Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
👍43💯12😁8🤨5😱2🔥1
​​Taktika

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi deb atalgan viloyatida daraxt kesish boʻyicha navbatdagi jahon chempionati oʻtkazildi. Finalga kanadalik va norvegiyalik kesuvchi chiqdi.

Ularning har biriga alohida oʻrmon maydoni ajratildi. Ertalab sakkizdan kechki soat toʻrtgacha kim koʻp daraxt kessa, oʻsha gʻolib boʻlishi belgilandi. Sakkizda hushtak chalindi va ikkovlon shaxt bilan ishga kirishdi. Ular bir daraxtni yiqitib, ikkinchisiga yugurar, daraxtlar adadini iloji boricha koʻpaytirishga urinardi. Bir payt kanadalik kesuvchi sherigi tomon tinchib qolganini payqadi, bu qulay imkoniyatdan foydalanib qolish uchun yanada gʻayratga mindi.

Soat toʻqqiz boʻlganda norvegiyalik yana ishga tushdi. Raqiblar oldingiday tinimsiz daraxt kesar, gursillab yiqilgan ogʻochlarning ovozi ketma-ket eshitilib turardi. Soat oʻnta kam oʻnda norvegiyalik yana ishini toʻxtatdi. Kanadalik esa raqibining sustkashligidan bu safar ham foydalanib qolish uchun ishlashda davom etdi.

Roppa-rosa oʻnda norvegiyalik qayta ish boshladi. Oʻnta kam oʻn birgacha toʻxtov nimaligini bilmadi. Kanadalikning yuragi borgan sari hapriqib ketar, yaqinlashib kelayotgan gʻalaba quvonchi butun vujudini qamrab olgandi. Bellashuv kun boʻyi shu tartibda davom etdi. Norvegiyalik har soatda oʻn daqiqa toʻxtar, kanadalik esa ishlardi.

Nihoyat musobaqa tugaganini bildiruvchi hushtak chalindi. Kanadalik kesuvchi gʻolib boʻlganiga yuz foiz ishonar, oʻzida yoʻq shod edi. Biroq hisob-kitoblar uning yutqazganini koʻrsatdi. Natijadan hayratga tushgan kanadalik:

– Qanaqa qilib bunday boʻldi? – dedi norvegiyalikka. – Axir har soatda oʻn minutga ishni toʻxtatding. Eshitib-bilib turdim. Mendan koʻproq daraxt kesishga qanday ulgurding? Tasavvurga sigʻmaydi, boʻlishi mumkin emas!

– Aslida hammasi juda oddiy, – dedi norvegiyalik. – Toʻgʻri, men har soatda oʻn daqiqa hordiq chiqardim. Sen daraxt kesish bilan band boʻlgan mana shu oʻn daqiqada men har safar boltamni oʻtkirlab oldim.

👉 Ibratli hikoyalardan

“Yosh kuch” jurnalida chop etilgan.

@oriftolib
👍65🔥11😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi | 5️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍32🔥8
💯30😁9👍4🔥2🤨2
​​Oʻrnak maslahatdan yaxshidir.

Oltoy xalq maqoli

@oriftolib
👍74🔥7😁4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
33%
Babbaravar
67%
Bab-baravar
💯33👍10😁8😱5🔥3😢2
Chiziqcha bilan yozish qoidalari

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda сhiziqcha bilan yozish qoidalari, jumladan, -ma va ba- qoʻshimchalari bilan bogʻlangan soʻzlar imlosi haqida gap borgan.

👉 https://youtu.be/AdMbk6wBId8

@oriftolib
👍31🔥6💯2
​​Sen aytganchalik yomon boʻlsam edi, nechta sigir oʻgʻirlaganingni aytib bergan boʻlardim, debdi birov.

Bolqor xalq matali

@oriftolib
😁44👍14🔥7
Uchkoʻprik shevasiga xos soʻzlardan

❇️ Boʻriq – makka yoki joʻxori poyasining mol-qoʻy yeganidan soʻng qolgan bargsiz qismi.
Yoz kunlari tandirni boʻriq yoqib ham oqartirish mumkin.

❇️ Dimiqtirmoq – boshini suvga tiqib, suv yuttirmoq, shu yoʻl bilan qiynamoq.
Aka, anavini qarang, dimiqtiraman deyapti.

❇️ Yemgish – til-jagʻli, oʻzining gapini maʼqullab turaveradigan odam.
E-e, gʻirt yemgish ekansiz-ku! Koʻrganni eshitgan yengibdi, deb shuni aytishsa kerak-da!

❇️ Jippangʻ – toʻla, labigacha toʻldirilgan, toʻkilay-toʻkilay deb turgan.
Paqirni jippangʻ qilib qoʻygan ekansan, choʻmich solgan edim, suvi toʻkildi.

❇️ Kesmaldak – bargsiz, quruq tut novdasi.
Kesmaldaklarni bostirmaning tomiga bosib qoʻydik.

❇️ Lashim – yirik-mayda aralash, yoppasiga.
Limonni lashim oʻn ming soʻmdan sotdik.

❇️ Katta – boboga shunday murojaat qilinadi. “Katta ota iborasining qisqartmasi boʻlsa kerak. Biroq bu soʻz hozir isteʼmoldan chiqib ketyapti. Uning oʻrniga “opoqi”, “opoqdada”, “bobo” soʻzlari ishlatilyapti.
Kattam bir umr dehqonchilik qilib oʻtgan.

❇️ Nushqut – nishxurd, yem-xashak, oʻt qoldigʻi.
Yangiqoʻrgʻondan olib kelgan qoʻyim juda yaxshi chiqdi, umuman nushqut chiqarmaydi.

❇️ Ozitqi – adashtirib, yoʻldan ozdiruvchi maxluq, ajina.
“Bemahalda yurma, ozitqi ozdirib ketadi”, deb tayinladi enam.

❇️ Otaqari – kattalarning gapiga aralashib, aql beradigan bolaga nisbatan ishlatiladi.
“Tushunmagan narsangga otaqarilik qilma, bolam”, – dedi enam.

❇️ Palgʻari – uzum navdasini yerga koʻmib, boshqa joyga oʻtqazish. Yerga koʻmilgan qism kelajakda tomirga aylanadi va tok kuchli oziqlanadi.
Bugun oʻn tup uzumni palgʻari qildim.

❇️ Poldir – dovdir, qoʻpol harakat bilan yon-atrofidagi narsalarni agʻdar-toʻntar qilib yuradigan odamga nisbatan ishlatiladi.
Buncha poldiraysan? Sendaqa poldirni koʻrmaganman, bir chekkada turgan obdastani agʻdarib ketganingni qara!

❇️ Polpis – kir-chir, oʻziga eʼtiborsiz yuradigan odam.
Polpisga oʻxshaysan-a! Kiygan kiyiming – bir ahvol, yagʻiri chiqib yotibdi!

❇️ Poʻnka – qargʻani shu nom bilan ham atashadi.
Hozir poʻnkalar yozda ham uchib ketmayapti.

❇️ Sumalanmoq – lapashanglik, lanjlik qilmoq. Menimcha, bu soʻz “sumalak” soʻzi bilan oʻzakdosh. Sumalak juda sekin pishadi, suyuq boʻladi. Odatda, lavangtabiat odamlar atalaga ham oʻxshatiladi.
Buncha sumalanasan, tezroq yursang-chi!

❇️ Soʻltamat – biror ishni eplamay, doim boʻshashib yuradigan odam.
Soʻltamat boʻlma, qadamingdan oʻt chaqnasin, oʻt!

❇️ UchelishT shaklidagi uch yoʻl tutashmasi, bir tomoni berk chorraha.
Uchelishda oʻrtogʻim Umidjonni koʻrib qoldim.

❇️ Qapishtirmoq – futbol oʻyinida toʻpni raqibga qarata qattiq zarb bilan yoʻnaltirmoq. Koʻpincha katta yoshlilar kichiklarni qapishtirib, qoʻrqitadi. Shu orqali oson aldab oʻtib, gol urishga harakat qiladi.
“Jonli devorga turmayman, qapishtiradi”, dedi u akasiga.

❇️ Qiyratmoq – shoʻxlik qilib qiynamoq.
Gulchehraning oʻgʻli juda shoʻx boʻlibdi, onasini kuni boʻyi qiyratadi.

❇️ Gʻijirqum – ariq ostida yigʻilib qoladigan mayda qum. Bu soʻz oʻrnida “shilqum” soʻzi ham ishlatiladi.
Sotib olsang, ortib qoladi. Bu yerni suvagani Qilovlidan gʻijirqum olib kelsang ham yetadi.

❇️ Hoʻpitmoq – choʻmilmoq.
Bugun Mingbuloqqa hoʻpitgani boramiz.

“Yoshlik” jurnalida chop etilgan.

👉 Bu soʻzlar oʻrnida sizning shevangizda qanday soʻzlar ishlatiladi? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍45🔥5🤨4😁3💯1
💯40👍13🔥4😱3😁2
​​Bahor haqida sheʼrlar: boshlangʻich sinflarga

Bahor yaqin. Maktablarda turli tadbirlar boshlanadi. Baʼzan oʻqituvchilar bolalarga sheʼr yodlab kelishni topshiradi. Bunaqa payt ota-onalar sheʼr topolmay qiynalishi mumkin. Quyida taniqli bolalar shoiri Dilshod Rajabning ikkita sheʼri berilyapti. Boshlangʻich sinflarga mos.

👉
Aytgancha, bolalar sheʼrni tadbir uchun emas, oʻzi xohlab yodlashi kerak. Nutqi ravon boʻladi, soʻz boyligi oshadi.

Varraklar quvonchi

Oʻtib ketdi badqovoq
Qishning achchiq ayozi,
Tabiat kiymoqda shod
Bayramona libosin.

Guldirab kular osmon
Chaqnab chaqmoq toshlari,
Kulgisining zoʻridan
Chiqib ketar yoshlari.

Ichga sigʻmay sevinchi
Qaynab toshar buloqlar,
Oʻzaniga sigʻmasdan
Toshar soy-u irmoqlar.

*️⃣ *️⃣ *️⃣

Hademay

Yurmas achchiq izgʻirin
Dalalarda izillab.
Kelar yoqimtoy shirin
Shabadalar gʻizillab.

Oq varaqday osmonda
Turna rasmi chizilar,
Simlarda qaldirgʻochlar
Askarlarday tizilar.

Viz-viz uchgan oʻq kabi
Bolarilar vizillar,
Miq etmay uxlab yotgan
Borliq tinchi buzilar.

@oriftolib
👍26😁5
👍30😱19😢6💯5🔥4😁4
​​Tarjima tahriri: mashgʻulotni yopish mumkinmi?

Tarjimon baʼzida asliyatdagi til taʼsiriga tushib qoladi va soʻz yoki iborani toʻgʻridan toʻgʻri agʻdarib qoʻya qoladi. Bu oʻzaro yaqin tillardan oʻgirganda ayniqsa koʻp kuzatiladi. Eʼtibor qilgan boʻlsangiz, turk tilidan tarjimalar shunaqa sunʼiy agʻdarmalarga nisbatan boyroq boʻladi. Tarjimon turkcha iborani oʻzbekchada ham deyarli bir xil takrorlaydi. Bu esa koʻpincha oʻzini oqlamaydi.

Tarjima tiliga ergashish uzoq tillardan tarjima qilishda ham kuzatiladi. Inglizchadan oʻgirilgan bir materialni tahrir qilayotib shunaqa holatlarga uchradim. Bir misol. Close the session iborasi mashgʻulotni yopish deb tarjima qilingan. Tarjimon session soʻzini mashgʻulot deb oʻgirib toʻgʻri qilgan. Chunki gap oʻqituvchilar treningi haqida. Biroq yopish soʻzini yanglish tanlagan. Oʻzbekcha ifodaga mos emas. Bu oʻrinda tugatish, yakunlash soʻzlarini qoʻllash toʻgʻri boʻladi.

📌 Demak:

Then the coach can close the session.

Keyin (yoki shundan soʻng) murabbiy mashgʻulotni tugatishi mumkin.
Keyin murabbiy mashgʻulotni yakunlashi mumkin.
Keyin murabbiy mashgʻulotni yopishi mumkin.

Darvoqe, can hamisha ham qila olmoq deb tarjima qilinavermaydi. Baʼzan mumkin deb ham oʻgiriladi. Bunda imkoniyatga ega boʻlish maʼnosi anglashiladi.

Do you understand? 😉

@oriftolib
👍37🔥4😁3💯2
​​Agar gapirmaganingga bir marta afsuslansang, sukut saqlamaganingdan yuz bor nadomat chekasan.

Lev Tolstoy

@oriftolib
👍48💯17🔥10😁2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
69%
Ijro hokimiyati
31%
Ijro hokimligi
💯28😱8👍7😁6🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
39%
Shahar hokimiyati
61%
Shahar hokimligi
💯29👍10🤨10😁6😱5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiziqcha bilan yozish qoidalari | 6️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍23
​​Yaxshi kitob izlayotganlarga tavsiya

Yaqinda internetda ChatGPT boti haqidagi xabarlar shov-shuv boʻldi. Bot odam bilan muloqot qila oladi va soʻrovingizga javob topib beradi. Zamon shunaqa shiddat bilan rivojlanyapti. Agar kelajak avlod yetarlicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, hayotda munosib oʻrin topishi qiyin.

Adabiyotda ilmiy fantastika degan yoʻnalish bor. Bu shunchaki uchar gilam, sehrli shamchiroq haqidagi ertak yo hikoyalar emas. Bunda fantastika ilmiy maʼlumotlar, gʻoyalarga asoslanadi. Bola yoki oʻsmir bunday asarlarni oʻqish jarayonida ham maʼlum bir fanlar boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlib boradi, ham tasavvur doirasini kengaytiradi.

Afsuski, oʻzbek adabiyotida bunday asarlar koʻp emas. Zamondosh adiblar ichida ilmiy fantastika yoʻnalishida ijod qilayotgan kam sonli yozuvchilardan biri Saʼdullo Quronovdir. Uning “Galaktikada bir kun”, “Koinot javohiri” qissalari allaqachon oʻquvchilar orasida shuhrat qozongan. Bu kitoblarni sifatli nashrlari bilan obroʻ topgan “Akademnashr” nashriyoti chop etgan.

👉 “Galaktikada bir kun” asarining audiosi va pdf nusxasini muallif sahifasidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

“Koinot javohiri” kitobiga masʼul muharrirlik qilganman. Bu asardan nafaqat bolalar yoki oʻsmirlar, balki kattalar ham manfaat topadi deb oʻylayman. Farzandlaringizga ana shunday kitoblarni olib bering. Shunchaki olib bermang, oʻzingiz oʻqib namuna boʻling.

@oriftolib
👍23🔥5
​​Bilim oson ish beradi, jaholat – qiyin mehnat.

Tay xalq maqoli

@oriftolib
🔥24👍13💯2
😁53👍15😱6💯6🔥3
Yuklamalar imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda qoʻshimcha koʻrinishidagi yuklamalar imlosi haqida gap borgan. Amaliyotda ayni shu yuklamalarni yozishda koʻp xato qilinadi. Yaxshilab oʻrganib, farqlab olsangiz, imlodagi yana bir muammodan xalos boʻlasiz.

👉 https://youtu.be/ZiH9o77nXfE

@oriftolib
👍20