Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
80%
Zoʻravon
20%
Zoʻrovon
👍20💯6🔥3😁1😢1
​​“Oʻzbekchang kimga kerak!?”

Taniqli yozuvchi va olim Baxtiyor Abdugʻafur telegram sahifasida ilmiy ish yoqlash bilan bogʻliq xotiralarini boʻlishgan ekan. Haqiqatan, oʻz tilimizga hurmat oʻzimizdan boshlanadi. Uni eng avvalo siz va men hurmatlashimiz, qadrlashimiz, himoyalashimiz kerak. Qaysi kasb egasi boʻlishimizdan qatʼi nazar, ona tilimizni chuqur bilishimiz, bilim va ehtiromimizni amalda ham koʻrsata olishimiz zarur.

***

2009–2010 yillar edi. Fan nomzodi darajasini olish uchun dissertatsiyamni oʻzbekcha yozgandim. Ilmiy seminarga (rasmiy himoyadan oldingi bosqich) qoʻyilganda savol boʻldi:

“На каком языке диссертация?”

“На узбекском...”

Savol berguvchi indamadi, ammo oʻsha vaqtlarda “qudratli” kishi edi ilmiy doiralarda. Yana ikki-uch “qudratli”lar oʻzbekcha yozilgan dissertatsiyani tushunmadi, maʼruzada esnab oʻtirdi. Xullas, ishim seminardan qaytdi. Sabab, mavzu ixtisoslikka toʻgʻri kelmas ekan. Mavzu oʻzgarishi kerak, degan talab boʻldi.

Noiloj, rozi boʻldim. Mavzu oʻzgardi, degani yana xat-hujjat, OAK byulletinida eʼlon qil, kamida olti oy kut!

Yarim yilcha oʻtdi. Yana ilmiy seminar. Yana oʻsha savol: “На каком языке...” Bu seminardan ham oʻtmadi, sababi, endi ixtisoslik oʻzgarishi kerak ekan. Yana xat-hujjat, OAK byulletenida eʼlon qilish, yana kutish...

Bilardimki, bu rasvoyi ovogarchilikning asl manshaalaridan biri dissertatsiyaning hanuz oʻzbekcha yozilayotgani, yana ilmiy rahbarim bilan “qudratli”larning orani ochdi qilayotganlari...

Dissertatsiya baribir oʻzbekcha yozildi. Qaytmadim. Oʻsha “qudratli shaxs”lardan biri, ayol kishi edi, meni chetga tortib, maslahat bergan ham boʻldi, oʻzbekchada yozaman:

“Menga qara, sening oʻzbekchang kimga kerak? Oʻzbekcha yozilgan ishingni kim oʻqiydi? Jahonga chiqmoqchimisan?..”

“Sen oʻqishing shartmas, oʻzbekcha tushunmasang!” dedim yuziga. Koʻkardi, gezardi. “Через мой труп!” dedi. Yana nimalardir deb vaʼdalar berdi. “Пошла ты...” dedim, boshqa u vallamat bilan gaplashmadim, salom-alikni yigʻishtirdim. Koʻzimga shayton boʻlib koʻrinardi, yuziga qaramaslikka harakat qilardim. Qoʻrqqanimdan emas, albatta. Qolaversa, ularga bogʻliq joyim yoʻq edi.

Xullas, himoya qildim oʻzbekcha dissertatsiyani. Doktorlik dissertatsiyani ham oʻzbekcha yozdim. U “qudratli shaxslar” tarixning bir yoqimsiz sahifasiga aylandi. Ishdan ketdi. Unutildi. Oʻzbekcha yozsa jazavasi qoʻziydiganlar qolmadi oramizda.

Nega bu voqeani eslab qoldim? Ona tilimiz or-nomusli, gʻururli insonlar sabab tirik, kuchli, oʻlmaydi! Gʻurur bor ekan, “Через мой труп!” deydiganlarning dagʻdagʻasi, jazavasi, kibri vaqt masalasi.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Qoʻlga qalam olaylik!
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi haqida
🔹 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

@oriftolib
👍81🔥10😢5😱1🤨1
Qay biri toʻgʻri?

Chelak _______ toʻldi.
Anonymous Quiz
71%
Limmo-lim
22%
Limmolim
7%
Lim-molim
💯31👍13🔥4🤨2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
52%
Aks sado
48%
Aks-sado
🤨23👍16🔥16😱6😁3
Yuzi oydek shuʼla solar, Husni falakdan boj olar. Yo Rab, yorim qachon kelar, Borsam daryo kanorindan?

Baytda qoʻllangan “kanor” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
21%
Kanal, suv yoʻli
62%
Qirgʻoq, chet
17%
Oxir, tugagan joy
🔥28👍21💯16😱1🤨1
Bu qaysi soʻz?

U asliyatda tenglik, baravarlik maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada esa maʼnosi oʻzgarib ketgan: shaxs, narsa yoki hodisaning sifat, taraqqiyot darajasi.

Bu izoh qaysi soʻz haqida? Variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
🔥20👍8
“Birodar” soʻzi haqida

Bu ot asli tugʻishgan aka-uka maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha soʻz. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan oʻtgan koʻrinadi.

➡️ Birodar “Avesto” tili va eski forschadagi brotar soʻzidan kelib chiqqandir. U sanskritcha bhrotr soʻzi bilan oʻzakdosh.

➡️ Hind-yevropa tillarida turli tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiladi: kurdcha (kurmancha) bira; lotincha frater; italyancha fratre; fransuzcha frère; inglizcha brother; nemischa bruder; eski slavyancha braty, ruscha brat kabi.

Hozirgi oʻzbek tilida aka-uka maʼnosi bilan bir qatorda doʻst, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qoʻllanadi.

“Shevashunos”dan.

@oriftolib
👍51😱2🔥1🤨1
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? U asliyatda tenglik, baravarlik maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada esa maʼnosi oʻzgarib ketgan: shaxs, narsa yoki hodisaning sifat, taraqqiyot darajasi. Bu izoh qaysi soʻz haqida? Variantingizni izohlarda qoldiring. @oriftolib
Saviya

Gap saviya soʻzi haqida edi. Arab tilidan kirgan bu soʻz oʻzbek tilida shaxs, narsa yoki hodisaning sifat, taraqqiyot darajasini anglatadi: ilmiy saviya. madaniy saviya.

Tarjimalari original darajasida fasih va mukammal, yaratgan asarlari esa oʻzi tarjima qilgan avtorlarning ijodi saviyasiday yuksak, koʻlamdor.
Gʻ. Salomov, “Tarjima nazariyasiga kirish”.

..baʼzan biz oʻz ijodimizdan toʻrtta-beshta kitob oʻqigan, dunyo adabiyotidan bexabar, mahalla saviyasidagi ogʻaynilarimizning didi bilan quvonamiz.
Shukrullo, “Saylanma”.

👉 Darvoqe, til va adabiyot mavzusiga qiziqadiganlar saviya.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

@oriftolib
👍33🔥5🤨1
👍34💯12🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝 Matn yozib pul topish oson emas, ammo imkoni bor

Buning uchun 1 oy davomida kopirayting sohasini oʻrganishingiz kerak. Kopirayting – biznesga yoʻnaltirilgan matnlar ishlab chiqish sohasi, zamonaviy va talabgir kasblardan.

Hozirgi kunda asosan talabalar, SMM mutaxassislari, tilshunoslik va jurnalistikadan xabari borlar hamda oʻqishni bitirgan-u, ishlash imkoniyati boʻlmagan ziyoli ayol-qizlar bu sohada yaxshi natijalarga erishishmoqda.

Kopirayting sohasini yaxshi oʻrgangan mutaxassislar 2 mln soʻmdan 10 mln soʻmgacha daromad qilishlari mumkin.

Sohani matnlar bilan ishlash boʻyicha 8 yillik tajribaga ega mutaxassis, @xatoliklar kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayev oʻrgatadi.

Batafsil: https://teletype.in/@xatoliklar/kurs-0

Kursga yozilish: @Copywriting_Support
👍15🔥3😱1💯1
🔥27💯17😁5😢2
Qay biri toʻgʻri?

Safar yoʻli, yoʻnalish – ...
Anonymous Quiz
19%
Marshurut
9%
Marshirut
72%
Marshrut
💯20👍7🔥1
Dunyoni suv olsa, oʻrdakka nima gʻam?

Bu maqol begʻam, beparvo, “oʻz qornim toʻysa boʻldi, oʻzga bilan nima ishim bor” deb, oila gʻamini, el-yurt gʻamini yemaydigan, hamisha yallo qilib yurishni koʻzlaydigan odamlarga qarata aytiladi.

Maqolning “Dunyoni suv bossa, oʻrdakka ne gʻam?” shakli ham bor.

Maʼnodoshlari:

🔹 Daryo toshsa, quduqqa ne zarar?
🔹 Bola oʻyinga toʻymas, begʻam uyqusini qoʻymas.
🔹 Qaygʻusiz qora suvga semirar.
🔹 Begʻamlikning vafosi boʻlmas.

“Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati” kitobi asosida tayyorlandi.

@oriftolib
👍47🔥6💯3
Sheʼriy lahza

Onajonim

Dardingizdan sham yigʻlaydi,
Gʻamingizdan gʻam yigʻlaydi.
Koʻzingizda yomgʻir tinmas,
Yuzingda nam yigʻlaydi,
Bor-bisotim, xonumonim –
Siz yigʻlamang, onajonim!

Farzand dogʻi togʻdan ogʻir,
Kuyib ketar jismu bagʻir,
Oh, sizda bir jon kam axir,
Bundan barcha kam yigʻlaydi,
Ey hayotim, jismu jonim –
Siz yigʻlamang, onajonim!

Kimki nohaq, oʻsha haqdir,
Charchamadi sinab taqdir,
Taqdir, deb siz xushchaqchaqdir,
Oʻtgan barcha dam yigʻlaydi,
Xushzabonim, xushzamonim –
Siz yigʻlamang, onajonim!

Dadam ketdi, keldi alam,
Bagʻrim oʻyib, yozar qalam,
Biz armonga boʻldik qaram,
Endi hamma jam yigʻlaydi,
Xokisorim ham osmonim –
Siz yigʻlamang, onajonim!

Siz koʻrmagan dard qolmadi,
Chang-u toʻzon, gard qolmadi,
Girdingizda mard qolmadi,
Barcha boshi xam yigʻlaydi,
Toʻmarisim, Bibixonim –
Siz yigʻlamang, onajonim!

Botirjon Ergashev

@oriftolib
👍31😢10💯2
Soʻng, soʻngra: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Soʻng va soʻngra soʻzlaridan keyin vergul qoʻllash koʻp uchraydi. Lekin bu xato. Ikkala soʻz ham vergul talab qilmaydi:

Soʻng dardi yengillashdimi, qadamlari ildamlashdi.
“Sharq yulduzi”.

Dushman oshingni yer,
Soʻngra boshingni yer.
Maqol.

Yuqoridagi misollarda soʻng soʻzi ravish boʻlib kelyapti va keyin degan maʼnoni anglatyapti.

Soʻngra soʻzi bundan, bulardan tashqari; ikkinchidan maʼnolarini ham anglatishi mumkin. Ammo bu maʼnoda qoʻllash hozir eskirgan. Shu holatda ham vergul ishlatishga hojat yoʻq deb hisoblayman:

Endi Salimjonga kirib ayting, bunday ishdan qoʻlini tiysin! Bu – bir, soʻngra hovliqmasin.
Oybek, Tanlangan asarlar.

Tahrir jarayonida soʻngra soʻzi oʻrniga soʻng variantini tanlayman. Loʻndaroq. Harna-da, harna 😏.

@oriftolib
👍24😁10🔥8💯1
Sogʻlom boʻlishni istagan odam birinchi galda yon-atrofidagi havoni tozalashi kerak.

Romen Rollan,
fransuz yozuvchisi

@oriftolib
👍59😁4💯3🔥2
Boʻztoʻrgʻay bu – ...
Anonymous Quiz
76%
Qush turi
14%
Oʻsimlik turi
10%
Qoʻriq, boʻz yer
💯23👍8🔥3😁1
​​Mijoz va mizoj

Bu ikki soʻzning talaffuzi bir-biriga yaqin. Ayniqsa, mizoj oʻzbek tilli kishi uchun aytishga oʻngʻaysiz, shu sabab uni mijoz deb qoʻya qoladi. Biroq ikkisining maʼnosi boshqa-boshqa.

Izohli lugʻatga koʻra, mizoj ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Kishining oʻziga xos tabiati, xulq-atvori: savdoyi mizoj odam.

2️⃣ Kishi organizmining oʻziga xos talabi:

Margʻilon havosi mizojimga toʻgʻri kelmaganga oʻxshaydi.
A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.

Mizoji issiq yoki issiqmizoj iborasi organizmiga, sogʻligʻiga issiqlik yoqadigan, mizoji sovuq yoki sovuqmizoj iborasi organizmiga, sogʻligʻiga sovuqlik yoqadigan degan mazmunni ifodalaydi.

Mijoz ham ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Sotuvchiga nisbatan doimiy xaridor va shu xaridorga nisbatan sotuvchi.
Mijozingdan ayrilging kelsa, nasiyaga mol ber.
Maqol.

2️⃣ Biror ish-yumush bilan doim aloqada boʻlgan shaxs.

Mullajon aka ixlos bilan soqol qirar ekanlar, mijozga tushuntira ketdilar.
E. Raimov, “Ajab qishloq”.

Soʻzlashuvda mijoz soʻzi oʻrnida kliyent soʻzini qoʻllash ommalashgan.

❗️ Xoʻsh, mizoj soʻzi oʻrnida mijoz ishlatish xatomi? Yoʻq, xato emas 🙃. Izohli lugʻat mijoz soʻzi soʻzlashuv uslubida mizoj oʻrnida qoʻllanishini taʼkidlaydi:

Palov meʼdamga mixdek qadaladi, qazi-qarta mijozimga toʻgʻri kelmaydi.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.

Imlo lugʻati esa issiqmizoj, sovuqmizoj soʻzlarini issiqmijoz, sovuqmijoz shaklida bergan.

👉 Jonli tilda ommalashgan, lugʻatlarga kirgan variantni xato deb boʻlmaydi. Men til tabiatiga teskari borib, tilni eshib-burab mizoj deyish oʻrniga mijoz soʻzidan foydalanishni maʼqul koʻraman. Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi, deydilar-ku 😎.

📌 Demak:

Mizoj, mijoz, mizoji issiq, mijozi issiq, issiqmizoj, issiqmijoz, mizoji sovuq, mijozi sovuq, sovuqmizoj, sovuqmijoz

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
👍49🔥7🤨1
Forwarded from Ilyos Safarov
Bugun 3-dekabr — yil yakuniga 28 kun qolmoqda. Yangi yildan O'zbekistonda lotin yozuviga to'liq o'tishimiz kerak. Yangi yil O'zbekistonda ana shu katta islohot bilan boshlanishi kerak.

Har holda Vazirlar Mahkamasining mana bu qarorida shunday belgilangan.

Ammo qaror bilan tuzilgan "Yo'l xaritasi"ga qarasangiz, unda belgilangan qator rejalar, islohotdan avval qilinishi kerak bo'lgan o'nlab ishlar hali bajarilmaganini ko'rasiz.

Bularsiz lotin yozuvini qanday joriy qilishmoqchi, ochig'i, bilmadim. Masalan,

1. Alifbo belgilangani kabi hali takomillashmadi;

2. "O'zbek tilining imlo qoidalari" ishlab chiqilmadi;

3. Normativ huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari lex.uz'da lotin yozuvida to'la joylanayotgani yo'q;

4. O‘zbek tili alifbosi va imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga mo‘ljallangan axborot dasturiy ta'minotlar uchun yagona talab ishlab chiqilmadi va joriy qilinmadi;

5. Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishi ta'minlanmadi;

6. Mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlarning to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi ta'minlanmadi;

7. Markaziy, mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilmadi;

8. Vazirlik va idoralarning o'zi hali lotin yozuvida to'la ishlayotgani yo'q.

...

Bular qarorga bir qarashda ko'rganlarim, hali ijro etilmagan boshqa rejalar qancha.

Qiziq, Vazirlar Mahkamasi 28 kunda shu ishlarning hammasiga ulgurmoqchimikan? Nahotki? O'tgan ikki yilda qilinmagan ishlar a?

Xo'p, deylik shu vaqtda ulgurilmasa, bu ishlar uchun mas'ul davlat departamenti nima ish qildi? U yerdagi o'nlab xodimlar nima uchun oylik olyapti? Va nihoyat, ulgurilmasa, hujjat o'zi nega qabul qilingandi?!

Agar o'zimizgagina bog'liq bu islohot (Rossiya bu masalada ham peshonamizda turib olmagandir) shu safar ham amalga oshmay qolsa, shu safar ham irodasizlik qilsak va shu safar ham chala ish qilish odatimizga sodiq qolsak, LOTIN YOZUVI masalasida boshqa gapirmasak ham bo'ladi. Demak, bizning hukumatga emas ekan keng, izchil, xalqchil islohot degan tushunchalar. Demak, qo'shnilarimizda bor iroda, qat'iyat bizga berilmagan ekan.

28 kun qoldi...

P.S. Bir narsani tushuning, butun millat masalasi bo'lgan yozuv islohigaki shunchalik befarq qarayotgan ekansiz, boshqa ishlaringiz ham hech qachon muvaffaqiyatli bo'lmaydi. Oxiriga yetmay qolaveradi.

@haqiqatdaIlyos
👍43🔥5🤨2