“Igna bilan bitadigan ishga juvoldiz tiqma” degan maqol bor.
Juvoldiz nima?
Juvoldiz nima?
Anonymous Quiz
24%
Xanjar
58%
Yoʻgʻon igna
18%
Choʻp
👍27😢16
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
9%
Choyning shaʼmasi. U nimaga shaʼma qildi?
71%
Choyning shamasi. U nimaga shaʼma qildi?
20%
Choyning shamasi. U nimaga shama qildi?
👍41🤨15😱6😢4🔥3
Taniqli yozuvchi Sobir Oʻnar vafot etdi
Bugun, 18-dekabr kuni Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, isteʼdodli yozuvchi Sobir Oʻnar 58 yoshida olamdan oʻtdi.
Sobir aka bilan uch-toʻrt marta suhbatdosh boʻlganman. Samimiy, bagʻrikeng, saxovatli, tanti inson edilar.
Alloh rahmat qilsin. Yaqinlariga sabr bersin.
Toʻldirish: janoza ertaga Yunusoboddagi “Oqtepa” masjidida bomdod namozidan soʻng oʻqiladi.
@oriftolib

😢78👍11🤨2
Yoʻrgʻa ot qanaqa ot?
Anonymous Quiz
22%
Poygaga maxsus tayyorlangan ot
55%
Qadami mayda, lekin tez yuradigan ot
23%
Qora-qizgʻish tusli chopqir ot
👍27😱7💯6
Igna bilan bitadigan ishga juvoldiz tiqma: “juvoldiz” nima?
Bu maqolni qisqa qilib farosatni ishlatishga chaqiriq deyish mumkin. Igna oʻrniga juvoldizdan foydalanish – qoʻpollik, aqlni tejash belgisi. Juvoldiz qop tikish uchun ishlatiladigan yoʻgʻon, egik ignani bildiradi. Qop tikadigan igna bilan kiyim tikilsa, kiyimning sifati qopday boʻlib qolishi aniq.
Hozir bunday ignalar turmushimizda ishlatilmaydi. Shu sababli soʻz ham isteʼmoldan chiqqan. Badiiy asarlarda, maqollardagina uchraydi. Lekin maʼnosini bilish kerak. Shunda jumlani toʻla-toʻkis anglaysiz:
Soʻngra lattaga oʻralgan ikkita juvoldizni yerdan olib, ikkalasini terakka sanchdi.
M. Osim, “Karvon yoʻllarida”.
Oʻktam... supachada oʻtirib, juvoldiz bilan yirtiq qop-qanorlarni tikayotgan kampir qoshiga keldi.
Oybek, “Oltin vodiydan shabadalar”.
“Devonu lugʻatit-turk”da juvoldiz soʻziga maʼnodosh sifatida teman yigna birikmasi qoʻllangan. Obunachilarimiz yozishicha, baʼzi hududlarda tevana, tabana, taban igna kabi atamalar ishlatilar ekan. Bular Koshgʻariy izohlagan soʻzning tovush oʻzgarishiga uchragan shakllari ekani aniq koʻrinib turibdi.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Voronka”ning oʻzbekchasi bormi?
🔹 “Munchoq” soʻzining kechmishi
🔹 “Parol” soʻzining oʻzbekchasi
🔹 Chiroyli koʻzlar va kirpi
🔹 Notavon koʻngilga qoʻtir jomashov

👍33
👍34💯24😱6😢3🔥1
“Qoʻynidan toʻkilsa – qoʻnjiga” degan maqol bor. “Qoʻnj” nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
40%
Choʻntak
21%
Hamyon
38%
Poyabzal qismi
🔥24👍21💯16😢8😁4🤨2
💯30👍11😁3🤨3🔥2
💯39👍7😢4😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
19%
Yonilgʻi quyish shoxobchasi
46%
Yonilgʻi quyish shaxobchasi
34%
Yonilgʻi quyish shahobchasi
👍29😱18💯11🤨11😢3
👍24💯11😢3🔥2
😁32😢17👍16💯4😱3
Qani, yur, xayrli ishni paysalga solib boʻlmaydi. (“Yoshlik”).
Yuqoridagi jumlada qoʻllangan “paysalga solmoq” iborasi nima maʼnoni anglatadi?
Yuqoridagi jumlada qoʻllangan “paysalga solmoq” iborasi nima maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
9%
Oʻlchamoq, baho bermoq
86%
Kechiktirmoq, keyinga surmoq
4%
Maʼlum qilmoq, birovga aytmoq
💯42👍16😁6😢1
Investitsion chorshanba 😁
Taniqli muharrirlardan biri mana shu skrinshotni guruhga tashladi. Kulgim qistadi-yu, lekin bunaqa holatlar menga begona emas. Tarjimalar tahririda koʻp uchrataman. Baʼzi “tarjimoni zamon”lar gugl okamgilarning ijodini “Mana tarjima!” deb bervoraveradi. Koʻpi zarra xijolat tortmaydi. Baʼzilari oʻzining haqligini isbotlamoqchi ham boʻladi. Qilgan ishing koʻrsatib turibdi-ku holatingni. Yana nimani isbotlamoqchi boʻlasan, deydigan odam yoʻq.
Rasmdagi holat gugl tarjima tufayli emas, menimcha. Shunchaki malaka yetishmasligi, havaskorlik natijasi, rus tilini yangi oʻrgangan odamga yoki birorta talabaga tekin tarjima qildirish oqibati.
❗️ Инвестиционная среда oʻzbekchada investitsion muhit, sarmoya muhiti boʻladi. U sarmoya kiritish va faoliyat yuritish uchun yaratilgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik shart-sharoitlar yigʻindisini anglatadi. Bunday shart-sharoitlar sarmoyaning foydaliligi, risklari va likvidligiga juda katta taʼsir koʻrsatadi.
Bu iborani koʻpincha investitsion iqlim shaklida ham ishlatishadi.

😁39👍16😢15🔥4😱2🤨2
“GPS navigator” iborasini qanday oʻzbekchalashtirish kerak?
P.S. Turkiy tillar ichida faqat turkcha “GPS gezgini” deb oʻgirgan ekan.

Anonymous Poll
29%
GPS yoʻnaltiruvchi
19%
GPS yoʻlkoʻrsatar
22%
GPS yoʻlboshlovchi
7%
GPS yoʻlchi
6%
GPS sarbon
3%
GPS sayyoh
10%
Boshim qotyapti, oʻzi qolaversin
3%
Oʻz variantimni yozaman
👍23😁4
Uyida chaksa uni yoʻq,
Tom boshida qoʻsh tandir.
Maqolda kelgan “chaksa” soʻzi nimani bildiradi?
Tom boshida qoʻsh tandir.
Maqolda kelgan “chaksa” soʻzi nimani bildiradi?
Anonymous Quiz
24%
Qora un
19%
Roʻzgʻor buyumi
57%
Oʻlchov birligi
👍42💯8🔥6🤨6😁2😢1
“WikiStipendiya” marafoni yakunlandi
Yoshlar ijod saroyida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtyapti.
Maʼruzachining aytishicha, shu yil may oyida elektron ensiklopediyaning oʻzbekcha talqinida 140 348 ta maqola boʻlgan. Jahon tillari orasida oʻzbek tili 60-oʻrinda turgan. Marofon davomida 70 000 ga yaqin maqola yaratilgan. Ayni damda oʻzbekcha Vikipediyaʼda 217 189 ta maqola bor. Oʻzbek tili 49-oʻringa koʻtarilgan.

🔥34👍20
👍35🤨15💯12😁6😢1
Bu qaysi soʻz?
Bu soʻz asliyatda maʼlum bir hududni anglatadi. Lekin oʻzbek tilida ob-havo bilan bogʻliq maʼnoda qoʻllanadi. U tilimizda oʻta faol boʻlsa-da, maʼlum muddat undan foydalanish deyarli toʻxtaydi.
Gap qaysi soʻz haqida?

👍38
Yusufjon Yunusjonov ism-familiyasini qanday qisqartirish toʻgʻri?
Anonymous Quiz
25%
Yu. Yunusjonov
75%
Y. Yunusjonov
👍40💯19😁7🔥1🤨1