Sherali Joʻrayev olamdan oʻtdi
Oʻzbek sanʼatining chinakam yulduzi, millionlab yuraklarda soʻzga, badiiyatga, oʻzbekcha ohanglarga muhabbat uygʻotgan ulugʻ sanʼatkor Sherali Joʻrayev vafot etdi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Marhumni Alloh rahmatiga olsin. Ezgu amallarini oʻziga yoʻldosh qilsin.
@oriftolib

😢76👍3😱2🤨2🔥1
💯26👍14😢2😎1
“Admiral”ning asli-nasli – arab
Admiral harbiy-dengiz flotidagi yuksak harbiy unvonni va shu unvonga ega boʻlgan shaxsni bildiradi. Bu soʻzning ildizi arabcha amirul bahr – dengiz amiri, dengiz hokimi iborasidir. Admiral atamasi deyarli barcha Yevropa tillariga kirib borgan. Oʻzbek tiliga rus tilidan, ruschaga esa holland tilidan oʻtgan.
Bu soʻz dastlab arablar boshqaruvidagi Sitsiliyada ishlatilgan. Keyinchalik bu hududni normanlar egallagach, atama oʻrta asr fransuz tili va genuya tillariga koʻchib oʻtgan.

👍37
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
O‘quvchilarga “Qizil kitob” sovg‘a qilindi
32%
O‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi
👍25😢11💯4
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
37%
Hechqursa shuni toʻgʻri top!
63%
Hech qursa shuni toʻgʻri top!
👍31🤨14💯10😢9😱4🔥3😎1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Hechboʻlmasa bunisini toʻgʻri top!
89%
Hech boʻlmasa bunisini toʻgʻri top!
👍32💯9🔥4😢4🤨4😱1
👍22💯8🔥4
👍34🔥2
Maska, maskarad va masxara
Uchala soʻz ham oʻzbek tilida ishlatiladi. Aslida uchalasining ildizi bir.
Maska fransuzchada masque, italyanchada maschera, ispanchada esa máscara shakliga ega. Bu soʻz arabcha masxarat(un) – ustidan kulish, ermaklash; niqob soʻziga borib taqaladi. U Yevropa tillariga koʻchgach, teatr aktyorlari va komiklar kiyadigan niqobni anglatgan.
Maskarad maska, niqob va maxsus kiyimlar kiyib oʻtkaziladigan sayilni anglatadi. Talaffuzi arabcha masxaratga juda yaqinligini sezgan boʻlsangiz kerak. Maskarad oʻzbekchaga italyan, fransuz, rus tillarini kezib yetib kelgan.
Masxara oʻzbekchaga bevosita arab tilidan oʻtgan. Oʻzlashtirish jarayonida masxarat soʻzi oxiridagi t tovushidan voz kechilgan.

👍35🔥2
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Tahrirchining uzoq kutilgan kengaytmasi tayyor bo‘ldi! Endi qanday vebsaytda bo‘lishingizdan qat’i nazar, xatosiz yozing!
Kengaytmani o‘rnatish: https://tahrirchi.uz/product/browser
Kengaytma Chrome & Edge brauzerlarga o‘rnatiladi va Facebook, Twitter yoki Gmail kabi saytlarda ishlaydi, matnlaringizni tekshirib, to‘g‘rilab beradi.
Zamonaviy yechimlar bilan ishingizni yengillashtiring! Tahrirchidan foydalaning!
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥6
👍18💯15😢11
✅ Qay biri toʻgʻri?
Usmonli sultonligida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon – ...
Usmonli sultonligida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon – ...
Anonymous Quiz
52%
Poshsho
13%
Poshsha
34%
Posho
💯19😢15👍6
😱26👍15😢6
Tarif va taʼrif qarindoshmi?
Taʼrif soʻzini tarif shaklida xato yozish koʻp uchraydi. Ammo alohida holatda tarif ham xato emas. Chunki oʻzbekchada tarif degan soʻz ham bor. Birinchi soʻz arabchadan oʻtgan boʻlsa, ikkinchisi ruschadan kirgan. Tarixan ikkisining ildizi bir. Asliyatda taʼrif(un) soʻzi aniqlash, izohlash, tanishtirish kabi maʼnolarni anglatadi. U boj toʻlovlari haqidagi eʼlon, toʻlovlar haqida eslatma maʼnosiga ham ega.
Taʼrif soʻzi oʻzbekchada asliyatga mos maʼnoni, tarif esa toʻlov stavkasi maʼnosini bildiradi. Masalan, uyali aloqa kompaniyalari turli narx-navo va shartlarga ega tariflarni taklif etadi.
Taʼrif va tarif oʻzbek tilidagi arafa, urf, maʼrifat kabi soʻzlar bilan oʻzakdosh.

👍25💯2
✅ Qay biri toʻgʻri?
Yungdan bosib tayyorlanadigan qalin pishiq palos, namat – ...
Yungdan bosib tayyorlanadigan qalin pishiq palos, namat – ...
Anonymous Quiz
22%
Kiygiz
67%
Kigiz
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍28😢7🔥1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
57%
Yerga palos toʻshaldi.
32%
Yerga polos toʻshaldi.
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍19💯5🔥4
Xalat podshohlar kiyimimi?
Xalat nimalagini juda yaxshi bilasiz: oʻzi ham, yengi ham uzun ustkiyim. U arabcha xilʼat soʻzidan. Xilʼat asliyatda tuhfa qilingan libosni anglatadi. Bu soʻz xuddi shu shaklda tilimizda mavjud. U tuhfa qilingan toʻn, toza kiyim maʼnolarini anglatadi. Biroq hozir xilʼat soʻzi eskirib ulgurgan, uni jonli tilda ishlatmay qoʻyganmiz.
Xalat soʻzi bizga ruschadan kirgan. Ruschaga esa turk tilidan oʻzlashgan. Turkchada hilat podshohlar inʼom qiladigan toʻnni ifodalagan. Bizning xonliklar kabi Usmonli sultonligida ham toʻn kiydirish anʼanasi boʻlgan. Odatda qoradan boshqa rangdagi choponlar taqdirlash uchun berilgan. Uni olganlar tez orada mansab pillapoyalaridan ham yuqorilagan.
Bilasiz, toʻn kiydirish anʼanasi yurtimizda bugunga qadar saqlangan. U endi podshohlarning emas, oddiy odamlarning amaliga aylangan. Eʼzoz va hurmat izhori sifatida kishining yelkasiga chopon tashlanadi.
Xalat rus tilida XVII asrda keng isteʼmolga kirgan. Oʻzbekchada bu soʻz XX asrdan ishlatila boshlagan.

👍31
✅ Qay biri toʻgʻri?
Noaniq, mujmal – ...
Noaniq, mujmal – ...
Anonymous Quiz
61%
Muhmal
16%
Moʻhmal
22%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😢22🤨12👍7💯5🔥1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
72%
Moʻgʻullar qoʻshini
8%
Moʻgʻoʻllar qoʻshini
20%
Moʻgʻillar qoʻshini
👍30💯11🤨2🔥1
Forwarded from SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
Rasmdagi narsa siz tomonlarda nima deb ataladi. Odatda non yopishda, non uzishda ishlatiladi. Qo'qon tomonlarda yengicha deyiladi. Fikrlarni izohda qoldiring.
@shevashunos
@shevashunos
👍32