Qoplonning tishi ogʻrib turgandagina echki qarzini soʻrab kelishi mumkin.
Afgʻon xalq maqoli
@oriftolib
Afgʻon xalq maqoli
@oriftolib
👍51😁16😢4
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Bir necha haftalar davomida bu xushxabarni yetkazish uchun tayyorlanib keldik va bugun buning ayni pallasi keldi.
📢 Do‘stlar, britaniyalik olim, Chikago universiteti professori, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuvimiz 17-mart, soat 17:00da Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasi (Trilliant) asosiy zalida bo‘lib o‘tadi (sinxron tarjima ta’minlanadi).
🎫 Uchrashuvga chiptalar xaridi bugundan ochildi va siz uni bu yerdan amalga oshirishingiz mumkin – https://iticket.uz/ru/events/trainings/james-robinson-first-time-in-uzbekistan/25232
Olimlar, talabalar, moliya va iqtisodiyot, ishbilarmon doiralar vakillari, ijtimoiy fikr yetakchilari – ilm-fan, taraqqiyotga befarq bo‘lmagan o‘zbek kitobxonlari jam bo‘ladigan uchrashuvimizga siz ham keling. Kutamiz!
P.S. Yangiliklarimizni kuzatib boring, chiptalar haqida va o‘ziga xos sovg‘alarimiz borasida yaxshi xabarlar bo‘ladi, albatta.
#WhyNationsFail #MamlakatlarTanazzuliSabablari #JamesRobinson

👍18🔥4
🔥23💯17👍10😱7😁2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Quling oʻrgilsin osh boʻlibdi-da oʻziyam!
48%
Qoʻling oʻrgilsin osh boʻlibdi-da oʻziyam!
20%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍46😢18💯8🔥4😁3😱3
👍42😢16🤨9💯8🔥6😁5😱1
Koʻmakchilar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda imlosida qiyinchiliklar uchraydigan bilan, uchun, haqida koʻmakchilari toʻgʻrisida gap borgan.
Senla yoki sen-la?
Senchun yoki sen-chun?
Bu haqda yoki bu haqida?
👉 https://youtu.be/R9rGGHrxwFM

👍32😱3
Bozorga katta oʻyinchilar kirib keldi ))
“Shaharda qizillar!” deb vahima koʻtarvorsammi 😎. Hatto Xushnudbek ham imloga oid testlar berishni boshlabdi. Blogingda egallamagani shu soha qolgandi oʻzi. Endi muharrirlikda ham non topish qiyin boʻlib qoladiyov.
Mayli, hazil oʻz yoʻliga. Besh yuz ming oʻquvchisi bor kanalda imloga eʼtibor qaratilgani savodxonlik yaxshilanishiga katta turtki beradi. Odam haftada ikkita soʻzni toʻgʻri yozishni oʻrgansa ham, bir yilda yuzdan ortiq soʻzning imlosini oʻzlashtiradi. Katta auditoriyaga ega boshqa kanallar ham bu ishga bosh qoʻshsa, nur ustiga nur boʻlardi.
Xushnudbekni tilimiz uchun jon kuydiradigan, fidoyi ziyolilardan deb bilaman. Bu boradagi ishlari bardavom boʻlishini tilayman.
Aytmoqchi, bunaqa testlarga javob topish uchun qisilib-qimtinib oʻtirmay, toʻgʻri @oriftolib sahifasiga kelaverasizlar. Masalan, mana shu afv soʻzini toʻgʻri yozishning oson usulini ham allaqachon oʻrgatib qoʻyganman.

👍47😁26🔥6
Badiiy asarlarda baʼzan “delvagay” soʻziga duch kelamiz. U qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
26%
Devday salobatli
31%
Yengil ust kiyim
43%
Telbaga oʻxshash
👍36😢13😁2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Taʼlim! Taʼlim! Taʼlim!” deydilar...
AQSHda Garvard, MIT, Stenford kabi nufuzli taʼlim dargohlari mavjud.
Aynan AQSHda 2022 yil natijasiga koʻra yil davomida nashr etilgan bolalar kitoblari soni jami kitoblarning sonini 1/3 qismini tashkil etdi.
AQSHda bolajonlarning soni esa butun aholining 20%ini tashkil qiladi.
Yaʼni taʼlim tizimi, oliy taʼlim rivojlangan AQSHda bolalar adabiyotiga ehtiyoj va eʼtibor kattalar adabiyotidan ham yuqori ekan.
Chunki bolalar adabiyoti rivojlanmagan mamlakatda taʼlim sohasi rivojlana olmaydi!
Oʻzbekistonda bugun taʼlimga qancha eʼtibor qilmaylik, bolalar adabiyoti rivojlanishiga eʼtibor berilmasa, taʼlim oqsoq qolaveradi.
Oʻzbekistonda bugun bolalar adabiyotini rivojlantirish uyushmasi, bolalar kutubxonalari uyushmasi kabi bolalar adabiyotini rivojlantirishga eʼtibor va kuch sarflaydigan tashkilotlar talab etiladi.
© Dinara Muminova

👍59🔥7
Sheʼriy lahza
Bugun tunda kelarmish bahor...
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qor-u muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Masʼud Maxsudov
@oriftolib
Bugun tunda kelarmish bahor...
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qor-u muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Masʼud Maxsudov
@oriftolib
👍36🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
67%
“Yalangʻoch iqtisodiyot” kitobini oʻqidingizmi?
33%
“Yalongʻoch iqtisodiyot” kitobini oʻqidingizmi?
💯40😁18👍13🤨9
Bosh muftiy emas, muftiy
Muftiy soʻzi arabchada fatvo beruvchi degan maʼnoni anglatadi. Izohli lugʻatga koʻra, musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy: shariat qonunlarini talqin qiluvchi, shariat va huquq masalalari yuzasidan hukm chiqaruvchi, fatvo beruvchi lavozimli ulamodir.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy sanaladi. Mamlakatimizda bir necha muftiy faoliyat yuritmaydi, muftiy bitta. Shunday ekan, bosh muftiy deyish xato boʻladi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat boʻlimlari vakillik, Qoraqalpogʻiston boʻlimi qoziyot deb ataladi. Vakillikning rahbari – vakil, qoziyot rahbari – qozi. Qoraqolpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari tegishli hududning bosh imom-xatibi hisoblanadi.
Demak, jurnalistlar turli xabar va reportajlarni tayyorlashda yuqorida sanalgan atamalarga eʼtiborli boʻlishlari kerak.

👍79🔥12😁5
😁36👍18💯11😢7🔥1🤨1
👍31😢13😁5💯5🔥1
Hammayoq yoki hamma yoq: qay biri toʻgʻri?
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, oʻsha soʻzlari imlosi haqida gap borgan.
Hamma yoq yoki hammayoq?
Har kim yoki harkim?
U yoqdan yoki uyoqdan?
Bir muncha yoki birmuncha?
👉 https://youtu.be/OHU8dMn4zSw

👍23🔥7
👍44😢10💯8😁3🤨3🔥1
Konchilikda, geologik qidirish va shu kabi ishlarda yerni teshish, parmalash uchun ishlatiladigan asbob, parma – ...
Anonymous Quiz
35%
Burgʻi
47%
Burgʻu
18%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍38😢11🔥7💯5😁4🤨2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammayoq yoki hamma yoq? | 9️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍27💯4
👍47😢5💯5🤨4😁2