Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qani, yur, xayrli ishni paysalga solib boʻlmaydi. (“Yoshlik”).

Yuqoridagi jumlada qoʻllangan “paysalga solmoq” iborasi nima maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
9%
Oʻlchamoq, baho bermoq
86%
Kechiktirmoq, keyinga surmoq
4%
Maʼlum qilmoq, birovga aytmoq
💯42👍16😁6😢1
​​Investitsion chorshanba 😁

Taniqli muharrirlardan biri mana shu skrinshotni guruhga tashladi. Kulgim qistadi-yu, lekin bunaqa holatlar menga begona emas. Tarjimalar tahririda koʻp uchrataman. Baʼzi “tarjimoni zamon”lar gugl okamgilarning ijodini “Mana tarjima!” deb bervoraveradi. Koʻpi zarra xijolat tortmaydi. Baʼzilari oʻzining haqligini isbotlamoqchi ham boʻladi. Qilgan ishing koʻrsatib turibdi-ku holatingni. Yana nimani isbotlamoqchi boʻlasan, deydigan odam yoʻq.

Rasmdagi holat gugl tarjima tufayli emas, menimcha. Shunchaki malaka yetishmasligi, havaskorlik natijasi, rus tilini yangi oʻrgangan odamga yoki birorta talabaga tekin tarjima qildirish oqibati.

❗️ Инвестиционная среда oʻzbekchada investitsion muhit, sarmoya muhiti boʻladi. U sarmoya kiritish va faoliyat yuritish uchun yaratilgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik shart-sharoitlar yigʻindisini anglatadi. Bunday shart-sharoitlar sarmoyaning foydaliligi, risklari va likvidligiga juda katta taʼsir koʻrsatadi.

Bu iborani koʻpincha investitsion iqlim shaklida ham ishlatishadi.

@oriftolib
😁39👍16😢15🔥4😱2🤨2
Forwarded from Teacher Azam
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍28😁10🔥8
“GPS navigator” iborasini qanday oʻzbekchalashtirish kerak?

P.S. Turkiy tillar ichida faqat turkcha “GPS gezgini” deb oʻgirgan ekan.
Anonymous Poll
29%
GPS yoʻnaltiruvchi
19%
GPS yoʻlkoʻrsatar
22%
GPS yoʻlboshlovchi
7%
GPS yoʻlchi
6%
GPS sarbon
3%
GPS sayyoh
10%
Boshim qotyapti, oʻzi qolaversin
3%
Oʻz variantimni yozaman
👍23😁4
Uyida chaksa uni yoʻq,
Tom boshida qoʻsh tandir.
Maqolda kelgan “chaksa” soʻzi nimani bildiradi?
Anonymous Quiz
24%
Qora un
19%
Roʻzgʻor buyumi
57%
Oʻlchov birligi
👍42💯8🔥6🤨6😁2😢1
“WikiStipendiya” marafoni yakunlandi

Yoshlar ijod saroyida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtyapti.

Maʼruzachining aytishicha, shu yil may oyida elektron ensiklopediyaning oʻzbekcha talqinida 140 348 ta maqola boʻlgan. Jahon tillari orasida oʻzbek tili 60-oʻrinda turgan. Marofon davomida 70 000 ga yaqin maqola yaratilgan. Ayni damda oʻzbekcha Vikipediyaʼda 217 189 ta maqola bor. Oʻzbek tili 49-oʻringa koʻtarilgan.

@oriftolib
🔥34👍20
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
40%
Dab-durustdan
60%
Dabdurustdan
👍35🤨15💯12😁6😢1
Bu qaysi soʻz?

Bu soʻz asliyatda maʼlum bir hududni anglatadi. Lekin oʻzbek tilida ob-havo bilan bogʻliq maʼnoda qoʻllanadi. U tilimizda oʻta faol boʻlsa-da, maʼlum muddat undan foydalanish deyarli toʻxtaydi.

Gap qaysi soʻz haqida?

@oriftolib
👍38
Yusufjon Yunusjonov ism-familiyasini qanday qisqartirish toʻgʻri?
Anonymous Quiz
25%
Yu. Yunusjonov
75%
Y. Yunusjonov
👍40💯19😁7🔥1🤨1
Oʻgʻil yeb oʻrga ketar, qiz yeb qirga ketar

Bu maqoli bilan xalq: “Oʻgʻil-qizingni boqib katta qilasan, ular yeydi-ichadi-da, voyaga yetgach, uylangach, turmushga chiqqach, oʻzicha alohida turmush qurib ketadi, sen qolaverasan. Toʻgʻri, oʻgʻil-qizni boqish, ularga qalb haroratingni, mehring bulogʻini, koʻzing nurini, diqqat-eʼtiboringni, topgan-tutganingni baxsh etish – sening muqaddas burching. Ammo bir marta kechiradigan umringni batamom ularga bagʻishlab, faqat ularni deb oʻtkazib yuborma, oʻzingni ham bundoq oʻyla, sihatingga qara”, degan maʼnoda ota-onaga nasihat qiladi.

Maqolning maʼnodoshlari:

Oʻgʻil – uylanguncha oʻgʻil, qiz – chiqquncha qiz.

Palapon voyaga yetgach, uyasini tashlab ketadi.

👉 Palapon – uchirma qanot boʻlgan qush bolasi. U uchish qobiliyatiga ega boʻlgach, tuxumdan ochib chiqib, voyaga yetgan uyasini tark etib, boshqa yoqqa borib uya quradi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. Ushbu maqolda shu hol majozan oʻgʻil-qizning kelgusidagi xatti-harakatiga tashbih etilgan.

Qiz yetilib, qirgʻoqqa ketar,
Oʻgʻil yetilib, yiroqqa ketar.

↘️ “Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati” kitobi asosida.

#Maqol

@oriftolib
👍45😢12🔥6🤨3
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda maʼlum bir hududni anglatadi. Lekin oʻzbek tilida ob-havo bilan bogʻliq maʼnoda qoʻllanadi. U tilimizda oʻta faol boʻlsa-da, maʼlum muddat undan foydalanish deyarli toʻxtaydi. Gap qaysi soʻz haqida? @oriftolib
Jazirama

Gap jazirama soʻzi haqida edi. U arabcha jazira soʻzidan. Jazira asliyatda orol, suv oʻrtasidagi quruqlik maʼnosini anglatadi. Lekin oʻzbekchada maʼnosi oʻzgarib ketgan. Jazirama tilimizda ikki xil mazmunga ega:

1️⃣ Juda issiq, kuydiradigan darajada: jazirama oftob, jazirama kunlar, jazirama issiq.

2️⃣ Juda issiq, oftobi kuydiradigan joy: jaziramada qolib ketdim.

Soʻzning asliyatdagi shakli ham tilda bor, biroq u asosan shevada ishlatiladi:

Saratonning uzoq va jazira kunining biror daqiqasini ham behuda oʻtkazmaydi.
Gazetadan.

Javoblar orasida tuman varianti koʻp uchradi. Izohli lugʻatga koʻra, qishda tushadigan tuman soʻzining asli moʻgʻulchaga borib taqaladi va oʻn ming maʼnosini anglatadi. Tuman soʻzi bu maʼnoda qadimgi turkiy tilda ham qoʻllangan. Uni moʻgʻulcha deyish anchayin bahsli. Moʻgʻul tili qadimda turkiy tillar bilan juda yaqin aloqada boʻlgan va ikki tilda bir xil soʻzlar koʻp.

Boshqa manbalarga koʻra, qadimgi turkiy soʻz boʻlgan tuman oldin ham hozir biz tushunadigan tabiat hodisasini anglatgan. Mahmud Koshgʻariy uni shu maʼnoda bir necha oʻrinlarda keltirgan.

Demak, tuman soʻzi savolda keltirilgan taʼrifga mos kelmaydi. Uning hudud maʼnosi keyinchalik oʻn ming maʼnosidan oʻsib chiqqan.

Iqlim ham taʼrifga mos emas. Bu haqda mana bu yerda batafsil oʻqish mumkin.

@oriftolib
👍31🔥8
🤨31👍23🔥7😢7💯7😁4
“Qaydam, tarbiyaga bogʻliq”, dedi. (H. Nazir, “Soʻnmas chaqmoqlar”.)

Jumladagi “qaydam” soʻzi nima maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
13%
Qachondir
16%
Unday emas
72%
Bilmadim
💯43👍11🤨11😁1
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
👍35🤨2
Qay biri toʻgʻri?

Quloqsiz bolalar! Hammayoqni ... qilibsizlar-ku!
Anonymous Quiz
45%
Oyoqosti
35%
Oyogʻosti
21%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍29😢4😱3
​​Oʻzbek tili tilshunosi qidirilyapti

Tahrirchi degan loyiha haqida eshitgan boʻlsalaring kerak. Shu loyihaga maslahatlar bilan yordam berib turibman. Hozir imloni tekshiradigan kengaytma ustida ish ketyapti. Bu bosqichda morfologiya va sintaksisni, soʻzning asos va qoʻshimchalarini suv qilib ichib yuborgan mutaxassisga ehtiyoj bor. Hatto talaba boʻlsa ham mayli, kutganimizday ishlay olsa boʻldi, deyishyapti.

Aytilgan talablarga javob beraman, shartlari meni qoniqtiradi, degan kishi oʻzini sinab koʻrishi mumkin. Loyiha rahbarining aytishicha, sinov vazifasi bor, imtihon qilib, soʻng ish beriladi.

Ish haqida
Tahrirchining imlo tekshiruviga tilshunos sifatida hissa qoʻshish.

Masʼuliyatlar
🔹 Vazifa talablari, tavsifini oʻqish va amal qilish.
🔹 Lugʻatni morfologik tahlil qoidalari va teglari boʻyicha tasniflash.
🔹 Oʻzbek tilidagi korpusni har xil maqsadlarga qarab annotatsiya qilish.

Talablar
🔹 Tilshunoslik yoki boshqa tegishli sohada bakalavr yoki magistr darajasi.
🔹 Oʻzbek tili va grammatikasini mukammal bilish.
🔹 Kompyuter bilan ishlash qobiliyati.

Bonus
🔹 Data Science yoki dasturlashga oid bilimlar.

Ish tartibi
Masofaviy.

Maosh
400–500$

Bogʻlanish
👉 @saidov

@oriftolib
👍33
Ogʻir lashkar elga yaqin keldimi,
Oʻzima bir podsho xasm boʻldimi? (“Yusuf va Ahmad”.)
Yuqoridagi baytda qoʻllangan “xasm” soʻzi nima maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
17%
Doʻst, qadrdon
41%
Yoʻldosh, hamroh
42%
Dushman, raqib
👍37😢24💯6😱2🤨2
Hukmdor qanchalik oqil va odil boʻlsa, raiyat, ulamo, fuzalo ham haqgoʻylikka yuz tutgay. (M. Mahmudov, “Mangu kuy izlab”.)

Jumlada qoʻllangan “raiyat” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
60%
Xalq, fuqarolar
34%
Amaldorlar, arkoni davlat
7%
Boylar, zodagonlar
💯26👍21😢7
💯32👍11😢1