Qisqa vaqt davomida va qiyinchiliksiz erishilgan muvaffaqiyatlar uzoq saqlanib turmaydi.
Henri Ford
@oriftolib
Henri Ford
@oriftolib
👍63🔥12😢4
Surp xaltaga solib, osib qoʻyilgan qatiqning zardobi sizgach, hosil boʻlgan sut mahsuloti – ...
Anonymous Quiz
9%
Qimron
12%
Qurut
79%
Suzma
👍37😁19💯17😢4😱2🤨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bogʻgami yo boqqa? | 1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
Yutubdagi darslarni telegram kanalga ham qoʻyib bormoqchiman. Video hajmi anchagina kichik boʻladi.
👉 YouTubeʼda koʻrish

👍63🔥13🤨1
Bir usulli polvon
Kurashchi boʻlishni judayam istaydigan bir bola bor edi. Taqdirning sinovini qarangki, u avtohalokatda chap qoʻlidan ayrildi. Ota-onasi koʻngli oʻksimasin deb bolani bir murabbiyga topshirdi. Ammo bechora bolaning kayfiyati juda tushkun edi, umuman polvon boʻla olmayman degan gap xayoliga oʻrnashib olgandi. Ustozi, agar u yetarli darajada shugʻullansa, hatto chempion ham boʻlishi mumkinligini aytdi. Bola bu gapga u qadar ishonmadi-yu, lekin yuragida umid uchqunladi.
Ustoz birinchi darsda unga sogʻ qoʻli bilan raqibni tutib, ustidan oshirib yerga urishni oʻrgatdi. Ammo ikkinchi, uchinchi va undan keyingi darslarda ham faqat shu xilda shugʻullanishdi.
Bola bir xil harakatni qaytaraverishdan zerikdi. Bir kuni ustoziga bu usulni yaxshi oʻzlashtirib olganini, boshqa usullarni oʻrganmoqchiligini aytdi. Ustozi esa bunga rozi boʻlmadi.
– Bu usulni eng zoʻr darajada bajaradigan polvon sen boʻlishingni istayman, – dedi u.
Bola bir harakatni takrorlayverib, hadisini oldi, uni juda tez bajarishni oʻrgandi. Biroq boshqa usulni hozircha bilmasdi.
Bir kuni ustozi uni musobaqaga yozdirdi. Bola bu xabarni eshitib, esankiradi:
– Raqiblarim birinchi urinishdayoq meni agʻdarishsa kerak, – dedi.
Ustozi esa:
– Sen bilganingni amalda qoʻlla, shuning oʻzi yetarli, – deb taskin berdi.
Bola ilk olishuvda raqibini qiyinchiliksiz yengdi. Keyingi raqiblarni ham magʻlub etdi. Holbuki bittagina usulni ishlatayotgandi. Ammo negadir raqiblari unga qarshilik koʻrsata olmasdi. Finaldagi raqibining gavdasi ikki baravar katta edi, shunga qaramay, bola uni ham yer tishlatdi.
Bolaning qalbi sevinch-u hayratga toʻla edi. Shunday kuchli polvonlar menday bitta qoʻli yoʻq bolaga qanday qilib osongina magʻlub boʻlyapti deb oʻylardi u. Ustozi bu holga tushuntirish berdi:
– Oʻgʻlim, sen qoʻllayotgan usul kurashdagi eng zoʻr usullardan biridir. Unga qarshi turishning birgina yoʻli bor: raqibning chap qoʻlini tutib olish kerak...
👉 “Ibratli hikoyalar”dan
“Irfon” taqvimida chop etilgan.

👍53🔥13😁4😢1💯1
Rasul Hamzatov
***
“Ayting menga, ayting, eng jirkanch kimdir?”
“Titrab-qaqshab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
“Ayting-chi, undan-da jirkanchroq kimdir?”
“Sukut saqlab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
***
Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,
Atala ichgandim tishim bor chogʻi.
***
Lochinni shikorga shaylashar bunday:
Uch kun na don yegay va na suv ichgay.
Hokimiyatga tashna kaslar ham shunday:
Oʻlguday och boʻlar, oʻlguday mechkay.
***
Ishtonlari yamoq tillo bolalik,
Zavqlaringga yana toʻlsam qaniydi.
Oʻsmirlikka qaytib shodon, behadik,
Uyatchan, sodda, gʻoʻr boʻlsam qaniydi.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimalari

👍107🔥14💯3🤨2
Qay biri toʻgʻri?
U juda ________ bola.
U juda ________ bola.
Anonymous Quiz
54%
Uyatchan
32%
Uyatchang
15%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍32💯17😁9🔥3🤨2😢1
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zogʻlar. (Muqimiy.)
Baytdagi “zogʻ” soʻzi qaysi qushni anglatadi?
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zogʻlar. (Muqimiy.)
Baytdagi “zogʻ” soʻzi qaysi qushni anglatadi?
Anonymous Quiz
44%
Hakka
51%
Qargʻa
6%
Burgut
👍49🤨10💯6😢3😁2
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
Hamkasb doʻstlarim, ona tili darsligi rassomlari Sarvar Farmonov va Umid Sulaymonovlarning turk xalqiga hamdardlik ifodasi sifatida chizgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Bu suratlar hamdardligimizning ramziga aylanib ulgurdi.
👍120😢22🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Muayyan talablarga javob beradigan, biror narsaga yoki biror maqsadda ishlatsa boʻladigan; yaraydigan – ...
Muayyan talablarga javob beradigan, biror narsaga yoki biror maqsadda ishlatsa boʻladigan; yaraydigan – ...
Anonymous Quiz
79%
Yaroqli
10%
Yarogʻli
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯34👍16😱4😁3😢1
👍38💯13🔥7😢4😁3😱3🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar imlosi | 2️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
Savodxonlik boʻyicha darslarning ikkinchisi chiqdi. Tiniqroq formatda koʻrmoqchi boʻlsangiz, yutubga oʻtasiz.

👍36🔥23
👍32💯13😁3🔥2😢2😱1
“Namchil”dagi -chil nima?
Tilimizda -chil qoʻshimchasi bilan tugaydigan bir qancha soʻz mavjud. Namchil, izchil, dardchil, epchil, serchil, gʻamchil... Oxirgi ikkitasi izohli lugʻat kiritilmagan. Serchil – sinchkov, eʼtiborli; gʻamchil – gʻami koʻp, gʻamli degani.
Koʻz yosh nima – gʻamchil shiradir,
Quyosh nima – yarmi xiradir.
Dunyo nima – ulkan oʻradir,
Yelkangizdan otdingiz, ota.
Husan Karvonli, “Ota”.
Bularni eslashimga Qoshgʻariy bobo lugʻatidagi bir izoh sabab boʻldi.
“Bir narsa ustidagi harakat uzoq davomli boʻlganligini, moʻlligini bildirgan soʻzga -chil qoʻshiladi, – deyiladi “Devonu lugʻotit-turk”da. – Chunonchi, tupchil yer (sershamol yer) iborasida shamol maʼnosidagi tupi soʻziga -chil qoʻshilib, bu soʻz davomlilikni anglatuvchi sifatga aylangan”.
Mahmud Qoshgʻariy yogʻmurchil yer degan iborani ham misol qilib keltiradi va u seryomgʻir yer deb izohlanadi. Koʻp kasal boʻladigan kishiga nisbatan esa igchil degan soʻz ishlatilgan ekan.
Ammo hamma otga ham -chil qoʻshilavermaydi, chunki, muallifning guvohlik berishicha, “bu qoida uncha keng tarqalmagan”.
Yogʻmurchilning bugun muomaladan chiqib ketgani ham Qoshgʻariy bobo fikrini tasdiqlab turgandek.
Elmurod Nishon

👍39
Toshkentda turk xalqiga gumanitar yordam yigʻish boshlandi
Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida talafot koʻrgan hududlarga Oʻzbekistondan insonparvarlik yordam yuboriladi.
Kerakli mahsulotlarni yigʻish Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi koʻmagida tashkil qilinmoqda.
Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar boʻtqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.
Gumanitar yordam berish istagida boʻlganlar quyidagi manzilga borishlari mumkin:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 30-uy. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki.
🔎 Joylashuv

👍44🔥4
Qay biri toʻgʻri?
________________, ishlaydi, boʻlmasa, ochiq havoga direktor boʻlib oʻtiraveradi.
________________, ishlaydi, boʻlmasa, ochiq havoga direktor boʻlib oʻtiraveradi.
Anonymous Quiz
51%
Xushiga kelsa
49%
Hushiga kelsa
😁31👍29💯7🔥4😢3
Amaliyot: aniqlikka intiling
Xabardan:
Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmoyishi bilan Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Oybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Muharrirlardan biri bot orqali yozib qoldi: “Qaysi vazirlik ekanini yozmagan. Garchi ziyolilar va jurnalistlar bilsak-da, koʻpchilik qaysi vazirlik ekanini bilmasligi mumkin”.
Haqiqatan, shunday. Garchi qaysi vazirlik nazarda tutilayotganini mantiqan tushunish imkoni bor boʻlsa-da, ilk oʻrinda aniq-tiniq aytish kerak: Mudofaa vazirligi. Keyingi jumlalarda vazirlik deb ishlatish mumkin.

👍37🔥9😢1
“Baxtli”, “hayotdan zavqlanuvchi” maʼnolariga ega ism qaysi?
Anonymous Quiz
53%
Komron
22%
Barno
25%
Mushtariy
👍31🔥17😁8🤨5😢4
Rangtasvir
Bu soʻz tasviriy sanʼat turini; biror qattiq yuzada rangli ashyolar, masalan, boʻyoqlar yordamida badiiy asar yaratish usulini va shu yoʻl bilan yaratilgan badiiy asarni anglatadi:
Festivalda mamlakatimizning 250 dan ortiq iqtidorli yosh ijodkorlari rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, dizayn va boshqa sanʼat turlari boʻyicha sara ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
Gazetadan.
Rangtasvir juft soʻz emas, qoʻshma soʻz. Uni chiziqcha bilan yozish xato.
📌 Demak:
Rangtasvir ✅
Rang-tasvir ❌

👍32😁4💯3😱1😢1
Suqsurday qiz: suqsur nima?
Suqsur soʻziga badiiy adabiyotda, soʻzlashuvda uchrab turamiz:
Koʻkqamish koʻlidan suqsur uchirdim,
Suqsurni izlagan lochin boʻlaman.
«Alpomish».
Suqsur – oʻrdaksimonlar oilasiga mansub, patlari uzun va ingichka qush. Bu qush chiroyli boʻlgani uchun oʻxshatish vositaga ham aylangan. Suqsurdek soʻzi shu qush kabi chiroyli, qaddi-qomati kelishgan degan maʼnoga ega: suqsurday qiz, suqsurdek goʻzal, suqsurday bola, suqsurdek yigit.
Suqsur soʻzi suxsur shaklida ham ishlatiladi.

👍67😁14🔥4💯4