Rasul Hamzatov sheʼrlari rusiyzabon oʻquvchiga, rus tili orqali boshqa tilli kitobxonlarga yetib borishi va shuhrat qozonishida katta hissa qoʻshgan tarjimon va shoir Yakov Kozlovskiy.
Bir gal Rasul Hamzatov shoir Yakov Kozlovskiy haqida shunday degan edi:
“U tarjima qilgan sheʼrlarni avar tiliga qayta oʻgirsam, oʻzimnikidan koʻra yaxshiroq chiqadi”.
Bu gapda shoirona lutf, shu bilan birga haqiqat ham bor, menimcha.
@oriftolib

👍8🔥4💯1
Naum Grebnev (1921–1988)
Rus shoiri va tarjimoni. Uning tarjimalarida 150 dan ortiq kitob chop etilgan. Shoir ruschaga yigirmadan ortiq tildan oʻgira olgan. Asosan, Sharq va Kavkazning mumtoz shoirlari, xalq ogʻzaki ijodi namunalarini tarjima qilgan. Oʻzbek adabiyotidan Ogahiy, Turdi Farogʻiy, Uvaysiy, Maxmur, Furqat, Hamza Hakimzoda kabi shoirlar sheʼrlarini, xalq qoʻshiqlari va laparlarini ruschalashtirgan.
Tarjimalari orasida Rasul Hamzatov asarlari ayniqsa diqqatga molik. Grebnev Ikkinchi jahon urushidan soʻng Moskvadagi Adabiyot institutiga kiradi va Hamzatov bilan birga oʻqiydi. Shu davr ularning doʻstligi va hamkorligiga tamal toshini qoʻyadi.
Naum Grebnev tarjimasidagi “Turnalar” sheʼri Rossiya xalq artisti Mark Bernes (1911–1969) ijrosida 1969-yili ilk bora yangraydi va u misli koʻrilmagan dovruq qozonadi.

🔥5👍3
Rasul HAMZATOV
***
Olis yurt safarin tugatib qaytdim,
Oʻgʻli halok boʻlgan onalar dilgir
Soʻradilar: “Bolam, musofir payting
Biror yurtdoshingga koʻzing tushgandir?”
Men esa yolgʻonni toʻqidim shitob:
“Ha, bir vatandoshga, rosti, duch keldim”.
Onalar jim qotdi. Har biri shu tob
U mening bolam deb oʻyladi, bildim.
Orif Tolib tarjimasi

👍8😢8🔥6
🔥9👍4
Toʻgʻri va haq yoʻldan yurgan kishining qadam bosishi arslon yurishidan ham mahobatliroq, haybatliroqdir.
Mahmud Zamaxshariy
@oriftolib
Mahmud Zamaxshariy
@oriftolib
🔥7👍4
Rasul HAMZATOV
***
Tiriklarga tegma, tegma, shuhrat-shon,
Sen hali bilmaysan insonning sirin.
Gohida oʻldirib qoʻyasan, ishon,
Hatto eng kuchlisi, eng yaxshilarin.
Asli, oʻliklarga keraksan, bilsang,
Ularga xalaqit bermaysan, ishon.
Aksincha, olovli nafasing bilan
Ularga qaytadan baxsh etasan jon.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
Tiriklarga tegma, tegma, shuhrat-shon,
Sen hali bilmaysan insonning sirin.
Gohida oʻldirib qoʻyasan, ishon,
Hatto eng kuchlisi, eng yaxshilarin.
Asli, oʻliklarga keraksan, bilsang,
Ularga xalaqit bermaysan, ishon.
Aksincha, olovli nafasing bilan
Ularga qaytadan baxsh etasan jon.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
🔥9👍4💯1
Rasul HAMZATOV
***
Sheʼriyat, kuchliga xizmatkormassan,
Mudom mazlumlarni qilding himoya.
Panohsiz qolganga tashlading soya,
Zolimga haq soʻzni aytding qoʻrqmasdan.
Sheʼriyat, biz senga qilamiz havas,
Kuchlilar koʻziga tik boqding, bardam.
Shu sabab judayam goʻzal boʻlsang ham,
Seni kelinchakka oʻxshatib boʻlmas.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
Sheʼriyat, kuchliga xizmatkormassan,
Mudom mazlumlarni qilding himoya.
Panohsiz qolganga tashlading soya,
Zolimga haq soʻzni aytding qoʻrqmasdan.
Sheʼriyat, biz senga qilamiz havas,
Kuchlilar koʻziga tik boqding, bardam.
Shu sabab judayam goʻzal boʻlsang ham,
Seni kelinchakka oʻxshatib boʻlmas.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
👍6🔥4
Rasul HAMZATOV
***
Derazam ortida yomgʻir shovqini,
Momaqaldiroqning qahqahli uni.
Koʻnglimda tuygʻular qorishar hozir:
Iztirob va shodlik, sevgi va qahr.
Dardlarim joylayman qoʻshiqlarga va
Shodlikni doʻstlarga qilaman sovgʻa.
Sevgim odamlarga tortiq boʻladi,
Qahrim esa bir oʻzimga qoladi.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib
***
Derazam ortida yomgʻir shovqini,
Momaqaldiroqning qahqahli uni.
Koʻnglimda tuygʻular qorishar hozir:
Iztirob va shodlik, sevgi va qahr.
Dardlarim joylayman qoʻshiqlarga va
Shodlikni doʻstlarga qilaman sovgʻa.
Sevgim odamlarga tortiq boʻladi,
Qahrim esa bir oʻzimga qoladi.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib
🔥6👍3
Obidov Narzullo aka 37 yoshda. Nogiron. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida yashaydi. Oilali, 8 yoshli oʻgʻlichasi bor. U kishini shaxsan taniyman.
Oʻsmirlik davrida ogʻir kasallikka chalingan. Revmotologik poliatrit. Boʻgʻin kasalligi shu paytgacha qiynab keladi.
Sabr va gʻayrati, tirishqoqligi bilan Islom universitetini bitirdi. Doimiy davolanish, dori-darmonlar bilan yashab kasallik bilan kurashib keladi. Irodasi koʻpchilikka namuna.
1 yil oldin jiddiy jarrohlik amaliyotidan keyin 2 ta tos suyagini, 2 ta tizza suyaklari-boʻgʻinlariga endoprotez qoʻydirdi. Xarajatlar juda qimmat. Tanishlar, qarindoshlari doim yordam beradi.
Lekin, afsuski, bu yil boshida bitta tizzasidagi protezi infeksiya tushib olib tashlandi. Tinimsiz dori ichish esa mart oyida bitta buyrakni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlashga sabab boʻldi...
Erkak kishiga kasal boʻlib yotib qolish ogʻir narsa, Alloh asrasin.
Tizzasiga endoprotez qoʻydirish uchun 16000$ mablagʻ kerak ekan. Hozircha 6000$ atrofida mablagʻ yigʻilibdi. Yaxshilardan, saxovatli insonlardan umid qilib yordam soʻrayapti.
Narzullo aka bir necha yillar Toshkentda arab tili maktabida arab tilidan bolalarga dars berib keldi. Sogʻligi ogʻirlashgach, ishni davom ettira olmadi. Keyin jiyanining Matizini nogironlarga moslashtirib taksichilik qilmoqchi boʻldi... Koʻp oʻtmay bunga ham yaramay qoldi. Xullas, ehson va yordamga haqli kishi.
Yashash manzili: Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, Sh. Burhonov koʻchasi, 2a-uy, 11-xonadon.
Telefon raqami: +998 99 477 61 09.
Xoh moddiy, xoh maʼnaviy yordam berganlarga Alloh ajru savoblarni koʻpaytirib bersin!
Agar moddiy yordamga imkoningiz boʻlmasa, afsuslanmang. Duo qiling. Koʻpning duosi, gʻoyibdan qilingan duo ijobat boʻladi, inshoolloh. Narzullo akaga Yaratganning oʻzi shifo bersin.

👍3🔥2
Rasul HAMZATOV
***
Mening qoʻshnilarim – mohir zargarlar
Bola tasavvurim qoldirib hayron
Mohak toshin ishga solar edi va
Sof oltinni misdan farqlardi oson.
Ey zukko oʻquvchim, qarzdorman sendan,
Asl sheʼriyatga oʻzingsan posbon.
Men ham mohak toshing – nazaring bilan
Suʼniy misralarni farqladim oson.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
Mening qoʻshnilarim – mohir zargarlar
Bola tasavvurim qoldirib hayron
Mohak toshin ishga solar edi va
Sof oltinni misdan farqlardi oson.
Ey zukko oʻquvchim, qarzdorman sendan,
Asl sheʼriyatga oʻzingsan posbon.
Men ham mohak toshing – nazaring bilan
Suʼniy misralarni farqladim oson.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
👍5🔥4
Rasul Hamzatov
***
Juda gʻalati-da nasiba, taqdir,
Tole ham bemavrid kuladi gohi.
Yeyishga goʻsht koʻp-u, tishim yoʻq hozir,
Atala ichgandim tishim bor chogʻi.

🔥9👍3
Yuziga qarama, fazilatiga qara
“Devonu lugʻatit turk” maqollaridan
Azgulukni suv azaqinda kemish bashinda tila – Xalqqa yaxshilik qil, uni suv tagiga tashlasang-da, suv ustida koʻrasan. Boshqa maʼnosi – ovqat-nonni daryo tagiga tashlasang ham, ustida topasan.
Barigʻ oʻtru tutsa, yoʻqqa sanmas – Dasturxonga boringni qoʻysang, mehmon yoʻqqa sanamas.
Tilin tugmishni tishin yazmas – Til bilan tugilganni tish bilan yechib boʻlmaydi.
Soʻkushub urushur, oʻrta toʻn titishur – Soʻkishdan urishish boshlanadi. Oʻrtada toʻn yirtiladi.
Ikki bugʻra ikashur, oʻtra koʻgakun yanchilur – Ikki aygʻir olishadi, oralarida soʻna halok boʻladi.
Kuch aldin kirsa, toʻru tungluktan chiqar – Zulm eshikdan kirsa, insof tuynukdan chiqadi.
Evlik toʻygʻursa, koʻzi yoʻlqa boʻlur – Uy egasi mehmonni toʻydirsa, mehmon ketishga otlanib, koʻzi yoʻlda boʻladi.
Kichikda qatigʻlansa, ulgʻazu sevnur – Yoshlikda tirishib harakat qilgan odam ulgʻaygach sevinadi.
Bip qargʻa bipla qish kelmas – Bir qargʻa bilan qish kelmaydi.
Tutushmagincha tuzulmas, tubirmagincha achilmas – Urushmaguncha, qarshilashmaguncha yarash boʻlmaydi, shamol qoʻzgʻolmaguncha havo ochilmaydi.
Elik tutgʻincha oʻt tut – Kafil boʻlgandan olovni ushlagan yaxshidir. Chunki kafil boʻlgan kishi soʻng attang qiladi.
Evak evga tegmas – Shoshgan kishi uyiga yeta olmaydi.
Kuz keligi yazin belkoʻrar – Kuzning kelishi yozda maʼlum boʻladi.
Koʻkka sagʻursa, yuzga tushur – Osmonga tupursa, yuzga tushar.
Mush yaqriqa tegishmas, ayur: “Kishi nengi yarashmas” – Mushuk mixga osilgan yogʻga yetolmay: “Birovning moli yarashmaydi”, deydi.
Erdamsizdan qut chertilir – Odobsiz kishidan baxt va davlat ketadi.
Tagʻ tagʻqa qavushmas, kishi kishiga qavushur – Togʻ togʻ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi.
Tevey silkinsa, eshakka yoʻk chiqar – Tuya silkinsa, undan bir eshakning yuki chiqadi.
Yugʻurqanda ortuq ayaq kusulsa ushiyur – Odam oyogʻini koʻrpasidan ortiq uzatsa, oyogʻi uvishadi, sovuq qotadi.
Taygʻan yugurganni tilku sevmas – Yugurik tozini tulki sevmaydi.
Evak singak sutka tushur – Shoshqaloq pashsha sutga tushadi.
Tatsiz turk boʻlmas, bashsiz boʻrk boʻlmas – Boshsiz boʻrk boʻlmagani kabi forssiz turk boʻlmaydi.
Yuzga koʻrma, erdam tila – Yuziga qarama, fazilatiga qara.
Tikmagincha unmas, tilamagincha boʻlmas – Ekilmaguncha hosil unmaydi, maqsad esa ketidan yurib istalmaguncha qoʻlga kirmaydi.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 12-sonida chop etilgan.

🔥4👍2😎1
Rasul Hamzatov
***
“Ayting menga, ayting, eng jirkanch kimdir?”
“Titrab-qaqshab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
“Ayting-chi, undan-da jirkanchroq kimdir?”
“Sukut saqlab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
“Ayting menga, ayting, eng jirkanch kimdir?”
“Titrab-qaqshab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
“Ayting-chi, undan-da jirkanchroq kimdir?”
“Sukut saqlab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
🔥5👍3
• Ahmoq baliqning dushmani baliqchi emas, xoʻrak.
• Xo-xolab kulgan ahmoqni uzoqdan taniysan.
• Bir paytda uxlash va qorovullik qilishning iloji yoʻq.
• Vijdoning pok boʻlsa, par toʻshakda yotganday uxlaysan.
• Gunohkor odam koʻp gapiradi.
• Yolgʻonchi aftidan maʼlum.
• Yoʻlga tushding, yarim yoʻlni bosib oʻtding.
• Koʻngil tortgan joyga oyoq tortadi.
Ispan xalq maqollaridan

🔥8👍6
Irodaga kuch beradigan asarlar
Oʻquvchilik yillarimda “Shkid Respublikasi” degan kitob oʻqigandim. Mualliflari – Grigoriy Beliy va Leonid Panteleyev. Unda tarbiyasi ogʻir bolalar va ularning oʻz hayot yoʻllarini qanday topganlari haqida hikoya qilinadi. Mualliflarning oʻzi shunday maxsus maktab-internatlarda taʼlim olgan. Kitob menda juda katta taassurot qoldirgan.
Shu maqolachani yozish jarayonida Vikipediyadan oʻqib bildim, asar qogʻozga tushganda Beliy yigirma yoshga qadam qoʻygan, Panteleyev oʻn sakkiz yoshda boʻlgan ekan. Kitob 1927-yilda nashr etiladi va katta shuhrat qozonadi. 1935-yili Grigoriy Beliy aksilinqilobiy faoliyatda ayblanib, uch yilga hukm qilinadi va 1938-yili surgunda sildan vafot etadi. Shundan soʻng asar qayta nashr etilmay qoʻyadi.
Sovetlar eng isteʼdodlari farzandlaridan ana shunday dushman yasab, ularni jismonan mahv etdi. Aslida, oʻzini, kelajagini, kuchini mahv etdi.
Shunday qilib, bu qissa 1960-yillargacha qayta bosilmaydi. 1966-yilda esa Gennadiy Poloka rejissyorligida ekranlashtiriladi. Ushbu asar 2013-yili rossiyalik oʻquvchilar oʻqishi uchun tavsiya etilgan 100 kitob qatoriga kiritildi.
Mashhur pedagog va yozuvchi Anton Makarenkoning “Pedagogik poema” asari ham xuddi shunday katta taʼsir koʻrsatgandi menga. Unda ham tarbiyasi ogʻir bolalar qanday qilib kasb-hunarli, bilimli bolalarga aylangani hikoya qiladi. Bu kitob ham “Shkid Respublikasi” singari real voqealarga asoslangan. Mutolaa jarayonida insonning ulugʻ qalbi, mahorati, bolalarga mehr-shafqati qanaqa kuchga ega ekaniga yana bir karra amin boʻlasiz.
Yuqoridagi asarlar sovet davri hayoti haqida, nuqsi sezilib turadi. Lekin katta mahorat bilan yozilgan. Ulardan bugungi kun oʻquvchisi ham juda koʻp ibrat olishi mumkin.
Bu asarlarni eslashimga hozirgina koʻrgan filmim – “Ron Klark qissasi” (ruschasi – “Triumf: Istoriya Rona Klarka”, asliyatda – “The Ron Clark Story”) sabab boʻldi. Bosh qahramon chekka qishloqdagi maktabni tashlab, Nyu Yorkka yoʻl oladi. Qoloq bir maktabda tarbiyasiz oʻquvchilarni “odam qilish”ga urinadi. Bu yoʻlda katta qiyinchiliklarga, izzat-nafsi toptalishiga bardosh beradi va oxir-oqibat niyatiga erishadi. Film barcha uchun, xususan oʻqituvchilikning zahmatkash yoʻlini tanlaganlar uchun ham, ota-onalar uchun ham birday ibrat boʻla oladi, deb oʻylayman.
Maqolaga nuqta qoʻyish oldidan, uznetdan oʻzbekcha maʼlumot qidirgandim, bir eʼtiborli sahifaga koʻzim tushdi. Xushnudbek Xudoyberdiyev 2014-yili “Mashhur pedagog Ron Klarkning oʻz oʻquvchilari uchun ishlab chiqqan 55 qoidasi”ni oʻzbekchaga oʻgirgan ekan. Unda film haqida ham eslab oʻtilgan, yozilishicha, film oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, telekanallarimizda namoyish etilgan ekan.
Odamga kuch-gʻayrat va ilhom beradigan, shijoatini oshiradigan ana shunday kitoblarni koʻproq oʻqib, filmlarni koʻrib turish kerak. Ular juda koʻp. Biografik filmlarning aksariyati shunday – ibratli. Masalan, Uyill Smit boʻlajak millioner Kris Gardner rolini oʻynagan “Baxt ortidan quvib” (The Pursuit of Happyness) filmi bunga mumtoz misol boʻla oladi.
Yuqorida tilga olingan badiiy va kino asarlarni sizga ham tavsiya etaman.

🔥9👍5
Ramazon
Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.
Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.
Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.
Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.
Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.
Orif Tolib
2011
@oriftolib
Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.
Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.
Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.
Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.
Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.
Orif Tolib
2011
@oriftolib
🔥9👍2
Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan maqola 2011-yili yozilgan. Oʻshanda Ramazon avji jaziramaga toʻgʻri kelgandi. Bunday holat yana toʻrt-besh yillar davom etdi. Lekin shunda ham moʻmin-musulmonlar ixlos va sabot bilan roʻza tutishgan.
Bu yil ob-havo ancha moʻʼtadil, bu bir qadar yengillik beradi. Biroq baribir roʻzaning foydali mashaqqati, irodani toblovchi, koʻngilni yumshatuvchi qiyinchiliklari bor.
Alloh taolo barcha roʻzadorlarning roʻzasini qabul qilsin.

🔥4👍1
Xolis niyat bilan
Hovuri bosilib qolgan yoz Ramazon boshlanishi bilan yana avjiga mindi. Havo non yopishga tayyor tandirday qizib, jamiki jonzot oʻzini panaga urdi. Tosh yoʻllar olisroqdan yalt-yult etib, suvga oʻxshab koʻrinadi. Oynaday jimirlayotgan suv yaqinlashganing sari uzoqlashadi. Uning oʻrnida qup-quruq, qaynoq dam urayotgan tosh yoʻl boʻladi, xolos. Bunday kunlarda tutilgan roʻza har doimgidan ogʻirroq kechadi. Kishidan katta kuch-chidam talab etadi. Yozning xuddi shunday issiq jaziramasini boshqa payt u qadar his etmagan tana endi holsizlikdan sillasi quriydi, toliqadi. Tomoq qaqrab, koʻz tinadi. Qaniydi, biror salqin-soyada uxlab olsang. Afsuski, uyqu ham kelmaydi. Hammasini sezib, anglab boshdan kechirish kerak.
Tashqariga chiqib qolgan baliqqa oʻxshab ogʻzimizni kappa-kappa ochib nafas olamiz, lekin quruqshagan havo ichimizga yana oʻt olib kiradi. Chanqogʻini qondirish uchun ketma-ket shoʻr suv ichayotgan odamga mengzaymiz. Har xil ermak topishga, vaqt oʻtkazishga urinamiz. Tobora sekinlashib ketayotgan vaqtni, uning ogʻir-vazmin qadamlarini eshitganday boʻlamiz. Vaqtga qoʻshilib yuragimiz ham odim otadi, faqat u juda tez yuradi: gup-gup, gup-gup… Biroq hali iftorgacha ancha bor. Zabtiga olayotgan kun ham, mayda qadam vaqt ham biz bilan hisoblashmaydi. Ammo ruhimiz baland, yuragimizdagi komil ishonch baquvvat iroda baxsh etib turibdi. Saharlikda qilgan duomiz esa tonggi shabada kabi tiniq bir kayfiyat ulashadi: “Bugungi Ramazon roʻzasini tongdan kun botguncha xolis Alloh taolo uchun tutishni niyat qildim”.
Odatda, yaxshilik qilgan kishi yengil tortadi, ichki sevinchni tuyadi, anchagacha oʻzidan mamnun yuradi. Chunki u Alloh yoʻlida xolis xizmat qildi. Bunday odamga ana shu ichki qoniqishdan ortiqroq lazzat yoʻq. Xolis niyat bilan ogʻiz boylagan roʻzador ham shunday lazzatni his etadi, natijada unda qanoat, sabr-bardosh oʻzidan-oʻzi shakllanadi.
Inson unutuvchan, unutishga moyil. Hatto unutishga haqqi yoʻq narsalarni ham esdan chiqarishi mumkin. Roʻza biz unutib qoʻygan yo unutayozgan narsalarni yana-tagʻin koʻz oʻngimizga keltiradi. Yashashimizni taʼmin etayotgan neʼmatlarning qadriga yetamiz. Iftorlik payti koʻzimizga dasturxondagi turfa xil yeguliklar emas, faqat suv koʻrinar ekan, hayot manbai, eng aziz neʼmat xuddi ana shu suv ekanini chuqur anglaymiz. Suv haqidagi dono gaplar, goʻzal shiorlarni tez-tez eshitib turamiz-u, lekin ularning mazmun-mohiyatini hozirgidagidek aniq-tiniq tushunmaymiz. Baʼzida soatga ketma-ket qarab, daqiqalarni sanay boshlaganimizda vaqt oltinga tengligini fahmlaymiz. Vujudimiz toliqib, darmonimiz quriganda naqadar ojizligimizni, Yaratganning lutfu marhamatiga qanchalar muhtojligimizni sezamiz. Baʼzan oʻzini butun dunyoni zabt etishga, agʻdar-toʻntar qilib yuborishga qodir hisoblaydigan odamzod naqadar gʻarib va notavon ekanini oʻylab qolamiz. Ha, Ramazon ana shunday beqiyos saboq oyidir!
Iqrorlarimiz, anglaganlarimiz va tavbalarimiz sabab oʻzimiz sezgan-sezmagan holda ruhimiz tozaradi, vujudimiz madorsizlansa-da, imonimiz kuch-quvvatga toʻladi. Iftor oldidan duo qilarkanmiz, nur-rahmatga tashna koʻnglimiz ezgu ishonch bilan qonadi: “Yo, Alloh, Senga imon keltirib, Senga tavakkul qilib, Sen uchun roʻza tutdim. Sen bergan rizq bilan roʻzamni ochdim. Ey gunohlarni kechiruvchi Zot! Mening barcha gunohlarimni kechir!”
Omin!

🔥4👍2
Nonsiz uyda hamma javraydi, lekin hech kim haq boʻlmaydi.
Odamlar yashagani uchun emas, yashamagani uchun tez qariydilar.
Oqib ketgan suvlar tegirmonni aylantirmaydi.
Pul bor uyda faqat bitta gʻaznachi boʻlishi kerak.
Portugal xalq maqollaridan

Ustoz yozuvchi Tohir Malik vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
2016-yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida “Yoshlik” jurnali jamoasi bilan sobiq bosh muharrirlarni ziyorat qilgan edik.
Tohir Malik domla bilan samimiy suhbat boʻlgan, u kishi nashr adadini oshirish, savodli materiallarni koʻpaytirish boʻyicha qimmatli maslahatlarini bergan, oʻz tajribalaridan qiziqarli misollarni keltirgandilar. Ustoz adib fotomuxbirlik qilgani ham aytib, oʻzlarining jonajon “Zenit” fotoapparatini erinmay olib chiqqan, ishlashini tushuntirgan edilar. Har birimiz ogʻirgina apparatni qoʻlga olib, qiziqsinib koʻzdan kechirgan edik.
Oʻsha suhbatda domla tilimiz, adabiyotimiz jonkuyari, yoshlarga xayrixoh maʼrifatparvar sifatida taassurot qoldirgan menda.
Ustoz adibimizni Alloh rahmatiga olgan boʻlsin.