👍31😢13😁5💯5🔥1
Hammayoq yoki hamma yoq: qay biri toʻgʻri?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, oʻsha soʻzlari imlosi haqida gap borgan.
Hamma yoq yoki hammayoq?
Har kim yoki harkim?
U yoqdan yoki uyoqdan?
Bir muncha yoki birmuncha?
👉 https://youtu.be/OHU8dMn4zSw
@oriftolib

👍23🔥7
👍44😢10💯8😁3🤨3🔥1
Konchilikda, geologik qidirish va shu kabi ishlarda yerni teshish, parmalash uchun ishlatiladigan asbob, parma – ...
Anonymous Quiz
35%
Burgʻi
47%
Burgʻu
18%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍38😢11🔥7💯5😁4🤨2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammayoq yoki hamma yoq? | 9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍27💯4
👍47😢5💯5🤨4😁2
👍47😁6💯4😢3
👍47😢11😁3💯2🔥1
Timqorami yo tim qora: qay biri toʻgʻri?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda toʻq, jiqqa, tim, liq, lang, och, nim soʻzlari imlosi haqida gap borgan.
Timqorami yoki tim qora?
Liqtoʻlami yoki liq toʻla?
Nimkosami yoki nim kosa?
Jiqqahoʻlmi yoki jiqqa hoʻl?
👉 https://youtu.be/wSdi1om5S-U

👍42
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
14%
Obʼekt va subʼekt
25%
Obʼyekt va subʼyekt
60%
Obyekt va subyekt
👍63💯8🔥7😁7😱1
Doʻstingizga ulashing, doʻstingiz bilan emas
#Soʻragan_edingiz
✳️ Savol:
Ulashish soʻzini qanday qoʻllash kerak? Doʻstingga ulash yoki doʻsting bilan ulash?
🔰 Javob:
Kopirayter va SMMchilar Share with friends iborasi tarjimasida baʼzan xatoga yoʻl qoʻyyapti. Bu ibora ruschada Поделиться с друзьями shakliga ega. Inglizchadagi kabi ruschada ham bilan maʼnosidagi predlog ishlatilgan. Ammo oʻzbekchada bilan koʻmakchisini qoʻllash til tabiatiga teskari va uslubiy gʻalizlik keltirib chiqaradi.
❗️ Ulashish soʻziga bogʻlangan soʻz joʻnalish kelishigini, yaʼni -ga qoʻshimchasini olishi kerak: doʻstingizga ulashing, doʻstlaringizga ulashing.
Bilan koʻmakchisini baham koʻrish, oʻrtoqlashish, boʻlishish soʻzlari bilan qoʻllash toʻgʻri: doʻstingiz bilan boʻlishing, doʻstingiz bilan baham koʻring, doʻstingiz bilan oʻrtoqlashing.
📌 Demak:
Doʻstlaringizga ulashing, yaqinlaringizga ulashing, guruhdagilarga ulashing, tanishlarga ulashing ✅
Doʻstlaringiz bilan ulashing, yaqinlaringiz bilan ulashing, guruhdagilar bilan ulashing, tanishlar bilan ulashing ❌
🟢 Maqolani doʻstlaringizga ulashing va tilimiz xatolardan xoli boʻlishiga hissa qoʻshing.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Read between the lines
🔹 Kalka va kalkalash
🔹 Oʻqiganim kitob va oʻqigan kitobim
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi haqida
🔹 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

👍21🔥10😁5
Qay biri toʻgʻri?
... yoʻqolib ketish xavfi ostida.
... yoʻqolib ketish xavfi ostida.
Anonymous Quiz
26%
Axalteke otlari
41%
Axaltekin otlari
33%
Axaltaka otlari
👍33😱14💯6😁5🤨2
🤨30👍23😱3💯3😁2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
“Oddiseya” dostoni
27%
“Odiseya” dostoni
60%
“Odisseya” dostoni
👍26😱7🔥5😁4💯4
Bugunlik kunda, bugungi kunda, bugun
Ogʻzaki tilda baʼzan soʻz va qoʻshimchalarni isrof qilamiz. Bu esa yozuvga ham koʻchib oʻtadi:
Bugunlik kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.
Bugungi kunda til masalasiga bepisand qaralyapti.
Bugungi kunda iborasini ayniqsa ommaviy axborot vositalari sevib ishlatadi. Lekin bunday qoʻllamaslik kerak.
⚠️ Nimasi xato? Mazmun takrori va ortiqcha soʻz qoʻllash bor. Bugun soʻzi tarkibida kun soʻzi boʻlgani uchun yana kun deyish shartmas. Soʻz oʻzgarib, yangilanib ketgan-ku, deysizmi? Hatto shu holatda ham kun soʻzi alohida mazmun tashimayapti-da.
☑️ Toʻgʻrisi qanaqa? Bugunlik kunda, bugungi kunda birikmalari oʻrnida bugun soʻzini ishlatish yetarli. Jumla loʻndalashyapti, maʼnoga esa ziyon-zahmat yetayotgani yoʻq.
Hozirgi vaqtda, hozirgi kunda, hozirgi zamonda kabi iboralarni ham aksariyat holatlarda hozir deb tahrirlash mumkin.
📌 Demak:
Bugun ✅
Bugunlik kunda, bugungi kunda ❌
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Agar va agarda
🔹 Hozir va hozirda
🔹 Amaliyot: loʻnda ifodalang
🔹 Amaliyot: toʻlov tekin boʻlmaydi

👍32🔥5😱2🤨2💯1
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
5%
Juda koʻp kitoblarni sotib olindi.
84%
Juda koʻp kitoblar sotib olindi.
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍24😁20🔥4🤨2
Gʻisht, tuproq, tosh va shu kabi yuklarni tashish uchun ishlatiladigan ish quroli – ...
Anonymous Quiz
10%
Zambur
8%
Zambir
82%
Zambil
👍36😁9🔥4😢1
Nomdagi xatolik
Atoqli fantast yozuvchi Rey Bredberi romaniga “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” degan nom qoʻyadi. U asar mazmun-mundarijasidan kelib chiqib shunday nom tanlaydi. Chunki shu haroratda qogʻoz oʻz-oʻzidan yonib ketadi.
Biroq qogʻoz Farengeyt (toʻgʻrirogʻi – Fahrenhayt) emas, Selsiy boʻyicha 450 darajadan sal oshiqroq haroratda olovlanadi. Adib nom qoʻyishda oʻt oʻchirish xizmati xodimi bilan maslahatlashgan va u harorat koʻrsatkichlarini chalkashtirgani uchun yozuvchi ham xatoga yoʻl qoʻygan.

🔥37😁22👍10🤨7😱1💯1
Zero buni barchamiz bilishimiz kerak.
Jumladagi “zero” soʻzining maʼnosi nima?
Jumladagi “zero” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
24%
Aytgancha, darvoqe
35%
Chunki, negaki
41%
Shunga qaramay, shunday boʻlsa-da
💯27👍20😁11😱7🔥1🤨1
Kechagina yozilganga oʻxshaydi
Mashhur fantast adib Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” romani kitobsiz jamiyat haqida hikoya qiladi. Faqat koʻngilochar mashgʻulotlar bilan ovora, qulogʻi turli musiqa-yu yallalar, koʻzi televizorga band boʻlgan odamlarni nimalar kutadi? Ular tez orada oson boshqariladigan, his va tafakkurdan uzoq, turish-turmushi isteʼmolchilikdan iborat ommaga aylanadi-qoʻyadi. Shu maʼnoda, Rey Bredberining ushbu asari kechagina yozilganga oʻxshaydi.
Televizor koʻradiganlarni kitob oʻqiydiganlar boshqaradi degan gapni oʻqigan-eshitgan boʻlsangiz kerak. Salohiyatli har qanday kitob bizni qaysidir jihatdan oʻstirishi aniq. Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja” romani shunday asarlardan. U bizni hayotga boshqa rakursdan nazar solishga oʻrgatadi.
Kitobni oʻzbekchada oʻqimoqchi boʻlsangiz, Asaxiy Booksʼdan topasiz:
👉 https://asaxiy.uz/u/63c278a9d20d9

👍16🔥11💯1