Orif Tolib
11.2K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
​​Universitet va institut: farqi nimada?

Universitet ham, institut ham oliy taʼlim muassasasi. Biroq ikkovining farqli jihatlari bor. Manbalar asosida ana shu farqlarning eng muhimlarini oʻrganib chiqdim.

Universitet:
🔹 Koʻp yoʻnalishdagi fakultetlarga ega boʻladi. Odatda kamida 7 ta fakultet faoliyat yuritadi. Nomi ham shunga ishora qiladi. U lotincha universitas litterarum fanlar jamlanmasi birikmasidan hosil boʻlgan.
🔹 Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi shart. U yerda nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
🔹 Pedagoglar tarkibida ilmiy daraja egalari kamida 60 foiz boʻlishi kerak.

Institut:
🔹 Asosan bir yoʻnalishga ixtisoslashadi: tibbiyot, moliya, pedagogika kabi. Nomi lotincha institutum – muassasa soʻzidan. U konstitutsiya soʻzi bilan oʻzakdosh.
🔹 Ilmiy faoliyat bilan ham shugʻullanadi. Lekin bu majburiy shart emas.
🔹 Pedagoglar tarkibida ilmiy daraja egalari kamida 55 foiz boʻlishi kerak.
🔹 Institutlar baʼzan biror universitet tarkibida ham boʻladi. Ular koʻpincha biror fakultet yoki bir necha fakultetlar negizida tashkil qilinadi.

Amaliyotda qaysi universitet yoki institutni bitirganingiz koʻpincha ahamiyatsiz. Toʻgʻri, davlat tashkilotlarida aksariyat mutaxassisliklar uchun oliy maʼlumot talab qilinadi. Lekin bu holatda ham malakangiz muhim.

Bank-moliya sohasida ishlaydigan bir tanishimning aytishicha, ishga olishda mashhur bir universitet va institut bitiruvchilari ish soʻrab kelib qolsa, universitet emas, institut bitiruvchilariga ijobiy qaralar ekan. Demak, oliy oʻquv yurtining obroʻ-eʼtibori ham ahamiyatli.

@oriftolib
👍38💯4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
83%
Notarius
17%
Natarius
💯37🔥2
💯27😱19👍15🤨5🔥3😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ulugʻ adibimiz Abdulla Qodiriy haqida qisqa video ishlashibdi. Bunaqa lavhalarni koʻproq ishlash va keng ommaga yetkazaverish kerak. Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ziyolilarimizni, fidoyi zotlarni yaqindan tanishi, bilishi zarur.

@oriftolib
👍55💯7🔥5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
12%
Funktsiya
82%
Funksiya
5%
Funksya
👍23💯10🔥7😱4😁2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Koeffitsiyent
43%
Koeffitsient
25%
Koeffisient
🔥16👍8😱7💯7😁5🤨3😢1
Gʻalchani izzat qilsang, chorigʻi bilan toʻrga chiqadi.

Ushbu maqoldagi “gʻalcha” soʻzi qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
11%
Manman, kibrli
26%
Surbet, betgachopar
63%
Gap-soʻzni tezda uqmaydigan
😁37👍18💯7🔥5🤨2
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Kimdir "poldnik"ning oʻzbekchasini bilmasa. Bizning maktabda shunaqa nomlanadi. Hamma oʻquvchi tilidan ruscha "poldnik" soʻzini chiqarib tashlash harakatidamiz.

P.S.: rasm "Sodiq school" maktabida olingan.

@birgap
👍74🤨5
Shokir Tursun qarashlari
Kimdir "poldnik"ning oʻzbekchasini bilmasa. Bizning maktabda shunaqa nomlanadi. Hamma oʻquvchi tilidan ruscha "poldnik" soʻzini chiqarib tashlash harakatidamiz. P.S.: rasm "Sodiq school" maktabida olingan. @birgap
Nashriyotda biz ham shu soʻzni qoʻllardik. Bunda soat 15:00–16:00 lar orasida boʻlib oʻtadigan super yengil vazndagi tamaddi nazarda tutilardi.

Xalq tilida bor soʻz va iboralardan unumli foydalanish kerak. Qoʻllab-quvvatlayman.

Menimcha, tolmachoy deb qoʻshib yozgan yaxshiroq. Bitta tushunchani anglatyapti-ku.

@oriftolib
👍46💯9🤨5🔥3
💯27😁7😱5👍4🔥4😢1🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
72%
Mars sayyorasi
28%
“Mars” sayyorasi
💯20🔥6🤨4😱3👍1
Bu qaysi soʻz?

Bu soʻz asliyatda soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida kamon otish mazmuni yoʻqolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish ham muhim boʻlgan. Ular koʻpincha usta jangchi boʻlgan.

Gap kim haqida? Yuqorida qaysi soʻz taʼriflanyapti?

Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍28
Koreya Respublikasining norasmiy nomi – ...
Anonymous Quiz
24%
Shimoliy Koreya
45%
Janubiy Koreya
31%
Bu davlat hozir mavjud emas.
👍24😢8🔥5😱2💯2🤨2
Qay biri toʻgʻri?

Chiroq yana oʻchdi. Hamma yoq ...
Anonymous Quiz
6%
Qarongʻu
65%
Qorongʻu
29%
Qorongʻi
💯28😢20👍14😁14🔥6🤨4
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? Bu soʻz asliyatda soʻl qoʻl bilan kamon otuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida kamon otish mazmuni yoʻqolgan. Lekin qadimda bu kasb egalari uchun kamon otish ham muhim boʻlgan. Ular koʻpincha usta jangchi boʻlgan. Gap kim haqida? Yuqorida…
Chavandoz

Gap chavandoz soʻzi haqida edi. Forschada chapandoz shaklida boʻlgan va chap qoʻl bilan oʻq otuvchi; chapdast; mohir maʼnolarini ifodalagan bu soʻz oʻzbekchaga chavandoz shaklida kirgan. U oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Ot choptirish, uloq chopish, otda oʻynash sanʼatini egallagan odam.

Ikki chavandoz yonma-yon ot yoʻrttirib kelardi.
H. Gʻulom, Mashʼal.

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: ilgʻor, peshqadam.

Ilm-fan yoʻlida mohir chavandoz boʻlavering, kashfiyotlaringiz shuhrat-u shon topaversin.
Gazetadan.

Hozir koʻchma maʼnoda qoʻllash kam uchraydi.

@oriftolib
👍32🤨5
... daraxtining egilgani – singani,
Er yigitning uyalgani – oʻlgani.
Maqolda qaysi soʻz tushib qolgan?
Anonymous Quiz
31%
Terak
35%
Eman
35%
Sarv
👍25💯22🔥5😢3
Egniga engil bitmagan shoʻrpeshona, toʻpori, qashshoq dehqon... (Komil Yashin, “Hamza”)

Yuqoridagi jumlada qoʻllangan “engil” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Yengil bosh kiyim, doʻppi
52%
Kiyim, libos
23%
Kuyovlik sarposi
👍26🤨11💯7😢5😱4🔥2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
49%
Imij
51%
Imidj
💯18🤨16👍7🔥2😱1
Quyidagi soʻzlarning qaysi bori aslan ruscha?
Anonymous Quiz
41%
Adyol
15%
Qirol
25%
Sistema
19%
Variant
👍20💯14🤨3😢2😱1