Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Iqlim – yetti iqlim kezgan soʻz

Bu soʻzning ildizi ham qadim yunon tiliga borib taqaladi. Asliyatda klima, klimatos shakliga va egish, engashtirish; mayl, moyillik maʼnosiga ega boʻlgan ushbu soʻz arab tili orqali oʻzbekchaga oʻzlashgan. Tilimizda muayyan joyning oʻziga xos, har yili takrorlanuvchi odatdagi ob-havo sharoitini, dunyo qismini, mintaqani, koʻchma maʼnoda esa sharoitni anglatadi.

Yetti iqlim iborasi qadimgi geograflar tasavvuridagi Yerning yetti mintaqasidan har birini bildiradi.

Bu soʻz koʻplab Yevropa tillariga lotin tili vositasida oʻtgan. U, masalan, inglizchada climate, ispanchada clima, nemischada klima, fransuzchada climat, ruschada klimat shakliga ega.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍20🔥1
“Mazammat” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
24%
Rohat, maza
59%
Taʼna, malomat
18%
Maza qochishi, betoblik
👍25💯14🔥8😱3😁1
Kamzul – el kezgan soʻz

Kamzul
soʻzi oʻzbekchada ust kiyimni anglatadi. Ilgari erkaklar kiyadigan yengi uzun libos va ayollar kiyadigan jelatkaga oʻxshash kalta, odatda yengsiz, yoqasiz ust kiyim shu nom bilan atalgan:

Cholning egnida kirlanib, moylanib yiltillagan qora kamzul...
Oybek, “Tanlangan asarlar”.

Uzun paxtali kamzul kiyib, boshlariga katta roʻmolni beoʻxshov bogʻlab olgan ayollar bizni kutib olishdi.
“Saodat”.

Kamzul oʻzimizning soʻzimizday tuyuladi-yu, lekin aslida ildizi qadimgi german tillariga borib taqaladi. Lotinchadan italyanchaga oʻtgan. Soʻng fransuz yoki nemis tili orqali ruschaga oʻzlashgan. Katta ehtimol bilan, oʻzbekchaga ruschadan kirib kelgan. Tizzagacha uzunlikdagi yengsiz erkaklar kiyimi franuz tilida camisole deyiladi. Bu soʻz nemis, latish, ukrain, ingliz, rus, qozoq, qirgʻiz, tatar, boshqird kabi tillarda turli tovush oʻzgarishlari bilan qoʻllanadi.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍28
💯34👍10🔥6😢1
Qaysar – aslida kishi nomi

Baʼzan kishilarning nomi soʻzlarga aylanib ketadi. Qaysar soʻzi ham shunday. Rim imperatori Gay Yuliy Sezar nomidan – Caesar soʻzidan hosil boʻlgan. Hukmdor nomi lotin tiliga turdosh ot sifatida oʻtgan. Undan arab tiliga oʻzlashgan va podshoh maʼnosida qoʻllangan. Oʻzbek tilida ham Rum podshosi; podsho, xoqon maʼnolarida ishlatiladi. Biroq uning tutgan yerini kesadigan, oʻjar, asov kabi maʼnolari mashhurroq:

Tura qoling, endi juda payti, odam bunchalik qaysar boʻlmaydi. Uzr soʻrang, uzr.
N. Safarov, “Vodillik qahramon”.

Lekin faktlar qaysar narsa, uni xaspoʻshlab boʻlmaydi.
A. Eshonov, H. Umarov, “Odamlarni oʻylab”.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍30🔥2
Suxarilarga (masalan, “Криешки”) oʻzbek tilida qanday umumiy nom bergan maʼqul deb hisoblaysiz?
Anonymous Poll
26%
Qoq non
16%
Qalamcha non
32%
Qotma non
16%
Qotirma
3%
Qotma
7%
Oʻz variantimni izohlarda qoldiraman
🔥22👍7
👍41🤨18💯8😢5😱2😁1
Qandil: shamdan chiroqqa

Bu soʻzning ildizi lotincha candela – shamga borib taqaladi. U yunon tiliga kandela shaklida oʻtgan va sham, shamchiroqni anglatgan. Arabchaga qandil shaklida oʻzlashgach, chiroq, chilchiroq, lyustra mazmuniga ega boʻlgan.

Qandil oʻzbekchada bir necha sham yoki lampochka qoʻyiladigan oyoqli yoki osma chiroqni bildiradi:

Katta dolon, har bir uyda qiy-chuv, yerda chiroq, qandillar osigʻliq.
J. Sharipov, “Xorazm”.

Baʼzi Yevropa tillarida bu soʻz turli tovush oʻzgarishlari bilan uchraydi. Masalan, inglizchada candle soʻzi shamni, chandelier esa qandilni anglatadi.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍25🔥4
Qay biri toʻgʻri?

Shahrimiz ___________ uch millionga yaqinlashdi.
Anonymous Quiz
32%
nufusi
68%
nufuzi
😱35👍21💯9🤨6🔥2😢1
Bu qaysi soʻz?

Bu soʻz asliyatda hukmdor, homiy degan maʼnolarni anglatadi. Oʻzbekchada esa koʻproq ziyolilarga nisbatan ishlatilgan.

Gap qaysi soʻz haqida ketyapti?

📝 Javobingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍20
Nomus – qonunga bogʻliq

Nomus
soʻzi aslan oʻzbekcha emasligini etimologiya mutaxassisi bilmasa, oddiy odam tasavvur qilishi amrimahol. Bu soʻz yunoncha nomos – qonun soʻzidan hosil boʻlgan. U arab tiliga oʻtgach, qonun; vijdon, diyonat; obroʻ-eʼtibor; iffat, bokiralik kabi maʼnolar kasb etgan. Taxminimcha, qonun-qoidalarga boʻysunuvchi, birovga zarar etkazmaydigan, obroʻsini saqlaydigan, tartibli kishilar nomusli hisoblangan va ular uchun qonun maʼnosidagi soʻz tanlab olingan.

Nomus oʻzbek tilida oriyat, diyonat, uyat-andisha kabi maʼnolarda qoʻllanadi:

Nodon bilan yurma, nomusingni bukma.
Maqol.

Nomus! Nomus er kishini oʻldiradi-ya!
Shuhrat, “Shinelli yillar”.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍17💯10🔥1🤨1
Mukofotchali sinovlar oʻtkazsak, nima deysiz?

Kunda-kunora savodxonlik savollari tashlab turaman. Ancha-muncha odam toʻgʻri topadi. Quruq boʻlmasligi uchun ozroq mukofot belgilasak. Mayli, 10 000 yoki 20 000 soʻm boʻlsa ham. Hech qursa, telefonga toʻlashga yoki megabayt sotib olishga yarab turadi. Kichikroq kitob sotib olsa ham boʻladi. Homiy topilib qolsa, mukofotini kattalashtiramiz.

👉 Eng muhimi, bu mashqlar orqali soʻz qoʻllash va savodxonlik borasidagi bilimlarni kuchaytirish va amalda qoʻllash, kamchiliklarni yoʻqotish mumkin.

Izoh:

1️⃣ Boshlanishiga kichikroq matn beriladi. Ichida imloviy, ishoraviy yoki uslubiy xatolari boʻladi. Kim toʻgʻri tuzatilgan variantini birinchi boʻlib izohlarda qoldirsa, oʻsha gʻolib sanaladi. Bir paytda yoʻllangan toʻgʻri javoblarning oldinroq yuklangani uloqni ilib ketgan sanaladi.

2️⃣ Tahrirlangan, oʻzgartirilgan javoblar qabul qilinmaydi. Demak, yetti oʻlchab, bir kesish kerak.

3️⃣ Bir akkaunt egasining birdan ortiq yoʻllagan javobi qabul qilinmaydi. Faqat bir marta javob berish imkoni bor.

4️⃣ Javob yoʻllagan shaxs kanal aʼzosi boʻlishi kerak, aʼzo boʻlmaganlarning javobi gʻoliblikka daʼvogar boʻla olmaydi.

5️⃣ Topshiriqni bajarishga bir soat ajratiladi xolos. Undan keyingi javoblar qabul qilinmaydi. Gʻoliblik sahifa egasiga beriladi 🙃.

6️⃣ Matndagi xatoliklar va savolli holatlar ichida sahifamizda oldin eʼlon qilingan materiallarga asoslangani koʻproq boʻladi. Demak, oldingi postlarga bir koʻz yugurtirib qoʻygan zarar qilmaydi.

7️⃣ Gʻolib boʻlgan ishtirokchi keyingi musobaqani oʻtkazib yuboradi. Undan keyingisida yana bemalol qatnashishi mumkin. Maqsad – boshqalarga ham imkon berish.

8️⃣ Vaziyatga qarab yangicha sinov mashqlari kiritilishi yoki musobaqa toʻxtatilishi mumkin.

@oriftolib
👍129
“Mavlono”ning asliyatdagi maʼnosi – janob, hukmdor, homiy

Yuqoridagi savolning javobi mavlono soʻzi edi. Bu soʻz arabcha mavlo – voliy, rahbar, hukmdor, boshqaruvchi soʻzidan hosil boʻlgan. U mavlo soʻzining birinchi shaxs koʻplikdagi murojaat shaklidir. Soʻzma-soʻz tarjimasi ey hukmdorimiz, ey janobimiz boʻladi.

Izohli lugʻatga koʻra, musulmon Sharqida olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulugʻlab, ularning nomlariga qoʻshib ishlatiladigan faxriy soʻz.

Keling, pirim! Keling, mavlono Jomiy.
Uygʻun va I. Sulton, “Alisher Navoiy”.

Mavlono zamonning mohir hakimi erur. Zora maraz zoyil boʻlsa...
M. Osim, Sehrli soʻz.

Garchi tilimizga oʻzlashgan voliy, valiy, avliyo kabi soʻzlar ham mavlono bilan oʻzakdosh boʻlsa-da, toʻgʻri javob boʻlolmaydi. Shartga koʻra, soʻz koʻproq ziyolilarga nisbatan ishlatilgan boʻlishi kerak. Bu soʻzlarning qoʻllanish oʻrni boshqa.

@oriftolib
👍36💯4😱1
👍27💯4🔥3
Diqqat!

Bugun soat 16:00 da kecha aytganim sinov mashqining birinchi topshirigʻi eʼlon qilinadi.

Eslatma: javoblar 17:00 gacha qabul qilinadi xolos. Undan keyingilari hisobga oʻtmaydi.

@oriftolib
👍38🔥4💯4
Obuna – yozilish, imzo chekish

Ideal holatda til chetdan olinayotgan soʻzni oʻziga moslaydi. Shu sababli koʻpincha bunday soʻzlar tilga singib ketadi. Obuna ham xuddi shunday soʻzlardan. Uning asli fransuzcha abonner – imzo chekmoq, imzolamoq; yozilmoq soʻziga borib taqaladi. Oʻzbek tiliga oʻzlashgan abonement va abonent soʻzlari obuna bilan oʻzakdosh. Biroq ular tilga moslashmagan va yevropacha qiyofasini saqlab qolgan.

Obuna oʻzbek tilida gazeta, jurnal va shu kabilarga oldindan haq toʻlab yozilishni anglatadi:

Bu yil yana “Hidoyat” jurnaliga obuna boʻldim.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍21🔥2
Mukofotli sinov mashqlarini qaysi paytda eʼlon qilgan maʼqul deb hisoblaysiz?
Anonymous Poll
21%
Kunduzi 9–12 oraligʻida
14%
Tushdan keyin 13–18 oraligʻida
23%
Kechki payt 18–20 oraligʻida
43%
Kechki payt 20 dan keyin
👍31🔥8😢1
Xudo xohlasa, 10 daqiqadan soʻng sinov mashqi eʼlon qilinadi. Tappa-tayyor boʻlib turavering 👀💪

@oriftolib
🔥19🤨6💯5👍4
Sinov mashqi

Matnda soʻz qoʻllash, imlo va punktuatsiya bilan bogʻliq xatolar bor. Toʻgʻrilangan shaklini birinchi boʻlib izohda qoldirgan kishi gʻolib boʻladi va 100 000 soʻm mukofot gʻolibning plastik kartasiga tashlab beriladi.

Quloqlaringga aytib qoʻyay: har bir jumlada qandaydir xato bor.

❗️ Matnni toʻgʻrilagach, uni toʻliq holda joʻnatasiz. Xatosi bor soʻzlarning oʻzinigina joʻnatmang. Xatolar faqat soʻzlarda ham emas, ishoraviy (punktuatsion) xatolar ham bor.

👇 Javoblarni shu post ostiga izoh sifatida qoldiring. Botga joʻnatilgan yoki fayl holatida joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi.

#Mashq

Toʻgʻrilanadigan matncha:

Doimiy etibor qaratilishi zarur boʻlgan bir qator yoʻnalishlar bor. Jumladan, yoshlar oʻrtasida oilaviy ajrimlarning oldini olish masalasiga jiddiy qarash kerak. Maʼlumotlarga koʻra 2018-yili yurtimizda 32 ming oila buzilgan ekan. Oilaviy nizolar – kecha paydo boʻlgan muammo emas. Er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, nikohning bekor qilinishi eskitdan qolgan. Ammo, soʻnggi yillarda bu koʻrsatkichning keskin ortib borayotgani chuqurroq mushohada yurutishga undaydi.

@oriftolib
👍26🔥8😁1