Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Soʻxtasi sovuq

Bu iboraga ora-sira duch kelamiz-u, lekin lugʻaviy maʼnosini deyarli oʻylab koʻrmaymiz. Nega soʻxta, soʻxta nima oʻzi? Soʻxta – pilikning kuygan qismi. U sham yoki moychiroqda boʻladi:

Moyi tugab, piligi soʻxta boʻlgan chiroq bir lip etib, soʻndi. (S. Ahmad, “Hukm”.)

Kuygan pilik yoqimsiz koʻrinishga ega boʻladi, burishib, bujmayib qoladi. Kishining yuzi unga oʻxshatilishidan oʻta yoqimsiz, turqi sovuq kimsani tasvirlash maqsad qilinadi:

E, meni endi koʻryapsizmi, Muyassarxon, eski bilganingiz sassiq chol – soʻxtasi sovuq Nazar Yaxshiboyman-da. (M. M. Doʻst, “Lolazor”.)

@oriftolib
👍42
👍18💯14
Dili xufton

Koʻngli gʻashlik, xafalikni ifodalash uchun dili xufton, koʻngli xufton, taʼbi xufton kabi iboralar ishlatiladi. Xufton soʻzi forschadan, aslida uxlamoq, uxlash maʼnolariga ega. Biroq maʼnosi kengayib, oʻzgargan. U quyosh botganidan bir yarim-ikki soat keyingi vaqtni va shu vaqtda oʻqiladigan namozni anglatadi.

Xufton vaqti rosmana tun kirganini anglatadi. Chunki bu paytda ufqda qizillik ham, oqish nur ham qolmaydi. Hamma yoqqa zim-ziyo tun choʻkadi. Kishining dilida ana shunday qorongʻilik borligini obrazli tasvirlash orqali uning ruhiy holati, tushkunligi yorqinroq ifodalanadi:

Boʻrining dili xufton boʻldi. (T. Murod, “Qoʻshiq”.)

@oriftolib
👍33🔥5
Bular aslida ruscha emas: rus tiliga oʻzlashgan turkiycha soʻzlar

Yogurt, stakan, utyug, kirpich kabi soʻzlar asli oʻzbekcha ekani, rus tiliga turkiy tillardan oʻzlashgani haqida maktab darsligida berilgan maʼlumot ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga, hatto kulgi-mazax va kinoyalarga sabab boʻldi. Yuz minglab obunachiga ega kanallar ham bu maʼlumotni istehzo bilan tanqid qildi. Aslida-chi? Ozroq kitob varaqlagan, manba koʻrgan kishi bu soʻzlar rus tiliga haqiqatan ham turkiy tillardan oʻzlashganiga amin boʻladi.

Tillar bir-biri bilan muntazam aloqada. Bir-biridan soʻz olib, soʻz beradi. Agar bu jarayon tabiiy shaklda kechsa, bunday oldi-berdi tilni boyitishga xizmat qiladi. “Daryo” nashrida turkiy ildizga ega, rus tiliga oʻzlashib, ruslashib ketgan soʻzlarimiz haqidagi maqolam eʼlon qilindi.

Toʻliq oʻqish:
👉 https://daryo.uz/2023/07/19/bular-aslida-ruscha-emas-rus-tiliga-ozlashgan-turkiycha-sozlar

@oriftolib
👍40💯7🔥3
​​Doʻppisi yarimta

Bu ibora hozir nisbatan kam ishlatiladi. Shu sababli ham maʼnosini birdaniga tushunishga qiynalish mumkin. Nega doʻppisi yarimta? Bu haqoratmi, achinishmi yo shunchaki tasvirmi?

Izohli lugʻatga koʻra, doʻppisi yarimta iborasi ishi joyida, gʻam-tashvishi yoʻq, parvoyi falak, begʻam kabi maʼnolarni anglatadi. Bunda doʻppisini qiyshaytirib yoki buklab kiyib yuradigan, shu orqali kayfiyati zoʻrligi, dunyoni suv bossa toʻpigʻiga chiqmasligini koʻrsatadigan odam ifodalangan. Lekin doʻppisi yarimtalik har doim ham fazilat emas, u oʻzidan bexabarlikka, turli mashaqqat va qiyinchiliklarga ham sabab boʻlishi mumkin:

...odamlar oyogʻidan qarzga ilinadi. Hech nima boʻlmaganday, doʻppisi yarimta! Halqumigacha qarzga botganini oʻzi sezmay qoladi. (Oybek, “Qutlugʻ qon”.)

Iboraning doʻppi yarimta, doʻppini yarimta qilib, doʻppisini yarimta qilib kabi shakllari ham bor:

“Sessiya-sessiya deb qoʻrqitishadi, sessiyasi hech gap emas ekan-ku”, deb doʻppini yarimta qilib yurishuvdi. (P. Qodirov, “Uch ildiz”.)

@oriftolib
👍20🔥4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
50%
Paydar-pay
50%
Paydarpay
👍21😢15🔥4💯4
🤨26👍18😱14💯8🔥5
Xato va xulosa

Agar imloviy, grammatik yoki uslubiy xatolarga duch kelsangiz, kitob va uning muallifiga nisbatan munosabatingiz oʻzgaradimi? Qay darajada? Fikringizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍35
Batrak bir zamonlar botir boʻlgan

Batrak soʻzi oʻzbek tilida ham qoʻllanadi, asosan badiiy adabiyotda uchraydi. Ayniqsa, sovet davri adabiyotida qashshoq, birovga yollanib ishlaydigan va jabr-zulm koʻrgan batrak obrazi koʻp talqin qilingan. Gʻafur Gʻulomning “Koʻkan batrak” nomli asari ham bor. Batraklar kolxozlashtirish davrida tashviqotchilik vazifasini ham oʻtagan.

Filologlar fikricha, batrak atamasi rus tiliga turkiy tillardan, katta ehtimol bilan, tatar tilidan oʻtgan. Taniqli rus tilshunosi Maks Fasmerga koʻra, bu soʻzning ildizi botir soʻziga borib taqaladi. Botir soʻzi esa moʻgʻul tiliga oid. Moʻgʻul va turkiy xalqlarda jasur jangchilar nomiga botir, bahodir kabi unvonlar qoʻshib aytilgan.

Rus tiliga XVI asrda oʻzlashgan batrak bora-bora shu maʼnodagi boshqa soʻzlarni isteʼmoldan siqib chiqargan.

Soʻzning taqdiri ajoyib. Bir paytlar yovlarni zir titratgan botir va bahodirlar oʻz mol-mulki boʻlmagan yollanma ishchilarga – batraklarga aylangan.

@oriftolib
👍41
😢15💯12👍3🔥3
​​Matn bilan ishlashda qoʻl keladigan teztugmalar

Inglizcha hotkey soʻzma-soʻz issiq tugma deb tarjima qilinadi. Oʻzbekchada teztugma deyish mumkin (boshqa yaxshiroq variantingiz boʻlsa, izohlarda qoldiring).

Quyidagi teztugmalar matn bilan ishlashda, ayniqsa, Word dasturida katta foyda beradi. Ular faqat matnda emas, fayllar, turli dasturlar bilan ishlaganda ham shunday vazifalarni bajaradi.

Mabodo bilsangiz, nur ustiga nur. Agar shu paytgacha ishlatmagan boʻlsangiz, mashq qilib oʻrganib oling. Sichqoncha bilan qiynalib, nisbatan koʻp vaqt sarflab bajargan ishingizni soniyada bajarasiz.

Ctrl + B belgilangan matnni qalinga oʻtkazadi.
Ctrl + I belgilangan matnni qiyaga oʻtkazadi.
Ctrl + U belgilangan matnning tagiga chizadi.

Ctrl + CHAPGA/OʻNGGA kursorni chap yoki oʻngga bir soʻz oshiradi.
Shift + Ctrl + CHAPGA/OʻNGGA chap yoki oʻngdagi soʻzni belgilaydi.

Ctrl + Home/End kursorni satrning boshiga yoki oxiriga olib boradi.
Shift + Ctrl + Home/End satrni boshigacha yoki oxirigacha belgilaydi.

Ctrl + X belgilangan matnni kesib oladi.
Ctrl + C belgilangan matnni nusxalaydi.
Ctrl + V belgilangan matnni joylaydi.

Ctrl + K belgilangan soʻz, birikma yoki jumlaga havola joylashtiradi.

Ctrl + A butun hujjatdagi matnni belgilaydi.

Ctrl + W amaldagi hujjatni yopadi, lekin dasturdan chiqib ketmaydi.

🔄 Mavzuga aloqador:
Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi
Android uchun klaviatura

@oriftolib
👍48🔥6🤨1
​​Chugun – eritilgan mis

Chugun
soʻzini ogʻzaki tilda ishlatamiz, hatto ruscha qoʻshimchasini ham qoʻllaymiz. Isitish qovurgʻalari haqida gapirganda чугунная батарея atamasiga murojaat qilamiz. Aslida bu soʻz ham turkiy asosga ega. Chugunning oʻzbekchasi choʻyan boʻladi. Choʻyan uglerod bilan temirdan, shuningdek, juda oz miqdordagi boshqa qoʻshilmalardan iborat qotishma. U poʻlat hosil qilish yoki quyma detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.

Ruscha чугун va oʻzbekcha choʻyan asli bitta soʻz. Soʻz ruschada ham, oʻzbekchada ham tovush oʻzgarishlariga uchragan. “Devonu lugʻatit-turk”da choʻdin soʻzi eritib quyilgan bir turli mis deya izohlangan. U hozir qardosh turkiy tillarda turli talaffuz variantlarida ishlatiladi.

Choʻyan soʻzi ruschaga oʻzlashishiga XIV–XV asrlarda Bulgʻoriya, Bolgar va Juketov kabi hududlarda temir, choʻyan va poʻlat ishlab chiqarish ommalashgani sabab boʻlgan.

Bu soʻz turkiy tillarga xitoy tilidan oʻzlashgan degan qarash ham bor. Unga koʻra, choʻyan iborasi chju – metall quymoq, gung – ish soʻzlaridan hosil boʻlgan.

@oriftolib
👍36
Izofali birikmalar imlosi

Biroz tanaffusdan soʻng “Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda izofali birikmalar imlosi haqida gap boradi. Sahroi Kabir toʻgʻrimi yoki Sahroyi Kabir, adoi tamommi yoki adoyi tamom? Lavhada shu kabi savollarga javob topish mumkin.

👉 https://youtu.be/4RcfBy-wcF4

@oriftolib
👍42💯1
​​Деньги – tanganing koʻpligi

Rus tilida eng muhim hayotiy vosita – pulning oti ham asli turkiycha ekani koʻpchilikni hayratlantirsa ajab emas. Turkiy tillarda kumush pulni anglatgan tanga rus tiliga деньга boʻlib oʻtgan. Keyinchalik koʻplik shaklini olib, деньги koʻrinishiga kelgan. Rus tilidagi eʼtiborli etimologik manbalarning aksari bu fikrni tasdiqlaydi.

Tanga soʻzi rus tiliga XIV asrlarda kirib kelgan. XV asr rus yozma manbalarida ushbu soʻz тенка, тенки shaklida uchraydi.

Tanga qadimda arab, fors, hind, tibet kabi tillarda ham turli talaffuz variantlarida qoʻllangan. Tangalar dastlab kumushdan, keyinroq misdan zarb qilingan. Qadimgi Yunoniston va Forsda metall pullar danaka deb atalgan. Oltin Oʻrdada esa dang yoki danig deb nomlangan. Toʻgʻri oʻylayapsiz, har ikki soʻz tanganing ayni oʻzi. Faqat tovushlari biroz oʻzgargan.

Baʼzi manbalarga koʻra, tanga soʻzining ildizi tiyinga borib taqaladi. Ayrim manbalar esa ruscha деньги turkiycha tamgʻadan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Darvoqe, tamgʻadan hosil boʻlgan boshqa bir rus soʻzi ham siz-u bizga yaxshi tanish.

@oriftolib
👍35
Qozoq banki stavka so‘zini ustama deb yaxshi tarjima qilibdi.

Manba
👍59💯1
​​Bolalik

Oʻttiz sakkiz yilim – oʻttiz sakkiz togʻ,
Ortimda qolmoqda oqlik, qoralik.
Kecha eng yaqinim, bugun eng uzoq,
Yillarim – bolalik, yoʻlim – bolalik.

Betashvish boladan gʻamga aylandim,
Balqigan hiloldan shamga aylandim.
Kechagina eding asalim, qandim –
Shiralari bosgan qoʻlim – bolalik.

Ostona hatlasam – koʻcha bechora,
Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora.
Bugun qurgʻoq dala, kechagi bola,
Yomgʻirim – bolalik, doʻlim – bolalik.

Yoʻqsan, uzoqlarga uzoooq termulib,
Izlayman, xayollar ichra koʻmilib.
Bugun gʻamlarga gʻarq, kecha choʻmilib,
Ust-boshi shalobbo, hoʻlim – bolalik.

Alamlar suykalar quchogʻin ochib,
Quyosh ham nur emas qahrini sochib.
Oftobda qoldirib, ketding-a qochib,
Salqinim – bolalik, soʻlim – bolalik.

Rosti, tashvishlardan judayam toldim,
Uzr, birozgina vaqtingni oldim.
Kecha soyda edim, sahroda qoldim,
Daryo bolaligim, koʻlim – bolalik.

Katta boʻlmoq zavqi aylabon asir,
Ulgʻaymoqqa shoshib, yelibman zir-zir,
Qadringni bilmagan Botirni kechir,
Eh, oʻzimning sodda, goʻlim – bolalik.

#Sheʼriy_lahza

Botirjon Ergashev

@oriftolib
👍33😢10😱2🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
9%
Sayroi Kabir
70%
Sahroyi Kabir
20%
Sahroyi kabir
👍33😢9💯5🤨2
Tamojnya – tamgʻa uriladigan joy

Tamgʻa
soʻzi qadimda chorva yoki boshqa mulklarni ajratish uchun qoʻyiladigan belgini bildirgan. U taq feʼliga -ma qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Taqma vaqt oʻtib, tovush oʻzgarishiga uchragan va tamgʻaga aylangan.

Koʻchmanchi turk qabilalari asosan otlari va qimmatbaho buyumlariga tamgʻa bosgan. U bu mulkning biror shaxsga yoki qabilaga tegishli ekanini bildirib turgan.

Tamgʻa Oltin Oʻrda davrida Qadimgi Rusda savdo bojini anglatgan.

Rus etimolog olimi Lev Uspenskiyga koʻra, tamgʻa atamasi rus tiliga III asrda kirib kelgan. Soliq yigʻuvchilar turli yorliqlarga qoʻyadigan muhr tamgʻa, muhr bosuvchilar esa bosqoq deb atalgan. Chegara boji ham tamgʻa deb nomlangan, chunki boj toʻlangach, hujjatga tamgʻa urilgan. Shu soʻzdan таможня hosil boʻlgan. U tamgʻa qoʻyiladigan joy, idorani anglatgan. Bu yerda ishlovchilar таможьникъ, таможенникa nomini olgan.

@oriftolib
👍50
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Izofali birikmalar imlosi | 1️⃣2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍25🔥1
😢21👍14🤨3💯1
👍26😢5💯4🤨1