Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Bir toifa paydo boʻlgan: farosatini ancha oldin yoʻqotib qoʻygan, ichi nafratga toʻla. Shu holatini erkinlik, liberallik deb biladi. Goʻyo ular hammaga oʻrnak, jamiyatning yoʻlboshchisi, lokomotivi. Oʻrnakka boshqalar misol qilinsa, tutaqib, boʻzarib-gezarib ketadi.

Faqat oʻzingizga, nafsingizga emas, jamiyatga keltirayotgan real foydangiz bilan zoʻrligingizni koʻrsating. Hozirgi holatingiz – masxarabozlik xolos.

#Kundalikdan

@oriftolib
👍62💯10🔥4🤨1
​​“Tomonidan”ning tomonlari

Tildagi har bir soʻz yoki iboraning oʻziga yarasha vazifasi bor. Biroq oʻrinsiz ishlatsangiz, hatto eng zalvarli soʻz, ibora yoki jumlani ham obroʻsizlantirib qoʻyish mumkin.

Tomonidan soʻzini oʻrinsiz ishlatish koʻp uchraydi. OAV va kitoblardan shu soʻz qatnashgan majhul nisbatdagi jumlalarni qidirib koʻring, bunga oʻzingiz ham amin boʻlasiz:

Olimlar tomonidan koronavirusning uchta yangi alomati aniqlandi.

⚠️ Nimasi xato?

Gapda harakatning bajaruvchisi koʻrsatilgan boʻlsa, majhul nisbat qoʻllamaslik kerak. Majhul nisbatdagi gap uzun va mujmallikka moyil boʻladi.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Aniq nisbatda berish kerak:

Olimlar koronavirusning uchta yangi alomatini aniqladi.

Gap loʻnda, tushunishga oson va oʻquvchiga yengil yetib boradi. Hech kimning “tomon”iga ehtiyoj yoʻq.

👉 Bu shakldagi jumlalar urf boʻlishining sabablaridan biri – tarjima tiliga yoki oʻzi yaxshiroq biladigan tilga taqlid. Rus va ingliz tillarida ish-harakat bajaruvchisini majhul nisbatda berish juda koʻp kuzatiladi. Biroq bunday gap tuzilishi oʻzbek tili tabiatiga teskari.

📌 Demak:

Men aytgan gapni tushundingiz-a?
Aytganlarimni tushundingiz-a?
Men tomonimdan aytilgan gapni tushundingiz-a?

@oriftolib
👍39🔥8😱1💯1
Qay biri toʻgʻri?

Es-hushidan ozgan; vasvasaga tushgan, savdoyi – ...
Anonymous Quiz
24%
Vasvos
60%
Vosvos
16%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🔥21🤨18😱10👍9😁3💯3🤣1
Qay biri toʻgʻri?

Atay _____________ qilib, jahlini chiqarishga urinardi.
Anonymous Quiz
14%
Tegajaklik
75%
Tegajogʻlik
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤨38👍20🔥4💯4😱3😁2🤣1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
50%
Bilim kuchdir.
50%
Bilim – kuchdir.
😁16👍12🔥11💯4😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Mutolaa ham ehtiyoj.
29%
Mutolaa ham – ehtiyoj.
🔥23👍10😁6💯6🤨2🤣1
​​Xolis yordamingizdan Alloh rozi boʻlsin

Suratda koʻrib turganingiz – Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi Qumbosti qishlogʻining yoʻllari. 29 yil oldin shu koʻchalardan yurib maktabga borganman. Birinchi kun dala yoʻlda oyogʻim loyga botib qolgani bilan xotiramga muhrlangan. Qish kunlari ertalab tarasha boʻlib qotib turgan koʻchalar tushda atalaga oʻxshab qolar, etiklarimiz yerga chippa yopishib, uyga yetib olishning oʻzi katta sinovga aylanardi.

Undan keyin qancha suvlar oqib oʻtdi. Qishloqda 1989-yili asfalt boʻlgan markaziy koʻchalar ham bugun yaroqsiz holga kelib ulgurdi. Qishloq kengaydi. Tuproq koʻchalar koʻpaydi. Bolalar bugun ham shu koʻchalardan maktabga qatnayapti. Qishli-qirovli, yogʻin-sochinli kunlarda goʻdaklar, yoshi kattalar qanday yoʻl yurishini tasavvur qilavering.

Qishloqdan ketganimga 18 yil boʻlibdi. Lekin yuragimning bir parchasi shu yerda qolgan, bu yerda ota-onam, yaqinlarim, mehnatkash, samimiy qishloqdoshlarim yashaydi.

Openbudgetʼga qishlogʻimizdagi uchta mahalla yoʻllarini asfalt qilish tashabbusi kiritilgan. Quyida shulardan birining havolasi berilyapti. Yoʻl qurish ham sadaqayi joriya. Yaʼni odamlar shu yoʻldan foydalanar ekan, bunga sababchi boʻlganlarga uning savobi yetib turadi. Agar boshqa rejangiz boʻlmasa, shu tashabbusga ovoz bering. Savobli ishga hissangiz qoʻshiladi. Haqqingizga avvalo oʻzim duo qilaman, jamoatdan ham duo olib beraman.

Xolis yordamingizdan Alloh rozi boʻlsin.

Mana bu yerda SMS orqali ovoz berasiz:
👉 https://openbudget.uz/boards-list/1/9919f594-de84-4656-be26-9f74ae5306b5

@oriftolib
👍33🔥6😱6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
75%
Masʼul
25%
Maʼsul
👍35💯12😱8🤨4🔥2😁2
👍37😱12😁7🤨4💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
27%
Mamlakat suveriniteti
73%
Mamlakat suvereniteti
👍34🤨13😁8💯8🔥3😢1
Sumalak, halim, sayil, somsa – bu soʻzlarning asl maʼnosi nima?

Yurtimizda Navroʻz. Maʼnosi “yangi kun” boʻlgan ushbu bayram chindan-da yangilanish, yasharish ayyomi. “Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida Navroʻz va bahor bilan bogʻliq baʼzi soʻzlarning kelib chiqishi, maʼno-mazmuni haqida soʻz yuritdim.

Sumalak sermalakmi?
Halim yumshoqligi uchun “halim”mi?
“Sayil” va “sayr”ning asli bir
Doshqozon toshqozon emas
Qaldirgʻoch bilan koʻrshapalak qarindoshmi?
Darveshona – bahorgi tozalov
Somsa – tishning “oʻpichi”

Toʻliq oʻqish:
👉 https://dy.uz/sV8oU

@oriftolib
👍30🔥3😁3
😁23👍16💯10
​​Sumalak sermalakmi?

Undirib yanchilgan bugʻdoy, un va yogʻ aralashmasidan tayyorlanadigan, vitaminlarga boy, xushxoʻr holvaytarsimon bu taomning paydo boʻlishi bilan bogʻliq bir nechta rivoyatlar bor. Ana shu rivoyatlar taʼsirida baʼzan sumalak soʻzining kelib chiqishini si malak – oʻttiz malak, sermalak – koʻp malak kabi soʻzlarga bogʻlashadi. Lekin bu xato. Bundan oʻn besh yillarcha burun Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjondan bu soʻz turkiycha ekani, “Devonu lugʻatit turk”da suma soʻzi bugʻdoy deb taʼriflangani, sumalak soʻmali, yaʼni bugʻdoyli ovqat maʼnosini anglatishini eshitib, hayron qolgandim. Keyin manbalarni oʻrganib, bunga oʻzim ham amin boʻldim, turli olim va tadqiqotchilarning fikrlari ham ayni maʼlumotni tasdiqladi: sumalak sumaliq soʻzining oʻzgargan shakli.

Mahmud Koshgʻariy suma soʻzini ivitilgan bugʻdoy deb izohlaydi va sharbat uchun qilingan, undirilgan arpaga ham shu soʻz qoʻllanishini aytadi. Sumalakda ivitib undirilgan bugʻdoy ishlatilishini hisobga olsak, sumalak aynan shu suma soʻzidan yasalgani oydinlashadi.

Qadimgi turkiy tilda -liq qoʻshimchasi bilan boshqa taomlar nomi ham yasalgan. Yodingizda boʻlsa, shashlik soʻzi sishliq – shishliq – shashlik shaklida oʻzgargani haqida ham aytgan edik.

Sumalak forcha samanu, sumanak soʻzidan hosil boʻlgan degan qarash ham bor.

@oriftolib
👍29🔥26
Halim yumshoqligi uchun “halim”mi?

Halim – suvga bugʻdoy yormasi va goʻsht solib, uzoq qaynatib pishiriladigan quyuq ovqat. Halim soʻzi kishiga qattiq botmaydigan, muloyim, yoqimli kabi maʼnolarga ega. Masalan, yumshoq muomalali kishini halim kishi deymiz. Biroq taomning nomi bu soʻzdan kelib chiqmagan. Uning shakldoshi bor – arabchadan oʻzlashgan, asliyatda yopishqoq, yelimshak degan maʼnoni anglatadi. Halim ham shunaqa tabiatga ega: koʻp qaynaganidan hil-hil, yopishqoq boʻlib qoladi. Taom nomi ana shu soʻzdan hosil boʻlgan.

Vaqt oʻtib, halimning nomi koʻchma maʼno kasb etgan va yumshoq degan mazmunni anglata boshlagan:

Vohidlarning qishlogʻida boshqa yerlarda juda kam uchraydigan halim va shirin olma bor.
O. Yoqubov, “Tilla uzuk”.

@oriftolib
👍40🔥2💯1
​​Meva solmagan daraxt nima deb ataladi?

Odatda, sigir, qoʻy va echkilar har yili bolalaydi. Bir yil tugʻib, keyingi yili boʻgʻoz boʻlmagan chorva mollarini jonivor bu yil qisir qolibdi, deymiz.

Qiziq, daraxtlarning ham bir yil meva solib, keyingi yili solmaydiganlari boʻladi, lekin ularga nisbatan qisir soʻzi ishlatilmaydi. Xoʻsh, unda bunday daraxtlar nima deb ataladi?

Men bu haqda birinchi marta Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasida oʻqib, uni yondaftarchamga yozib qoʻygan edim. Yil osha meva beradigan daraxtlar solkash deyilar ekan.

Avvaliga bu soʻzni meva solmoq iborasidagi “solmoq”dan olingan boʻlsa kerak deb xayol qildim.

Oʻzbek tilining izohli lugʻatiga qarasam, bunday emas ekan. Solkash fors tilidan oʻzlashgan atama boʻlib, oʻzagi sol, yaʼni yil ekan.
Solkash bir yil meva solib, bir yil meva tugmaydigan daraxtdir:

Jiyda solkash koʻrinadi, bu yil meva qilmayapti.
Gʻafur Gʻulom, “Shum bola”.

Elmurod Nishon

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Duvarak” nima degani?
🔹 “Olmani olma derlar”. Olchani-chi?
🔹 “Xurmo” nima degani?

@oriftolib
👍76🔥12😱1🤨1
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Jahon_hikoyasidan

Telegramma

U eshikni asta yopib, tashqariga yo‘naladi, Ka­terina Petrovnaning ko‘zlariga esa asta yosh quyilib keladi. Shundoq deraza ortida shamol yalang‘och shox-shabbalar orasidan hushtak chalib o‘tadi, oxirgi yaproqlarni ham to‘kadi. Xontaxta ustidagi moychiroq xira lipillaydi. U tashlandiq uydagi yagona tirik mavjudot edi, shu zaifgina nur ham bo‘lmasa, Katerina Petrovna tonggacha qanday chidashini tasavvur qilolmasdi.

Davomi:👉https://yoshlikjurnali.uz/tarjima/telegramma/
@yoshlikjurnali
👍18
Qay biri toʻgʻri?

Oʻtda choy qaynatish uchun moslangan idish, choydish, qumgʻon – ...
Anonymous Quiz
35%
Chovgun
49%
Chovgum
16%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😱29👍17😁4😢2
​​Amaliyot: mazmuni qochgan jumla

Tarjimada mazmunni imkon qadar toʻla-toʻkis berish kerak. Biroq baʼzan maʼno tarjimonning qoʻlidan baliqday sirgʻalib chiqib ketadi. Inglizchadan oʻgirilgan bir matnni tahrir qilayotib shunaqa mazmuni qochgan jumlaga duch keldim:

Mening bolam qancha ogʻirlik qilishi kerak?

⚠️ Nimasi xato?

Gap tushunarsiz. Ifodasi oʻzbekcha emas.

Ogʻirlik qilish iborasining maʼnosi boshqa, u oʻzini bosmoq, oʻzini qoʻlga olmoq; malol kelmoq; koʻtarishga qiyin boʻlmoq kabi maʼnolarga ega. Koʻrib turibsiz: u ayni holatga mos emas. Axir gap bolaning vazni haqida ketyapti.

Aksariyat holatlarda qaratqichli kishilik olmoshlari ortiqcha, egalik qoʻshimchasining oʻzi maʼnoni bera oladi. Bunday oʻrinlarda olmoshlarning bahridan oʻtish kerak: mening bolam – bolam, sening kitobing – kitobing, bizning vazifamiz – vazifamiz. Bu jumlada ham shunday.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Oʻtkir qaychi olib, jumlani boshqatdan bichamiz:

Bolamning vazni qancha boʻlishi kerak?
Bolamning ogʻirligi qancha boʻlishi kerak?

Boshqa variantingiz boʻlsa, izohlarda qoldiring. 👇

@oriftolib
👍43🔥5💯4🤨1
Doshqozon toshqozon emas

Doshqozon soʻzini eshitganda toshqozon shakli ham xayolga keladi. Masalan, Toshhovuz oʻgʻuzcha shevada Doshovuzga aylanadi. Lekin doshqozonning tarjimayi holi boshqacha, u toshqozonga aloqador emas. Toshqozon degan soʻzning oʻzi yoʻq, axir toshdan qozon qilinmaydi-ku.

Dosh soʻzi forschadan oʻzlashgan, asliyatda katta oʻchoq; xumdon maʼnosini anglatadi. Demak, doshqozon – katta oʻchoqqa joy boʻladigan qozon. Oʻzbekchada dosh soʻzining oʻzi ham qozon, doshqozon maʼnosida ishlatiladi. Lekin kam qoʻllanadi, asosan badiiy adabiyotda uchraydi.

Doshqozon katta yigʻinlarda, toʻy va maʼrakalarda koʻpchilikka ovqat pishiriladigan ulkan qozondir. Sumalak va halim asosan doshqozonda pishiriladi.

@oriftolib
👍56😁3🔥1
Darveshona – bahorgi tozalov

Darveshona soʻzi forschadan kirgan, darveshga oʻxshab, darveshlarcha degan maʼnoni anglatadi. Bahor faslida, ayniqsa Navroʻz arafasida qishloqlar va baʼzan shahar mahallalarida aholidan toʻplangan pul yoki oziq-ovqat hisobiga oʻtkaziladigan xayriya marosimi shunday ataladi. Ehson asosida oʻtkazilgani uchun ham darveshona nomi berilgan.

Bunda mahallalar, guzarlar, koʻchalar, qabristonlar, ariqlar hashar qilib tozalanadi. Hashardan soʻng katta-kichikka dasturxon yoziladi.

Bu soʻz shevalarda turlicha talaffuz qilinadi. Masalan, Fargʻonada darishana shaklida qoʻllanadi.

@oriftolib
👍37
​​Amaliyot: qisqaroq ifodalash mumkin

Xabar sarlavhasi:

Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi qoʻlga olindi

⚠️ Nimasi xato?

Sarlavha aslida toʻgʻri. Namoyishlarda qatnashganlarning hammasi ham qoʻlga olinmagan. Tartibsizliklarda qatnashganlar yoki tartibsizlik qilganlar qoʻlga olingan. Lekin jumlaning ifodasi gʻalizroq.

200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi iborasida tartibsizlik 200 nafar boʻlib qolganday tuyuladi. Aslida ibora xato emas. Chunki 200 nafar soʻzi tartibsizlik ishtirokchisi birikmasiga tegishli, tartibsizlik soʻziga emas. Oʻqiganda baribir tishga teggani uchun bunday qoʻllamagan yaxshi.

☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?

Jumlani ravonroq qilish uchun tartibsizlik soʻzini olib tashlasa ham boʻladi, mavzuga qiziqqan odam bu haqdagi maʼlumotni matndan olaveradi:

Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar ishtirokchi qoʻlga olindi
Fransiyadagi namoyishlarning 200 nafar ishtirokchisi qoʻlga olindi

Bundan-da qisqaroq variant:

Fransiyada 200 nafar namoyishchi qoʻlga olindi

Bunda Fransiyadan boshqa joyda namoyish oʻtkazganlar ham tushunilishi ehtimoli bor. Ammo odatda bunaqa tushunilmaydi. Shuning uchun bu variantni ham qoʻllayverish kerak.

@oriftolib
👍41💯2🔥1