Obuna – yozilish, imzo chekish
Ideal holatda til chetdan olinayotgan soʻzni oʻziga moslaydi. Shu sababli koʻpincha bunday soʻzlar tilga singib ketadi. Obuna ham xuddi shunday soʻzlardan. Uning asli fransuzcha abonner – imzo chekmoq, imzolamoq; yozilmoq soʻziga borib taqaladi. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan abonement va abonent soʻzlari obuna bilan oʻzakdosh. Biroq ular tilga moslashmagan va yevropacha qiyofasini saqlab qolgan.
Obuna oʻzbek tilida gazeta, jurnal va shu kabilarga oldindan haq toʻlab yozilishni anglatadi:
Bu yil yana “Hidoyat” jurnaliga obuna boʻldim.
#Doʻppi_kiygan_soʻzlar
@oriftolib

👍21🔥2
Mukofotli sinov mashqlarini qaysi paytda eʼlon qilgan maʼqul deb hisoblaysiz?
Anonymous Poll
21%
Kunduzi 9–12 oraligʻida
14%
Tushdan keyin 13–18 oraligʻida
23%
Kechki payt 18–20 oraligʻida
43%
Kechki payt 20 dan keyin
👍31🔥8😢1
Xudo xohlasa, 10 daqiqadan soʻng sinov mashqi eʼlon qilinadi. Tappa-tayyor boʻlib turavering 👀💪
@oriftolib
@oriftolib
🔥19🤨6💯5👍4
Sinov mashqi
Matnda soʻz qoʻllash, imlo va punktuatsiya bilan bogʻliq xatolar bor. Toʻgʻrilangan shaklini birinchi boʻlib izohda qoldirgan kishi gʻolib boʻladi va 100 000 soʻm mukofot gʻolibning plastik kartasiga tashlab beriladi.
Quloqlaringga aytib qoʻyay: har bir jumlada qandaydir xato bor.
❗️ Matnni toʻgʻrilagach, uni toʻliq holda joʻnatasiz. Xatosi bor soʻzlarning oʻzinigina joʻnatmang. Xatolar faqat soʻzlarda ham emas, ishoraviy (punktuatsion) xatolar ham bor.
👇 Javoblarni shu post ostiga izoh sifatida qoldiring. Botga joʻnatilgan yoki fayl holatida joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi.
#Mashq
Toʻgʻrilanadigan matncha:
Doimiy etibor qaratilishi zarur boʻlgan bir qator yoʻnalishlar bor. Jumladan, yoshlar oʻrtasida oilaviy ajrimlarning oldini olish masalasiga jiddiy qarash kerak. Maʼlumotlarga koʻra 2018-yili yurtimizda 32 ming oila buzilgan ekan. Oilaviy nizolar – kecha paydo boʻlgan muammo emas. Er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, nikohning bekor qilinishi eskitdan qolgan. Ammo, soʻnggi yillarda bu koʻrsatkichning keskin ortib borayotgani chuqurroq mushohada yurutishga undaydi.

👍26🔥8😁1
Orif Tolib
Sinov mashqi Matnda soʻz qoʻllash, imlo va punktuatsiya bilan bogʻliq xatolar bor. Toʻgʻrilangan shaklini birinchi boʻlib izohda qoldirgan kishi gʻolib boʻladi va 100 000 soʻm mukofot gʻolibning plastik kartasiga tashlab beriladi. Quloqlaringga aytib qoʻyay:…
Berilgan matnning toʻgʻrilangan shakli
Izohlari bilan:
Doimiy eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan bir qator yoʻnalishlar bor. Jumladan, yoshlar oʻrtasida oilaviy ajrashishlarning oldini olish masalasiga jiddiy qarash kerak. Maʼlumotlarga koʻra, 2018-yili yurtimizda 32 ming oila buzilgan ekan. Oilaviy nizolar (tire kerak emas) kecha paydo boʻlgan muammo emas. Er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, nikohning bekor qilinishi eskidan qolgan. Ammo (vergul kerak emas) soʻnggi yillarda bu koʻrsatkichning keskin ortib borayotgani chuqurroq mushohada yuritishga undaydi.
Izohsiz:
Doimiy eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan bir qator yoʻnalishlar bor. Jumladan, yoshlar oʻrtasida oilaviy ajrashishlarning oldini olish masalasiga jiddiy qarash kerak. Maʼlumotlarga koʻra, 2018-yili yurtimizda 32 ming oila buzilgan ekan. Oilaviy nizolar kecha paydo boʻlgan muammo emas. Er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, nikohning bekor qilinishi eskidan qolgan. Ammo soʻnggi yillarda bu koʻrsatkichning keskin ortib borayotgani chuqurroq mushohada yuritishga undaydi.

🔥16👍14😁1
Gʻolib aniqlandi!
Mashqni Shahnoza ismli ishtirokchi berilgan shartlarga mos va toʻliq toʻgʻri bajardi: https://t.iss.one/oriftolib_fikrlar/30867 (16:50).
Javobi xato hisoblanmaydigan yana ikki ishtirokchi bor: https://t.iss.one/oriftolib_fikrlar/30754 (16:04) va https://t.iss.one/oriftolib_fikrlar/30869 (16:51). Ammo ular eskitdan soʻzini tahrir qilib yuborishgan. Bitta harf bilan tuzatish mumkin boʻlgan holatda butun boshli soʻzni oʻzgartirish shart emas edi deb hisobladim. Bundan tashqari, birlari kuchli muharrir, birlari tilshunos. Gʻoliblikni boshqa kishiga berganimga xafa boʻlishmas.
Gʻolib boʻlgan obunachimiz @oriftolib_xatlar_bot orqali bogʻlanishini soʻraymiz. 100 000 soʻm mukofot puli plastik kartaga tashlab beriladi.

👍33
Gʻolibga mukofot yetkazildi
Gʻolibning plastik kartasiga mukofot puli oʻtkazib berildi.
Musobaqa shartlariga yana bitta kichik oʻzgartirish kiritamiz. Gʻolib boʻlgan ishtirokchi keyingi musobaqani oʻtkazib yuboradi. Undan keyingisida yana bemalol qatnashishi mumkin. Maqsad – boshqalarga ham imkon berish.
Xudo xohlasa, navbatdagi sinov mashqi ham tez kunlarda eʼlon qilinadi. Mukofot jamgʻarmada hozircha pul bor. Summani oʻzgartirmaymiz: 100 000 soʻm.
Xuddi shunaqa kichik matn beriladi. Orasida ajrimga oʻxshash, koʻpchilik xato qiladigan soʻz yoki ibora boʻladi. Lekin xavotirga oʻrin yoʻq: bunday soʻz va iboralarni sahifamizdagi maqolalardan tanlayman.
👉 Aytgancha, mukofotga homiylik qilmoqchi boʻlganlar 8600602965721061 raqamli kartaga pul oʻtkazishlari mumkin. Imkoni boʻlsa, izohiga “Mukofot uchun” deb yozib qoʻying.

👍43🔥3
😱23👍19😢7🤨7🔥5💯3
Sandiq – sandiq toʻla tarix
Sandiq soʻzi oʻzbekchaga arab tilidan oʻzlashgan. Arab tiliga esa yunon tilidan oʻtgan. Yunoncha syndokeion soʻzi yogʻoch qutini anglatadi. Oʻrta asrlarda bunday qutilar yaxlit gʻoʻladan, katta hajmli yogʻochdan oʻyib ishlangan. U stol, stul, karavot vazifalarini bajargan, ichida turli roʻzgʻor buyumlari, kitoblar va qurollar saqlangan. Qirollar bir qasrdan boshqasiga koʻchganda xazina temir qoplamali sandiqlarda tashilgan.
Kelinlar qadimda seplarini kuyovnikiga sandiqda olib borgan. Bu odat bugungacha saqlanib kelyapti.
Sandiq soʻzi turkiy tillarda turli talaffuz variantlarida uchraydi. Bu soʻz turkiy tillardan rus va ukrain tillariga sunduk shaklida oʻtgan.
Hozirgi oʻzbek tilida sandiq turli buyumlarni, bisotlarni solib qoʻyishga moʻljallangan, ochilib-yopiladigan qopqoqli, qulf-kalitli, yashik shaklidagi uy-roʻzgʻor buyumini bildiradi:
Men keltirgan atlasni Yorim soldi sandiqqa.
“Qoʻshiqlar”.

👍38
“Chakki” nima degani?
Anonymous Quiz
52%
Yomon, qoniqarsiz
37%
Durust, chidasa boʻladigan
11%
Meʼyordan ortiq, koʻp
🔥27👍15😱9💯3
Ildizsiz va urugʻsiz tuban oʻsimliklarning umumiy nomi – ...
Anonymous Quiz
89%
Zamburugʻ
6%
Zambirugʻ
5%
Zamburigʻ
🔥25👍7💯7
💯30👍14😢11😱4🤨2
Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti kanalini yuritishga masʼul xodim men bilan bogʻlandi. Olingan materiallarga manba qoʻyildi. Shu bois post tahrirlandi.
@oriftolib
@oriftolib
👍57🔥11😱3🤨2
Funt sterling: “sterling” nima degani?
Funt sterling atamasining paydo boʻlishi haqida bir necha qarashlar bor. Baʼzi manbalarga koʻra, bu nom XII asrda paydo boʻlgan va toza kumush funt degan maʼnoni anglatgan. Sterling – qadimgi Angliyadagi kumush tanga. Bir funt ogʻirlikdagi kumushdan 240 dona kumush tanga zarb qilingan.
Boshqa bir qarashga koʻra, qadimda tanga pullarga Easterling Silver iborasi ham ishlatilgan. Bu sharqiy yerlar kumushi degan maʼnoni anglatgan va Shimoliy Germaniyada tayyorlangan tangalarga nisbatan qoʻllangan. Yuksak sifati va mustahkamligi bilan ajralib turadigan bu tangalarni 1158-yilda qirol Henri II oʻz tangalari uchun standart qilib oladi. Sterling Silver atamasi vaqt oʻtib kumush tangalarga nisbatan qoʻllana boshlaydi.
1694-yili Angliya banki banknotalar chiqara boshlagach, bu atamani pul birligi sifatida ishlatish odat tusiga kirdi.
Zamonaviy ingliz tilida pulni ifodalash uchun funt (pound) soʻzi ishlatiladi: This car costs 10,000 pounds – Bu mashina 10 000 funt turadi. Buyuk Britaniya valyutasini boshqa shu nomdagi valyutalardan farqlash uchun rasmiy hujjatlarda funt sterling (pound sterling) atamasidan foydalaniladi.

👍18🔥3
💯45🤨11👍9😱1
Bir daqiqada qancha soʻz ishlatasiz?
Maʼlumotlarga koʻra, dunyodagi eng tez gapiruvchi millat fransuzlar ekan – ular daqiqasiga 350 ta soʻz ishlatadi. Yaponlar 310 ta, inglizlar 210 ta, nemislar 200 ta soʻz talaffuz qiladi.
Eng sekin gapiruvchilar polineziyaliklar – ular daqiqasiga bor-yoʻgʻi 50 ta soʻz aytadi.

👍29😱7
“Oʻz koʻmochiga kul tortmoq” iborasi qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
25%
Oʻz manfaati uchun ishlamoq
38%
Oʻz aybini ochadigan ish qilmoq
37%
Oʻz aybini yopishga harakat qilmoq
👍40🤨10🔥2😱2💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
45%
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” bilan tanishdim.
34%
“Inson huquqlari” umumjahon deklaratsiyasi bilan tanishdim.
21%
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan tanishdim.
🤨30👍14🔥13😱8💯6😁1
👍20💯6🔥3😁1😢1
“Oʻzbekchang kimga kerak!?”
Taniqli yozuvchi va olim Baxtiyor Abdugʻafur telegram sahifasida ilmiy ish yoqlash bilan bogʻliq xotiralarini boʻlishgan ekan. Haqiqatan, oʻz tilimizga hurmat oʻzimizdan boshlanadi. Uni eng avvalo siz va men hurmatlashimiz, qadrlashimiz, himoyalashimiz kerak. Qaysi kasb egasi boʻlishimizdan qatʼi nazar, ona tilimizni chuqur bilishimiz, bilim va ehtiromimizni amalda ham koʻrsata olishimiz zarur.
***
2009–2010 yillar edi. Fan nomzodi darajasini olish uchun dissertatsiyamni oʻzbekcha yozgandim. Ilmiy seminarga (rasmiy himoyadan oldingi bosqich) qoʻyilganda savol boʻldi:
“На каком языке диссертация?”
“На узбекском...”
Savol berguvchi indamadi, ammo oʻsha vaqtlarda “qudratli” kishi edi ilmiy doiralarda. Yana ikki-uch “qudratli”lar oʻzbekcha yozilgan dissertatsiyani tushunmadi, maʼruzada esnab oʻtirdi. Xullas, ishim seminardan qaytdi. Sabab, mavzu ixtisoslikka toʻgʻri kelmas ekan. Mavzu oʻzgarishi kerak, degan talab boʻldi.
Noiloj, rozi boʻldim. Mavzu oʻzgardi, degani yana xat-hujjat, OAK byulletinida eʼlon qil, kamida olti oy kut!
Yarim yilcha oʻtdi. Yana ilmiy seminar. Yana oʻsha savol: “На каком языке...” Bu seminardan ham oʻtmadi, sababi, endi ixtisoslik oʻzgarishi kerak ekan. Yana xat-hujjat, OAK byulletenida eʼlon qilish, yana kutish...
Bilardimki, bu rasvoyi ovogarchilikning asl manshaalaridan biri dissertatsiyaning hanuz oʻzbekcha yozilayotgani, yana ilmiy rahbarim bilan “qudratli”larning orani ochdi qilayotganlari...
Dissertatsiya baribir oʻzbekcha yozildi. Qaytmadim. Oʻsha “qudratli shaxs”lardan biri, ayol kishi edi, meni chetga tortib, maslahat bergan ham boʻldi, oʻzbekchada yozaman:
“Menga qara, sening oʻzbekchang kimga kerak? Oʻzbekcha yozilgan ishingni kim oʻqiydi? Jahonga chiqmoqchimisan?..”
“Sen oʻqishing shartmas, oʻzbekcha tushunmasang!” dedim yuziga. Koʻkardi, gezardi. “Через мой труп!” dedi. Yana nimalardir deb vaʼdalar berdi. “Пошла ты...” dedim, boshqa u vallamat bilan gaplashmadim, salom-alikni yigʻishtirdim. Koʻzimga shayton boʻlib koʻrinardi, yuziga qaramaslikka harakat qilardim. Qoʻrqqanimdan emas, albatta. Qolaversa, ularga bogʻliq joyim yoʻq edi.
Xullas, himoya qildim oʻzbekcha dissertatsiyani. Doktorlik dissertatsiyani ham oʻzbekcha yozdim. U “qudratli shaxslar” tarixning bir yoqimsiz sahifasiga aylandi. Ishdan ketdi. Unutildi. Oʻzbekcha yozsa jazavasi qoʻziydiganlar qolmadi oramizda.
Nega bu voqeani eslab qoldim? Ona tilimiz or-nomusli, gʻururli insonlar sabab tirik, kuchli, oʻlmaydi! Gʻurur bor ekan, “Через мой труп!” deydiganlarning dagʻdagʻasi, jazavasi, kibri vaqt masalasi.
🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Qoʻlga qalam olaylik!
🔹 “Svejiy” soʻzining tarjimasi haqida
🔹 Oʻzbekchasini unutganlar uchun mitti lugʻat

👍81🔥10😢5😱1🤨1
💯31👍13🔥4🤨2