Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
​​Zilzila oʻchogʻi, epitsentr, gipotsentr

Milliy ensiklopediyaga koʻra, yer poʻsti yoki yuqori mantiya qatlamidagi zilzila paydo boʻlgan maʼlum bir hajm zilzila oʻchogʻi, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proyeksiyasi zilzila epitsentri deyiladi. Epitsentr va gipotsentr oraligʻidagi masofa zilzilaning yer yuzidan chuqurligini koʻrsatadi.

👉 Soddaroq tushuntiraman: yer tagida zilzila yuzaga kelgan joy – zilzila oʻchogʻi, shu oʻchoqning markazi – gipotsentr, shu gipotsentrning tepasida, yer yuzasidagi joy – epitsentr.

Epitsentr yer ostida yoki suv ostida boʻlishi mumkin. Epitsentrni aniqlash uchun seysmik stansiyalarning qaydlaridan foydlaniladi. Eng koʻp vayrongarchilik ana shu epitsentr va uning yaqinida yuz beradi. OAV epitsentr va gipotsentr tushunchalarini koʻpincha yanglishtiradi. Shu sababli “Zilzila epitsentri falon kilometr chuqurlikda” mazmunidagi jumlalar qoʻllanadi. Aslida bu gipotsentrdir.

Zilzila oʻchogʻi Oʻrta Osiyo hududida aksariyat hollarda yer sathidan 5–50 km chuqurlikda joylashgan boʻladi. Yer sharining maʼlum hududlarida zilzila oʻchogʻi 200–300, hatto 700 km gacha chuqurlikda boʻlishi ham mumkin.

@oriftolib
👍38💯3😢2
Bizning qoʻrquvimiz dushmanlarimiz mardligining manbaidir.

Tomas Mann,
olmon adibi

@oriftolib
👍51💯9🔥6😁3😢2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
-illa va -dir qoʻshimchalari imlosi | 3️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍30🔥6
​​Magnituda va ball: farqi nimada?

Bu ikki tushuncha koʻpincha farqlanmaydi va bu OAVlarda ham kuzatiladi. Aslida ikkisi ikki xil tushuncha.

Zilzila magnitudasi – zilzila payti seysmik toʻlqinlar shaklida ajralib chiqadigan energiya oʻlchovi. Magnitudaning ilk shkalasini 1935-yili amerikalik olim Charlz Rixter taklif etgan, shu sababli magnituda darajasi Rixter shkalasi deb ataladi.

Rixter shkalasi 1 dan 9,5 gacha oraliqda boʻladi. Bunda seysmograf yoki seysmometr qayd qilgan tebranishlar hisobga olinadi. Bu tushunchani koʻpincha zilzila intensivligi shkalasi bilan adashtirishadi.

Zilzila sodir boʻlganda dastlab uning magnitudasi aniq boʻladi, chunki uni seysmograf qayd etadi. Intensivlik shkalasi esa keyinroq – zilzila oqibatlari aniq boʻlgach, oʻrnatiladi.

Zilzila intensivligi shkalasi – yer yuzidagi silkinishlar kuchi oʻlchovidir. Bunda yer ostidagi qalqinishlar emas, aynan yer yuzasidagi tebranishlar hisobga olinadi. Bu shkala ballda oʻlchanadi. Turli mamlakatlarda turlicha uslublar qoʻllanadi. AQSH, Yevropa va Rossiyada 12 ballgacha boʻlgan shkala qoʻllanadi, biroq ularning har biri alohida uslubga asoslanadi. Yaponiyada meteorologiya agentligining 7 ballik shkalasi amal qiladi.

@oriftolib
👍36
​​Ajoyib kechalarning birida kelajak oʻtmish deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysan-da, olislayotgan yoshligingni koʻrasan.

Lui Aragon

@oriftolib
😢38👍16🔥3
Bu qaysi soʻz?

Bu soʻz asliyatda soʻzma-soʻz sigir haydashga moslashgan, sigir haydovchi degan maʼnoni anglatadi. Lekin maʼnosi kengroq. Oʻzbek tilida ham ikki xil maʼnoda qoʻllanadi.

Bu narsani har birimiz hayotda koʻrgan, hatto u bilan yaqindan tanishgan boʻlishimiz mumkin. Gap nima haqida?

@oriftolib
🤨23👍3😁1
Qay biri toʻgʻri?

U ________________ kelib qoladi.
Anonymous Quiz
49%
Halizamon
13%
Hali-zamon
38%
Hali zamon
🤨33💯22👍20😁3
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda soʻzma-soʻz sigir haydashga moslashgan, sigir haydovchi degan maʼnoni anglatadi. Lekin maʼnosi kengroq. Oʻzbek tilida ham ikki xil maʼnoda qoʻllanadi. Bu narsani har birimiz hayotda koʻrgan, hatto u bilan yaqindan tanishgan…
Gavron

Gap gavron soʻzi haqida edi. U forschadan oʻzlashgan. Asliyatda gov va ron soʻzlaridan hosil boʻlgan govronning soʻzma-soʻz maʼnosi: sigir haydovchi. U oʻzbek tilida gavron va govron shakllarida qoʻllanadi va ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Mol, qoʻy va boshqa hayvonlarni haydash uchun ishlatiladigan uzun yoʻgʻon tayoq.

Keksa podachi shoʻxlik qilgan mollarni govron bilan savalab ketmoqda.
H. Nazir, “Soʻnmas chaqmoqlar”.

2️⃣ Har qanday tayoq, xivich.

Bogʻbon uzumzordagi bolalarni govron bilan quva ketdi.

Shu otdan yasalgan gavronlamoq feʼli gavron bilan urmoq; savalamoq, kaltaklamoq maʼnolariga ega:

Soʻfini hovuzdan chiqarib olib, ingichka novda bilan gavronladilar.
“Sharq yulduzi”.

@oriftolib
👍22💯6🔥5
​​“Boburnoma” – mardona kitob

Bundan 10−12 yil avval kitob bilan tanishgan ekanman. Kecha varaqlab koʻrsam, 2009-yili sotib olgan ekanman 90-yillarda chiqqan nashrini. Bundan keyin sifatli chop etilgan nashrini uchratmadim.

“Boburnoma”ni oʻqisangiz, muallifning shaxs, inson sifatida kimligiga guvoh boʻlasiz eng avval. Joʻmardligi, mardonaligi yaqqol koʻrinadi. Asarning oʻzidan ham mardonalik yogʻilib turadi. Toʻgʻri, Boburning ham qusuri, ayblari bor. Lekin eng muhimi, u oʻzining oldida adolatli, xatolaridan xulosalar chiqara oladi.

Qaniydi Boburning koʻp xususiyatlari oʻzimda, boshqalarda ham boʻlsa! Hukmdor uchun adolat, jasorat, himmat eng muhimi.

Kimdir nima kitob oʻqisam ekan deb soʻrasa, hech ikkilanmay, Bobur memuarini tavsiya qilgan boʻlardim. Naf va zavq berolgan kamyob kitoblardan biri. Toʻgʻri, til toʻsigʻi bor, lekin 25−30 betdan keyin qiyinchilik kamayadi.

“Boburnoma” asari haqidagi taassurotlarimni gazeta.uz nashri bilan oʻrtoqlashgan edim. Nashr savollariga “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov, yozuvchi Bahodir Qobul va men javob berganmiz. Koʻrsatuvni Charos Nizomiddinova tayyorlagan.

Maqola:

👉 https://www.gazeta.uz/uz/2023/02/14/zahiriddin-muhammad-bobur/
Video:
👉 https://www.youtube.com/watch?v=UMszoYPdCqM

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Ham sanga tashvish ozroq boʻlur va ham oʻqugʻuchigʻa”
🔹 “Parol” uchun yana bir variant: oʻron
🔹 “Aka” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?
🔹 “Juma” soʻzining maʼnosi

@oriftolib
👍30🔥5
Qay biri toʻgʻri?

Piyozdoshlar yoki loladoshlar oilasiga mansub, sersuv, etdor bargli tropik va subtropik oʻsimlik – ...
Anonymous Quiz
71%
Aloe
29%
Aloye
👍21💯13😱6😁4
@yoshlikjurnali“Yoshlik” jurnalining rasmiy telegram kanali. Bu kanalda yoshlarining adabiy-ijtimoiy qarashlari aks etgan ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyoti sara asarlarini o‘qib borishingiz mumkin.

Ulanish
👉 @yoshlikjurnali
👍7🔥2
Takror tovushlar imlosi

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Unda maʼno kuchaytirish uchun tovushlar takrorlanganda qanday yozilishi kerakligi tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/fA7MR3cnbRY

@oriftolib
👍24🔥6
Yaydoq otni yetaklab olgan baland boʻyli xushmoʻylov yigit anhor tomonga oʻtib ketdi. (S. Ahmad, “Qadrdon dalalar”)

Jumladagi “yaydoq ot” qanday ot?
Anonymous Quiz
18%
Tezchopar, shiddatli
19%
Sekin chopadigan, horgʻin
63%
Egar-jabduqsiz
👍23🔥22😁7💯5🤨5
“Eks pirt”lar ham koʻpayib ketdi

Darslik muallifi bilan muharrir, rassom va musahhihni farqlay olmaydigan bitta “eks pirt” molxona oralabdi.

Shoʻring qurgʻur darsliklar zamonaviy taʼlim standartlariga javob bermasligini birorta saviyali, dunyo koʻrgan mutaxassis ilmiy isbotlab bermadi, men ham qutulmadim. Garchi muallif boʻlmasam ham, boʻyidan baland gapiradigan, boshqalarni “koʻrsogʻot”likda ayblaydigan nodonlardan zerikdim. Mohiyatning m harfini bilmaydi, lekin aql oʻrgataveradi.

Miriqib tanqid qilinayotgan aksariyat oʻzbekcha darsliklarga muharrirlik va musahhihlik qilganman (darvoqe, muharrir va musahhih boshqa-boshqa ish qiladi). Ana shu jarayonda metodika nima, XXI asr koʻnikmalari nima – yaqinroq tanishdim. Bizda sobiq Ittifoq davridan beri shakllanib kelgan, tushuncha-yu qoidalarni yod olishga qaratilgan taʼlim nazariy bilishga asoslanadi. Yangi darsliklarda bosh yoʻnalish – oʻquvchida koʻnikma shakllantirish. Bola avvalo fikrlashi, tanqidiy tahlil qilishi, nimanidir bajara olishi, ijodkor boʻlishi kerak. Taʼlimga bunday yondashuv chet elda yaqin ellik yildan beri amalda. Bizda endigina shu yoʻlga oʻtildi. Oʻtildi hamki, oʻsha eskicha uslubga oʻrgangan va oʻzi bilgan narsadan boshqa narsalar ham borligini qabul qila olmaydigan toifaning nayzalariga duchor boʻldi. Munavvar qori aytmoqchi, bizning jaholat – jahli murakkab.

Koʻrgan narsasiga ishonib yo xayoliga kelgan gapni gapirib ketavermaslik uchun ham tosh yomgʻiri ostida qolgan yangi “Ona tili” darsliklariga ochiq koʻz va ochiq qalb bilan nazar tashlash kerak. Shunda mediasavodxonlik nima, tekshirilmagan axborotga koʻr-koʻrona ishonmaslik nima, tanqidiy fikrlash nima – oz-moz tasavvur hosil boʻladi.

Hay, hech kimni farosat va insofdan qismasin.

@oriftolib
👍33😁19💯6🔥4😢1
👍31😁12💯8🔥2
​​Maktabning asosiy vazifasi oldingi avlodlar yaratgan narsalarni shunchaki qaytarish emas, balki o'zlari yangi narsalar yaratishga, kashfiyotlar qilishga qodir, kreativ, tanqidiy fikrlay oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.

Jan Piaje,
XX asrning taniqli pedagog va psixolog olimi

@oriftolib
💯30👍9🔥5😢1
Qay biri toʻgʻri?

Xalq afsonalarida realistik _______________ shu tarzda tobora kuchayib bordi. (“Fan va turmush”)
Anonymous Quiz
69%
Tamoyil
23%
Tamoil
8%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍24😁10💯8😢1
📣 Ana surpriz-u mana surpriz, ana kir yuvadigʻon mashina-yu, mana magnitofon

— Boy otamniyam soʻydim, hoʻkizni ham oʻldirdim, eshakniyam soʻydim, sichqonniyam dumini kesdim, shundogʻakan…

Iye-iye, shoshmang. Qilmagan ishingiz qolmabdi. Hech biridan “ketmoningiz uchmadimi?” Endi aniq uchadi. Buning uchun sizga toza havo, quyosh va Ezozxon Sarvarovnaning “Kopirayting kurslari” kerak bo’ladi.

“Ha, pamitim oʻlsin-a, pamitim oʻlsin”, chegirmani aytmabman-ku! Bahor oyida boshlanadigan yangi kursimizga katta chegirma eʼlon qilingan. “Qanaqa chegirma?” deysizmi? Buni Aʼzamjon Toshkandan kelgandan keyin koʻrasiz.

Tez @kopirayterkundaligi kanaliga oʻting va reklama yozish sanʼatini oʻrganish uchun kurslarimizga yoziling.

Batafsil maʼlumot uchun: https://t.iss.one/+MbBlZD0uFHZlY2Vi

Reklama
😁22👍14🔥2
​​Amaliyot: loʻnda ifodalang

Mazmunni loʻnda ifodalash mumkin boʻlgan paytda jumlani lagʻmonga oʻxshatib choʻzmaslik kerak. Matndan parcha:

...Avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan. Hozirda xavfli harakatlarni amalga oshirib, qoidabuzarlik sodir etgan ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Qiya-qalin harflardagi qismni yanada choʻzish mumkin: aniqlik kiritishni amalga oshirish ishlari olib borilishi yuz bermoqda 🤦🏻‍♂️‍.

Bundan-da uzaytiraman desangiz:

Yuz bermoqda = yuz berish jarayoni ketmoqda 🔨 🤯

Tajribali muharrirlar shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda qismini shaxsiga aniqlik kiritilmoqda / shaxsi aniqlanmoqda deb tahrirlaydi.

Alohida maʼno tashimaydigan soʻz va iboralardan bemalol voz kechish, ifodani jonli tilga yaqinlashtirish kerak. Men yuqoridagi parchani bunday bergan boʻlardim:

...Avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan. Xavfli harakatlar qilib, qoidabuzarlik sodir etgan ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilyapti.

Yoki:

...Avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan. Avtoulovni xavfli tarzda boshqargan ikki fuqaroning kimligi aniqlanyapti.

👉 Siz qanday loʻnda variant taklif qilgan boʻlardingiz? Izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍40🔥1
​​Latoyif

– Bugun seni nima bunchalik quvontirdi?

@oriftolib sahifasidagi testlar. Tabassum yuzimga oʻrnashib ham qoldi.

– Naqadar baxtlisan! Baxtingga koʻz tegmasin! Tuf-tuf.

@oriftolib
😁115👍5💯2😢1🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Takror tovushlar imlosi | 4️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍24😁4