Bolalik
Oʻttiz sakkiz yilim – oʻttiz sakkiz togʻ,
Ortimda qolmoqda oqlik, qoralik.
Kecha eng yaqinim, bugun eng uzoq,
Yillarim – bolalik, yoʻlim – bolalik.
Betashvish boladan gʻamga aylandim,
Balqigan hiloldan shamga aylandim.
Kechagina eding asalim, qandim –
Shiralari bosgan qoʻlim – bolalik.
Ostona hatlasam – koʻcha bechora,
Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora.
Bugun qurgʻoq dala, kechagi bola,
Yomgʻirim – bolalik, doʻlim – bolalik.
Yoʻqsan, uzoqlarga uzoooq termulib,
Izlayman, xayollar ichra koʻmilib.
Bugun gʻamlarga gʻarq, kecha choʻmilib,
Ust-boshi shalobbo, hoʻlim – bolalik.
Alamlar suykalar quchogʻin ochib,
Quyosh ham nur emas qahrini sochib.
Oftobda qoldirib, ketding-a qochib,
Salqinim – bolalik, soʻlim – bolalik.
Rosti, tashvishlardan judayam toldim,
Uzr, birozgina vaqtingni oldim.
Kecha soyda edim, sahroda qoldim,
Daryo bolaligim, koʻlim – bolalik.
Katta boʻlmoq zavqi aylabon asir,
Ulgʻaymoqqa shoshib, yelibman zir-zir,
Qadringni bilmagan Botirni kechir,
Eh, oʻzimning sodda, goʻlim – bolalik.
#Sheʼriy_lahza
Botirjon Ergashev
@oriftolib

👍33😢10😱2🔥1
👍33😢9💯5🤨2
Tamojnya – tamgʻa uriladigan joy
Tamgʻa soʻzi qadimda chorva yoki boshqa mulklarni ajratish uchun qoʻyiladigan belgini bildirgan. U taq feʼliga -ma qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Taqma vaqt oʻtib, tovush oʻzgarishiga uchragan va tamgʻaga aylangan.
Koʻchmanchi turk qabilalari asosan otlari va qimmatbaho buyumlariga tamgʻa bosgan. U bu mulkning biror shaxsga yoki qabilaga tegishli ekanini bildirib turgan.
Tamgʻa Oltin Oʻrda davrida Qadimgi Rusda savdo bojini anglatgan.
Rus etimolog olimi Lev Uspenskiyga koʻra, tamgʻa atamasi rus tiliga III asrda kirib kelgan. Soliq yigʻuvchilar turli yorliqlarga qoʻyadigan muhr tamgʻa, muhr bosuvchilar esa bosqoq deb atalgan. Chegara boji ham tamgʻa deb nomlangan, chunki boj toʻlangach, hujjatga tamgʻa urilgan. Shu soʻzdan таможня hosil boʻlgan. U tamgʻa qoʻyiladigan joy, idorani anglatgan. Bu yerda ishlovchilar таможьникъ, таможенникa nomini olgan.

👍50
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Izofali birikmalar imlosi | 1️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍25🔥1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
18%
Past Dargʻom tumani
9%
Past dargʻom tumani
73%
Pastdargʻom tumani
😢21👍14🤨3💯1
👍26😢5💯4🤨1
Joy nomlari imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Joy nomlari imlosi osonday tuyuladi. Lekin unda ham adashtiradigan, ikkilantiradigan oʻrinlar bor. Lavhadan joy nomlari imlosidagi eʼtibortalab jihatlarni oʻrganib olasiz.
👉 https://youtu.be/hcaUdMMelL8

👍22
Лошадь – axta ot
Ming yillar oldin rus tilida лошадь so‘zi bo‘lmagan. Ot конь so‘zi yordamida ifodalangan. Keyinchalik turkiy tillar taʼsirida лошадь ham isteʼmolga kirgan.
Лошадь alasha va ot so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Alasha turkiy tillarda ot, axta ot maʼnolarini anglatgan. Turkiy qavmlar orasida juda ommalashgan bu so‘z Sharqiy Yevropa tillariga ham ko‘chib o‘tgan. Alasha baʼzan ot so‘zi bilan ham ishlatilgan, ruschaga ayni shu shakli o‘zlashgan. Baʼzi olimlar fikricha, alasha ruschaga лоша shaklida o‘tgan, so‘ng unga -дь qo‘shimchasi qo‘shilgan. Ukrain tilida esa лоша shakli saqlangan va u qulun, toycha maʼnosini anglatadi.
Alashaning birinchi tovushi tushib qolishi favqulodda holat emas. Rus tiliga turkiy tillardan o‘tgan so‘zlarda bunday o‘zgarishlar uchrab turadi. Masalan, kulba, kapa maʼnosidagi olachuq so‘zi ruschaga лачуга shaklida o‘tgan.
Лоша лошак shakliga kirgach, xachir maʼnosiga ega bo‘lgan. So‘z so‘ngidagi -k boshqa bir turkizm – ишак, yaʼni eshak taʼsirida yuzaga kelgan.

👍37💯3
👍22😢7💯6
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
Bu haqda OAV dan xabar topdim.
58%
Bu haqda OAVdan xabar topdim.
👍25💯10😢7🤨6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joy nomlari imlosi | 1️⃣3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍16
Ералаш – aralash-quralash
“Ералаш” nomli bolalar hajviy kinojurnalini bilsangiz kerak. Nomi o‘zimizning aralash so‘ziga o‘xshab ketadi. Lekin bu o‘xshashlik tasodif emas. Ruscha ералаш ayni shu aralashning o‘ppa-o‘zi.
Aralash o‘zbekchada qo‘shilgan, qorishgan holatni anglatsa, boshqa turkiy tillarda tartibsizlik, tartibsiz harakat, hovliqish kabi maʼnolarga ega. Ералаш ruschada boshi-keti yo‘q tartibsizlik, chigallik, chalkashlik, aralash-quralashlikni bildiradi.
Olimlar fikricha, bu so‘z rus tiliga XVIII–XIX asrlarda o‘zlashgan. Baʼzi tadqiqotchilar ералаш dastlab Sharq taomlaridan biri bo‘lgani, keyinchalik maʼnosi o‘zgarib ketganini ilgari suradi. Boshqalar esa so‘z yangi o‘zlashgan paytda ham hozirgi maʼnosida bo‘lgan degan fikrda.

👍28🔥3💯2
Qisqartma soʻzlar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qisqartma soʻzlar imlosidagi qiyinroq oʻrinlar tushuntirilgan.
👉 https://youtu.be/ebsa0lcbL_8

👍10💯2
Uyim emas-ku...
Ota-onalar uchun kutish zali ekan. Farzandi yo yaqini imtihondan yaxshi oʻtgan boʻlsin, lekin bu yerda oʻtirganlar imtihondan oʻta olishmabdi.

😢56👍24😱13💯1
Пай va паёк
Har ikki soʻz oʻzbek tilida ham qoʻllanadi. Ularning oʻzagi bir, lekin maʼnosi har xil. Pay biror shirkat, aksiyadorlar jamiyati ishida qatnashish uchun qoʻshiladigan hissa, ulushni anglatadi:
Koʻplab aksiyadorlar oʻzlarining sotib olgan aksiya va paylari evaziga dividend, yaʼni daromad olishlari kerak. (“Gazetadan”.)
Payok esa biror kishiga maʼlum vaqtga moʻljallab beriladigan oziq-ovqat miqdori:
Dadavoy aka bugun har kungidan ertaroq keldi. U oylik payogiga goʻsht, yogʻ, guruch, qandni bir xalta qilib koʻtarib kirdi. (H. Gʻulom, “Toshkentliklar”.)
Pay qadimgi turkiy tilda ulush, hissa, qurʼa, chek maʼnolarini bildirgan. Ruschaga ham xuddi shu maʼnoda oʻzlashgan. Паёк esa pay soʻzining kichraytirish-erkalash qoʻshimchasini olgan shakli. U belgilangan muddat uchun belgilangan miqdorda beriladigan oziq-ovqatni anglatadi. Asosan harbiylar orasida mashhur. Masalan, сухой паёк iborasi issiq ovqat tayyorlash ilojsiz boʻlgan sharoitda isteʼmol qilishga moʻljallangan yeguliklarni anglatadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qisqartma soʻzlar imlosi | 1️⃣4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍10💯2
Metroda tugʻilganmisan?
Bu iborani siz ham ishlatgan yoki eshitgan boʻlsangiz kerak. Metroda eshiklar oʻzi yopiladi, uni atay yopib qoʻyishingiz shart emas. Xonalarning eshigini esa yopib yurish kerak. Buni unutib qoʻyadiganlar “Metroda tugʻilganmisan?” degan dakkini eshitadi.
Rasmda eshikni yopmay ketadiganlarga nisbatan Yevropa tillarida qoʻllanadigan iboralar aks etgan.
Baʼzilarining tarjimasi:
🔹 Qushlarni ozodlikka chiqardingmi?
🔹 Tramvayda yashaysanmi?
🔹 Eshiksiz qishloqdan keldingmi?
🔹 Kolizeyda yashaysanmi?
🔹 Dalada tugʻilganmisan?
Eshikni ochiq qoldirib ketadiganlarga nisbatan ishlatiladigan qanday noyob va taʼsirli iboralarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.
❗️ Diqqat: haqoratli iboralarni yozmang.

👍26🔥3💯1🤨1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
18%
Tong yorishib, Quyosh chiqdi.
82%
Tong yorishib, quyosh chiqdi.
👍30💯6
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
❇️ Tahrirchini endi Telegramda ishlating!
@Tahrirchi_UzBot — Tahrirchining rasmiy Telegam botini sizga taqdim etamiz!
🔄 O‘girish
Botimiz matningizni lotin yoki kirill yozuviga o‘girganda undagi formatlarni saqlab qoladi (qalin, qiya kabi). Botga nafaqat matnli, balki rasm yoki videoga ega matnli xabarlar yuborsangiz ham bo‘ladi.
Bot yordamida Word, Excel va PowerPoint fayllarini ham o‘girishingiz mumkin.
📝 Tahrirlash
Biron-bir matnni tahrirlash uchun yuborsangiz, bot imloviy xatolarni topib, ularni to‘g‘rilashda ko‘maklashadi.
Botdan foydalanish mutlaqo bepul!
@tahrirchi_uz

👍25🔥2
Tahrirchi | Tilmoch
❇️ Tahrirchini endi Telegramda ishlating! @Tahrirchi_UzBot — Tahrirchining rasmiy Telegam botini sizga taqdim etamiz! 🔄 O‘girish Botimiz matningizni lotin yoki kirill yozuviga o‘girganda undagi formatlarni saqlab qoladi (qalin, qiya kabi). Botga nafaqat…
Tahrirchi – oʻzbek tiliga zamonaviy yondashuv
Tahrirchi – oʻzbek tili grammatikasi, imlosi va tahririga yoʻnaltirilgan loyiha. Men uning ekspertlaridanman. Loyiha rivojlanishi, takomillashib borishi uchun qoʻldan kelgancha maslahat, yordam berib kelyapman.
Tahrirchini yosh dasturchilar oʻz mehnatlari va sarmoyalari evaziga yuksaltirib boryapti. Yuqorida tilga olingan bot ustida ham ancha ter toʻkishdi. Oʻzim ishlatgan, sinab koʻrgan oʻgiruvchi botlar ichida eng yaxshisi – shu. U hatto matndagi havolalarni ham saqlab qoladi. Eng muhimi – mutlaqo bepul.
Loyiha asoschisi Muhammadsaid Mamasaidov boshqa serdaromadroq yoʻnalishlarga emas, aynan oʻzbek tili yoʻnalishiga eʼtibor qaratgan. Tahrirchini asta-sekin davlat tashkilotlari, turli nashriyotlar ham ishlata boshladi.
Bugun Tahrirchi eng ilgʻor texnologiyalar, jumladan, sunʼiy idrokdan ham foydalanyapti.
Oʻzbek tili rivojiga hissa qoʻshadigan ana shunday zamonaviy loyihalar koʻpayaversin.

👍38😎1
Sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada qisqartma sayyora, yulduz va boshqa osmon jismlari nomi imlosida eʼtibor qaratish zarur boʻlgan oʻrinlar tushuntirilgan. Quyosh, oy, yer, Mars, Pluton, Katta Ayiq yulduzi kabi soʻzlar qanday yozilishi kerak? Ularni har doim bosh harfda yozish oʻrinlimi? Bu kabi savollarga videodan javob topasiz.
👉 https://youtu.be/owPWbchZmVA

👍13