Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?

Nimaligi aniq boʻlmagan, har xil tushunsa boʻladigan; mujmal, muhmal – ...
Anonymous Quiz
53%
Dudmal
22%
Dudmol
25%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😢12👍8🤨6💯4🔥2
Detsi – oʻnlik qism

Maktab darsliklarida detsimetr, detsibel kabi oʻlchov birliklariga duch kelgansiz. Oʻlchov birliklari nomidagi detsi soʻzi lotincha decimus – oʻnlik soʻzidan olingan. U dekan, dekabr, dekada kabi soʻzlarga qarindosh.

Oʻlchov birliklari nomida detsi oʻnlik qismni ifodalaydi. Masalan, detsimetr metrning oʻndan biri yoki oʻnlik parchasidir.

Detsi 1795-yili qismni bildiruvchi oldqoʻshimcha sifatida SI xalqaro birliklar sistemasiga kiritilgan.

@oriftolib
👍17
Qay biri toʻgʻri?

Muhojir ishchi – ...
Anonymous Quiz
29%
Gastarbayter
49%
Gastrabayter
22%
Gastrbayter
👍20😢8😱4🔥2🤨1
​​Daha – dekadaning qarindoshi

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, daha va dekada soʻzlarining talaffuzi yaqin. Chunki daha soʻzi forschadan olingan. Fors tili esa hind-yevropa tillari oilasiga mansub. Forschadagi soʻzlar lotin, yunon yoki ingliz tilidagi soʻzlarga uyqash kelishi tabiiy.

Dah forschada oʻn maʼnosini bildiradi. Daha oʻzbekchada bir necha maʼnolarni anglatadi. Milliy ensiklopediyaga koʻra, oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo va Eronda oʻn kishidan iborat jangovar boʻlinma shunday nomlangan. Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligidagi bunday harbiy boʻlinma boshligʻi dahaboshi, dahboshi deb atalgan.

Oʻrta Osiyo xonliklarining qishloq joylari va yirik shaharlaridagi maʼmuriy-hududiy birlik ham daha deb atalgan. Bir necha qishloqlar bir dahaga birlashtirilgan, yirik shaharlar esa bir necha dahaga boʻlingan. Uni oqsoqol yoki mingboshi boshqargan. Toshkentda Koʻkcha, Beshyogʻoch, Sebzor va Shayxontohur kabi dahalar boʻlgan.

Ramazon oyi uch oʻn kunlikka boʻlinib, har bir oʻn kunlik daha deb nomlanadi. Bu atama hozir ham faol ishlatiladi:

Ramazon oyining ikkinchi oʻn kunligi magʻfirat dahasidir.

@oriftolib
👍15🔥3
Bu qaysi soʻz?

Asliyatda boʻgʻish, boʻgʻilish, nafasi qaytish; boʻgʻib oʻldirish; boʻgʻuvchi kabi maʼnolarni anglatuvchi bu soʻz oʻzbekchaga oʻzlashgach, maʼnosini oʻzgartirgan. Biroz koʻchma maʼno kasb etgan. Lekin soʻz oʻzbekchada ifodalagan maʼnoda boʻgʻilish, nafasi qaytish kabi holatlar biroz boʻlsa-da bor.

Gap qaysi soʻz haqida?

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Otning oq qashqasi; gajak, kokil
🔹 Hukmdor, homiy
🔹 Tenglik, baravarlik
🔹 Soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi

@oriftolib
👍7😱2
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Tez kunlarda @ibratfarzandlari Akademiyasidan rasmiy sertifikatlar olish imkoniyati ham paydo bo'ladi. Endi A1-C2 darajalarini yakunlab, oltin, kumush yoki bronza nishonlarini ham qo'lga kiritish mumkin. Sovg'alar esa ko'p bo'ladi!

Eng bilimdon poliglotlarga qanday sovg'alar bersak bo'ladi, takliflar bormi?

@alisher_sadullaev
👍27
​​Yubka, shuba va jemper

Uchala soʻz ham bitta oʻzakka – arabcha jubbaga borib taqaladi desam, ishonasizmi? Jemperning shakli juda oʻzgarib ketgan-a? Bunga hayron qolmaslik kerak. Chunki kuchli tillar chetdan soʻz olganda uni oʻziga moslaydi, kulol loyni pishitgandek pishitib, oʻziga yoqqan koʻrinishda soʻz yasab oladi.

Ip gazlamadan qilingan keng yengli kiyimni anglatgan jubba eski fransuz tiliga, undan shotland, undan esa ingliz tiliga oʻtgan. Shotland tilida jupe keng pidjakni, inglizcha jump kalta paltoni bildirgan. XIX asr oʻrtalaridan jumper yengli keng kurtkani ifodalay boshlagan. Izohli lugʻatga koʻra, jemper oʻzbekchada tugmasiz va yoqasiz koftani anglatadi. Lekin savdoda tugmali va yoqali jemperlar ham uchraydi.

Yubka soʻzi bizga ruschadan kirgan. Ruschaga esa polyak tilidan oʻzlashgan. Polyakcha jupka nemischa juppe – kurtka soʻzining oʻzgargan shakli. Olmonlar fransuz va italyan tillari orqali kelgan jubba soʻzini oʻz tiliga shunday moslaganlar.

Oʻzbek tiliga ruschadan kirgan shuba soʻzi qadimgi nemis va italyan tillari oralab oʻtgan. Oʻta issiq mamlakatlar tilidagi jubba sovuq oʻlkalarga borgach, qalin qishki kiyimni ifodalay boshlagan. Shuba oʻzbekchada avrasi moʻynali ustkiyimni anglatadi.

Har uchala soʻzga xamirturush boʻlgan jubba soʻzining oʻzi ham oʻzbekchada bor. Jonli tilda faqat shevalarda qoʻllanadi, adabiy asarlarda ham uchrab turadi. U koʻylak bichimida tikilgan paxtali issiq kiyimni bildiradi:

Kishilar qishning ogʻir yuklari: poʻstin, paxtalik, chopon, jubbalarni tashlab, oʻzlarini erkin his eta boshladilar. (J. Sharipov, “Xorazm”.)

@oriftolib
👍19
👍30😢8💯6😱2🤨1
👍33😢10💯3😱2
Sirop, sharob va sharbat

Sirop meva sharbatini va shakarni qaynatib tayyorlangan qiyomni anglatadi. Dorixonalarda sotiladigan shirin suyuq dorilar ham odatda sirop ataladi. Bu bejiz emas. Manbalarda yozilishicha, sirop dastlab faqat yoz va bahor oylarida tayyorlangan. Gullardan olingan sharbatlar koʻproq mashhur boʻlgan. Ular asosan oziq-ovqat va dori tayyorlash uchun ishlatilgan.

Arabcha sharob italyanchaga siroppo, undan fransuzchaga sirop shaklida oʻtgan. Shunday qilib, sirop fransuzchadan ruschaga, undan oʻzbekchaga qadam ranjida qilgan.

Sharob soʻzi asliyatda ichimlik; sharbat; may kabi maʼnolarga ega. Uni oʻzbekchada ham ishlatamiz. Lekin tilimizga faqat uchinchi maʼnosi bilan oʻzlashgan. Sharob bilan oʻzakdosh sharbat esa oʻzbekchada mevalardan tayyorlangan shirin ichimlik maʼnosini anglatadi.

@oriftolib
👍28
​​Markaziy kengash: bosh harf bilanmi yoki kichik?

Katta-katta nashrlar, tashkilotlar, partiyalar markaziy kengash, ijroiya qoʻmitasi kabi birikmalarni yozishda xatoga yoʻl qoʻyadi. Xuddi oliy darajadagi tashkilot nomida boʻlgani kabi bu soʻzlarning har birini bosh harf bilan yozish keng tarqalgan. Bu xato hatto lugʻatlarga ham kirib borgan.

☑️ Oʻzi qanaqa yozilishi kerak?

Imlo qoidalariga koʻra, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi. Eʼtibor bering: birinchi soʻz. Qolgan soʻzlar kichik harfda boʻladi. Markaziy kengash, ijroiya qoʻmitasi soʻzlari tashkilot nomidagi birinchi soʻz emas. Kengash biror korxona, muassasa, jamiyatning farmoyish yoki maslahat beruvchi organidir. Xuddi boʻlimlar kichik harfda yozilgani kabi tashkilot ichidagi kengash va qoʻmitalar ham kichik harfda yozilishi kerak.

Menimcha, bu soʻzlarni bosh harfda yozish rus tili taʼsirida paydo boʻlgan. Biroq rus tilida ham kichik harfda yozish toʻgʻri aslida.

📌 Demak:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi

OʻzLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qoʻmitasi
OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi
OʻzLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Boʻlim va boshqarmalar nomi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik?
🔹 Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
🔹 Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi
🔹 Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?

@oriftolib
👍19
👍32💯8🔥3
👍22😱16😢10🤨6
Mustaqillik bayrami qutlugʻ boʻlsin!

@oriftolib
👍45🔥10😢1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Jigar sirrozi
68%
Jigar serrozi
👍17😢14💯6🤨5🔥3
Avariya – shikast degani

Kimdir “Avariya ham asli arabcha”, desa, tomdan tarasha tushgandek boʻlsa kerak-a? Lekin shunday. Tadqiqotchilar fikricha, fransuz, italyan, ispan, nemis, polyak, ukrain, belorus, chex, rus kabi tillarda baʼzi tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiluvchi bu soʻz arabcha avorshikast, ziyon soʻzidan hosil boʻlgan.

Avariya rus tiliga XVIII asr boshlarida italyanchadan oʻzlashgan. Dastlab u asliyatdagi kabi shikastlanish, zarar koʻrish maʼnosini bildirgan. Hammamizga maʼlum halokat maʼnosini oʻtgan asrda kasb etgan.

Bu soʻz oʻzbekchada transportlar va texnik vositalarning buzilishi, ishdan chiqishini yoki baxtsiz hodisa, falokat maʼnosini anglatadi.

@oriftolib
🔥27👍8
💯28👍15🤨8🔥4😱4😢1
Eshitmadim, demanglar!

Yoshlar ishlari agentligi homiyligi va rahbarligida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlab katta tanlov tashkil qilmoqchimiz.

Tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlangan. “Ibrat farzandlari” loyihasida oʻzbek tilidan savodxonlik darslarini koʻpaytirish va testlar ishlab chiqishga kirishdim. Tanlovdagi test savollarining aksariyati ana shu darslar asosida tuziladi. Baʼzi testlarni “Ibrat Academy” ilovasidan ham olishimiz mumkin.

@oriftolib sahifasini muntazam kuzatib boring. Kanalda tanlovga tayyorgarlik uchun testlar berib boriladi. Ularni baʼzan toʻgʻri topishingiz, baʼzan xatoga yoʻl qoʻyishingiz mumkin. Tanlovdagi testlarning koʻpi xuddi shu yoʻnalishda boʻladi.

Albatta, tanlov faqat testdan iborat boʻlmaydi. Boshqa yoʻnalishdagi sinovlarni ham kiritamiz.

🟢 Hozir tanlovni tashkil etish boʻyicha kengashyapmiz. Yaxshi takliflar boʻlsa, bajonidil qabul qilamiz. Siz qanaqa tanlov boʻlishini xohlaysiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍47🔥6
“Arsenal” jamoasining nomi asli arabchami?

Bu soʻz aslida harbiy sohaga oid. Arsenal oʻzbekchada qurol-aslaha yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joyni, qurol-yarogʻ omborini yoki koʻp sonli biron narsa, katta zaxirani anglatadi.

Bizga rus tilidan oʻtgan, rus tiliga esa fransuz tilidan oʻzlashgan. Fransuzcha arsenalning manbasi italyancha arsenale boʻlgan. U arabcha dorus sinoye – sanoat uyi, ustaxona soʻziga borib taqaladi.

Arsenal juda koʻp Yevropa tillariga kirib borgan. Inglizlarning mashhur “Arsenal” klubini bilsangiz kerak. London futbol jamoasiga bejiz bunday nom berilmagan – unga 1886-yili “Royal Arsenal” artilleriya zavodi ishchilari asos solgan. Demak, jamoa tarixi qurol-yarogʻ zavodiga bogʻlanadi.

@oriftolib
👍34