Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Subʼektiv
68%
Subyektiv
💯35👍20🤨5🔥2
Emigrant va relokant: oʻzbekchasi bormi?

Emigratsiya – boshqa mamlakatga iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy sabablarga koʻra doimiy yashash maqsadida koʻchishdir. Emigrant esa shu maqsadda koʻchgan kishi. Bu ikki soʻz oʻrnini bosuvchi atamalar oʻzbek tilida shu paytgacha qoʻllanib kelgan: muhojirlik va muhojir. Izohli lugʻatga koʻra, muhojir oʻzi fuqaro boʻlib turgan yoki doimiy yashayotgan mamlakatini tashlab, boshqa davlatga doimiy yashash uchun joʻnab ketuvchi kishidir.

Relokatsiya esa yashash yoki ish joyini oʻzgartirishdir. Masalan, bir shaharda tadbirkorlik qiluvchi shaxs oʻz biznesini boshqa joyga koʻchirsa, relokatsiya qilgan boʻladi. Yoki kompaniyalar oʻz malakali xodimlarini boshqa filiallariga joʻnatsa, ular relokantlarga aylanadi. Relokatsiyani oʻzbekchada joy oʻzgartirish, relokantni esa koʻchma ishchi deb atash mumkin.

Urush sababli Rossiyadan koʻchib kelayotgan kishilarni relokantlar deb atash urfga kirdi. Yuqoridagi sharhdan bu soʻz ularga u qadar mos emasligi koʻrinib turibdi. Chunki keluvchilarning koʻpi ish joyini oʻzgartirishni emas, nomaqbul sharoit va muhitdan qochishni maqsad qilgan. Ularni shunchaki xorijliklar yoki qoʻnoqlar deb atagan maʼqul.

@oriftolib
👍39
Tilimizni bilamizmi: doʻppi kiygan soʻzlar – gʻirt oʻzbekcha boʻlib ketgan 15 ta oʻzlashma

Baʼzi doʻstlarning mehr-oqibatini koʻrib ham hayron qolasiz, ham havas qilasiz: tugʻishgan, qondoshdan koʻra yaqinroqqa oʻxshaydi. Aslini surishtirsangiz, bir-biriga yetti yot begona. Tilda ham shunga oʻxshash hodisa bor. Chetdan kelgan soʻz tilga singishib ketadi, oʻz soʻzimizga aylanadi. Oʻsha tilning egasi boʻla turib, uning oʻzlashma ekani – ajnabiy tildan kirganini koʻpda farqlayvermaymiz.

Oldinroq “Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida rus tilidan kirgan ana shunday 15 ta soʻz haqida maʼlumot bergandim. Bugun boshqa chet tillaridan kirgan va tilimizga “qoni qoʻshilib ketgan” 15 ta soʻzni sharhladim:

🔹 Antiqa va osori atiqa
🔹 Bambuk – daraxtsimon oʻsimlik
🔹 Baxshi – qadim soʻz
🔹 Dakki – hindistonlik
🔹 Daftar va qalam – asli yunoncha
🔹 Javon – “taxtali rom” degani
🔹 Zumrad va Esmeralda – egizaklar
🔹 Iqlim – yetti iqlim kezgan soʻz
🔹 Kalish milliy kiyim emas
🔹 Kamzul – el kezgan soʻz
🔹 Qaysar – aslida kishi nomi
🔹 Qandil: shamdan chiroqqa
🔹 Nomus – qonunga bogʻliq
🔹 Obuna – yozilish, imzo chekish
🔹 Sandiq – sandiq toʻla tarix

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

Toʻliq:
👉 https://bit.ly/3sP6KEW

@oriftolib
🔥16🤨11👍8😱1
Avvalo: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Ayrimlarda bir odat bor: bir joyda bir soʻz bilan vergul ishlatilganini koʻrdimi, hamma joyda vergul ishlatishini talab qiladi. Albatta, ayniqsa, aslida, umuman kabi soʻzlarda shunaqa holatlar koʻp kuzatiladi. Bularning qatoriga avvalo soʻzini ham bemalol qoʻshish mumkin.

Xoʻsh, qachon vergul ishlatish kerak, qachon kerakmas?

📌 Vergul kerak:

Soʻz avvali shuki, birinchidan maʼnolarini ifodalasa va kirish soʻz boʻlib kelsa:

Avvalo, mening uyim yoʻq. Undan keyin meni muborakbod qilib turgan tanishlarim ham yoʻq, – dedi Anvar qoʻl siltab.
A. Qodiriy, “Mehrobdan chayon”.

📌 Vergul kerak emas:

Soʻz eng avval, dastavval, dastlab, birinchi galda maʼnolarida kelsa:
Avvalo boʻyningdagi qarzingni uz, undan keyin kigiz bilan bigiz soʻra-da.
K. Yashin, “Hamza”.

Biz avvalo oʻsimliklarning oʻsish davrini qisqartirish va hosildorlikni oshirishga erishdik.
“Fan va turmush”.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Vergul qachon ishlatiladi: eng asosiy 7️⃣ ta qoida
🔹 Asosan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
🔹 Shubhasiz: vergul kerakmi yoki yoʻq?

@oriftolib
👍27🤨6🔥1
Antiqa va osori atiqa

Antiqa
soʻzining ildizi lotincha antiquus – qadimgi soʻziga borib taqaladi. Oʻzbek tilida qadimdan qolgan, hayratga soladigan kabi maʼnolarda qoʻllanadi. Soʻzni qadimgi degan maʼnoda qoʻllash allaqachon eskirgan. U hozir asosan qoyil qoldiradigan maʼnosida ishlatilyapti:

Otamurod oddiy bodring, pomidorlarni turli usullarda qirqib, antiqa salatlar tayyorlar... Zulxumor boʻlsa, uning bu sanʼatiga mahliyo boʻlib oʻtirar edi.
M. Mansurov, “Yombi”.

Osori atiqa iborasidagi atiqa soʻzi ham antiqa bilan oʻzakdosh. Osor arabchadan olingan, asar, nishona maʼnosida. Osori atiqa qadim dunyo nishonalari, qadimdan, antik dunyodan qolgan yodgorliklar, obidalardir:

Bu osori atiqalar oʻzida oʻtmish nafasini saqlab qolgan.
Gazetadan.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍38
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
5%
Kattakan
86%
Kattakon
9%
Ikkovi ham toʻgʻri.
💯19👍9🔥4😱1
Bambuk – daraxtsimon oʻsimlik

Bambuk – tropik va subtropik mamlakatlarda oʻsadigan, tanasi qamishga oʻxshash, ichi kavak, boʻyi baland oʻsimlik. Bambuk atamasi malayyacha bambu – daraxtsimon oʻsimlik soʻzidan paydo boʻlgan:

Bambuk xalq xoʻjaligida uy, koʻprik qurishda, duradgorlikda ishlatiladi, tolasidan qogʻoz tayyorlanadi.
“OʻzME”.

Malayziyaliklar tilidagi bambu dunyoning juda koʻp tillariga, jumladan, fransuz, holland, portugal, ingliz kabi Yevropa tillariga ham baʼzi tovush oʻzgarishlari bilan oʻtgan.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍12
🔥 Siyosat olamida yangi loyiha boshlaganidan xabaringiz bormi?

GeoSiyosat – jahonda va mintaqamizda yuz berayotgan geosiyosiy oʻzgarishlar, shuningdek, rus-ukrain mojarosi, Tayvanda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yangi urush oʻchogʻi haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin. Kanalda siyosiy maqolalar, statistikalar berib boriladi. Yurtimizda bu kabi siyosiy analitiklar sanoqli.

Kanalga ulanish: 👉 @GeoSiyosatuz

@oriftolib
👍15
Baxshi – qadim soʻz

Baxshi
soʻzi oʻzbekcha ham, moʻgʻulcha ham, forscha ham emas. Uning ildizi sanskrit tiliga borib taqaladi. Asliyatda bhikshu koʻrinishiga ega va budda ruhoniysi; duoxon; darvesh kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida xalq dostonlarini aytuvchi oqin; azayimxon; Buxoro xonligidagi lavozim egasi kabi maʼnolarga ega:

Dutorsiz baxshi boʻlmas,
Yomonsiz – yaxshi.
Maqol.

Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi.
A. Qahhor, “Bemor”.

Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urugʻ oqsoqollarini baxshi deb atashgan.
“OʻzME”.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍39🔥4💯3
Qay biri qitʼaning nomi?
Anonymous Quiz
55%
Antarktida
24%
Antarktika
21%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍28🔥11💯11🤨7
Dakki – hindistonlik

Tilimizda bot-bot ishlatib turiladigan bu soʻz uzoq hind elidan kelganiga odamning ishongisi kelmaydi. Hind tilida dhakka shaklida zarb, turtki; iztirob maʼnolarida qoʻllangan bu soʻz yoʻl yurib, jazirama choʻllardan oʻtib, oʻzbek tiliga dakki koʻrinishida kirib kelgan. U oʻzbekchada tanbeh; tahqirlash, nohaq turtki kabi maʼnolarni tashiydi:

Ahmadjon dadasidan bir necha dakki eshitib, uyiga joʻnadi.
“Yoshlik”.

Har kishidan dakki yeyaverib, yuragim qonga toʻlib ketdi.
Uygʻun, “Asarlar”.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍38💯3
😱42😢10🤨9👍8🔥3💯1
Qay biri toʻgʻri?

U ... qildi-da, shoshib chiqib ketdi.
Anonymous Quiz
81%
Uzr-maʼzur
11%
Uzr-maʼzir
8%
Uzr-mazr
💯34👍14😱4🔥2
Daftar va qalam – asli yunoncha

Bu soʻzlarni tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, farzandi maktabda oʻqiydigan yoki ishi yozuv-chizuvga aloqador kishilar kunda-kunora daftar-qalamga roʻpara keladi.

Yunonchada qogʻoz oʻrami diftera deyiladi. U arab tili orqali oʻzbekchaga daftar koʻrinishida kirib kelgan: bir chiziqli daftar, katak daftar, rasm daftari.

Daftar soʻzi qardosh turkiy tillarda hamda arab, fors, hind, moʻgʻul, bolgar, makedon, serb, xorvat, tibet, indonez, gurji, arman, ibroniy kabi tillarda turli tovush oʻzgarishlari bilan qoʻllanadi.

Qalam soʻzi ham yunonchadan oromiy-suryoniy tili orqali arab tiliga, undan oʻzbekchaga oʻtgan. Yunonchasi kálamos – qamish, qamish qalam boʻlgan bu soʻzning ildizi qadimgi hind-yevropa soʻzi – kolhamosga borib taqaladi. Bu soʻz lotin tilidagi culmus – somon poyasi soʻziga yaqin turadi. Qalam soʻzi oʻzbek tilida juda koʻp maʼnolarda qoʻllanadi. Bosh maʼnosi yozuv-chizuv quroli: qora qalam, rangli qalamlar.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍18🔥15💯2
Rim raqamlari qoʻllanadigan 7️⃣ ta holat

1️⃣ Asrlar va mingyilliklarni ifodalashda: XXI asr, miloddan oldingi IV mingyillik.

2️⃣ Podshoh va qirollar nomida: Abdullaxon II, Charlz III.

3️⃣ Sport musobaqalari, anjumanlar va syezdlar, urushlar nomida: XXIV Olimpiada oʻyinlari, II jahon urushi.

4️⃣ Kitob jildlarini, baʼzan boblarini koʻrsatishda: “Oʻzbek tili izohli lugʻati”ning II jildi.

5️⃣ Qon guruhini ifodalashda: IV (AB).

6️⃣ Kimyoviy elementlar nomida: mis (II) oksid.

7️⃣ Eski uslubdagi soatlarda: I, II, III...

❗️ Rim raqamlari boshqa holatlarda ham ishlatiladi. Yuqorida eng koʻp uchraydigan oʻrinlar berildi.

@oriftolib
👍32💯8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Madaniyat va maʼrifat” telekanalining “Siz efirdasiz” televiktorinasida sahifamizda eʼlon qilingan savol oʻynalibdi:

U asliyatda otning oq qashqasi; gajak, kokil degan maʼnolarni anglatadi. Oʻzbekchada ham koʻpincha peshona yoki boshda boʻladigan narsani bildiradi. Gap qaysi soʻz haqida?

Javobi esingizdadir 😉

@oriftolib
👍13🔥13
👍19😱13🔥6💯4
Haqiqiy boylik – hayotning oʻzi va qizgʻin faoliyatdir.

Jak Iv Kusto

@oriftolib
👍47🔥12
Javon – “taxtali rom” degani

Oʻzbekchaga xitoy tilidan ham bir qancha soʻzlar oʻzlashgan. Sevib isteʼmol qiladiganmiz uygʻur taomlari – lagʻmon, manti, manpar, xonim kabilarning nomi ham asli xitoychadan.

Turmushimizda ishlatiladigan baʼzi narsa-buyumlar ham oʻz nomini xitoychadan olgan. Jumladan, javon soʻzi. U oʻzbekchada turli narsalar qoʻyiladigan mebelni, shkafni anglatadi: kitob javoni, kiyim javoni.

“Oʻzbek adabiy tili tarixi” kitobiga koʻra, javon xitoycha dzaban soʻzidan. U szarom, chorchoʻp, bantaxta soʻzlaridan yasalgan. Bu soʻz bizga uygʻur tili orqali kirib kelgan. Uygʻurchaning oʻzida javang tokchani anglatadi.

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

@oriftolib
👍32💯5🔥3
👍27😱14🔥8💯5😁2🤣1