Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tashkilotlar va mansablar nomi imlosi | 1️⃣9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍11
Eski chaqaloq ham tugʻiladimi?

Oldi-qochdi kanallarni-ku aytmasa ham boʻladi – imloviy, uslubiy xatolarga toʻla. Ammo axborot tarqatadigan kanallar ham turli xatolardan xoli emas. Mana bittasi:

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent shahri boʻyicha 45 473 ta yangi chaqaloq tugʻilgan.

Tugʻilgan chaqaloq eski yoki yangi boʻlmaydi. Hozirgina tugʻilgan yoki tugʻilganiga koʻp boʻlmagan chaqaloqni ifodalash kerak boʻlsa, yangi tugʻilgan chaqaloq iborasini ishlatish mumkin. Ammo yuqoridagi jumlada yangi soʻzi mutlaqo ortiqcha.

📌 Demak, yuqoridagi jumlani shunday berish zarur:

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent shahri boʻyicha 45 473 ta chaqaloq tugʻilgan.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Chaqaloq va goʻdak
🔹 Nafar va -ta

@oriftolib
👍42💯4🔥3😢2🤨1
​​Tanob nega tortiladi?

Tanobini tortib qoʻydi, tanobingni tortaman kabi iboralar qulogʻingizga chalingan boʻlsa kerak-a? Xoʻsh, tanob nima? U nima uchun tortiladi?

Tanob – eski oʻlchov birligi. U uzunlik va maydonni oʻlchashda ishlatilgan. Milliy ensiklopediyaga koʻra, Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududida XVII asrda 39,9 metrga teng uzunlik oʻlchov birligi sifatida qoʻllangan. Tanobdan yuza oʻlchov birligi sifatida ham foydalanilgan. Oʻrta Osiyo xonliklarida u tomonlari 60 gazdan iborat maydonga teng boʻlgan. Hozirgi hisobda 900 kvadrat metrga teng ekin maydoni 1 tanob sanalgan. 12 tanob 1 gektar boʻlgan.

Shoir Muqimiy qalamiga mansub “Tanobchilar” satirasida aynan ana shu maydon oʻlchovi – tanob nazarda tutilgan. Unda odamlarning yerini oʻlchab, soliq hisoblovchi tanobchilarning jabr-zulmi, poraxoʻrligi, bugungi til bilan aytganda “mansabini suiisteʼmol qilishi” tasvirlangan. Shoir asar qahramonlari tilidan shunday deydi:

Manki tanobinggʻa chiqibman kelib,
Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib.
Oʻt qoʻyubon kuyduradurgʻon oʻzim,
Hokiming-u oʻlduradurgʻon oʻzim.

Tanobini tortmoq iborasi xuddi shu asosda paydo boʻlgan. Amaldorlar oʻzi yoqtirmagan yoki qasd qilgan kishiga tegishli yerning tanobini oshirib yoki kamaytirib, unga taʼzir bergan. Keyinchalik bu holat iboraga aylanib, maʼnosi oʻzgarib ketgan va boʻlmagʻur, nomaqbul ish-harakatga chek qoʻyish, shunday xatti-harakatdan tiyib qoʻyish maʼnosida qoʻllana boshlagan:

Xoʻjaliklarning badaniga zulukday yopishib olgan mana shunaqa odamlarning tanobini tortish kerak. (A. Qahhor, “Qoʻshchinor chiroqlari”).

@oriftolib
👍19
Dekabr oʻninchi oy emas-ku?!

Bu oy lotinchada December, Decembris deb atalgan. Uning oʻzagi xuddi dekan kabi decemoʻn soʻziga borib taqaladi.

Dekabr oʻninchi oy emas-ku, nega bunday nomlashgan degan savol tugʻilishi mumkin. Qadimgi Rimda yangi yil 1-martdan boshlangan. Shunga koʻra, dekabr yilning oʻninchi oyi sanalgan. Yilboshi yanvarga koʻchirilgach, dekabr yilning oxirgi – oʻn ikkinchi oyiga aylanib qolgan.

Dekabr janubiy yarimsharda yozning, shimoliy yarimsharda esa qishning birinchi oyidir.

@oriftolib
👍30🔥1
Unvonlar qanday yoziladi?

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada turli unvonlar, medal va nishonlar nomi qanday yozilishi tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/raX5Wp7w0FI

@oriftolib
👍10
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
7%
Hayirli oqshom
24%
Hayrli oqshom
69%
Xayrli oqshom
👍28💯8🤨8🤣1
Tosh ostidagi tosh

Ahmoqqa Quva bir tosh yoki ahmoqqa Toʻytepa bir tosh kabi maqollar bor. Nega tosh? Ahmoq odam Quva yoki Toʻytepaga borsa, tosh otiladimi?

Bu yerda gap masofa haqida. Quva yoki Toʻytepa uzoq boʻlsa-da, ahmoq odam ovora boʻlib borib kelaveradi. Ishini bir borishda hal qilmaydi. Kallaning ishlamasligi – oyoqqa jabr.

Izohli lugʻatga koʻra, tosh sakkiz chaqirimga yaqin, taxminan 6 kilometrga teng uzunlik oʻlchov birligi. Milliy ensiklopediyada keltirilishicha, amir yoki podshoning choparlari yoʻl uzunligini oʻlchayotganda har 8000 qadamga tosh qoʻyib ketgan. Bir qadam oʻrtacha 75 santimetr deb olinsa, bir tosh 6 kilometr chiqadi. Ammo bir tosh qoʻllanish oʻrniga qarab 8–9 kilometrga teng hisoblangan holatlar ham boʻlgan.

Toshning forscha varianti farsang deyilgan. Bu atamada ham sang, yaʼni tosh soʻzi qatnashgan. U farsax, farzax shakllarida ham qoʻllangan.

“Boburnoma”da tosh oʻrniga yigʻoch ishlatilgan. Asarda yozilishicha, Oʻsh qasabasi “Andijondin toʻrt yigʻoch yoʻldur”.

@oriftolib
👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turk tili bilan boğliq sizlarga ham tavsiyalarini aytib o’tgan.

@gulomjonsobirov
👍17🔥3
G'ulomjon Sobirov| Turk tili️
Turk tili bilan boğliq sizlarga ham tavsiyalarini aytib o’tgan. @gulomjonsobirov
Asli kamerunlik, oʻzbek palovini sevuvchi kishi ekan. Turkcha gapirishini qarang! Ha, chin dildan istasangiz, oʻzingiz istagan tilda fikringizni erkin va ravon ifoda eta olasiz.

Aytgancha, xorijiy tillarni tekin oʻrganishni istaganlar “Ibrat Academy” ilovasidan yoki YouTubeʼdagi “Ibrat farzandlari” sahifasidan foydalanishlari mumkin. Har ikkisidan savodxonlik darslari ham oʻrin olgan.

@oriftolib
👍24
​​Chigirtka soʻzlar

Bugungi globallashuv zamonida, fan-texnika va texnologiya tez ommalashayotgan bir davrda tilga yangi soʻzlarni qabul qilish oʻta jadallashib ketdi. Bundan chorak asr avval u yoki bu tilga, aytaylik, bir yilda nechta soʻz chetdan kirganini aniqlash mumkin boʻlsa, hozir buning iloji yoʻq: xorijiy soʻzlar ekinzorlarni bosgan chigirtkalarday shiddat bilan yopirilib kelyapti, uni tasnif qilish, taʼriflash, statistikasini yuritishga fursat etishmaydi, chunki bir-ikki oy ichidayoq bu maʼlumotlar eskirib qoladi. Bu, albatta, ijobiy holat emas.

Chunki qabul qilish oʻrinli va zarur boʻlgan soʻzlar bilan birga ona tilimizda bor, ammo tarjimonning noʻnoqligi, til bilmasligi sababli oʻzbekcha muqobiliga almashtirilmagan soʻzlar ham kirib qolib, azaldan qoʻllab kelinayotgan soʻzlarni sitib chiqaryapti yoki funksiyasini cheklayapti.

Masalan, biron yilning nari-berisida kreativ degan bir “jozibali” soʻz paydo boʻldi va u ijodiy, tashabbus singari kalimalarni boʻgʻib tashlab, oʻrni boʻlsa-boʻlmasa qoʻllanyapti. Ana shunaqa “modniy” soʻzlardan yana biri motivatsiya boʻlib turibdi. Uning eng toʻgʻri va op-oson tarjimasi – ragʻbat. Biroq kreativ fikrlashga noqobil mutarjimlarimizda uni oʻgirish motivasiyasi kamligi sababli bu ikkala soʻz bugun juda faollashib, “zamonaviy, ajnabiy manbalardan xabardor odam” ekanini koʻrsatishga xizmat qilyapti.

Zuhriddin Isomiddinovning “Tarjima va til” maqolasidan


@oriftolib
👍37😢2
Dekada – oʻn kunlik

Dekada oʻn kunlik davrni va shu davrda oʻtkaziladigan tadbirni anglatadi. Masalan, yanvar oyining birinchi dekadasi, oʻzbek sanʼati va adabiyoti dekadasi. Sovet davrida dekada shaklidagi tadbirlar koʻp oʻtkazilgan. Hozir bunday tadbirlar kam, soʻz ham isteʼmolda koʻp uchramaydi.

Dekada soʻzi xuddi dekan, dekabr kabi qadimgi hind-yevropa tillaridagi decemoʻn soʻzining avlodidir. Oʻzbekchaga rus tilidan oʻzlashgan. Ruschaga fransuzchadan, fransuzchaga esa yunonchadan oʻtgan.

@oriftolib
👍22
Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha soʻzlar

Oʻzbekchaga arab tilidan kirgan soʻzlar talaygina. Kundalik turmushda ishlatadigan soʻzlarimizning koʻpi aslan arabcha ekanini sezmaymiz ham. Ha, ular tilimizga singib ketgan. Til sandigʻimizdan Yevropa tillari orqali kelgan, qiyofasi ovroʻpalashgan baʼzi arab soʻzlari ham joy olgan. Ularni tashqi koʻrinishiga qarab roman-german yoki slavyan tillariga oid deb oʻylaymiz.

Maʼlumotlarga koʻra, Yevropa tillariga soʻz berish boʻyicha arab tili yetakchilardan. Ayniqsa, ispan tilida arabcha ildizli soʻzlar juda koʻp.

“Daryo” nashrida chop etilgan maqolamda ana shunday soʻzlar haqida hikoya qilinadi.

🔹 Yubka, shuba va jemper
🔹 Sirop, sharob va sharbat
🔹 Avariya – shikast degani
🔹 Magazin xazinalar makonimi?
🔹 Arsenal va admiral
🔹 Maska, maskarad va masxara
🔹 Tarif va taʼrif qarindoshmi?
🔹 Xalat podshohlar kiyimimi?

Oʻqish:
👉 https://daryo.uz/2023/08/26/tasavvur-qilish-qiyin-bular-aslida-arabcha-sozlar

@oriftolib
👍48
Qay biri toʻgʻri?

Nimaligi aniq boʻlmagan, har xil tushunsa boʻladigan; mujmal, muhmal – ...
Anonymous Quiz
53%
Dudmal
22%
Dudmol
25%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😢12👍8🤨6💯4🔥2
Detsi – oʻnlik qism

Maktab darsliklarida detsimetr, detsibel kabi oʻlchov birliklariga duch kelgansiz. Oʻlchov birliklari nomidagi detsi soʻzi lotincha decimus – oʻnlik soʻzidan olingan. U dekan, dekabr, dekada kabi soʻzlarga qarindosh.

Oʻlchov birliklari nomida detsi oʻnlik qismni ifodalaydi. Masalan, detsimetr metrning oʻndan biri yoki oʻnlik parchasidir.

Detsi 1795-yili qismni bildiruvchi oldqoʻshimcha sifatida SI xalqaro birliklar sistemasiga kiritilgan.

@oriftolib
👍17
Qay biri toʻgʻri?

Muhojir ishchi – ...
Anonymous Quiz
29%
Gastarbayter
49%
Gastrabayter
22%
Gastrbayter
👍20😢8😱4🔥2🤨1
​​Daha – dekadaning qarindoshi

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, daha va dekada soʻzlarining talaffuzi yaqin. Chunki daha soʻzi forschadan olingan. Fors tili esa hind-yevropa tillari oilasiga mansub. Forschadagi soʻzlar lotin, yunon yoki ingliz tilidagi soʻzlarga uyqash kelishi tabiiy.

Dah forschada oʻn maʼnosini bildiradi. Daha oʻzbekchada bir necha maʼnolarni anglatadi. Milliy ensiklopediyaga koʻra, oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo va Eronda oʻn kishidan iborat jangovar boʻlinma shunday nomlangan. Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligidagi bunday harbiy boʻlinma boshligʻi dahaboshi, dahboshi deb atalgan.

Oʻrta Osiyo xonliklarining qishloq joylari va yirik shaharlaridagi maʼmuriy-hududiy birlik ham daha deb atalgan. Bir necha qishloqlar bir dahaga birlashtirilgan, yirik shaharlar esa bir necha dahaga boʻlingan. Uni oqsoqol yoki mingboshi boshqargan. Toshkentda Koʻkcha, Beshyogʻoch, Sebzor va Shayxontohur kabi dahalar boʻlgan.

Ramazon oyi uch oʻn kunlikka boʻlinib, har bir oʻn kunlik daha deb nomlanadi. Bu atama hozir ham faol ishlatiladi:

Ramazon oyining ikkinchi oʻn kunligi magʻfirat dahasidir.

@oriftolib
👍15🔥3
Bu qaysi soʻz?

Asliyatda boʻgʻish, boʻgʻilish, nafasi qaytish; boʻgʻib oʻldirish; boʻgʻuvchi kabi maʼnolarni anglatuvchi bu soʻz oʻzbekchaga oʻzlashgach, maʼnosini oʻzgartirgan. Biroz koʻchma maʼno kasb etgan. Lekin soʻz oʻzbekchada ifodalagan maʼnoda boʻgʻilish, nafasi qaytish kabi holatlar biroz boʻlsa-da bor.

Gap qaysi soʻz haqida?

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Otning oq qashqasi; gajak, kokil
🔹 Hukmdor, homiy
🔹 Tenglik, baravarlik
🔹 Soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi

@oriftolib
👍7😱2
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Tez kunlarda @ibratfarzandlari Akademiyasidan rasmiy sertifikatlar olish imkoniyati ham paydo bo'ladi. Endi A1-C2 darajalarini yakunlab, oltin, kumush yoki bronza nishonlarini ham qo'lga kiritish mumkin. Sovg'alar esa ko'p bo'ladi!

Eng bilimdon poliglotlarga qanday sovg'alar bersak bo'ladi, takliflar bormi?

@alisher_sadullaev
👍27
​​Yubka, shuba va jemper

Uchala soʻz ham bitta oʻzakka – arabcha jubbaga borib taqaladi desam, ishonasizmi? Jemperning shakli juda oʻzgarib ketgan-a? Bunga hayron qolmaslik kerak. Chunki kuchli tillar chetdan soʻz olganda uni oʻziga moslaydi, kulol loyni pishitgandek pishitib, oʻziga yoqqan koʻrinishda soʻz yasab oladi.

Ip gazlamadan qilingan keng yengli kiyimni anglatgan jubba eski fransuz tiliga, undan shotland, undan esa ingliz tiliga oʻtgan. Shotland tilida jupe keng pidjakni, inglizcha jump kalta paltoni bildirgan. XIX asr oʻrtalaridan jumper yengli keng kurtkani ifodalay boshlagan. Izohli lugʻatga koʻra, jemper oʻzbekchada tugmasiz va yoqasiz koftani anglatadi. Lekin savdoda tugmali va yoqali jemperlar ham uchraydi.

Yubka soʻzi bizga ruschadan kirgan. Ruschaga esa polyak tilidan oʻzlashgan. Polyakcha jupka nemischa juppe – kurtka soʻzining oʻzgargan shakli. Olmonlar fransuz va italyan tillari orqali kelgan jubba soʻzini oʻz tiliga shunday moslaganlar.

Oʻzbek tiliga ruschadan kirgan shuba soʻzi qadimgi nemis va italyan tillari oralab oʻtgan. Oʻta issiq mamlakatlar tilidagi jubba sovuq oʻlkalarga borgach, qalin qishki kiyimni ifodalay boshlagan. Shuba oʻzbekchada avrasi moʻynali ustkiyimni anglatadi.

Har uchala soʻzga xamirturush boʻlgan jubba soʻzining oʻzi ham oʻzbekchada bor. Jonli tilda faqat shevalarda qoʻllanadi, adabiy asarlarda ham uchrab turadi. U koʻylak bichimida tikilgan paxtali issiq kiyimni bildiradi:

Kishilar qishning ogʻir yuklari: poʻstin, paxtalik, chopon, jubbalarni tashlab, oʻzlarini erkin his eta boshladilar. (J. Sharipov, “Xorazm”.)

@oriftolib
👍19