyasi ikki marta “oʻchib qoldi”. Doʻxtirlar dugonamga “yaratiqlar jumbogʻi” deb nom berishdi. Chunki shu paytgacha sogʻ-omon yurganiga aqllari hayron. U katta yoʻlni kesib oʻtayotib, oʻrtada tek qotib toʻxtab qolishi mumkin. Oʻziga qarab kelayotgan mashinani koʻrib-bilib turadi, biroq joyidan jilmaydi. Sababi maʼlum – miya oyoqlarga kerakli buyruqni bermaydi... Gohida esa oʻz bolalarini tanimay qoladi. Chunki miyaning xotirani taʼminlaydigan qobigʻi shikastlangan, shu bois tez-tez xotirasini yoʻqotib turadi. “Ochiq koʻz bilan yurish juda qiyin, koʻzlarimni hamisha yumib yurgim keladi”, deydi u. Dugonamning qoqsuyak boʻlib qolgan tanasi esa yeyish-ichishidan ham maza ketganini koʻrsatadi. Oʻzining aytishicha, bir qultum suv ichish unga koni azob. Dori-darmon olganidan keyingina sal tetik his etarkan oʻzini.

Dugonam yana koʻp narsalarni gapirib berdi. Garchi achinayotganimni undan yashirishga urinayotgan boʻlsam-da, butun vujudimni alamli bir iztirob qoplab olgan, ana shu iztirob oʻtkir tirnoqli qoʻllari bilan yuragimni ezgʻilar va bu yuz-koʻzimda ozmi-koʻpmi zohir edi. Ana shu damlarda uni qoʻllab-quvvatlashni judayam istadim. Yaratgan bandalariga turli-tuman koʻrgilik va qiyinchiliklarni yoʻllab sinashini va Alloh taolo ularga chiroyli sabr etganlar bilan birga boʻlishini aytgim keldi. Biroq u bunga oʻrin qoldirmadi, xuddi oʻy-xayollarimni oʻqib turganday: “Mendan ham ogʻirroq ahvolga tushganlar bor. Alloh peshonamga nimani yozgan boʻlsa, hammasiga shukr qilaman”, dedi dugonam. Ayni shu damda Tangri taolo uni menga yaxshi gap-soʻzlar bilan tinchlantirishim uchun yoʻllamaganini, aksincha, bu uchrashuv imonimni mustahkamlashim uchun bir ishora-sabab boʻlganini anglab yetdim. Chunki soʻnggi paytlarda bu masalaga unchalik ham eʼtibor bermayotgan edim-da...

Yaratgan menga tortiq etgan behisob neʼmatlar shukrini ado etmayotgan edim. Boriga qanoat qilmagan, itoatni unutgan chogʻlarimizda Alloh bizga biror insonni yoki voqeani ibrat qilib qoʻyadi. Eng muhimi, ana shu belgi-ishoralarni anglay bilishimiz va Oʻziga maqbul boʻladigan shaklda – samimiy, chin dildan tavba qilishimiz zarur.

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

“Irfon” taqvimida
chop etilgan.

@oriftolib
👍36