Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qisqartma soʻzlar imlosi | 1️⃣4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍10💯2
Metroda tugʻilganmisan?
Bu iborani siz ham ishlatgan yoki eshitgan boʻlsangiz kerak. Metroda eshiklar oʻzi yopiladi, uni atay yopib qoʻyishingiz shart emas. Xonalarning eshigini esa yopib yurish kerak. Buni unutib qoʻyadiganlar “Metroda tugʻilganmisan?” degan dakkini eshitadi.
Rasmda eshikni yopmay ketadiganlarga nisbatan Yevropa tillarida qoʻllanadigan iboralar aks etgan.
Baʼzilarining tarjimasi:
🔹 Qushlarni ozodlikka chiqardingmi?
🔹 Tramvayda yashaysanmi?
🔹 Eshiksiz qishloqdan keldingmi?
🔹 Kolizeyda yashaysanmi?
🔹 Dalada tugʻilganmisan?
Eshikni ochiq qoldirib ketadiganlarga nisbatan ishlatiladigan qanday noyob va taʼsirli iboralarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.
❗️ Diqqat: haqoratli iboralarni yozmang.

👍26🔥3💯1🤨1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
18%
Tong yorishib, Quyosh chiqdi.
82%
Tong yorishib, quyosh chiqdi.
👍30💯6
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
❇️ Tahrirchini endi Telegramda ishlating!
@Tahrirchi_UzBot — Tahrirchining rasmiy Telegam botini sizga taqdim etamiz!
🔄 O‘girish
Botimiz matningizni lotin yoki kirill yozuviga o‘girganda undagi formatlarni saqlab qoladi (qalin, qiya kabi). Botga nafaqat matnli, balki rasm yoki videoga ega matnli xabarlar yuborsangiz ham bo‘ladi.
Bot yordamida Word, Excel va PowerPoint fayllarini ham o‘girishingiz mumkin.
📝 Tahrirlash
Biron-bir matnni tahrirlash uchun yuborsangiz, bot imloviy xatolarni topib, ularni to‘g‘rilashda ko‘maklashadi.
Botdan foydalanish mutlaqo bepul!
@tahrirchi_uz

👍25🔥2
Tahrirchi | Tilmoch
❇️ Tahrirchini endi Telegramda ishlating! @Tahrirchi_UzBot — Tahrirchining rasmiy Telegam botini sizga taqdim etamiz! 🔄 O‘girish Botimiz matningizni lotin yoki kirill yozuviga o‘girganda undagi formatlarni saqlab qoladi (qalin, qiya kabi). Botga nafaqat…
Tahrirchi – oʻzbek tiliga zamonaviy yondashuv
Tahrirchi – oʻzbek tili grammatikasi, imlosi va tahririga yoʻnaltirilgan loyiha. Men uning ekspertlaridanman. Loyiha rivojlanishi, takomillashib borishi uchun qoʻldan kelgancha maslahat, yordam berib kelyapman.
Tahrirchini yosh dasturchilar oʻz mehnatlari va sarmoyalari evaziga yuksaltirib boryapti. Yuqorida tilga olingan bot ustida ham ancha ter toʻkishdi. Oʻzim ishlatgan, sinab koʻrgan oʻgiruvchi botlar ichida eng yaxshisi – shu. U hatto matndagi havolalarni ham saqlab qoladi. Eng muhimi – mutlaqo bepul.
Loyiha asoschisi Muhammadsaid Mamasaidov boshqa serdaromadroq yoʻnalishlarga emas, aynan oʻzbek tili yoʻnalishiga eʼtibor qaratgan. Tahrirchini asta-sekin davlat tashkilotlari, turli nashriyotlar ham ishlata boshladi.
Bugun Tahrirchi eng ilgʻor texnologiyalar, jumladan, sunʼiy idrokdan ham foydalanyapti.
Oʻzbek tili rivojiga hissa qoʻshadigan ana shunday zamonaviy loyihalar koʻpayaversin.

👍38😎1
Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qisqartma sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan. Quyosh, oy, yer, Mars, Pluton, Katta Ayiq yulduzi kabi soʻzlar qanday yozilishi kerak? Ularni har doim bosh harfda yozish oʻrinlimi? Bu kabi savollarga videodan javob topasiz.
👉 https://youtu.be/owPWbchZmVA

👍13
Кара, карий, караковый, карандаш
Bu so‘zlarning bari turkiy qora so‘zidan o‘sib chiqqan. Кара kam o‘zgarishga uchragan, u jazo maʼnosida qo‘llanadi. Карий esa qorato‘riq, ayg‘ir, jigarrang kabi maʼnolarga ega. Qora bu o‘rinda bir yumalab, jigarrangga aylangan. Кароковый ham kariyga maʼnodosh, qorato‘riq otni anglatadi.
Карандаш so‘zi qora va tosh so‘zlaridan yasalgani, qalam maʼnosiga egaligi ko‘pchilikka maʼlum. Bu so‘zdagi toleni qarang, o‘zimizning so‘zimizni rus tiliga berib, uning o‘rniga uzoq yunon tilidan qalamni olib kelganmiz.
Rus tiliga qora o‘zakli boshqa so‘zlar ham o‘zlashgan. Кара nomli va shu o‘zakli bir necha joy nomlari bor.

👍33😢2
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
27%
Ozodlik haykali Ozodlik orolida joylashgan.
50%
“Ozodlik” haykali Ozodlik orolida joylashgan.
23%
“Ozodlik” haykali “Ozodlik” orolida joylashgan.
💯23👍15🤨3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi | 1️⃣5️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍15
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
28%
“Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi” nashriyoti
31%
“Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi” nashriyoti
41%
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti
👍36😢7💯5🤨4
Asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/R-PAyvlgYsk

👍15🔥2
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Nur ustiga nur
38%
Nur ustiga aʼlo nur
42%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍20🔥4😢2
Bu haqda bilmasangiz, xato qilasiz
Jamoa bilan kelishgan holda shunaqa xulosa qilishibdi ))
Jamoa bilan kelishmagan holda aytaman: xato qilgansiz.
Haqda emas, haqida boʻladi deb oʻylashgan boʻlsa kerak. Haqida soʻzi koʻrsatish olmoshlari bilan haqda shaklida ham ishlatilishi mumkin.
Haqda soʻzini xato hisoblagan butun jamoani kanalimga taklif etaman. “Ibrat farzandlari”dagi savodxonlik darslarini ham qoldirmay koʻrib borishlari mumkin. Hammasi bepul ))
P. S. “Ibrat Academy” ilovasidagi testlar hali sinov shaklida. Savollarni endi tuzyapman. Bitta mavzuga 5–10 tadan test joylash rejalashtirilgan.

👍36🔥6🤨2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asarlar, mahsulotlar, bino va inshootlar nomi imlosi | 1️⃣6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍12
👍21😢7🤨3💯2
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
16%
U Birinchi Jahon Urushida qatnashgan edi.
31%
U Birinchi Jahon urushida qatnashgan edi.
54%
U Birinchi jahon urushida qatnashgan edi.
👍33💯6🔥3
Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan. Yuqoridagi testlarning javobiga izohni ham shu videodarsdan topasiz.
👉 https://youtu.be/Z93fcx5VMEg

👍9
Abituriyent, shpargalka, imtihon – trenddagi soʻzlar dastlab qanday maʼnoga ega boʻlgan?
Shu kunlarda yuz minglab yoshlar oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun imtihon topshiryapti. Sinov kunini kutayotganlar esa haliyam zoʻr berib tayyorgarlik koʻryapti. Baʼzilar kechani kecha, kunduzni kunduz demay oʻqish-oʻrganish bilan band.
“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida bugun eng koʻp tilga olinayotgan soʻzlarning kelib chiqishi, kechmishi haqidagi maqolam eʼlon qilindi.
👉 https://daryo.uz/2023/08/10/tilimizni-bilamizmi-abituriyent-shpargalka-imtihon-trenddagi-sozlar-dastlab-qanday-manoga-ega-bolgan

👍19
Peshona teri
Mark Tven yoshligida bo‘lib o‘tgan voqeani shunday hikoya qiladi:
“Yoshligimda juda kambag‘al edik. Men nimjon va kuchsiz edim. Ustozimiz tozalikka qattiq e’tibor berardi. Kim siyohdonidan siyoh to‘kib yuborsa, unga ikki jazodan birini qo‘llardi — biri urish bo‘lsa, ikkinchisi bir dollar jarima.
Men siyohdonni juda ehtiyot qilardim. Chunki otamning qo‘li kalta va u oshiqcha dollar bera olmaydi, shuningdek o‘zim ham ustozning kaltagiga dosh bera olmayman. Lekin bir kuni baribir siyoh partaga to‘kilib ketdi. Ustoz menga o‘qrayib qaradi. Ertaga meni nima kutib turganini bildirib boshim bilan ustozga ishora qildim.
Kechqurun otamga bo‘lgan voqeani aytib berdim. Otamning ko‘ngli yumshab ketdi va ustoz kaltagidan qutilib qolish uchun bir dollar berdi. Ertasiga dollarni berishga ko‘zim qiymay, ustozning kaltagiga bir amallab chidadim. Peshona terim bilan ishlab topgan birinchi dollarimga shu tarzda erishganman”.
Manba

👍88🔥18😢4🤨3
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
24%
Rangbarang mavzularni qalamga oldi.
71%
Rang-barang mavzularni qalamga oldi.
5%
Rangba-rang mavzularni qalamga oldi.
👍27😢3🤨1
Abituriyent – ketadigan odam
Abituriyent soʻzining ildizi lotincha abituriens yoki abiturientis soʻziga borib taqaladi. Maʼnosi – ketishga chogʻlangan kishi. Abiturus soʻzi esa ketishi kerak boʻlgan kishi maʼnosiga ega. Izohli lugʻatga koʻra, abituriyent oʻzbek tilida oʻrta maktabni bitirayotgan oʻquvchini, oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtiga kirish uchun daʼvogarni anglatadi. Biroq hozir soʻz birinchi maʼnosida deyarli qoʻllanmay qoʻygan. Abituriyent deganda oʻqishga topshirgan yoki topshirmoqchi boʻlganlar tushuniladi.
Bu soʻz bizga rus tilidan kirgan. Rus tiliga esa nemis tilidan oʻtgan. Biz bilgan maʼnodagi abituriyent atamasi sobiq sovet davlatlari hududidagina qoʻllanadi xolos. XIX asr oxirlarida abituriyent deb oʻrta maʼlumot haqidagi attestatni olgan oʻquvchi tushunilgan. Nemis gimnaziyalarida oʻrta taʼlim guvohnomasini olish uchun abiturienten yoki absolutorialexamen deb nomlangan imtihonlar oʻtkazilgan.
Soʻzdagi maʼno evrilishini qarang. Bir paytlar ketmoqchi boʻlgan kishi maʼnosidagi soʻz hozir oʻquv yurtiga kirmoqchi boʻlgan kishi maʼnosini tashiyapti.

👍36🔥1