✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
23%
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi
77%
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi
👍32💯8🔥3
👍22😱16😢10🤨6
👍17😢14💯6🤨5🔥3
Avariya – shikast degani
Kimdir “Avariya ham asli arabcha”, desa, tomdan tarasha tushgandek boʻlsa kerak-a? Lekin shunday. Tadqiqotchilar fikricha, fransuz, italyan, ispan, nemis, polyak, ukrain, belorus, chex, rus kabi tillarda baʼzi tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiluvchi bu soʻz arabcha avor – shikast, ziyon soʻzidan hosil boʻlgan.
Avariya rus tiliga XVIII asr boshlarida italyanchadan oʻzlashgan. Dastlab u asliyatdagi kabi shikastlanish, zarar koʻrish maʼnosini bildirgan. Hammamizga maʼlum halokat maʼnosini oʻtgan asrda kasb etgan.
Bu soʻz oʻzbekchada transportlar va texnik vositalarning buzilishi, ishdan chiqishini yoki baxtsiz hodisa, falokat maʼnosini anglatadi.
@oriftolib

🔥27👍8
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
35%
Senla baxtiyorman.
49%
Sen-la baxtiyorman.
16%
Sen-ila baxtiyorman.
💯28👍15🤨8🔥4😱4😢1
Eshitmadim, demanglar!
Yoshlar ishlari agentligi homiyligi va rahbarligida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlab katta tanlov tashkil qilmoqchimiz.
Tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlangan. “Ibrat farzandlari” loyihasida oʻzbek tilidan savodxonlik darslarini koʻpaytirish va testlar ishlab chiqishga kirishdim. Tanlovdagi test savollarining aksariyati ana shu darslar asosida tuziladi. Baʼzi testlarni “Ibrat Academy” ilovasidan ham olishimiz mumkin.
@oriftolib sahifasini muntazam kuzatib boring. Kanalda tanlovga tayyorgarlik uchun testlar berib boriladi. Ularni baʼzan toʻgʻri topishingiz, baʼzan xatoga yoʻl qoʻyishingiz mumkin. Tanlovdagi testlarning koʻpi xuddi shu yoʻnalishda boʻladi.
Albatta, tanlov faqat testdan iborat boʻlmaydi. Boshqa yoʻnalishdagi sinovlarni ham kiritamiz.
🟢 Hozir tanlovni tashkil etish boʻyicha kengashyapmiz. Yaxshi takliflar boʻlsa, bajonidil qabul qilamiz. Siz qanaqa tanlov boʻlishini xohlaysiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

👍47🔥6
“Arsenal” jamoasining nomi asli arabchami?
Bu soʻz aslida harbiy sohaga oid. Arsenal oʻzbekchada qurol-aslaha yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joyni, qurol-yarogʻ omborini yoki koʻp sonli biron narsa, katta zaxirani anglatadi.
Bizga rus tilidan oʻtgan, rus tiliga esa fransuz tilidan oʻzlashgan. Fransuzcha arsenalning manbasi italyancha arsenale boʻlgan. U arabcha dorus sinoye – sanoat uyi, ustaxona soʻziga borib taqaladi.
Arsenal juda koʻp Yevropa tillariga kirib borgan. Inglizlarning mashhur “Arsenal” klubini bilsangiz kerak. London futbol jamoasiga bejiz bunday nom berilmagan – unga 1886-yili “Royal Arsenal” artilleriya zavodi ishchilari asos solgan. Demak, jamoa tarixi qurol-yarogʻ zavodiga bogʻlanadi.

👍34
Sherali Joʻrayev olamdan oʻtdi
Oʻzbek sanʼatining chinakam yulduzi, millionlab yuraklarda soʻzga, badiiyatga, oʻzbekcha ohanglarga muhabbat uygʻotgan ulugʻ sanʼatkor Sherali Joʻrayev vafot etdi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Marhumni Alloh rahmatiga olsin. Ezgu amallarini oʻziga yoʻldosh qilsin.

😢76👍3😱2🤨2🔥1
💯26👍14😢2😎1
“Admiral”ning asli-nasli – arab
Admiral harbiy-dengiz flotidagi yuksak harbiy unvonni va shu unvonga ega boʻlgan shaxsni bildiradi. Bu soʻzning ildizi arabcha amirul bahr – dengiz amiri, dengiz hokimi iborasidir. Admiral atamasi deyarli barcha Yevropa tillariga kirib borgan. Oʻzbek tiliga rus tilidan, ruschaga esa holland tilidan oʻtgan.
Bu soʻz dastlab arablar boshqaruvidagi Sitsiliyada ishlatilgan. Keyinchalik bu hududni normanlar egallagach, atama oʻrta asr fransuz tili va genuya tillariga koʻchib oʻtgan.

👍37
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
O‘quvchilarga “Qizil kitob” sovg‘a qilindi
32%
O‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi
👍25😢11💯4
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
37%
Hechqursa shuni toʻgʻri top!
63%
Hech qursa shuni toʻgʻri top!
👍31🤨14💯10😢9😱4🔥3😎1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Hechboʻlmasa bunisini toʻgʻri top!
89%
Hech boʻlmasa bunisini toʻgʻri top!
👍32💯9🔥4😢4🤨4😱1
👍22💯8🔥4
👍34🔥2
Maska, maskarad va masxara
Uchala soʻz ham oʻzbek tilida ishlatiladi. Aslida uchalasining ildizi bir.
Maska fransuzchada masque, italyanchada maschera, ispanchada esa máscara shakliga ega. Bu soʻz arabcha masxarat(un) – ustidan kulish, ermaklash; niqob soʻziga borib taqaladi. U Yevropa tillariga koʻchgach, teatr aktyorlari va komiklar kiyadigan niqobni anglatgan.
Maskarad maska, niqob va maxsus kiyimlar kiyib oʻtkaziladigan sayilni anglatadi. Talaffuzi arabcha masxaratga juda yaqinligini sezgan boʻlsangiz kerak. Maskarad oʻzbekchaga italyan, fransuz, rus tillarini kezib yetib kelgan.
Masxara oʻzbekchaga bevosita arab tilidan oʻtgan. Oʻzlashtirish jarayonida masxarat soʻzi oxiridagi t tovushidan voz kechilgan.

👍35🔥2
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Tahrirchining uzoq kutilgan kengaytmasi tayyor bo‘ldi! Endi qanday vebsaytda bo‘lishingizdan qat’i nazar, xatosiz yozing!
Kengaytmani o‘rnatish: https://tahrirchi.uz/product/browser
Kengaytma Chrome & Edge brauzerlarga o‘rnatiladi va Facebook, Twitter yoki Gmail kabi saytlarda ishlaydi, matnlaringizni tekshirib, to‘g‘rilab beradi.
Zamonaviy yechimlar bilan ishingizni yengillashtiring! Tahrirchidan foydalaning!
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥6
👍18💯15😢11
✅ Qay biri toʻgʻri?
Usmonli sultonligida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon – ...
Usmonli sultonligida fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon – ...
Anonymous Quiz
52%
Poshsho
13%
Poshsha
34%
Posho
💯19😢15👍6
😱26👍15😢6