Amaliyot: loʻnda ifodalang
Mazmunni loʻnda ifodalash mumkin boʻlgan paytda jumlani lagʻmonga oʻxshatib choʻzmaslik kerak. Matndan parcha:
...Avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan. Hozirda xavfli harakatlarni amalga oshirib, qoidabuzarlik sodir etgan ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.
Qiya-qalin harflardagi qismni yanada choʻzish mumkin: aniqlik kiritishni amalga oshirish ishlari olib borilishi yuz bermoqda 🤦🏻♂️.
Bundan-da uzaytiraman desangiz:
Yuz bermoqda = yuz berish jarayoni ketmoqda 🔨 🤯
Tajribali muharrirlar shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda qismini shaxsiga aniqlik kiritilmoqda / shaxsi aniqlanmoqda deb tahrirlaydi.
Alohida maʼno tashimaydigan soʻz va iboralardan bemalol voz kechish, ifodani jonli tilga yaqinlashtirish kerak. Men yuqoridagi parchani bunday bergan boʻlardim:
...Avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan. Xavfli harakatlar qilib, qoidabuzarlik sodir etgan ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilyapti.
Yoki:
...Avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan. Avtoulovni xavfli tarzda boshqargan ikki fuqaroning kimligi aniqlanyapti.
👉 Siz qanday loʻnda variant taklif qilgan boʻlardingiz? Izohlarda qoldiring.
@oriftolib

👍40🔥1
Latoyif
– Bugun seni nima bunchalik quvontirdi?
– @oriftolib sahifasidagi testlar. Tabassum yuzimga oʻrnashib ham qoldi.
– Naqadar baxtlisan! Baxtingga koʻz tegmasin! Tuf-tuf.

😁115👍5💯2😢1🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Takror tovushlar imlosi | 4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍24😁4
👍28😁28💯8
👍32😁24💯5
😁47👍20🤨9💯7
“Ming dollarga yaqin maosh olaman” – eksklav hududda ishlayotgan shifokor
Bu OAVdagi xabar sarlavhasi. Yangilik oʻqiyotganda tushunarsiz soʻz yoki iboralarning maʼnosini odatda qidirib oʻtirmaymiz.
Eksklav soʻzini tushundingizmi? Lugʻat yoki internet yordamisiz uning maʼnosini ayta olasizmi? Fikringizni izohlarda qoldiring.

😁3👍1
Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda juft va takror soʻzlar imlosi, eʼtibor qaratish kerak boʻlgan oʻrinlar haqida gap borgan.
Yuqoridagi testlarning javoblari nega toʻgʻri yoki xatoligini shu lavha orqali yaxshiroq tushunib olish mumkin.
👉 https://youtu.be/acf9I1MVDbA

👍28💯4
Uyning kiraverishiga qurilgan, odatda poyabzal va ust kiyimlar yechib kiriladigan birinchi xona oʻzbekchada nima deb ataladi?
Anonymous Quiz
22%
Ayvon
12%
Yoʻlak
66%
Dahliz
👍33💯14😁4😱3🤨3
Dolon nima?
Shevalar – xazina. Baʼzan adabiy tilda oti yoʻq tushunchalarni ham shevadan topasiz. Xorazmda dolon degan atama bor. U darvozadan to hovligacha qurilgan, ikki tomoni devor, usti yopiq keng yoʻlakni anglatadi:
Doʻsting kelsa dolonda kut,
Dushman kelsa – ayvonda.
Maqol.
Dolonlar boshqa hududlarda ham uchraydi. Fargʻonada usti ochiq yoki yopiq boʻlishidan qatʼi nazar, uyning bu qismi darvozaxona deyiladi.
👉 Menimcha, dolon soʻzini katta binolar ichidagi uzun yoʻlaklar – koridorlar uchun bemalol ishlatish mumkin. Aynan bu maʼnosi yoʻq boʻlsa, shu maʼno yuklanadi. Tilning ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanish kerak.
Siz yashaydigan yoki yashagan hududda dolon nima deb ataladi? Izohlarda qoldiring. 👇

👍40🔥5
Dahliz va yoʻlak: farqi nimada?
Qurilish firmalarining reklamalar va xonadon tarhlarini oʻzbekchada berayotgani quvonarli, albatta. Biroq kopirayterlar yoki reklama mutaxassislari baʼzan yanglish soʻzni ishlatib qolyapti.
Ruschada прихожая degan tushuncha bor. Oʻzbeklar bu soʻzni juda yaxshi koʻradi va ogʻzaki tilda prixojka tarzida qoʻllaydi. Vaholanki, uning oʻzbekcha muqobili bor. Asli forscha boʻlsa-da, oʻzbekchalashib ketgan va tilimizda asrlardan beri qoʻllanadi. Uni siz-u biz ham ishlatganmiz, eshitganmiz – dahliz. Dahliz faqat hovlili uylarda boʻlmaydi. Koʻp qavatli binolarda ham dahlizlar va dahliz oʻrnidagi xonalar bor. Uyning kiraverishiga qurilgan, odatda poyabzal va ust kiyimlar yechib kiriladigan birinchi xona ana shu dahlizdir.
Reklama matnlari va uy loyihalarida prixojkani dahliz deb berish kerak, yoʻlak emas. Yoʻlak soʻzi koridorni ifodalaydi.
📌 Demak, shu soʻzlarga ishi tushadiganlar eʼtiborga olib qoʻyasiz:
Prixojaya, prixojka – dahliz. ✅
Koridor – yoʻlak. ✅

👍62
Nimtatir choy qanday choy?
Anonymous Quiz
11%
Quyuq damlangan, achchiq choy
51%
Quyuq damlanmagan, shamasi kam choy
38%
Kam shakar solingan, shirinligi oz choy
👍43💯12😁8🤨5😱2🔥1
Taktika
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi deb atalgan viloyatida daraxt kesish boʻyicha navbatdagi jahon chempionati oʻtkazildi. Finalga kanadalik va norvegiyalik kesuvchi chiqdi.
Ularning har biriga alohida oʻrmon maydoni ajratildi. Ertalab sakkizdan kechki soat toʻrtgacha kim koʻp daraxt kessa, oʻsha gʻolib boʻlishi belgilandi. Sakkizda hushtak chalindi va ikkovlon shaxt bilan ishga kirishdi. Ular bir daraxtni yiqitib, ikkinchisiga yugurar, daraxtlar adadini iloji boricha koʻpaytirishga urinardi. Bir payt kanadalik kesuvchi sherigi tomon tinchib qolganini payqadi, bu qulay imkoniyatdan foydalanib qolish uchun yanada gʻayratga mindi.
Soat toʻqqiz boʻlganda norvegiyalik yana ishga tushdi. Raqiblar oldingiday tinimsiz daraxt kesar, gursillab yiqilgan ogʻochlarning ovozi ketma-ket eshitilib turardi. Soat oʻnta kam oʻnda norvegiyalik yana ishini toʻxtatdi. Kanadalik esa raqibining sustkashligidan bu safar ham foydalanib qolish uchun ishlashda davom etdi.
Roppa-rosa oʻnda norvegiyalik qayta ish boshladi. Oʻnta kam oʻn birgacha toʻxtov nimaligini bilmadi. Kanadalikning yuragi borgan sari hapriqib ketar, yaqinlashib kelayotgan gʻalaba quvonchi butun vujudini qamrab olgandi. Bellashuv kun boʻyi shu tartibda davom etdi. Norvegiyalik har soatda oʻn daqiqa toʻxtar, kanadalik esa ishlardi.
Nihoyat musobaqa tugaganini bildiruvchi hushtak chalindi. Kanadalik kesuvchi gʻolib boʻlganiga yuz foiz ishonar, oʻzida yoʻq shod edi. Biroq hisob-kitoblar uning yutqazganini koʻrsatdi. Natijadan hayratga tushgan kanadalik:
– Qanaqa qilib bunday boʻldi? – dedi norvegiyalikka. – Axir har soatda oʻn minutga ishni toʻxtatding. Eshitib-bilib turdim. Mendan koʻproq daraxt kesishga qanday ulgurding? Tasavvurga sigʻmaydi, boʻlishi mumkin emas!
– Aslida hammasi juda oddiy, – dedi norvegiyalik. – Toʻgʻri, men har soatda oʻn daqiqa hordiq chiqardim. Sen daraxt kesish bilan band boʻlgan mana shu oʻn daqiqada men har safar boltamni oʻtkirlab oldim.
👉 Ibratli hikoyalardan
“Yosh kuch” jurnalida chop etilgan.

👍65🔥11😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juft soʻz va takror soʻzlar imlosi | 5️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👍32🔥8
💯30😁9👍4🔥2🤨2
💯33👍10😁8😱5🔥3😢2
Chiziqcha bilan yozish qoidalari
“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda сhiziqcha bilan yozish qoidalari, jumladan, -ma va ba- qoʻshimchalari bilan bogʻlangan soʻzlar imlosi haqida gap borgan.
👉 https://youtu.be/AdMbk6wBId8

👍31🔥6💯2
Sen aytganchalik yomon boʻlsam edi, nechta sigir oʻgʻirlaganingni aytib bergan boʻlardim, debdi birov.
Bolqor xalq matali
@oriftolib
Bolqor xalq matali
@oriftolib
😁44👍14🔥7
Uchkoʻprik shevasiga xos soʻzlardan
❇️ Boʻriq – makka yoki joʻxori poyasining mol-qoʻy yeganidan soʻng qolgan bargsiz qismi.
Yoz kunlari tandirni boʻriq yoqib ham oqartirish mumkin.
❇️ Dimiqtirmoq – boshini suvga tiqib, suv yuttirmoq, shu yoʻl bilan qiynamoq.
Aka, anavini qarang, dimiqtiraman deyapti.
❇️ Yemgish – til-jagʻli, oʻzining gapini maʼqullab turaveradigan odam.
E-e, gʻirt yemgish ekansiz-ku! Koʻrganni eshitgan yengibdi, deb shuni aytishsa kerak-da!
❇️ Jippangʻ – toʻla, labigacha toʻldirilgan, toʻkilay-toʻkilay deb turgan.
Paqirni jippangʻ qilib qoʻygan ekansan, choʻmich solgan edim, suvi toʻkildi.
❇️ Kesmaldak – bargsiz, quruq tut novdasi.
Kesmaldaklarni bostirmaning tomiga bosib qoʻydik.
❇️ Lashim – yirik-mayda aralash, yoppasiga.
Limonni lashim oʻn ming soʻmdan sotdik.
❇️ Katta – boboga shunday murojaat qilinadi. “Katta ota” iborasining qisqartmasi boʻlsa kerak. Biroq bu soʻz hozir isteʼmoldan chiqib ketyapti. Uning oʻrniga “opoqi”, “opoqdada”, “bobo” soʻzlari ishlatilyapti.
Kattam bir umr dehqonchilik qilib oʻtgan.
❇️ Nushqut – nishxurd, yem-xashak, oʻt qoldigʻi.
Yangiqoʻrgʻondan olib kelgan qoʻyim juda yaxshi chiqdi, umuman nushqut chiqarmaydi.
❇️ Ozitqi – adashtirib, yoʻldan ozdiruvchi maxluq, ajina.
“Bemahalda yurma, ozitqi ozdirib ketadi”, deb tayinladi enam.
❇️ Otaqari – kattalarning gapiga aralashib, aql beradigan bolaga nisbatan ishlatiladi.
“Tushunmagan narsangga otaqarilik qilma, bolam”, – dedi enam.
❇️ Palgʻari – uzum navdasini yerga koʻmib, boshqa joyga oʻtqazish. Yerga koʻmilgan qism kelajakda tomirga aylanadi va tok kuchli oziqlanadi.
Bugun oʻn tup uzumni palgʻari qildim.
❇️ Poldir – dovdir, qoʻpol harakat bilan yon-atrofidagi narsalarni agʻdar-toʻntar qilib yuradigan odamga nisbatan ishlatiladi.
Buncha poldiraysan? Sendaqa poldirni koʻrmaganman, bir chekkada turgan obdastani agʻdarib ketganingni qara!
❇️ Polpis – kir-chir, oʻziga eʼtiborsiz yuradigan odam.
Polpisga oʻxshaysan-a! Kiygan kiyiming – bir ahvol, yagʻiri chiqib yotibdi!
❇️ Poʻnka – qargʻani shu nom bilan ham atashadi.
Hozir poʻnkalar yozda ham uchib ketmayapti.
❇️ Sumalanmoq – lapashanglik, lanjlik qilmoq. Menimcha, bu soʻz “sumalak” soʻzi bilan oʻzakdosh. Sumalak juda sekin pishadi, suyuq boʻladi. Odatda, lavangtabiat odamlar atalaga ham oʻxshatiladi.
Buncha sumalanasan, tezroq yursang-chi!
❇️ Soʻltamat – biror ishni eplamay, doim boʻshashib yuradigan odam.
Soʻltamat boʻlma, qadamingdan oʻt chaqnasin, oʻt!
❇️ Uchelish – “T” shaklidagi uch yoʻl tutashmasi, bir tomoni berk chorraha.
Uchelishda oʻrtogʻim Umidjonni koʻrib qoldim.
❇️ Qapishtirmoq – futbol oʻyinida toʻpni raqibga qarata qattiq zarb bilan yoʻnaltirmoq. Koʻpincha katta yoshlilar kichiklarni qapishtirib, qoʻrqitadi. Shu orqali oson aldab oʻtib, gol urishga harakat qiladi.
“Jonli devorga turmayman, qapishtiradi”, dedi u akasiga.
❇️ Qiyratmoq – shoʻxlik qilib qiynamoq.
Gulchehraning oʻgʻli juda shoʻx boʻlibdi, onasini kuni boʻyi qiyratadi.
❇️ Gʻijirqum – ariq ostida yigʻilib qoladigan mayda qum. Bu soʻz oʻrnida “shilqum” soʻzi ham ishlatiladi.
Sotib olsang, ortib qoladi. Bu yerni suvagani Qilovlidan gʻijirqum olib kelsang ham yetadi.
❇️ Hoʻpitmoq – choʻmilmoq.
Bugun Mingbuloqqa hoʻpitgani boramiz.
“Yoshlik” jurnalida chop etilgan.
👉 Bu soʻzlar oʻrnida sizning shevangizda qanday soʻzlar ishlatiladi? Izohlarda qoldiring.

👍45🔥5🤨4😁3💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
60%
Shu sababli bu mavzuga toʻxtaldim.
40%
Shu sababli, bu mavzuga toʻxtaldim.
💯40👍13🔥4😱3😁2