Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
​​Oyshami yoki Oisha?

Bu ism turli shakllarda yozilyapti: Oysha, Oisha, Aisha. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

Ism imlosi boʻyicha aniq qoida yoʻq. Ammo odatlanilgan imlo bor. Odatlanilgan imlo nima? Bunda soʻzni maʼlum bir shaklda yozish urfga kirgan boʻladi. Yuqorida sanalgan variantlar ichida eng koʻp ommalashgani, odatlanilgani – Oysha. Izohli lugʻatdagi misollarda ham aynan shu variant ishlatilgan. Oisha yoki Aisha uchramaydi.

Oysha arab tilida tirik, barhayot, saodatda yashovchi, baxtli yashovchi kabi maʼnolarni anglatadi.

Oysha ismi Oysha onamiz roziyallohu anho nomi sababli xalqimiz orasida keng tarqalgan. Yirik diniy-maʼrifiy nashr – “Hidoyat” jurnali ham bu ismni aynan Oysha shaklida yozadi.

Menimcha, Oysha varianti oʻzbekchada oy soʻzi qatnashgan ayollar ismlari va talaffuz taʼsirida ommalashgan.

Xoʻsh, Oisha varianti xatomi? Xato emas. Lekin kamroq tarqalgan. Aisha varianti esa xato. Uni aynan shu shaklda ism qoʻyilgan boʻlsa yoki u boshqa millat vakilasining nomi boʻlsagina, ishlatish mumkin.

Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlarning imlosida turfaxillik koʻp uchraydi. Masalan, Oysha ismidagi kabi oi tovushlari qatnashgan oila, doim, doir, oid soʻzlarini olaylik. Bunday soʻzlarda oi varianti tanlangan. Moyil, qoyil, qoyim, loyiq kabi soʻzlarda esa bir y orttirilgan. Vaholanki, sanalgan soʻzlar tarkibidagi oi tovushlari arab imlosida bir xil – alif va hamza bilan ifodalanadi. Demak, bu borada lugʻatlarga, qatʼiylashgan odatga amal qilinadi. Eng toʻgʻri yoʻl – shu.

#Soʻragan_edingiz


@oriftolib
👍58💯9
Assalomu alaykum.

Qurbon hayiti barchamizga qutlugʻ boʻlsin!

@oriftolib
👍80🔥30💯14
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

Iboralar – tilning go‘zalligi, kuch-quvvatini oshiradigan vosita. Ular obrazlari, mubolag‘a, kinoya va tagmaʼnolari bilan jumlaga betakrorlik, taʼsirchanlik, zavq, joziba bag‘ishlaydi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib xalq tilidan munosib joy egallagan ana shunday iboralarning baʼzilarini sharhlaydi.

Batafsil — https://dy.uz/KpWRs

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
👍21🔥17
Qaysi variant adabiy tilga xos?

Yuganning ot ogʻziga solinadigan metall qismi – ...
Anonymous Quiz
61%
Suvliq
39%
Suvluq
👍17😢6💯5🔥3😱1
👍23💯8😢4🔥3😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida qabul davom etmoqda.

Bosma  OAV va noshirlik ishi fakulteti talabasi boʻlishni xohlaysizmi? Unda shoshiling!

Yoʻnalishlar:
1️⃣ Bosma OAV jurnalistikasi
2️⃣ Harbiy jurnalistika
3️⃣ Sport jurnalistikasi

📲 Sahifalarimiz👇
Instagram | Facebook | Telegram

Reklama
👍18🔥2💯2🤨1
Ammamning buzogʻi

Bu ibora xalq tilida juda faol. Haqoratli maʼnoda, bepisandlik bilan qoʻllanadi va hech bir ishni eplolmaydigan; lavang, shudsiz maʼnolarini anglatadi:

Indamay qoʻya qolay dedim-u, Marziya oldida ammamning buzogʻi boʻlib oʻtirgim kelmadi. (A. Muxtor, “Davr mening taqdirimda”).

Koʻpincha iboralar tarkibidagi soʻzlarning maʼnolari unutiladi va ibora yaxlit holda tamom boshqa bir maʼnoni anglatadi. Ushbu frazeologizmda ham amma va buzoq soʻzlarining maʼnosi unutilgan. Taxminimcha, bu ibora oʻxshatish sabab paydo boʻlgan. Nima boʻlayotganini tushunmay, kalovlanib turish holati buzoqning javdirashi, onasini izlab dovdirashiga oʻxshatilgan.

Oʻzbek tilida buzoq obrazi qatnashgan maqollar koʻp. Ularning aksariyatida salbiy maʼno ifodalangan: “Buzoqni boʻsh qoʻysang, xurmachani agʻdaradi”, “Buzoq koʻp emsa boʻkadi, Boʻsh qoʻysang toʻkadi”, “Buzoqni tilga olsang, ipini uzib keladi”, “Buzoqning yugurgani somonxonagacha”, “Tirraqi buzoq butun podani bulgʻaydi”.

@oriftolib
👍51💯5
..Ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur.

Shavkat Mirziyoyev
👍56🔥11😢7
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
33%
Diyeta
67%
Dieta
👍15💯10😢8😱2🤨2🔥1
Qay biri toʻgʻri?

Eron Prezidenti – ...
Anonymous Quiz
30%
Ibrohim Raisi
70%
Ibrohim Raisiy
👍22😢8💯5😱2🔥1
Koʻz ochib koʻrganim

Xalq tilida koʻz ochib koʻrgan iborasi koʻp ishlatiladi. U ilk bor nikoh qurgan kishini, yaʼni birinchi er yoki birinchi xotinni anglatadi. Masalan, yigit ilk bor nikoh qurgan boʻlsa, kelin unga koʻz ochib koʻrgan boʻladi. Qiz ilk bor turmushga chiqayotgan boʻlsa, kuyov u uchun koʻz ochib koʻrgan sanaladi:

Norjon ona Boydoda muallimning koʻz ochib koʻrgani. (J. Abdullaxonov, “Xonadon”.)

Bu iboraning paydo boʻlishi chimildiqdagi oyna tutish udumi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Oldinlari toʻydan soʻng kelin-kuyovga oyna tutilgan, ular bir-birini ilk bor oynada koʻrgan.

Boshqa bir taxminga koʻra, koʻz ochib koʻrish kengroq maʼnoni – tugʻilganda ilk bor koʻzi tushishni anglatgan. Keyinroq iboraning maʼnosi torayib, nikoh bilan bogʻliq mazmunda koʻproq ishlatila boshlagan.

@oriftolib
👍34🔥7
Sichqonning ini ming tanga

Bu ibora kishi qochishga joy topa olmay qolgan paytni ifodalaydi. Yashirinishga joy-imkon topolmayotgan odam noilojlikdan hatto sichqonning inini ming tangaga olishga tayyor. Ming tangani ming dollar deb oʻqisangiz, vaziyat koʻz oldingizda yanayam yorqinroq namoyon boʻladi. Sichqonning ini odam uchun oʻta kichik, unga sigʻish, kirib yashirinib olish mutlaqo imkonsiz. Aqli joyida kishiga buni uqtirish oʻzi aqlsizlik. Lekin yuragi taka-puka boʻlib turgan kishining qoʻrquvi shu darajadaki, sichqonning inidan ham umid qiladi:

Shu vaqt deng otam birdan hayhaylab kelib qoldilar-ku, Rahimvoyga sichqonning ini ming tanga boʻldi. (H. Nazir, “Soʻnmas chaqmoqlar”.)

Bu iboraning sichqon ini ming tanga boʻldi, sichqon ini ming tanga boʻlib ketdi, sichqonning inini ming tanga qilib yubormoq kabi variantlari bor.

Ibora maqol tarkibida ham uchraydi:

Qoʻrqoqqa sichqonning ini – ming tanga.

@oriftolib
👍43🔥3😱2😢1
👍27🔥3🤨3💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammabop oʻzbek tili

↘️ Qanshar nima? Ensa qayer? Boʻksa yo taqim nimani anglatadi? Oʻzbekchani oʻrganayotganlarni qoʻya turaylik, hatto oʻzbeklar ham bu soʻzlarning maʼnosini toʻla-toʻkis bilmasa kerak. Bular – tana aʼzolarini bildiradigan oddiy soʻzlar.

Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Ustoz – 2020” tanlovi gʻolibi, oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchi Zulfiya Rashidova Respublika taʼlim markazi bilan hamkorlikda “Hammabop oʻzbek tili” mualliflik loyihasini yoʻlga qoʻyibdi. Loyihada har biri 3–5 daqiqalik videodarslar tayyorlanadi. Ularda grammatik qoidalar, imloviy savodxonlik, ayrim soʻz va iboralar mazmuni tushuntirib beriladi.

Darslarni albatta koʻring, oʻz ona tilingizni chuqurroq oʻrganing.

👉 YouTube: @Hammabopozbektili
👉 Telegram: @suvaydo

@oriftolib
👍32🔥5🤨2
Pixini yorgan

Koʻp ish koʻrgan, koʻp ishlarni boshdan kechirib, ayyor, quv boʻlib ketgan odam haqida gapirganda pixi qayrilgan, pixini yorgan, pix yorgan kabi iboralar ishlatiladi.

Pixini yorgan iborasiga baʼzan tullak soʻzi ham qoʻshiladi. Tullak soʻzi bulturgi, ikki yoki uch yillik parrandaga nisbatan ishlatiladi. Bunday parranda allaqachon tullagan, tullab chiqqan boʻladi. Demak, u qari, maʼlum bir “hayotiy yoʻl”ni bosib oʻtgan. Tullak soʻzi iboraning maʼnosini yanada kuchaytiradi va oʻtaketgan firibgar, ayyor, makkor kishini anglatadi:

Jinoyatchining kattasi – uning akasi Ziyodilla. Pixini yorgan tullak. (H. Gʻulom, “Mashʼal”.)

Pixini yorgan iborasining burganing koʻzini koʻrgan shaklidagi sinonimi ham bor. Bu iborada kinoya yanada kuchaygan. Burga – juda mayda hasharot. Uning koʻzini koʻrish uchun maxsus mikroskop kerak. Iboradagi mubolagʻa kishining makkorligini boʻrttirib ifodalashga xizmat qilyapti.

@oriftolib
👍46🔥3💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
51%
Xushyorlik va faollik
49%
Hushyorlik va faollik
👍29😱10🔥4🤨3
Alifni kaltak deyolmaydi

Alifni kaltak deyolmaydi yoki alifni tayoq deyolmaydi iboralari xat-savodi, maʼlumoti yoʻq, hech narsa bilmaydigan maʼnolarida ishlatiladi. Koʻpincha salbiy maʼno tashiydi.

Alif arab alifbosininng birinchi harfi va uning nomi. Savod chiqarishga kirishganlar birinchi boʻlib shu harf bilan tanishgan. Iborada tasvirlangan odam shakli tayoqchaga oʻxshash bu harfni koʻrib, kaltak yoki tayoqqa ham mengzolmaydigan darajada.

Iboraning alifni tayoq deydi shakli ham bor. Aslida bu oʻrinda istehzo yanada oshib tushgan. Jumlada tilga olingan kishi savodsizlarning ham savodsizi. U harf bilan tayoqni ajratolmaydi va shu sababli alifni koʻrib, bu tayoq boʻlsa kerak deb oʻylaydi.

@oriftolib
👍42😱8💯2🤨2
Turk tili ixlosmandlari uchun

Sizlarga “Ibrat farzandlari” loyihasining turk tili ustozi, “Hilol edu” oʻquv markazi asoschisi Gʻulomjon Sobirovning kanalini tavsiya etaman. Kanalda turk tilini oʻrganish, xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish, Turkiyada taʼlim olish boʻyicha qimmatli maslahatlar berib boriladi. Turk tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar YouTubeʼdagi bepul darslardan foydalanishi mumkin. Noldan boshlab, oʻzbek tilida tushuntirilgan.

📌 Demak:
👉 Telegram
👉 YouTube

@oriftolib
👍19
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
58%
Ishsizlikdan holi hudud
42%
Ishsizlikdan xoli hudud
👍35😱12😢4🤨2
Soʻxtasi sovuq

Bu iboraga ora-sira duch kelamiz-u, lekin lugʻaviy maʼnosini deyarli oʻylab koʻrmaymiz. Nega soʻxta, soʻxta nima oʻzi? Soʻxta – pilikning kuygan qismi. U sham yoki moychiroqda boʻladi:

Moyi tugab, piligi soʻxta boʻlgan chiroq bir lip etib, soʻndi. (S. Ahmad, “Hukm”.)

Kuygan pilik yoqimsiz koʻrinishga ega boʻladi, burishib, bujmayib qoladi. Kishining yuzi unga oʻxshatilishidan oʻta yoqimsiz, turqi sovuq kimsani tasvirlash maqsad qilinadi:

E, meni endi koʻryapsizmi, Muyassarxon, eski bilganingiz sassiq chol – soʻxtasi sovuq Nazar Yaxshiboyman-da. (M. M. Doʻst, “Lolazor”.)

@oriftolib
👍42
👍18💯14