Chappar urib gullagan bogʻin,
Oʻpar edim vatan tuprogʻin. (H. Olimjon.)
Misradagi “chappar urib” iborasi qanday maʼno bildiradi?

Anonymous Quiz
20%
Oppoq boʻlib
60%
Yoppasiga, birvarakayiga
20%
Quyoshga talpinib
💯40👍18🤨7😁6
Forwarded from Shahnoza Soatova blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saida malades! Saidaga barakalla! Saida yashasin👏
Biz til bahslari qilib yurgan vaqtimiz Saida Rashidova degan bitta o‘zbek tili jonkuyari yumshoq kuch – ta’limdan foydalanib o‘zbek tilini keng yoyyapti. O‘rgatganda ham, majburlab emas, sevdirib o‘rgatyapti!
Yuqoridagi videoda uning o‘quvchisi Anna 4 yildan beri O‘zbekistonda yashaydi. U Saidaning kurslaridan keyin bu yil birinchi marta ishxonasida o‘tgan korporativda o‘zbek tilida nutq so‘zlabdi. Mana bu real natija!! Qoyil, Saida!
Saida yutubda o‘zbek tilini o‘rgatuvchi bepul onlayn kurslar ham qiladi. Ko‘ngilli tarzda o‘zbek tilini targ‘ib qilish uchun ko‘p tadbirlar o‘tkazadi, Shuningdek, istovchilar bilan oflayn tarzda ma’lum to‘lov evaziga shug‘ullanadi ham (telegram kanali: @UzbekWithSaida).
Men Saidaning natijalaridan ta’sirlanib, ham uni shaxsan tanigan va hurmat qilgan inson sifatida mutlaqo beminnat, chin ko‘ngildan ushbu matnni yozdim. O‘zbek tilini o‘rganish uchun Saidani tanlashga chorlayman.
Bizga ko‘plab Saidalar kerak!
@shahnozxon

👍97🔥16💯6😁1
👍41💯14😢8🤨8😱3🔥2😁2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
17%
Hech qachon tama qilma!
77%
Hech qachon taʼma qilma!
5%
Hech qachon tamaʼ qilma!
🤨31👍28💯8😁7😢2
“Nuktadon” nima degani?
Garchi bu soʻz tilimizda faol qoʻllanmasa-da, unga badiiy adabiyotlarda bot-bot duch kelamiz. Nuktadon shoir, nuktadon olim kabi iboralar esa turli maqolalar, adabiy tadqiqotlarda uchraydi.
Bu soʻz asli arabcha va forscha soʻzlar birikuvidan hosil boʻlgan. Arabcha nukta asliyatda oʻtkir, donolik bilan aytilgan gap; qochirim; tub maʼno, mohiyat; nozik tafsilot, ikir-chikir kabi maʼnolarni anglatsa, forscha don esa biluvchi, bilagʻon maʼnosiga ega. Tilimizda faol ishlatiladigan dono soʻzi ana shu oʻzakdan.
Nuktadon oʻzbekchada masalaning tub mohiyatini, nozik, mayda-chuyda tafsilotlarini yaxshi biladigan, oʻtkir fikrlovchi kishiga nisbatan ishlatiladi.
Uni baʼzan nuqtadon shaklida ishlatish ham uchraydi. Lekin bu xato.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Siyqasi chiqdi: “siyqa” nima?
🔹 Vallomat kim?
🔹 “Dorilamon” nima degani?
🔹 “Taqsir” soʻzi haqida
@oriftolib

👍48🔥4
Oʻzini juda yuqori tutadigan va shunday muomalada boʻladigan; dimogʻi baland – ...
Anonymous Quiz
31%
Kalandimogʻ
55%
Kalondimogʻ
14%
Kalondimoq
👍24💯15😱5😁2😢2
Qulf urishmi yoki qulp urish?
Qulp urmoq iborasini koʻp xato qoʻllaymiz. Hatto izohli lugʻatning oʻzi ham bir necha oʻrinlarda qulf urmoq shaklida yozgan. Biroq iborani sharhlaganda uni qulp urmoq koʻrinishida bergan. Ana shu birlamchi, albatta. Imlo lugʻatiga bu ibora qulp urmoq shaklida ham, qulf urmoq shaklida ham kiritilmagan.
Qulp urmoq iborasi ikki xil maʼnoga ega:
1️⃣ Gurkirab, avj olib koʻkarmoq; yashnamoq, gullamoq.
Gulzorda oʻsma, xina, rayhon va jambillar qulp urib yotibdi.
2️⃣ Koʻchma maʼnoda: barq urib rivojlanmoq, taraqqiy etmoq, gullab-yashnamoq.
Qulp urasan savlat toʻkib keng Osiyoga,
Mashʼal boʻlib nur sochasan sharqiy samoga.
T. Toʻla.
Qulf urmoq iborasi qulf ilmoq, qulf osmoq, qulf solmoq kabi maʼnolarga ega:
Ota eshikka qulf urib, bolani opichlaganicha, idora tarafga keta boshladi.
S. Ahmad, Ufq.
Birinchi iborani ham qulf urmoq shaklida qoʻllayversak-chi? Men mayli deyman-u, lugʻat koʻnmaydi-da 😉.
📌 Demak:
Gullar qulp urib yashnadi, eshikka qulf urdi ✅
Gullar qulf urib yashnadi, eshikka qulp urdi ❌

👍38🔥8😁1
Noyob soʻzlar: qumanjir
Balki, bu soʻzni birinchi marta eshitib turgandirsiz. U issiq mamlakatlarda oʻsadigan, etdor poyali, toʻp-toʻp tikanaklardan iborat bargli oʻsimlikni anglatadi. Baribir uncha tushunarli boʻlmadi-a? Hozir sinonimini aytaman, darrov fahmlaysiz. Gap siz-u bizga yaxshi tanish kaktus haqida ketyapti. Ha, kaktusning oʻzbekchasi qumanjir. Izohli lugʻatda ham, ruscha-oʻzbekcha lugʻatda ham bunga dalil bor. Ishlatmaganimiz uchun begonalashgan xolos.
Kaktus soʻzi yunoncha kaktos soʻzidan. U asliyatda tikanli yovvoyi oʻsimlik – qushqoʻnmasni anglatgan. Kaktus atamasini fanda ilk bor 1737-yili biolog olim Karl Len ishlatgan. U bu nom bilan barcha oʻtkir tikanli oʻsimliklarni nazarda tutgan.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Oʻzbekchasi boʻlaturib, ishlatilmaydi – oʻzimizning “begona” soʻzlar
🔹 “Namoz” soʻzining oʻzbekchasi
🔹 “Million”ning oʻzbekchasi nima?

🔥20👍18💯1
Qumanjir: kaktus va anjirning nima bogʻliqligi bor?
Toʻgʻrisi, qumanjir soʻzi qanday hosil boʻlib qolganiga hayron edim. Kaktus bilan anjirning nima aloqasi bor? Nimaga anjirga qiyoslangan?
❗️ Kalavaning uchi topildi.
Taniqli muharrir Jamshid Shodiyevning aytishicha, kaktusning anjirga oʻxshash shirin mevasi boʻladi va u isteʼmol qilinadi. Misrda biz bilgan anjir ham, kaktus mevasi ham at-tiyn, yaʼni anjir deb atalar ekan. Kaktus anjiri, yaʼni qumanjir meva-sabzavot doʻkonlarida, odamlar yetaklab yuradigan arava-rastalarda sotilar ekan.
Vikipediya maʼlumotlariga koʻra, turklar kaktus mevasini eshakanjir, hind anjiri, farang anjiri, farang yemishi, tikanli anjir, qaynanatili deyisharkan. Eshakanjir degan soʻzni oʻqib, yozda achchiq boʻladigan, qishgacha turib, keyin taʼm kiradigan olma xalq tilida eshakolma deyilishi yodimga tushdi.
Bu mevani Turkiyada ham topish mumkin. U Oqdengizda tabiiy usulda yetishtiriladi. Gʻarbiy va Janubiy Onadoʻlida ham uchraydi. Qumanjir totli va suvli boʻladi.
Soʻzi isteʼmolda boʻlganidan bu meva oldin bizning oʻlkalarda ham boʻlgan va yeyilgan degan xulosaga kelish mumkin. Kaktus asosan qumli, qurgʻoqchil joylarda oʻsgani uchun anjir soʻziga qum soʻzi qoʻshilgani ehtimoli katta.

👍43🔥7😱2
“Hazir boʻling!” jumlasi qanday maʼnoga ega?
Anonymous Quiz
34%
Tayyor boʻling!
51%
Ehtiyot boʻling!
15%
Bagʻrikeng boʻling!
💯34👍10😢5🤨4😁3😱1
Badia nima?
Badiani qandaydir adabiy janr deb tushunish uchrab turadi. Aslida u bunday maʼnoga ega emas. Izohli lugʻatga koʻra, badia soʻzi ikki xil mazmunda qoʻllanadi:
1️⃣ Nafis, nodir.
Shoir, yozmaysanmi, qani yil boʻyi
Avaylab-asragan badia satring?
Gʻ. Gʻulom.
2️⃣ Kishining diqqatini tortadigan badiiy asar.
Shoirdan bizga lirik badialar, falsafiy mushohadalarga boy manzumalar meros boʻlib qoldi.
“Fan va turmush”.

👍28💯3🤨3
Kitobiy soʻzlar: inchunin
Bu soʻzni badiiy va publitsistik asarlarda uchratamiz. Jonli tilda qoʻllanmaydi. Lekin maʼnosini baribir bilib olish kerak. Hayotimiz soʻzlashuvdangina iborat emas, baʼzan kitob ham oʻqiymiz-ku 😉.
Inchunin soʻzi shunday, xuddi shuning kabi; shuningdek maʼnolarini beradi:
Inchunin, Qulmatqorani bir kun emas, bir kun ship-shiydam qilib, goʻlaxxonada tiz choʻktirish orzusi qanchalik lazzatli!
A. Muxtor, Opa-singillar.
Savr keldi – ekinchiga davr keldi, deganlaridek taqachining ustaxonasi eski omoch, mertik ketmon... inchunin, turli-tuman temir-tersak bilan toʻlib-toshgan.
A. Muxtor, Chinor.
👉 Bugungi yozuvchi yoki jurnalist bu kabi soʻzlarni ishlatmagani maʼqul deb hisoblayman. Chunki olifta soʻz va ifodalar asarni bezamaydi, oʻquvchini bezdiradi xolos. Istisno holatlar ham bor, albatta. Deylik, maʼlum bir tarixiy davr yoki kishining oʻziga xos tabiatini koʻrsatish uchun bunday soʻzlardan foydalanish mumkin.
❗️ Bu soʻzni inchunun, inchinun kabi shakllarda qoʻllash uchrab turadi. Lekin bu xato.

👍21😱3
Qay biri toʻgʻri?
Hazilga oʻxshash, hazil aralash, nojiddiy – ...
Hazilga oʻxshash, hazil aralash, nojiddiy – ...
Anonymous Quiz
38%
Hazilomus
62%
Hazilomuz
👍30😱14💯12😁6😢2
Forwarded from Teacher Azam
40 milliondan bitta...
Bir oilada 3 imkoniyati cheklangan farzand yashaydi. Dyushen mushak disforiyasi – genetik kasallik. Bunda bemorning mushaklari zaiflashib boradi, avvalgiga harakatlaning, keyin yurak va o'pka kabi muhim organlarning ham faoliyati to'xtaydi...
Farzandlarning kattasi faqat barmoqlarini qimirlata oladi, ikkinchisi oyoqlarini his qilmaslik darajasida. Eng achinarlisi, kasallik qizlarda 40 milliondan bir holatda uchraydi. Va oilaning 3-bemor farzandi, qizaloqda u qayd etilgan.
O'zbekistonda yangi tug'ilgan chaqaloqlardan bu kasallik bo'yicha tahlillar olinmaydi. Shu sababli ota-ona farzandlarining to'ng'ichida kasallik borligini bilib qolganda juda kech bo'lgan, farzandlar soni uchtaga yetgan edi.
"Davlatimizdan iltimos qilar edim, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda mazkur kasallik diagnostikasi yo'lga qo'yilsin, bu kabi kasal bolalar ko'paymasin" deydi ona.
Kasallikning davosi topilmagan, lekin nafas olishga yordam beruvchi apparatlar, transformer nogironlik aravachalari sotib olishda ularga yordam berish mumkin.
👇 Ularga yordam bermoqchi bo'lsangiz
Uzcard: 8600 3329 0372 0625
Баратова Дилрабо
Ushbu vaziyatni o'z maqolasida yoritib katta ishga qo'l urgani uchun Dilbar Elmanovaga tashakkur!

Bugun.uz
«Шифокор 14 ёшгача яшайди дегани қулоғим остида жаранглайди» – Bugun.uz
«Болаларни ётқизар эканман, кечаси беш, олти марта хавотирда ўзига сездирмай нафас оляптими, деб текшириб кетаман». Фарзандлари кўз ўнгида сўлиб бораётган она ҳикояси…
👍17😢9🔥2
Qay biri toʻgʻri?
_________________, sizni qiynab turgan eng katta uchta muammo birdaniga hal boʻlib qolsa, maqsadlaringiz jiddiy oʻzgarar edimi?
_________________, sizni qiynab turgan eng katta uchta muammo birdaniga hal boʻlib qolsa, maqsadlaringiz jiddiy oʻzgarar edimi?
Anonymous Quiz
14%
Oʻzingizga tasavvur qiling
86%
Tasavvur qiling
😁38👍14😢4🤨3
Kitobiy soʻzlar: chunonchi
Garchi izohli lugʻat bu soʻzni kitobiy soʻzlar qatoriga qoʻshmagan boʻlsa-da, uni bemalol shu safga qoʻyish mumkin. Bir oʻylab koʻring, kitoblar, turli nashrlardan boshqa joyda uchratganmisiz uni? Unga kam duch kelganimiz uchun baʼzan yanglish maʼnoda ham tushunamiz.
Chunonchi soʻzi yaʼni, masalan; jumladan maʼnolariga ega:
Ishqibozlik ham har xil boʻladi, chunonchi, birov gulga, bulbulga, birov mashinaga, yoʻrgʻa otga ishqiboz...
“Mushtum”.
Odam tanasida A vitamini faqat boshqa biror moddadan, chunonchi, sabzavotlar, koʻkatlardan ajralib chiqadigan karotin degan moddadan hosil boʻladi.
Gʻ. Mahkamov, “Salomatlik garovi”.
Oʻquvchilik yillarimda bir sinfdoshim mavzuni darsda deyarli yoddan aytib bergandi. Kitobda bor boʻlgani uchun orada chunonchi soʻzini ham ishlatgan, bu hol ozroq kulgiga sabab boʻlgandi. Chunki bu soʻzni jonli tilda birov ishlatmaydi-da.

👍17🔥15😁1
👍35🤨21😁5😢5💯1
Pulli onlayn kursda oʻqiysizmi?
Ikki yildan buyon onlayn kurs ochish rejasi bor. Lekin ishlar koʻpligi uchun buning imkoni boʻlmadi. Nasib qilsa, yaqin bir oy ichida vaqtim nisbatan bemalol boʻlib qoladi. Shu sabab koʻp yillik rejalarimdan birini amalga oshirmoqchiman.
Kurs uchun bir necha yoʻnalishlar bor. Quyida soʻrovnoma shaklida yoʻnalishlarni tashlayman. Ulardan birortasida qatnashishni jiddiy istasangiz, belgilang. Agar bunday rejangiz boʻlmasa, Natijani koʻrish variantini tanlab, soʻrovnoma natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
Xudo xohlasa, eng koʻp ovoz toʻplagan yoʻnalish boʻyicha pulli onlayn kurs ochaman.
Yoʻnalishlar:
1️⃣ Tahrir va korrektura.
2️⃣ Savodxonlik va imlo.
3️⃣ Davlat tilida ish yuritish.

👍30🔥5💯3
Qaysi yoʻnalishdagi pulli onlayn kursda oʻqishni istaysiz?
Anonymous Poll
18%
Tahrir va korrektura
31%
Savodxonlik va imlo
23%
Davlat tilida ish yuritish
28%
Natijani koʻrish
👍33😁17💯6🤨4
Orif Tolib
Qaysi yoʻnalishdagi pulli onlayn kursda oʻqishni istaysiz?
Kurslarda nimalar oʻrgatiladi?
Har bir kurs bir oyga yoki bir oylik bosqichlarga moʻljallanadi va 10 soatdan iborat boʻladi. Qaysi yoʻnalish boʻyicha kurs ochiladigan boʻlsa, uning mundarijasi oldindan eʼlon qilinadi. Eng muhim mavzularni qamrab olish va darsning 1/3 qismini amaliy mashgʻulot shaklida oʻtkazish rejalashtirilgan.
Koʻpchilikda savol tugʻilayotgani uchun kurslarning mazmun-mohiyatini qisqacha tushuntirib oʻtaman:
👉 Tahrir va korrektura: post, maqola yoki kitobni tuzatishlar kiritib yaxshilash, xatolarini toʻgʻrilash, mazmun va imlo jihatidan nashrga tayyorlash.
👉 Savodxonlik va imlo: imloviy savodxonlikni oshirish, tinish belgilarini qoʻllash bilan bogʻliq bilimlarni kuchaytirish.
👉 Davlat tilida ish yuritish: davlat idoralarida ishlaydigan, xat-hujjatga ishi tushadigan kishilarning ish yuritish bilan bogʻliq bilimlarini kuchaytirish, kundalik faoliyatda shu boʻyicha duch kelayotgan muammolari, savollariga yechim topish.

👍34💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
89%
Bu holatga ilk bor roʻbaroʻ keldi.
11%
Bu holatga ilk bor roʻ-baroʻ keldi.
👍30💯17😁7😱2😢2