Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
🤨26👍18😱14💯8🔥5
Xato va xulosa

Agar imloviy, grammatik yoki uslubiy xatolarga duch kelsangiz, kitob va uning muallifiga nisbatan munosabatingiz oʻzgaradimi? Qay darajada? Fikringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍35
Batrak bir zamonlar botir boʻlgan

Batrak soʻzi oʻzbek tilida ham qoʻllanadi, asosan badiiy adabiyotda uchraydi. Ayniqsa, sovet davri adabiyotida qashshoq, birovga yollanib ishlaydigan va jabr-zulm koʻrgan batrak obrazi koʻp talqin qilingan. Gʻafur Gʻulomning “Koʻkan batrak” nomli asari ham bor. Batraklar kolxozlashtirish davrida tashviqotchilik vazifasini ham oʻtagan.

Filologlar fikricha, batrak atamasi rus tiliga turkiy tillardan, katta ehtimol bilan, tatar tilidan oʻtgan. Taniqli rus tilshunosi Maks Fasmerga koʻra, bu soʻzning ildizi botir soʻziga borib taqaladi. Botir soʻzi esa moʻgʻul tiliga oid. Moʻgʻul va turkiy xalqlarda jasur jangchilar nomiga botir, bahodir kabi unvonlar qoʻshib aytilgan.

Rus tiliga XVI asrda oʻzlashgan batrak bora-bora shu maʼnodagi boshqa soʻzlarni isteʼmoldan siqib chiqargan.

Soʻzning taqdiri ajoyib. Bir paytlar yovlarni zir titratgan botir va bahodirlar oʻz mol-mulki boʻlmagan yollanma ishchilarga – batraklarga aylangan.

@oriftolib
👍41
😢15💯12👍3🔥3
​​Matn bilan ishlashda qoʻl keladigan teztugmalar

Inglizcha hotkey soʻzma-soʻz issiq tugma deb tarjima qilinadi. Oʻzbekchada teztugma deyish mumkin (boshqa yaxshiroq variantingiz boʻlsa, izohlarda qoldiring).

Quyidagi teztugmalar matn bilan ishlashda, ayniqsa, Word dasturida katta foyda beradi. Ular faqat matnda emas, fayllar, turli dasturlar bilan ishlaganda ham shunday vazifalarni bajaradi.

Mabodo bilsangiz, nur ustiga nur. Agar shu paytgacha ishlatmagan boʻlsangiz, mashq qilib oʻrganib oling. Sichqoncha bilan qiynalib, nisbatan koʻp vaqt sarflab bajargan ishingizni soniyada bajarasiz.

Ctrl + B belgilangan matnni qalinga oʻtkazadi.
Ctrl + I belgilangan matnni qiyaga oʻtkazadi.
Ctrl + U belgilangan matnning tagiga chizadi.

Ctrl + CHAPGA/OʻNGGA kursorni chap yoki oʻngga bir soʻz oshiradi.
Shift + Ctrl + CHAPGA/OʻNGGA chap yoki oʻngdagi soʻzni belgilaydi.

Ctrl + Home/End kursorni satrning boshiga yoki oxiriga olib boradi.
Shift + Ctrl + Home/End satrni boshigacha yoki oxirigacha belgilaydi.

Ctrl + X belgilangan matnni kesib oladi.
Ctrl + C belgilangan matnni nusxalaydi.
Ctrl + V belgilangan matnni joylaydi.

Ctrl + K belgilangan soʻz, birikma yoki jumlaga havola joylashtiradi.

Ctrl + A butun hujjatdagi matnni belgilaydi.

Ctrl + W amaldagi hujjatni yopadi, lekin dasturdan chiqib ketmaydi.

🔄 Mavzuga aloqador:
Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi
Android uchun klaviatura

@oriftolib
👍48🔥6🤨1
​​Chugun – eritilgan mis

Chugun
soʻzini ogʻzaki tilda ishlatamiz, hatto ruscha qoʻshimchasini ham qoʻllaymiz. Isitish qovurgʻalari haqida gapirganda чугунная батарея atamasiga murojaat qilamiz. Aslida bu soʻz ham turkiy asosga ega. Chugunning oʻzbekchasi choʻyan boʻladi. Choʻyan uglerod bilan temirdan, shuningdek, juda oz miqdordagi boshqa qoʻshilmalardan iborat qotishma. U poʻlat hosil qilish yoki quyma detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.

Ruscha чугун va oʻzbekcha choʻyan asli bitta soʻz. Soʻz ruschada ham, oʻzbekchada ham tovush oʻzgarishlariga uchragan. “Devonu lugʻatit-turk”da choʻdin soʻzi eritib quyilgan bir turli mis deya izohlangan. U hozir qardosh turkiy tillarda turli talaffuz variantlarida ishlatiladi.

Choʻyan soʻzi ruschaga oʻzlashishiga XIV–XV asrlarda Bulgʻoriya, Bolgar va Juketov kabi hududlarda temir, choʻyan va poʻlat ishlab chiqarish ommalashgani sabab boʻlgan.

Bu soʻz turkiy tillarga xitoy tilidan oʻzlashgan degan qarash ham bor. Unga koʻra, choʻyan iborasi chju – metall quymoq, gung – ish soʻzlaridan hosil boʻlgan.

@oriftolib
👍36
Izofali birikmalar imlosi

Biroz tanaffusdan soʻng “Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda izofali birikmalar imlosi haqida gap boradi. Sahroi Kabir toʻgʻrimi yoki Sahroyi Kabir, adoi tamommi yoki adoyi tamom? Lavhada shu kabi savollarga javob topish mumkin.

👉 https://youtu.be/4RcfBy-wcF4

@oriftolib
👍42💯1
​​Деньги – tanganing koʻpligi

Rus tilida eng muhim hayotiy vosita – pulning oti ham asli turkiycha ekani koʻpchilikni hayratlantirsa ajab emas. Turkiy tillarda kumush pulni anglatgan tanga rus tiliga деньга boʻlib oʻtgan. Keyinchalik koʻplik shaklini olib, деньги koʻrinishiga kelgan. Rus tilidagi eʼtiborli etimologik manbalarning aksari bu fikrni tasdiqlaydi.

Tanga soʻzi rus tiliga XIV asrlarda kirib kelgan. XV asr rus yozma manbalarida ushbu soʻz тенка, тенки shaklida uchraydi.

Tanga qadimda arab, fors, hind, tibet kabi tillarda ham turli talaffuz variantlarida qoʻllangan. Tangalar dastlab kumushdan, keyinroq misdan zarb qilingan. Qadimgi Yunoniston va Forsda metall pullar danaka deb atalgan. Oltin Oʻrdada esa dang yoki danig deb nomlangan. Toʻgʻri oʻylayapsiz, har ikki soʻz tanganing ayni oʻzi. Faqat tovushlari biroz oʻzgargan.

Baʼzi manbalarga koʻra, tanga soʻzining ildizi tiyinga borib taqaladi. Ayrim manbalar esa ruscha деньги turkiycha tamgʻadan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Darvoqe, tamgʻadan hosil boʻlgan boshqa bir rus soʻzi ham siz-u bizga yaxshi tanish.

@oriftolib
👍35
Qozoq banki stavka so‘zini ustama deb yaxshi tarjima qilibdi.

Manba
👍59💯1
​​Bolalik

Oʻttiz sakkiz yilim – oʻttiz sakkiz togʻ,
Ortimda qolmoqda oqlik, qoralik.
Kecha eng yaqinim, bugun eng uzoq,
Yillarim – bolalik, yoʻlim – bolalik.

Betashvish boladan gʻamga aylandim,
Balqigan hiloldan shamga aylandim.
Kechagina eding asalim, qandim –
Shiralari bosgan qoʻlim – bolalik.

Ostona hatlasam – koʻcha bechora,
Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora.
Bugun qurgʻoq dala, kechagi bola,
Yomgʻirim – bolalik, doʻlim – bolalik.

Yoʻqsan, uzoqlarga uzoooq termulib,
Izlayman, xayollar ichra koʻmilib.
Bugun gʻamlarga gʻarq, kecha choʻmilib,
Ust-boshi shalobbo, hoʻlim – bolalik.

Alamlar suykalar quchogʻin ochib,
Quyosh ham nur emas qahrini sochib.
Oftobda qoldirib, ketding-a qochib,
Salqinim – bolalik, soʻlim – bolalik.

Rosti, tashvishlardan judayam toldim,
Uzr, birozgina vaqtingni oldim.
Kecha soyda edim, sahroda qoldim,
Daryo bolaligim, koʻlim – bolalik.

Katta boʻlmoq zavqi aylabon asir,
Ulgʻaymoqqa shoshib, yelibman zir-zir,
Qadringni bilmagan Botirni kechir,
Eh, oʻzimning sodda, goʻlim – bolalik.

#Sheʼriy_lahza

Botirjon Ergashev

@oriftolib
👍33😢10😱2🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
9%
Sayroi Kabir
70%
Sahroyi Kabir
20%
Sahroyi kabir
👍33😢9💯5🤨2
Tamojnya – tamgʻa uriladigan joy

Tamgʻa
soʻzi qadimda chorva yoki boshqa mulklarni ajratish uchun qoʻyiladigan belgini bildirgan. U taq feʼliga -ma qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Taqma vaqt oʻtib, tovush oʻzgarishiga uchragan va tamgʻaga aylangan.

Koʻchmanchi turk qabilalari asosan otlari va qimmatbaho buyumlariga tamgʻa bosgan. U bu mulkning biror shaxsga yoki qabilaga tegishli ekanini bildirib turgan.

Tamgʻa Oltin Oʻrda davrida Qadimgi Rusda savdo bojini anglatgan.

Rus etimolog olimi Lev Uspenskiyga koʻra, tamgʻa atamasi rus tiliga III asrda kirib kelgan. Soliq yigʻuvchilar turli yorliqlarga qoʻyadigan muhr tamgʻa, muhr bosuvchilar esa bosqoq deb atalgan. Chegara boji ham tamgʻa deb nomlangan, chunki boj toʻlangach, hujjatga tamgʻa urilgan. Shu soʻzdan таможня hosil boʻlgan. U tamgʻa qoʻyiladigan joy, idorani anglatgan. Bu yerda ishlovchilar таможьникъ, таможенникa nomini olgan.

@oriftolib
👍50
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Izofali birikmalar imlosi | 1️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍25🔥1
😢21👍14🤨3💯1
👍26😢5💯4🤨1
Joy nomlari imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Joy nomlari imlosi osonday tuyuladi. Lekin unda ham adashtiradigan, ikkilantiradigan oʻrinlar bor. Lavhadan joy nomlari imlosidagi eʼtibortalab jihatlarni oʻrganib olasiz.

👉 https://youtu.be/hcaUdMMelL8

@oriftolib
👍22
Лошадь – axta ot

Ming yillar oldin rus tilida лошадь so‘zi bo‘lmagan. Ot конь so‘zi yordamida ifodalangan. Keyinchalik turkiy tillar taʼsirida лошадь ham isteʼmolga kirgan.

Лошадь alasha va ot so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Alasha turkiy tillarda ot, axta ot maʼnolarini anglatgan. Turkiy qavmlar orasida juda ommalashgan bu so‘z Sharqiy Yevropa tillariga ham ko‘chib o‘tgan. Alasha baʼzan ot so‘zi bilan ham ishlatilgan, ruschaga ayni shu shakli o‘zlashgan. Baʼzi olimlar fikricha, alasha ruschaga лоша shaklida o‘tgan, so‘ng unga -дь qo‘shimchasi qo‘shilgan. Ukrain tilida esa лоша shakli saqlangan va u qulun, toycha maʼnosini anglatadi.

Alashaning birinchi tovushi tushib qolishi favqulodda holat emas. Rus tiliga turkiy tillardan o‘tgan so‘zlarda bunday o‘zgarishlar uchrab turadi. Masalan, kulba, kapa maʼnosidagi olachuq so‘zi ruschaga лачуга shaklida o‘tgan.

Лоша лошак shakliga kirgach, xachir maʼnosiga ega bo‘lgan. So‘z so‘ngidagi -k boshqa bir turkizm – ишак, yaʼni eshak taʼsirida yuzaga kelgan.

@oriftolib
👍37💯3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
Uyqusiramoq
32%
Uyqisiramoq
👍22😢7💯6
👍25💯10😢7🤨6
Ералаш – aralash-quralash

“Ералаш” nomli bolalar hajviy kinojurnalini bilsangiz kerak. Nomi o‘zimizning aralash so‘ziga o‘xshab ketadi. Lekin bu o‘xshashlik tasodif emas. Ruscha ералаш ayni shu aralashning o‘ppa-o‘zi.

Aralash o‘zbekchada qo‘shilgan, qorishgan holatni anglatsa, boshqa turkiy tillarda tartibsizlik, tartibsiz harakat, hovliqish kabi maʼnolarga ega. Ералаш ruschada boshi-keti yo‘q tartibsizlik, chigallik, chalkashlik, aralash-quralashlikni bildiradi.

Olimlar fikricha, bu so‘z rus tiliga XVIII–XIX asrlarda o‘zlashgan. Baʼzi tadqiqotchilar ералаш dastlab Sharq taomlaridan biri bo‘lgani, keyinchalik maʼnosi o‘zgarib ketganini ilgari suradi. Boshqalar esa so‘z yangi o‘zlashgan paytda ham hozirgi maʼnosida bo‘lgan degan fikrda.

@oriftolib
👍28🔥3💯2