Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?

Hazilga oʻxshash, hazil aralash, nojiddiy – ...
Anonymous Quiz
38%
Hazilomus
62%
Hazilomuz
👍30😱14💯12😁6😢2
Forwarded from Teacher Azam
40 milliondan bitta...

Bir oilada 3 imkoniyati cheklangan farzand yashaydi. Dyushen mushak disforiyasi – genetik kasallik. Bunda bemorning mushaklari zaiflashib boradi, avvalgiga harakatlaning, keyin yurak va o'pka kabi muhim organlarning ham faoliyati to'xtaydi...

Farzandlarning kattasi faqat barmoqlarini qimirlata oladi, ikkinchisi oyoqlarini his qilmaslik darajasida. Eng achinarlisi, kasallik qizlarda 40 milliondan bir holatda uchraydi. Va oilaning 3-bemor farzandi, qizaloqda u qayd etilgan.

O'zbekistonda yangi tug'ilgan chaqaloqlardan bu kasallik bo'yicha tahlillar olinmaydi. Shu sababli ota-ona farzandlarining to'ng'ichida kasallik borligini bilib qolganda juda kech bo'lgan, farzandlar soni uchtaga yetgan edi.

"Davlatimizdan iltimos qilar edim, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda mazkur kasallik diagnostikasi yo'lga qo'yilsin, bu kabi kasal bolalar ko'paymasin" deydi ona.

Kasallikning davosi topilmagan, lekin nafas olishga yordam beruvchi apparatlar, transformer nogironlik aravachalari sotib olishda ularga yordam berish mumkin.

👇 Ularga yordam bermoqchi bo'lsangiz

Uzcard: 8600 3329 0372 0625
Баратова Дилрабо

Ushbu vaziyatni o'z maqolasida yoritib katta ishga qo'l urgani uchun Dilbar Elmanovaga tashakkur!
👍17😢9🔥2
Qay biri toʻgʻri?

_________________, sizni qiynab turgan eng katta uchta muammo birdaniga hal boʻlib qolsa, maqsadlaringiz jiddiy oʻzgarar edimi?
Anonymous Quiz
14%
Oʻzingizga tasavvur qiling
86%
Tasavvur qiling
😁38👍14😢4🤨3
Kitobiy soʻzlar: chunonchi

Garchi izohli lugʻat bu soʻzni kitobiy soʻzlar qatoriga qoʻshmagan boʻlsa-da, uni bemalol shu safga qoʻyish mumkin. Bir oʻylab koʻring, kitoblar, turli nashrlardan boshqa joyda uchratganmisiz uni? Unga kam duch kelganimiz uchun baʼzan yanglish maʼnoda ham tushunamiz.

Chunonchi soʻzi yaʼni, masalan; jumladan maʼnolariga ega:

Ishqibozlik ham har xil boʻladi, chunonchi, birov gulga, bulbulga, birov mashinaga, yoʻrgʻa otga ishqiboz...
“Mushtum”.

Odam tanasida A vitamini faqat boshqa biror moddadan, chunonchi, sabzavotlar, koʻkatlardan ajralib chiqadigan karotin degan moddadan hosil boʻladi.
Gʻ. Mahkamov, “Salomatlik garovi”.

Oʻquvchilik yillarimda bir sinfdoshim mavzuni darsda deyarli yoddan aytib bergandi. Kitobda bor boʻlgani uchun orada chunonchi soʻzini ham ishlatgan, bu hol ozroq kulgiga sabab boʻlgandi. Chunki bu soʻzni jonli tilda birov ishlatmaydi-da.

@oriftolib
👍17🔥15😁1
👍35🤨21😁5😢5💯1
Pulli onlayn kursda oʻqiysizmi?

Ikki yildan buyon onlayn kurs ochish rejasi bor. Lekin ishlar koʻpligi uchun buning imkoni boʻlmadi. Nasib qilsa, yaqin bir oy ichida vaqtim nisbatan bemalol boʻlib qoladi. Shu sabab koʻp yillik rejalarimdan birini amalga oshirmoqchiman.

Kurs uchun bir necha yoʻnalishlar bor. Quyida soʻrovnoma shaklida yoʻnalishlarni tashlayman. Ulardan birortasida qatnashishni jiddiy istasangiz, belgilang. Agar bunday rejangiz boʻlmasa, Natijani koʻrish variantini tanlab, soʻrovnoma natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Xudo xohlasa, eng koʻp ovoz toʻplagan yoʻnalish boʻyicha pulli onlayn kurs ochaman.

Yoʻnalishlar:

1️⃣ Tahrir va korrektura.
2️⃣ Savodxonlik va imlo.
3️⃣ Davlat tilida ish yuritish.

@oriftolib
👍30🔥5💯3
Qaysi yoʻnalishdagi pulli onlayn kursda oʻqishni istaysiz?
Anonymous Poll
18%
Tahrir va korrektura
31%
Savodxonlik va imlo
23%
Davlat tilida ish yuritish
28%
Natijani koʻrish
👍33😁17💯6🤨4
Orif Tolib
Qaysi yoʻnalishdagi pulli onlayn kursda oʻqishni istaysiz?
Kurslarda nimalar oʻrgatiladi?

Har bir kurs bir oyga yoki bir oylik bosqichlarga moʻljallanadi va 10 soatdan iborat boʻladi. Qaysi yoʻnalish boʻyicha kurs ochiladigan boʻlsa, uning mundarijasi oldindan eʼlon qilinadi. Eng muhim mavzularni qamrab olish va darsning 1/3 qismini amaliy mashgʻulot shaklida oʻtkazish rejalashtirilgan.

Koʻpchilikda savol tugʻilayotgani uchun kurslarning mazmun-mohiyatini qisqacha tushuntirib oʻtaman:

👉 Tahrir va korrektura: post, maqola yoki kitobni tuzatishlar kiritib yaxshilash, xatolarini toʻgʻrilash, mazmun va imlo jihatidan nashrga tayyorlash.

👉 Savodxonlik va imlo: imloviy savodxonlikni oshirish, tinish belgilarini qoʻllash bilan bogʻliq bilimlarni kuchaytirish.

👉 Davlat tilida ish yuritish: davlat idoralarida ishlaydigan, xat-hujjatga ishi tushadigan kishilarning ish yuritish bilan bogʻliq bilimlarini kuchaytirish, kundalik faoliyatda shu boʻyicha duch kelayotgan muammolari, savollariga yechim topish.

@oriftolib
👍34💯1
👍30💯17😁7😱2😢2
👍40😱12😁5🤨5💯4😢1
Pulli kurslar oʻrniga bepuli 🔥

Pulli onlayn kurslar haqidagi soʻrovnomada savodxonlik va imlo yoʻnalishi eng koʻp ovoz toʻplayapti. Toʻgʻrisi, kurs haqida soʻraganlarning koʻpchiligini narx masalasi qiziqtirdi. Sizlarga TEKIN variantini taklif qilmoqchiman.

Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida savodxonlik darslarini yoʻlga qoʻydik. Darslarni YouTube platformasida kuzatib borishingiz mumkin. Yaqinda oʻz kanalim faoliyatini ham yoʻlga qoʻymoqchiman. Unda boshqa mavzularda ham lavhalar joylashtiriladi.

Savodxonlik boʻyicha bilimlarini oshirmoqchi boʻlganlar tortinmasdan YouTubeʼga oʻtaverasizlar. Biz – xizmatda, siz – izzatda 😉.

Darslarda eng koʻp xato qilinadigan oʻrinlarga eʼtibor qaratishga, chalkash vaziyatlarga yechim topishga harakat qilaman. Birinchi dars:

👉 Bogʻgami yoki boqqa?

@oriftolib
👍69😁6🔥5
👍33🔥14💯7😁5😢3😱1
Hamburger va ahmoq odamning nima bogʻliqligi bor?

🍔 Bu mazali soʻzning kelib chiqishi Germaniyaning Hamburg shahriga aloqador. Lekin bu taom va shahar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri oʻzaro bogʻliqlik yoʻq.

🚢 1869-yillarda Hamburgdan Amerika tomon ketayotgan yoʻlovchilar kemada “Hamburgh sausage” tanovul qilgan. Sosiklar tosterda qizitilgan non ustida yoʻlovchilarga taqdim qilingan.

🇺🇸 Hamburger birinchi bor qaysi mamlakatda tayyorlangani nomaʼlum, lekin shunga oʻxshash ovqat turlari birinchi bor AQSH taraflarda reklama qilingan ekan.

🤪 Hamburger deganda xayolimizga doimo ovqat keladi. Lekin ingliz tilining “koʻcha” variantida, yaʼni slengida hamburger soʻzi ahmoq va foydasiz odam degan maʼnoni bildiradi. Shuning uchun inglizcha gapirganda bu soʻzni ehtiyot boʻlib ishlatavering:

🟠 The guy is just hamburger. You canʼt teach him anything.
⚪️ Bu bola – shunchaki foydasiz odam. Siz unga hech narsa oʻrgata olmaysiz.

Teacher Azam sahifasidan

@oriftolib
😁46👍28🔥1
Soraxon nihoyat kunchi xotin edi. (A. Qahhor, “Sarob”).

Jumladagi “kunchi” soʻzi qanday maʼnoni bildiradi?
Anonymous Quiz
14%
Kunduzi koʻp uxlaydigan
29%
Toqatsiz, sabri yoʻq
57%
Qizgʻanish hissi kuchli, rashkchi
👍57💯17😁9😢5😱2
Qisqa vaqt davomida va qiyinchiliksiz erishilgan muvaffaqiyatlar uzoq saqlanib turmaydi.

Henri Ford

@oriftolib
👍63🔥12😢4
Surp xaltaga solib, osib qoʻyilgan qatiqning zardobi sizgach, hosil boʻlgan sut mahsuloti – ...
Anonymous Quiz
9%
Qimron
12%
Qurut
79%
Suzma
👍37😁19💯17😢4😱2🤨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bogʻgami yo boqqa? | 1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

Yutubdagi darslarni telegram kanalga ham qoʻyib bormoqchiman. Video hajmi anchagina kichik boʻladi.

👉 YouTubeʼda koʻrish

@oriftolib
👍63🔥13🤨1
​​Bir usulli polvon

Kurashchi boʻlishni judayam istaydigan bir bola bor edi. Taqdirning sinovini qarangki, u avtohalokatda chap qoʻlidan ayrildi. Ota-onasi koʻngli oʻksimasin deb bolani bir murabbiyga topshirdi. Ammo bechora bolaning kayfiyati juda tushkun edi, umuman polvon boʻla olmayman degan gap xayoliga oʻrnashib olgandi. Ustozi, agar u yetarli darajada shugʻullansa, hatto chempion ham boʻlishi mumkinligini aytdi. Bola bu gapga u qadar ishonmadi-yu, lekin yuragida umid uchqunladi.

Ustoz birinchi darsda unga sogʻ qoʻli bilan raqibni tutib, ustidan oshirib yerga urishni oʻrgatdi. Ammo ikkinchi, uchinchi va undan keyingi darslarda ham faqat shu xilda shugʻullanishdi.

Bola bir xil harakatni qaytaraverishdan zerikdi. Bir kuni ustoziga bu usulni yaxshi oʻzlashtirib olganini, boshqa usullarni oʻrganmoqchiligini aytdi. Ustozi esa bunga rozi boʻlmadi.

– Bu usulni eng zoʻr darajada bajaradigan polvon sen boʻlishingni istayman, – dedi u.

Bola bir harakatni takrorlayverib, hadisini oldi, uni juda tez bajarishni oʻrgandi. Biroq boshqa usulni hozircha bilmasdi.

Bir kuni ustozi uni musobaqaga yozdirdi. Bola bu xabarni eshitib, esankiradi:

– Raqiblarim birinchi urinishdayoq meni agʻdarishsa kerak, – dedi.

Ustozi esa:

– Sen bilganingni amalda qoʻlla, shuning oʻzi yetarli, – deb taskin berdi.

Bola ilk olishuvda raqibini qiyinchiliksiz yengdi. Keyingi raqiblarni ham magʻlub etdi. Holbuki bittagina usulni ishlatayotgandi. Ammo negadir raqiblari unga qarshilik koʻrsata olmasdi. Finaldagi raqibining gavdasi ikki baravar katta edi, shunga qaramay, bola uni ham yer tishlatdi.

Bolaning qalbi sevinch-u hayratga toʻla edi. Shunday kuchli polvonlar menday bitta qoʻli yoʻq bolaga qanday qilib osongina magʻlub boʻlyapti deb oʻylardi u. Ustozi bu holga tushuntirish berdi:

– Oʻgʻlim, sen qoʻllayotgan usul kurashdagi eng zoʻr usullardan biridir. Unga qarshi turishning birgina yoʻli bor: raqibning chap qoʻlini tutib olish kerak...

👉 “Ibratli hikoyalar”dan

“Irfon” taqvimida chop etilgan.

@oriftolib
👍53🔥13😁4😢1💯1
Rasul Hamzatov

***
“Ayting menga, ayting, eng jirkanch kimdir?”
“Titrab-qaqshab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
“Ayting-chi, undan-da jirkanchroq kimdir?”
“Sukut saqlab turgan qoʻrqoq bir erkak!”

***
Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,
Atala ichgandim tishim bor chogʻi.

***
Lochinni shikorga shaylashar bunday:
Uch kun na don yegay va na suv ichgay.
Hokimiyatga tashna kaslar ham shunday:
Oʻlguday och boʻlar, oʻlguday mechkay.

***
Ishtonlari yamoq tillo bolalik,
Zavqlaringga yana toʻlsam qaniydi.
Oʻsmirlikka qaytib shodon, behadik,
Uyatchan, sodda, gʻoʻr boʻlsam qaniydi.

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimalari

@oriftolib
👍107🔥14💯3🤨2
Qay biri toʻgʻri?

U juda ________ bola.
Anonymous Quiz
54%
Uyatchan
32%
Uyatchang
15%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍32💯17😁9🔥3🤨2😢1
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zogʻlar. (Muqimiy.)
Baytdagi “zogʻ” soʻzi qaysi qushni anglatadi?
Anonymous Quiz
44%
Hakka
51%
Qargʻa
6%
Burgut
👍49🤨10💯6😢3😁2