Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?

Eski radioni ... oʻtirardi.
Anonymous Quiz
53%
Chuqalab
29%
Chuqilab
18%
Chuqulab
🤨49😱21👍16🔥3💯3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Jinsi shim
29%
Djinsi shim
👍21😱11🔥7😢4
Professor – xalq oʻqituvchisi

Professor soʻzi lotinchada ommaviy oʻqituvchi, xalq oʻqituvchisi degan maʼnoni anglatadi. Uning oʻzagi profiteri – ochiq aytmoq, eʼlon qilmoq, oshkor gapirmoq feʼliga borib taqaladi.

Professor oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi yuksak malakali ilmiy xodimlarning ilmiy unvoni yoki lavozimidir. Dastlab XVI asrda Oksford universitetida rasmiy maqom sifatida tatbiq etilgan.

Professor soʻzi oʻzbek tiliga rus tilidan oʻtgan. Rus tiliga XVII–XVIII asrlarda nemis tilidan kirgan.

Birinchi oʻzbek professori Abdurauf Fitratdir. U 1926-yili ana shu ilmiy unvonga ega boʻlgan.

@oriftolib
👍34😱2😢2🤨2
Oʻzbek bogʻiga oʻzbekcha nom yarashmaydimi?

Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻning “ismi sharifi” oʻzgaryapti ekan. Yuz mingdan ortiq oʻzbekcha soʻz ichidan shu bogʻga munosib nom topilmabdi. Oʻzbekcha nom qoʻysa, yarashmaydi yo zamonaviy koʻrinmaydi deb oʻylashgandir, balki. Inglizchalab Dream Park desa modern toʻking boʻladi-da, a? Hech qursa, “Orzular bogʻi” de, “Orzu” bogʻi de. Yoʻq, albatta, ajnabiy ot qoʻyilishi kerak.

Oʻzi hammayoq shunaqa xorijiy nomlarga toʻlib ketyapti. Hech boʻlmasa, ommaviy maskanlarga oʻzbekcha ot qoʻyinglar, baraka topkurlar.

Sizningcha, bu bogʻga qanday nom bergan maʼqul? Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍92🤨16😢10🔥6💯6
🫰 Anchadan beri yaxshi siyosiy kanal tavsiya qilaman deb yurgan edim

Sizga siyosiy maydondagi soʻnggi xabarlar, xolis maqolalar, statistikalar va siyosiy tahlillar kerak boʻlsa, Politico’ga ulaning.

Siyosatni tushunish uchun siyosatshunoslikda oʻqish shart emas. Yaxshi siyosiy kanalni kuzatib borishning oʻzi yetarli!

Ulanish:
👉 @GeoPolitico
👍15
Gʻafur Gʻulom bogʻining nomi oʻzgarayotgani boʻyicha izoh berildi

Chilonzor tumanidagi istirohat bogʻiga inglizcha nom berilishi mumkin. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy qarshi olingach, Kun.uz bogʻ maʼmuriyati bilan bogʻlandi. Maʼlum boʻlishicha, bogʻ endilikda Gʻafur Gʻulom nomidagi Dream Park yoki “Orzular bogʻi” deb ataladi.

Kun.uz bogʻ nomining yangilanishi masalasiga aniqlik kiritish uchun bogʻ maʼmuriyatiga murojaat qildi. Bogʻ direktori oʻrinbosari Zafar Mirzaulugʻovning aytishicha, “bogʻ nomi oʻzgarmaydi” va Gʻafur Gʻulom nomi saqlanib qoladi. Faqat yoniga Dream Park soʻzi qoʻshiladi.

“Orzular bogʻi” degan soʻz qoʻshilib, Gʻafur Gʻulom nomidagi Dream Park yoki “Orzular bogʻi” deb ataladi. Nom masalasida bizda juda koʻp variant bor edi. Masalan, Gʻafur Gʻulom yoniga “Shum bola” soʻzini ham qoʻshmoqchi boʻldik. Rahbariyat Dream Park nomini tanladi”, – dedi bogʻ direktori oʻrinbosari.

Menimcha, Dream Park yoki “Orzular bogʻi” deyish shart emas. “Orzular bogʻi” deyish yetarli. Mutasaddilar jamoatchilik fikriga eʼtibor qaratadi degan umiddaman.

Toʻliq:
👉 https://kun.uz/00566962

@oriftolib
👍46😢3
Monitor, displey, ekran va tachskrin: farqi nimada?

Bu atamalarni sinonim sifatida ishlatish koʻp uchraydi. Aslida ular bir-biridan farq qiladi.

Monitor – vizual axborotni aks ettirishga xizmat qiluvchi elektron qurilma. U mustaqil ishlay oladi. Uni bir qurilmadan, masalan, kompyuterdan uzib, boshqa qurilmaga ulash mumkin.

Displey ham vizual axborotni aks ettiradi. Biroq u qurilmaning bir qismi xolos. Oʻzi mustaqil ishlamaydi. Alohida holatda qurilmaning detali sanaladi. Masalan, mobil qurilmalar, kalkulyatorlar, elektron soatlar, murakkab elektron dastgohlar displey bilan jihozlangan. Monitorlarda ham displey bor.

Ekran – vizual axborot aks etadigan hudud, sath. Kinoteatr sahnasidagi tasvir koʻrinadigan joy ham ekran sanaladi. Monitor va displey ham ekranga ega. Bunda tasvir hosil qilishda qatnashuvchi qoʻshimcha qism va jihozlar ekran sanalmaydi.

Tachskrin yoki sensorli ekran – teginish orqali axborot kiritishga xizmat qiluvchi qurilma. U monitor yoki displeyning teskarisi, qurilmadan maʼlumot chiqarishga emas, unga maʼlumot kiritishga xizmat qiladi. Baʼzi monitor va displeylar sensorli ekranga ega. Aytgancha, men sensor telefonlarni siypaloq deb atayman 😄. Balki, oʻzbekchada unga boshqa soddaroq ot topsa boʻlar.

@oriftolib
👍16🔥3
Qay biri toʻgʻri?

Hammayoq ... boʻlib ketdi.
Anonymous Quiz
11%
Algʻov-dolgʻov
79%
Algʻov-dalgʻov
10%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍25💯14🔥5
Imlo lugʻatining zoʻri: ham tekin, ham elektron

Mendan baʼzida u yoki bu soʻzning qanday yozilishini soʻrab turishadi. Lugʻatdan koʻrsa boʻlmaydimi, deysizmi? Buning uchun avvalo lugʻatning oʻziga ega boʻlish kerak-da.

Lugʻat masalasida elektronlarini afzal koʻraman. Soʻzni tez va oson topa olasiz. Yaqinda taniqli jurnalist Shuhrat Shokirjonov ikkita foydali saytni tavsiya qilib qoldi. Tekshirib koʻrdim. Ayniqsa, elektron imlo lugʻati zoʻr ekan. Soʻzlarni ham kiril, ham lotinda tekshira olarkansiz. Soʻzning qaysi turkumga oidligi, boʻgʻinlarga boʻlinishini ham koʻrish mumkin.

Xullas:

👉 IMLO.UZ – Oʻzbek tilining onlayn imlo lugʻati. Sayt bazasida jami 87 105 ta soʻz bor.

👉 LOTIN.UZ – Matnni ikki alifboga oʻzaro oʻgirib beradigan onlayn servis.

Maza qilib foydalaninglar va sayt yaratuvchilarining keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilab, duo qilib qoʻyinglar.

@oriftolib
👍27🔥12
Qoʻlga qalam olaylik!

Nagoya universiteti professori Alisher Umirdinov Kun.uz uchun yozgan maqolasida Oʻzbekistondagi ilmiy kitoblar yetishmovchiligi haqida fikr yuritibdi. Erinmay oʻqib chiqing, juda dolzarb mulohazalar bildirilgan.

Haqiqatan, oʻz sohasini toʻkis biladigan har bir mutaxassis buni boshqalarga oʻrgatish, kitob yozish, videodars tayyorlash harakatida boʻlishi kerak. Bu – farzandlarimiz, kelajak avlod oldidagi burch.

Muallif yozadi:

Yaponlarning bu darajaga yetishi ortida nima turadi, bilasizmi? Bunga koʻp faktorlar taʼsir qilgan boʻlsa-da, bir jihatni alohida aytish kerak – yapon olimlari dunyoda mavjud ilmni oʻrganib, keyin bu ilmni oʻz davlatlariga kitob yozish orqali tashib keltirishgan.

Oqibatda bir kun kelib ilmning deyarli xohlagan sohasini yapon tilida yozilgan kitoblar orqali oʻrganish imkoni paydo boʻldi. Dunyoda qaysi sohada yangi tendensiya paydo boʻlsa, yapon olimlari yo oʻsha sohada kitob yozib millatiga tanishtiradi, yoki biror oʻzga tilda yozilgan kitobni tezda yapon tiliga oʻgiradi.

Yaponiya va uning xalqi mana shunday – ilmga toʻyingan holda ildamlaydi. Va ulardan Nobel mukofoti sohiblari chiqadi.

***
Shaxsiy rivojlanish va marketingga oid kitoblarni chop etish va oʻqish yaxshi, ammo mamlakatning asl muvaffaqiyatini iqtisod, fizika, tarix, siyosat, geografiya, biologiya, kimyo va hokazo ilmlarni oʻrganish taʼminlaydi. Bu sohalarni xalqimizga oson tushuntirib beradigan katta va kichik kitoblar taqchilligi – kundek ravshan.

***
Kitob yozish uchun hammada ham PhD tituli yoki universitet diplomi boʻlishi shart emas. Oʻzini mutaxassis hisoblagan barcha kitob yoza oladi.

Toʻliq:
👉 https://kun.uz/76669744

@oriftolib
👍33🔥3
Orif Tolib
​Gʻafur Gʻulom bogʻining nomi oʻzgarayotgani boʻyicha izoh berildi Chilonzor tumanidagi istirohat bogʻiga inglizcha nom berilishi mumkin. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy qarshi olingach, Kun.uz bogʻ maʼmuriyati bilan bogʻlandi. Maʼlum boʻlishicha…
Fikrimiz inobatga olinganidan mamnunmiz

Chilonzor tumani hokimligi axborot xizmati Gʻafur Gʻulom bogʻining nomi oʻzgargani boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan eʼtirozlarga munosabat eʼlon qildi.

Chilonzor tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi B. Rasulov bergan maʼlumotlarga koʻra, bogʻning nomlanishiga rasman oʻzgartirish kiritilmagan.

“Albatta, bu borada jamoatchilik fikri ham eʼtiborga olinadi. Bogʻ oldin atalgan nomi Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ boʻlib qoladi”, degan Botir Rasulov.

Bu masala boʻyicha bildirgan eʼtirozlarimiz inobatga olinganidan, bogʻ nomi ajnabiylashtirilmaganidan mamnunmiz.

@oriftolib
👍53💯3
Qay biri toʻgʻri?

Oldinlari ... degan koʻrsatuv boʻlardi.
Anonymous Quiz
39%
“Ohanrabo”
61%
“Ohangrabo”
👍35🤨4🔥1
Qay biri toʻgʻri?

Ming qargʻaga bir ...
Anonymous Quiz
81%
Kesak
19%
Kessak
👍20💯6🔥2🤨1
“Namoz” soʻzi haqida

Musulmonlarning kunda besh mahal oʻqiydigan ibodatining ismi namozdir. Ushbu soʻz bizga forscha orqali kirib kelgan.

Bu soʻz oʻrta forschada ayni maʼnoni bildiruvchi namaç yoki namâz soʻzidan kelib chiqqan. “Avesto” tilida nəmah – ibodat soʻzi bilan ayni negizdandir. Sanskritchada esa námas- / namaskar bilan aynidir.

Namoz bilan bogʻliq soʻzlar:

namozxon
namozgoh
namozxona
benamoz
namozsiz
namozlik
joynamoz
namozshomgul
namozgar
(namozi digar – odatda peshin namozidan keyingi namozlar uchun qoʻllanadi)

Undan tashqari Namozbek, Namozboy, Namozxon kabi atoqli ismlarda ham uchraydi.

“Shevashunos”dan

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Namoz” soʻzining oʻzbekchasi
🔹 “Juma” soʻzining maʼnosi
🔹 Tarovih va qadr kechasi
🔹 “Ramazon” nima degani, “roʻza”-chi? Ramazonga oid soʻzlarning lugʻaviy maʼnosi

@oriftolib
👍41💯4
Qay biri toʻgʻri?

________________, qop-qora, semiz kishi ogʻir yurib, davraga chiqdi. N. Aminov, “Qahqaha”.
Anonymous Quiz
48%
Gʻoʻlaburdan kelgan
52%
Gʻoʻlabirdan kelgan
👍26😢12🤨4🔥3😱1💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
35%
Besh nafar bolalar
65%
Besh nafar bola
💯32👍23🔥1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
32%
Subʼektiv
68%
Subyektiv
💯35👍20🤨5🔥2
Emigrant va relokant: oʻzbekchasi bormi?

Emigratsiya – boshqa mamlakatga iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy sabablarga koʻra doimiy yashash maqsadida koʻchishdir. Emigrant esa shu maqsadda koʻchgan kishi. Bu ikki soʻz oʻrnini bosuvchi atamalar oʻzbek tilida shu paytgacha qoʻllanib kelgan: muhojirlik va muhojir. Izohli lugʻatga koʻra, muhojir oʻzi fuqaro boʻlib turgan yoki doimiy yashayotgan mamlakatini tashlab, boshqa davlatga doimiy yashash uchun joʻnab ketuvchi kishidir.

Relokatsiya esa yashash yoki ish joyini oʻzgartirishdir. Masalan, bir shaharda tadbirkorlik qiluvchi shaxs oʻz biznesini boshqa joyga koʻchirsa, relokatsiya qilgan boʻladi. Yoki kompaniyalar oʻz malakali xodimlarini boshqa filiallariga joʻnatsa, ular relokantlarga aylanadi. Relokatsiyani oʻzbekchada joy oʻzgartirish, relokantni esa koʻchma ishchi deb atash mumkin.

Urush sababli Rossiyadan koʻchib kelayotgan kishilarni relokantlar deb atash urfga kirdi. Yuqoridagi sharhdan bu soʻz ularga u qadar mos emasligi koʻrinib turibdi. Chunki keluvchilarning koʻpi ish joyini oʻzgartirishni emas, nomaqbul sharoit va muhitdan qochishni maqsad qilgan. Ularni shunchaki xorijliklar yoki qoʻnoqlar deb atagan maʼqul.

@oriftolib
👍39
Tilimizni bilamizmi: doʻppi kiygan soʻzlar – gʻirt oʻzbekcha boʻlib ketgan 15 ta oʻzlashma

Baʼzi doʻstlarning mehr-oqibatini koʻrib ham hayron qolasiz, ham havas qilasiz: tugʻishgan, qondoshdan koʻra yaqinroqqa oʻxshaydi. Aslini surishtirsangiz, bir-biriga yetti yot begona. Tilda ham shunga oʻxshash hodisa bor. Chetdan kelgan soʻz tilga singishib ketadi, oʻz soʻzimizga aylanadi. Oʻsha tilning egasi boʻla turib, uning oʻzlashma ekani – ajnabiy tildan kirganini koʻpda farqlayvermaymiz.

Oldinroq “Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida rus tilidan kirgan ana shunday 15 ta soʻz haqida maʼlumot bergandim. Bugun boshqa chet tillaridan kirgan va tilimizga “qoni qoʻshilib ketgan” 15 ta soʻzni sharhladim:

🔹 Antiqa va osori atiqa
🔹 Bambuk – daraxtsimon oʻsimlik
🔹 Baxshi – qadim soʻz
🔹 Dakki – hindistonlik
🔹 Daftar va qalam – asli yunoncha
🔹 Javon – “taxtali rom” degani
🔹 Zumrad va Esmeralda – egizaklar
🔹 Iqlim – yetti iqlim kezgan soʻz
🔹 Kalish milliy kiyim emas
🔹 Kamzul – el kezgan soʻz
🔹 Qaysar – aslida kishi nomi
🔹 Qandil: shamdan chiroqqa
🔹 Nomus – qonunga bogʻliq
🔹 Obuna – yozilish, imzo chekish
🔹 Sandiq – sandiq toʻla tarix

#Doʻppi_kiygan_soʻzlar

Toʻliq:
👉 https://bit.ly/3sP6KEW

@oriftolib
🔥16🤨11👍8😱1