Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
👍33😢10💯3😱2
Sirop, sharob va sharbat

Sirop meva sharbatini va shakarni qaynatib tayyorlangan qiyomni anglatadi. Dorixonalarda sotiladigan shirin suyuq dorilar ham odatda sirop ataladi. Bu bejiz emas. Manbalarda yozilishicha, sirop dastlab faqat yoz va bahor oylarida tayyorlangan. Gullardan olingan sharbatlar koʻproq mashhur boʻlgan. Ular asosan oziq-ovqat va dori tayyorlash uchun ishlatilgan.

Arabcha sharob italyanchaga siroppo, undan fransuzchaga sirop shaklida oʻtgan. Shunday qilib, sirop fransuzchadan ruschaga, undan oʻzbekchaga qadam ranjida qilgan.

Sharob soʻzi asliyatda ichimlik; sharbat; may kabi maʼnolarga ega. Uni oʻzbekchada ham ishlatamiz. Lekin tilimizga faqat uchinchi maʼnosi bilan oʻzlashgan. Sharob bilan oʻzakdosh sharbat esa oʻzbekchada mevalardan tayyorlangan shirin ichimlik maʼnosini anglatadi.

@oriftolib
👍28
​​Markaziy kengash: bosh harf bilanmi yoki kichik?

Katta-katta nashrlar, tashkilotlar, partiyalar markaziy kengash, ijroiya qoʻmitasi kabi birikmalarni yozishda xatoga yoʻl qoʻyadi. Xuddi oliy darajadagi tashkilot nomida boʻlgani kabi bu soʻzlarning har birini bosh harf bilan yozish keng tarqalgan. Bu xato hatto lugʻatlarga ham kirib borgan.

☑️ Oʻzi qanaqa yozilishi kerak?

Imlo qoidalariga koʻra, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi. Eʼtibor bering: birinchi soʻz. Qolgan soʻzlar kichik harfda boʻladi. Markaziy kengash, ijroiya qoʻmitasi soʻzlari tashkilot nomidagi birinchi soʻz emas. Kengash biror korxona, muassasa, jamiyatning farmoyish yoki maslahat beruvchi organidir. Xuddi boʻlimlar kichik harfda yozilgani kabi tashkilot ichidagi kengash va qoʻmitalar ham kichik harfda yozilishi kerak.

Menimcha, bu soʻzlarni bosh harfda yozish rus tili taʼsirida paydo boʻlgan. Biroq rus tilida ham kichik harfda yozish toʻgʻri aslida.

📌 Demak:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi

OʻzLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qoʻmitasi
OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi
OʻzLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Boʻlim va boshqarmalar nomi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik?
🔹 Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
🔹 Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi
🔹 Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?

@oriftolib
👍19
👍32💯8🔥3
👍22😱16😢10🤨6
Mustaqillik bayrami qutlugʻ boʻlsin!

@oriftolib
👍45🔥10😢1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Jigar sirrozi
68%
Jigar serrozi
👍17😢14💯6🤨5🔥3
Avariya – shikast degani

Kimdir “Avariya ham asli arabcha”, desa, tomdan tarasha tushgandek boʻlsa kerak-a? Lekin shunday. Tadqiqotchilar fikricha, fransuz, italyan, ispan, nemis, polyak, ukrain, belorus, chex, rus kabi tillarda baʼzi tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiluvchi bu soʻz arabcha avorshikast, ziyon soʻzidan hosil boʻlgan.

Avariya rus tiliga XVIII asr boshlarida italyanchadan oʻzlashgan. Dastlab u asliyatdagi kabi shikastlanish, zarar koʻrish maʼnosini bildirgan. Hammamizga maʼlum halokat maʼnosini oʻtgan asrda kasb etgan.

Bu soʻz oʻzbekchada transportlar va texnik vositalarning buzilishi, ishdan chiqishini yoki baxtsiz hodisa, falokat maʼnosini anglatadi.

@oriftolib
🔥27👍8
💯28👍15🤨8🔥4😱4😢1
Eshitmadim, demanglar!

Yoshlar ishlari agentligi homiyligi va rahbarligida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlab katta tanlov tashkil qilmoqchimiz.

Tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlangan. “Ibrat farzandlari” loyihasida oʻzbek tilidan savodxonlik darslarini koʻpaytirish va testlar ishlab chiqishga kirishdim. Tanlovdagi test savollarining aksariyati ana shu darslar asosida tuziladi. Baʼzi testlarni “Ibrat Academy” ilovasidan ham olishimiz mumkin.

@oriftolib sahifasini muntazam kuzatib boring. Kanalda tanlovga tayyorgarlik uchun testlar berib boriladi. Ularni baʼzan toʻgʻri topishingiz, baʼzan xatoga yoʻl qoʻyishingiz mumkin. Tanlovdagi testlarning koʻpi xuddi shu yoʻnalishda boʻladi.

Albatta, tanlov faqat testdan iborat boʻlmaydi. Boshqa yoʻnalishdagi sinovlarni ham kiritamiz.

🟢 Hozir tanlovni tashkil etish boʻyicha kengashyapmiz. Yaxshi takliflar boʻlsa, bajonidil qabul qilamiz. Siz qanaqa tanlov boʻlishini xohlaysiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍47🔥6
“Arsenal” jamoasining nomi asli arabchami?

Bu soʻz aslida harbiy sohaga oid. Arsenal oʻzbekchada qurol-aslaha yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joyni, qurol-yarogʻ omborini yoki koʻp sonli biron narsa, katta zaxirani anglatadi.

Bizga rus tilidan oʻtgan, rus tiliga esa fransuz tilidan oʻzlashgan. Fransuzcha arsenalning manbasi italyancha arsenale boʻlgan. U arabcha dorus sinoye – sanoat uyi, ustaxona soʻziga borib taqaladi.

Arsenal juda koʻp Yevropa tillariga kirib borgan. Inglizlarning mashhur “Arsenal” klubini bilsangiz kerak. London futbol jamoasiga bejiz bunday nom berilmagan – unga 1886-yili “Royal Arsenal” artilleriya zavodi ishchilari asos solgan. Demak, jamoa tarixi qurol-yarogʻ zavodiga bogʻlanadi.

@oriftolib
👍34
Sherali Joʻrayev olamdan oʻtdi

Oʻzbek sanʼatining chinakam yulduzi, millionlab yuraklarda soʻzga, badiiyatga, oʻzbekcha ohanglarga muhabbat uygʻotgan ulugʻ sanʼatkor Sherali Joʻrayev vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

Marhumni Alloh rahmatiga olsin. Ezgu amallarini oʻziga yoʻldosh qilsin.

@oriftolib
😢76👍3😱2🤨2🔥1
💯26👍14😢2😎1
“Admiral”ning asli-nasli – arab

Admiral
harbiy-dengiz flotidagi yuksak harbiy unvonni va shu unvonga ega boʻlgan shaxsni bildiradi. Bu soʻzning ildizi arabcha amirul bahr – dengiz amiri, dengiz hokimi iborasidir. Admiral atamasi deyarli barcha Yevropa tillariga kirib borgan. Oʻzbek tiliga rus tilidan, ruschaga esa holland tilidan oʻtgan.

Bu soʻz dastlab arablar boshqaruvidagi Sitsiliyada ishlatilgan. Keyinchalik bu hududni normanlar egallagach, atama oʻrta asr fransuz tili va genuya tillariga koʻchib oʻtgan.

@oriftolib
👍37
👍25😢11💯4
👍31🤨14💯10😢9😱4🔥3😎1
👍32💯9🔥4😢4🤨4😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
14%
Hechnima demadi.
86%
Hech nima demadi.
👍22💯8🔥4
👍34🔥2
Maska, maskarad va masxara

Uchala soʻz ham oʻzbek tilida ishlatiladi. Aslida uchalasining ildizi bir.

Maska fransuzchada masque, italyanchada maschera, ispanchada esa máscara shakliga ega. Bu soʻz arabcha masxarat(un)ustidan kulish, ermaklash; niqob soʻziga borib taqaladi. U Yevropa tillariga koʻchgach, teatr aktyorlari va komiklar kiyadigan niqobni anglatgan.

Maskarad maska, niqob va maxsus kiyimlar kiyib oʻtkaziladigan sayilni anglatadi. Talaffuzi arabcha masxaratga juda yaqinligini sezgan boʻlsangiz kerak. Maskarad oʻzbekchaga italyan, fransuz, rus tillarini kezib yetib kelgan.

Masxara oʻzbekchaga bevosita arab tilidan oʻtgan. Oʻzlashtirish jarayonida masxarat soʻzi oxiridagi t tovushidan voz kechilgan.

@oriftolib
👍35🔥2
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Chrome & Edge brauzerlarda o‘zbekcha imloni tekshiradigan ilk kengaytma!

Tahrirchining uzoq kutilgan kengaytmasi tayyor bo‘ldi! Endi qanday vebsaytda bo‘lishingizdan qat’i nazar, xatosiz yozing!

Kengaytmani o‘rnatish: https://tahrirchi.uz/product/browser

Kengaytma Chrome & Edge brauzerlarga o‘rnatiladi va Facebook, Twitter yoki Gmail kabi saytlarda ishlaydi, matnlaringizni tekshirib, to‘g‘rilab beradi.

Zamonaviy yechimlar bilan ishingizni yengillashtiring! Tahrirchidan foydalaning!

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥6