Sandiq – sandiq toʻla tarix
Sandiq soʻzi oʻzbekchaga arab tilidan oʻzlashgan. Arab tiliga esa yunon tilidan oʻtgan. Yunoncha syndokeion soʻzi yogʻoch qutini anglatadi. Oʻrta asrlarda bunday qutilar yaxlit gʻoʻladan, katta hajmli yogʻochdan oʻyib ishlangan. U stol, stul, karavot vazifalarini bajargan, ichida turli roʻzgʻor buyumlari, kitoblar va qurollar saqlangan. Qirollar bir qasrdan boshqasiga koʻchganda xazina temir qoplamali sandiqlarda tashilgan.
Kelinlar qadimda seplarini kuyovnikiga sandiqda olib borgan. Bu odat bugungacha saqlanib kelyapti.
Sandiq soʻzi turkiy tillarda turli talaffuz variantlarida uchraydi. Bu soʻz turkiy tillardan rus va ukrain tillariga sunduk shaklida oʻtgan.
Hozirgi oʻzbek tilida sandiq turli buyumlarni, bisotlarni solib qoʻyishga moʻljallangan, ochilib-yopiladigan qopqoqli, qulf-kalitli, yashik shaklidagi uy-roʻzgʻor buyumini bildiradi:
Men keltirgan atlasni Yorim soldi sandiqqa.
“Qoʻshiqlar”.
#Doʻppi_kiygan_soʻzlar
@oriftolib

👍38
“Chakki” nima degani?
Anonymous Quiz
52%
Yomon, qoniqarsiz
37%
Durust, chidasa boʻladigan
11%
Meʼyordan ortiq, koʻp
🔥27👍15😱9💯3
Ildizsiz va urugʻsiz tuban oʻsimliklarning umumiy nomi – ...
Anonymous Quiz
89%
Zamburugʻ
6%
Zambirugʻ
5%
Zamburigʻ
🔥25👍7💯7
💯30👍14😢11😱4🤨2
Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti kanalini yuritishga masʼul xodim men bilan bogʻlandi. Olingan materiallarga manba qoʻyildi. Shu bois post tahrirlandi.
@oriftolib
@oriftolib
👍57🔥11😱3🤨2
Funt sterling: “sterling” nima degani?
Funt sterling atamasining paydo boʻlishi haqida bir necha qarashlar bor. Baʼzi manbalarga koʻra, bu nom XII asrda paydo boʻlgan va toza kumush funt degan maʼnoni anglatgan. Sterling – qadimgi Angliyadagi kumush tanga. Bir funt ogʻirlikdagi kumushdan 240 dona kumush tanga zarb qilingan.
Boshqa bir qarashga koʻra, qadimda tanga pullarga Easterling Silver iborasi ham ishlatilgan. Bu sharqiy yerlar kumushi degan maʼnoni anglatgan va Shimoliy Germaniyada tayyorlangan tangalarga nisbatan qoʻllangan. Yuksak sifati va mustahkamligi bilan ajralib turadigan bu tangalarni 1158-yilda qirol Henri II oʻz tangalari uchun standart qilib oladi. Sterling Silver atamasi vaqt oʻtib kumush tangalarga nisbatan qoʻllana boshlaydi.
1694-yili Angliya banki banknotalar chiqara boshlagach, bu atamani pul birligi sifatida ishlatish odat tusiga kirdi.
Zamonaviy ingliz tilida pulni ifodalash uchun funt (pound) soʻzi ishlatiladi: This car costs 10,000 pounds – Bu mashina 10 000 funt turadi. Buyuk Britaniya valyutasini boshqa shu nomdagi valyutalardan farqlash uchun rasmiy hujjatlarda funt sterling (pound sterling) atamasidan foydalaniladi.

👍18🔥3
💯45🤨11👍9😱1
Bir daqiqada qancha soʻz ishlatasiz?
Maʼlumotlarga koʻra, dunyodagi eng tez gapiruvchi millat fransuzlar ekan – ular daqiqasiga 350 ta soʻz ishlatadi. Yaponlar 310 ta, inglizlar 210 ta, nemislar 200 ta soʻz talaffuz qiladi.
Eng sekin gapiruvchilar polineziyaliklar – ular daqiqasiga bor-yoʻgʻi 50 ta soʻz aytadi.

👍29😱7
“Oʻz koʻmochiga kul tortmoq” iborasi qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
25%
Oʻz manfaati uchun ishlamoq
38%
Oʻz aybini ochadigan ish qilmoq
37%
Oʻz aybini yopishga harakat qilmoq
👍40🤨10🔥2😱2💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
45%
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” bilan tanishdim.
34%
“Inson huquqlari” umumjahon deklaratsiyasi bilan tanishdim.
21%
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan tanishdim.
🤨30👍14🔥13😱8💯6😁1
👍20💯6🔥3😁1😢1
“Oʻzbekchang kimga kerak!?”
Taniqli yozuvchi va olim Baxtiyor Abdugʻafur telegram sahifasida ilmiy ish yoqlash bilan bogʻliq xotiralarini boʻlishgan ekan. Haqiqatan, oʻz tilimizga hurmat oʻzimizdan boshlanadi. Uni eng avvalo siz va men hurmatlashimiz, qadrlashimiz, himoyalashimiz kerak. Qaysi kasb egasi boʻlishimizdan qatʼi nazar, ona tilimizni chuqur bilishimiz, bilim va ehtiromimizni amalda ham koʻrsata olishimiz zarur.
***
2009–2010 yillar edi. Fan nomzodi darajasini olish uchun dissertatsiyamni oʻzbekcha yozgandim. Ilmiy seminarga (rasmiy himoyadan oldingi bosqich) qoʻyilganda savol boʻldi:
“На каком языке диссертация?”
“На узбекском...”
Savol berguvchi indamadi, ammo oʻsha vaqtlarda “qudratli” kishi edi ilmiy doiralarda. Yana ikki-uch “qudratli”lar oʻzbekcha yozilgan dissertatsiyani tushunmadi, maʼruzada esnab oʻtirdi. Xullas, ishim seminardan qaytdi. Sabab, mavzu ixtisoslikka toʻgʻri kelmas ekan. Mavzu oʻzgarishi kerak, degan talab boʻldi.
Noiloj, rozi boʻldim. Mavzu oʻzgardi, degani yana xat-hujjat, OAK byulletinida eʼlon qil, kamida olti oy kut!
Yarim yilcha oʻtdi. Yana ilmiy seminar. Yana oʻsha savol: “На каком языке...” Bu seminardan ham oʻtmadi, sababi, endi ixtisoslik oʻzgarishi kerak ekan. Yana xat-hujjat, OAK byulletenida eʼlon qilish, yana kutish...
Bilardimki, bu rasvoyi ovogarchilikning asl manshaalaridan biri dissertatsiyaning hanuz oʻzbekcha yozilayotgani, yana ilmiy rahbarim bilan “qudratli”larning orani ochdi qilayotganlari...
Dissertatsiya baribir oʻzbekcha yozildi. Qaytmadim. Oʻsha “qudratli shaxs”lardan biri, ayol kishi edi, meni chetga tortib, maslahat bergan ham boʻldi, oʻzbekchada yozaman:
“Menga qara, sening oʻzbekchang kimga kerak? Oʻzbekcha yozilgan ishingni kim oʻqiydi? Jahonga chiqmoqchimisan?..”
“Sen oʻqishing shartmas, oʻzbekcha tushunmasang!” dedim yuziga. Koʻkardi, gezardi. “Через мой труп!” dedi. Yana nimalardir deb vaʼdalar berdi. “Пошла ты...” dedim, boshqa u vallamat bilan gaplashmadim, salom-alikni yigʻishtirdim. Koʻzimga shayton boʻlib koʻrinardi, yuziga qaramaslikka harakat qilardim. Qoʻrqqanimdan emas, albatta. Qolaversa, ularga bogʻliq joyim yoʻq edi.
Xullas, himoya qildim oʻzbekcha dissertatsiyani. Doktorlik dissertatsiyani ham oʻzbekcha yozdim. U “qudratli shaxslar” tarixning bir yoqimsiz sahifasiga aylandi. Ishdan ketdi. Unutildi. Oʻzbekcha yozsa jazavasi qoʻziydiganlar qolmadi oramizda.
Nega bu voqeani eslab qoldim? Ona tilimiz or-nomusli, gʻururli insonlar sabab tirik, kuchli, oʻlmaydi! Gʻurur bor ekan, “Через мой труп!” deydiganlarning dagʻdagʻasi, jazavasi, kibri vaqt masalasi.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Qoʻlga qalam olaylik!
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi haqida
🔹 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

👍81🔥10😢5😱1🤨1
💯31👍13🔥4🤨2
🤨23👍16🔥16😱6😁3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
39%
Soʻng, oʻqituvchi fikrlarni umumlashtirib, esse haqida maʼlumot beradi.
61%
Soʻng oʻqituvchi fikrlarni umumlashtirib, esse haqida maʼlumot beradi.
👍48💯14🤨11🔥3😱3
Yuzi oydek shuʼla solar, Husni falakdan boj olar. Yo Rab, yorim qachon kelar, Borsam daryo kanorindan?
Baytda qoʻllangan “kanor” soʻzining maʼnosi nima?
Baytda qoʻllangan “kanor” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
21%
Kanal, suv yoʻli
62%
Qirgʻoq, chet
17%
Oxir, tugagan joy
🔥28👍21💯16😱1🤨1
Bu qaysi soʻz?
U asliyatda tenglik, baravarlik maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada esa maʼnosi oʻzgarib ketgan: shaxs, narsa yoki hodisaning sifat, taraqqiyot darajasi.
Bu izoh qaysi soʻz haqida? Variantingizni izohlarda qoldiring.

🔥20👍8
“Birodar” soʻzi haqida
Bu ot asli tugʻishgan aka-uka maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha soʻz. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan oʻtgan koʻrinadi.
➡️ Birodar “Avesto” tili va eski forschadagi brotar soʻzidan kelib chiqqandir. U sanskritcha bhrotr soʻzi bilan oʻzakdosh.
➡️ Hind-yevropa tillarida turli tovush oʻzgarishlari bilan ishlatiladi: kurdcha (kurmancha) bira; lotincha frater; italyancha fratre; fransuzcha frère; inglizcha brother; nemischa bruder; eski slavyancha braty, ruscha brat kabi.
Hozirgi oʻzbek tilida aka-uka maʼnosi bilan bir qatorda doʻst, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qoʻllanadi.
“Shevashunos”dan.

👍51😱2🔥1🤨1
Orif Tolib
Bu qaysi soʻz? U asliyatda tenglik, baravarlik maʼnosini anglatadi. Oʻzbekchada esa maʼnosi oʻzgarib ketgan: shaxs, narsa yoki hodisaning sifat, taraqqiyot darajasi. Bu izoh qaysi soʻz haqida? Variantingizni izohlarda qoldiring. @oriftolib
Saviya
Gap saviya soʻzi haqida edi. Arab tilidan kirgan bu soʻz oʻzbek tilida shaxs, narsa yoki hodisaning sifat, taraqqiyot darajasini anglatadi: ilmiy saviya. madaniy saviya.
Tarjimalari original darajasida fasih va mukammal, yaratgan asarlari esa oʻzi tarjima qilgan avtorlarning ijodi saviyasiday yuksak, koʻlamdor.
Gʻ. Salomov, “Tarjima nazariyasiga kirish”.
..baʼzan biz oʻz ijodimizdan toʻrtta-beshta kitob oʻqigan, dunyo adabiyotidan bexabar, mahalla saviyasidagi ogʻaynilarimizning didi bilan quvonamiz.
Shukrullo, “Saylanma”.
👉 Darvoqe, til va adabiyot mavzusiga qiziqadiganlar saviya.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

👍33🔥5🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
5%
Uylarni sipirib-sidirdi.
33%
Uylarni supirib-sidirdi.
63%
Uylarni supurib-sidirdi.
👍34💯12🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝 Matn yozib pul topish oson emas, ammo imkoni bor
Buning uchun 1 oy davomida kopirayting sohasini oʻrganishingiz kerak. Kopirayting – biznesga yoʻnaltirilgan matnlar ishlab chiqish sohasi, zamonaviy va talabgir kasblardan.
Hozirgi kunda asosan talabalar, SMM mutaxassislari, tilshunoslik va jurnalistikadan xabari borlar hamda oʻqishni bitirgan-u, ishlash imkoniyati boʻlmagan ziyoli ayol-qizlar bu sohada yaxshi natijalarga erishishmoqda.
Kopirayting sohasini yaxshi oʻrgangan mutaxassislar 2 mln soʻmdan 10 mln soʻmgacha daromad qilishlari mumkin.
Sohani matnlar bilan ishlash boʻyicha 8 yillik tajribaga ega mutaxassis, @xatoliklar kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayev oʻrgatadi.
Batafsil: https://teletype.in/@xatoliklar/kurs-0
Kursga yozilish: @Copywriting_Support

👍15🔥3😱1💯1