💯29👍10🤨10😁6😱5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiziqcha bilan yozish qoidalari | 6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍23
Yaxshi kitob izlayotganlarga tavsiya
Yaqinda internetda ChatGPT boti haqidagi xabarlar shov-shuv boʻldi. Bot odam bilan muloqot qila oladi va soʻrovingizga javob topib beradi. Zamon shunaqa shiddat bilan rivojlanyapti. Agar kelajak avlod yetarlicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, hayotda munosib oʻrin topishi qiyin.
Adabiyotda ilmiy fantastika degan yoʻnalish bor. Bu shunchaki uchar gilam, sehrli shamchiroq haqidagi ertak yo hikoyalar emas. Bunda fantastika ilmiy maʼlumotlar, gʻoyalarga asoslanadi. Bola yoki oʻsmir bunday asarlarni oʻqish jarayonida ham maʼlum bir fanlar boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlib boradi, ham tasavvur doirasini kengaytiradi.
Afsuski, oʻzbek adabiyotida bunday asarlar koʻp emas. Zamondosh adiblar ichida ilmiy fantastika yoʻnalishida ijod qilayotgan kam sonli yozuvchilardan biri Saʼdullo Quronovdir. Uning “Galaktikada bir kun”, “Koinot javohiri” qissalari allaqachon oʻquvchilar orasida shuhrat qozongan. Bu kitoblarni sifatli nashrlari bilan obroʻ topgan “Akademnashr” nashriyoti chop etgan.
👉 “Galaktikada bir kun” asarining audiosi va pdf nusxasini muallif sahifasidan bepul yuklab olishingiz mumkin.
“Koinot javohiri” kitobiga masʼul muharrirlik qilganman. Bu asardan nafaqat bolalar yoki oʻsmirlar, balki kattalar ham manfaat topadi deb oʻylayman. Farzandlaringizga ana shunday kitoblarni olib bering. Shunchaki olib bermang, oʻzingiz oʻqib namuna boʻling.

👍23🔥5
😁53👍15😱6💯6🔥3
Yuklamalar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda qoʻshimcha koʻrinishidagi yuklamalar imlosi haqida gap borgan. Amaliyotda ayni shu yuklamalarni yozishda koʻp xato qilinadi. Yaxshilab oʻrganib, farqlab olsangiz, imlodagi yana bir muammodan xalos boʻlasiz.
👉 https://youtu.be/ZiH9o77nXfE

👍20
Ayb kimda?
Bir kishi xotini oldingiday eshitmayotganini payqab qoldi. Bundan tashvishga tushdi, balki, qulogʻiga maxsus eshitish uskunasi taqishi kerakdir degan oʻy ham oʻtdi boshidan. Shunday mulohazalar bilan doʻxtir huzuriga yoʻl oldi. Har holda, mutaxassis bilan maslahatlashgan yaxshi-da.
Uning arzini tinglagan shifokor bir sinov usulini oʻrgatdi:
– Xotiningizdan qirq qadam narida turasiz, odatiy suhbatdagiday tovushda gapirib koʻrasiz. Agar eshitmasa, masofani oʻttiz qadamga qisqartirasiz. Yana boʻlmasa, yigirma qadam. Xullas, sizni eshitguncha yaqinlashaverasiz.
U bu tajribani oʻsha kuni oqshomdayoq qoʻllashga kirishdi. Xotini oshxonada kuymalanib yurganini koʻrgach, qirq odim nariga bordi-da:
– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz? – dedi.
Javob yoʻq. Odam masofani oʻttiz qadamga qisqartirib, savolini qaytardi:
– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?
Yana javob yoʻq. Endi yigirma metr masofada turib soʻradi:

Nahotki! Yana javob boʻlmadi-ku!
Er oshxona eshigi yaqiniga keldi-da, soʻrovini tagʻin takrorladi:

Tavba-tavba! “Nima balo, ayolimning qulogʻi tom bitganmi?!” deb oʻyladi u. Bu safar xotiniga judayam yaqin keldi:

Va nihoyat shu gal ayoli javob berdi:
– Dadajonisi, beshinchi marta qaytaryapman: osh damlayapman, osh.
Biz koʻpincha muammoni qarshimizdagi kishilardan axtaramiz. Balki, ayb oʻzimizdadir. Buni esa xayolimizga ham keltirmaymiz. Oqil odamning eng ustun jihatlardan biri boshqalarning emas, oʻzining nuqsonlari haqida mushohada yuritishi va ularni toʻgʻrilashidir.
👉 Ibratli hikoyalardan

👍60😁30
Oʻzbekcha yozing
Rasmdagi ogohlantirish kutubxonadagi eʼlon ekan. Oʻzlashma soʻz turdosh ot boʻlsa, oʻzbek tili imlosiga koʻra yoziladi. Qandaydir mashhur firma yo mahsulotning atab qoʻyilgan nomidagina istisno qilish mumkin. Mabodo biz yozmoqchi boʻlgan olinma soʻz hali lugʻatlarga kirmagan boʻlsa, talaffuzi asos qilib olinadi.
Noutbuk favqulodda yangi oʻzlashma emas. Allaqachon lugʻatlarimizdan joy olib ulgurgan.
Jumlani ham qisqa-loʻnda tuzsa boʻladi. Kompyuter elektr tarmoqlari degan ibora gʻaliz.
📌 Demak:
Noutbuk ✅
Notebook ❌
Jumla:
Noutbuk va telefonlaringizni elektr manbalariga ulamang.
* Rasm obunachilardan.
P.S. Noutbuk yoki telefonining quvvati tugab qolgan odam nima qiladi? Uyga ketaveradimi?
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Sifatlovchili oʻzlashma soʻzlar imlosi
🔹 H tovushli oʻzlashma soʻzlar imlosi
🔹 Charlzmi yo Karl?
🔹 QR kod
🔹 Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar

👍43😁16🔥10
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
19%
Kamina misol aytdim.
46%
Kamina misol aytdi.
36%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍37😢24😁4🤨3🔥2
Nega rasmga tushiladi, chiqilmaydi?
Ertalab “Subyektiv” ijodkorlari instagram hikoyasida savol berishdi: nega rasmga tushiladi, chiqilmaydi? Yaʼni shu jarayonga nisbatan nega aynan tushmoq feʼli ishlatiladi?
Demak, tahlil qilishga urinib koʻramiz. Bu mening tilshunos sifatidagi gipotezam: rasmlar dastlab va yaqin-yaqingacha qogʻozda boʻlgan.
Qogʻoz bilan bogʻliq harakat fotografiya paydo boʻlgunicha yozish edi. “Oʻz fikrlarini/hissiyotlarini qogʻozga tushirdi” degan ifoda bor tilimizda.
Demak, chiqmoq emas, tushmoq soʻzining avvalboshda yozish harakatiga nisbatan qoʻllanishi bu qogʻozning pastda turgani, siyohning qogʻozga, yaʼni pastga tushishi bilan bogʻliq boʻlgan. Shu bilan tushmoq/tushirmoq feʼlida ifodalash, aks ettirish koʻchma maʼnolari shakllangan.
Shu sabab rasmga tushiladi, chiqilmaydi.
Lingvist Iroda Azimova sahifasidan

👍70🔥10
Qoplonning tishi ogʻrib turgandagina echki qarzini soʻrab kelishi mumkin.
Afgʻon xalq maqoli
@oriftolib
Afgʻon xalq maqoli
@oriftolib
👍51😁16😢4
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Bir necha haftalar davomida bu xushxabarni yetkazish uchun tayyorlanib keldik va bugun buning ayni pallasi keldi.
📢 Do‘stlar, britaniyalik olim, Chikago universiteti professori, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuvimiz 17-mart, soat 17:00da Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasi (Trilliant) asosiy zalida bo‘lib o‘tadi (sinxron tarjima ta’minlanadi).
🎫 Uchrashuvga chiptalar xaridi bugundan ochildi va siz uni bu yerdan amalga oshirishingiz mumkin – https://iticket.uz/ru/events/trainings/james-robinson-first-time-in-uzbekistan/25232
Olimlar, talabalar, moliya va iqtisodiyot, ishbilarmon doiralar vakillari, ijtimoiy fikr yetakchilari – ilm-fan, taraqqiyotga befarq bo‘lmagan o‘zbek kitobxonlari jam bo‘ladigan uchrashuvimizga siz ham keling. Kutamiz!
P.S. Yangiliklarimizni kuzatib boring, chiptalar haqida va o‘ziga xos sovg‘alarimiz borasida yaxshi xabarlar bo‘ladi, albatta.
#WhyNationsFail #MamlakatlarTanazzuliSabablari #JamesRobinson

👍18🔥4
🔥23💯17👍10😱7😁2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Quling oʻrgilsin osh boʻlibdi-da oʻziyam!
48%
Qoʻling oʻrgilsin osh boʻlibdi-da oʻziyam!
20%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍46😢18💯8🔥4😁3😱3
👍42😢16🤨9💯8🔥6😁5😱1
Koʻmakchilar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda imlosida qiyinchiliklar uchraydigan bilan, uchun, haqida koʻmakchilari toʻgʻrisida gap borgan.
Senla yoki sen-la?
Senchun yoki sen-chun?
Bu haqda yoki bu haqida?
👉 https://youtu.be/R9rGGHrxwFM

👍32😱3
Bozorga katta oʻyinchilar kirib keldi ))
“Shaharda qizillar!” deb vahima koʻtarvorsammi 😎. Hatto Xushnudbek ham imloga oid testlar berishni boshlabdi. Blogingda egallamagani shu soha qolgandi oʻzi. Endi muharrirlikda ham non topish qiyin boʻlib qoladiyov.
Mayli, hazil oʻz yoʻliga. Besh yuz ming oʻquvchisi bor kanalda imloga eʼtibor qaratilgani savodxonlik yaxshilanishiga katta turtki beradi. Odam haftada ikkita soʻzni toʻgʻri yozishni oʻrgansa ham, bir yilda yuzdan ortiq soʻzning imlosini oʻzlashtiradi. Katta auditoriyaga ega boshqa kanallar ham bu ishga bosh qoʻshsa, nur ustiga nur boʻlardi.
Xushnudbekni tilimiz uchun jon kuydiradigan, fidoyi ziyolilardan deb bilaman. Bu boradagi ishlari bardavom boʻlishini tilayman.
Aytmoqchi, bunaqa testlarga javob topish uchun qisilib-qimtinib oʻtirmay, toʻgʻri @oriftolib sahifasiga kelaverasizlar. Masalan, mana shu afv soʻzini toʻgʻri yozishning oson usulini ham allaqachon oʻrgatib qoʻyganman.

👍47😁26🔥6
Badiiy asarlarda baʼzan “delvagay” soʻziga duch kelamiz. U qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
26%
Devday salobatli
31%
Yengil ust kiyim
43%
Telbaga oʻxshash
👍36😢13😁2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Taʼlim! Taʼlim! Taʼlim!” deydilar...
AQSHda Garvard, MIT, Stenford kabi nufuzli taʼlim dargohlari mavjud.
Aynan AQSHda 2022 yil natijasiga koʻra yil davomida nashr etilgan bolalar kitoblari soni jami kitoblarning sonini 1/3 qismini tashkil etdi.
AQSHda bolajonlarning soni esa butun aholining 20%ini tashkil qiladi.
Yaʼni taʼlim tizimi, oliy taʼlim rivojlangan AQSHda bolalar adabiyotiga ehtiyoj va eʼtibor kattalar adabiyotidan ham yuqori ekan.
Chunki bolalar adabiyoti rivojlanmagan mamlakatda taʼlim sohasi rivojlana olmaydi!
Oʻzbekistonda bugun taʼlimga qancha eʼtibor qilmaylik, bolalar adabiyoti rivojlanishiga eʼtibor berilmasa, taʼlim oqsoq qolaveradi.
Oʻzbekistonda bugun bolalar adabiyotini rivojlantirish uyushmasi, bolalar kutubxonalari uyushmasi kabi bolalar adabiyotini rivojlantirishga eʼtibor va kuch sarflaydigan tashkilotlar talab etiladi.
© Dinara Muminova

👍59🔥7
Sheʼriy lahza
Bugun tunda kelarmish bahor...
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qor-u muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Masʼud Maxsudov
@oriftolib
Bugun tunda kelarmish bahor...
Derazangdan moʻralab asta,
Gul yuzingdan boʻlib shikasta,
Uzun qishga siltab qoʻlini,
Ham qalbingdan boshlab yoʻlini,
Toʻqqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qor-u muzni suvga gʻarq qilib,
Izgʻirinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga oʻrab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Goʻzallikni eltib jahonga,
Sano aytib har oʻtgan onga,
Jamolingga boʻlib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga ogʻdirib,
Yomgʻirlarin yerga yogʻdirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga toʻldirib dilni,
Kengaytirib kichik koʻngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Masʼud Maxsudov
@oriftolib
👍36🔥6