Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Murabbiy – tarbiyachi demak

Murabbiy
arab tilidan olingan, tarbiya soʻzi bilan oʻzakdosh. Oʻzbek tilida tarbiyachi, rahnamo, sport treneri kabi maʼnolarda ishlatiladi:

Murabbiy – bola qalbida nish ura boshlagan umid gʻunchalarining mehribon sohibidir.
R. Usmonov, “Odobnoma”.

Xosiyatxon faqat Naziraning ustozigina emas, qanchadan-qancha qiz-juvonlarning murabbiysi.
Y. Shukurov, “Margʻilon goʻzali”.

U oʻz jamosi bilan juda koʻp sovrinlarni qoʻlga kirita olgan murabbiydir.

Mamlakatimizda eng yaxshi murabbiylar uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni taʼsis etilgan.

@oriftolib
👍11😢2💯2
👍17🔥1
Mudarris – dars beruvchi

Mudarris soʻzi arab tilidan kirgan. Dars, madrasa soʻzlari bilan oʻzakdosh. Madrasada dars beruvchi kishini, madrasa oʻqituvchisini bildiradi. Hozir ham diniy taʼlim muassasalari, jumladan, madrasa muallimlari mudarris deb ataladi. Bu soʻz oldinlari tilda faol qoʻllangan:

Katta amakisi Buxoroning “Xoʻja Porso” madrasasining mudarrisi boʻlib, Abdurahmon shu kishining tarbiyasiga kelgan edi.
A. Qodiriy, “Mehrobdan chayon”.

@oriftolib
👍16🔥2
Atigi yo atiga?

Atigi
soʻzini atiga shaklida yozish koʻp uchraydi. Albatta, bu xato. Nega? Chunki bunday soʻz yoʻq.

Atigi ravishi hammasi boʻlib, bor-yoʻgʻi, nihoyati, faqatgina maʼnolarini anglatadi:

Atigi uch yil ilgari filologiya fakultetini bitirgan edi.
O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv.

Atigi uch kun muhlat berilgan esa-da, hayʼat aʼzolari qariyb ikki hafta chop-chop qilib ham topshiriqni uddalay olmadi.
“Yoshlik”.

📌 Demak:

Atigi
Atiga

@oriftolib
👍32🔥2😱2
Pedagog – qadim atama

Bu soʻzning ildizi qadimgi yunon tilidagi paydagogos iborasiga borib taqaladi. Bola yetaklovchi maʼnosiga ega bu atama dastlab bolaga ilk taʼlimni beruvchi va unga gʻamxoʻrlik qiluvchi qullarga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi Afinada bola yetti yoshga yetgach, pedagog tarbiyasiga berilgan. U bolaning savodini chiqargan. Jismoniy va ruhiy xavf-xatarlardan himoya qilish ham pedagog zimmasiga yuklatilgan. Pedagog bolani maktabgacha kuzatish va olib kelish, hamisha uning yonida boʻlish majburiyatini olgan.

Pedagog soʻzi pediatr soʻzi bilan “qarindosh”. Pediatr bolalar salomatligi boʻyicha mutaxassisdir.

Pedagog soʻzi dastlab lotin tiliga, undan fransuz tiliga oʻtgan. XVIII asrda rus tiliga kirib kelgan va keyinchalik oʻzbekchaga oʻzlashgan.

Hozirgi oʻzbek tilida pedagog soʻzi pedagogika sohasi mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va oʻqitish bilan shugʻullanuvchi, shu soha boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxs, oʻqituvchini anglatadi:

Pedagogning vazifasi yuksak, murakkab va oliyjanobdir.
“Fan va turmush”.

@oriftolib
👍25😢2
Qay biri toʻgʻri?

Saxovatli, qoʻli ochiq – ...
Anonymous Quiz
9%
Hatamtoy
86%
Hotamtoy
4%
Hotamtoʻy
👍43💯3😱1🤨1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
88%
Miloddan oldingi
12%
Meloddan oldingi
👍22💯8🔥3🤨3
👍28🤨24🔥1💯1
Tyutor – murabbiy demak

Tilimizda oxirgi bir yil ichida paydo boʻlgan bu atama talabalarning maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi mutaxassisni anglatadi.

Tyutor – inglizcha soʻz. Ingliz tiliga lotin tilidan qadimgi fransuz tili orqali oʻtgan. Taxminlarga koʻra, bu soʻzning ildizi sanskrit tiliga borib taqalishi mumkin.

Tyutor zamonaviy ingliz tilida ustoz, murabbiy, xususiy taʼlim bilan shugʻullanuvchi mutaxassis maʼnolarida qoʻllanadi.

Oʻzbek tilida oliy taʼlim muassasasi xodimini anglatadi. U talabalarning qiziqishlari, darsdan keyingi mashgʻulotlari, yashash sharoitlari kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Bu mazmunni oʻzbek tilida shu paytgacha qoʻllanib kelayotgan murabbiy soʻzi bemalol bera oladi. Fikrimcha, tilimizda tayyor soʻz turgan paytda yana yangi atama qidirish mutlaqo ortiqcha.

@oriftolib
👍30💯5
Forwarded from IT taʼlim
Yangi avlod ona tili darsliklari haqida “mif”lar

“MA’RIFAT” gazetasining 2022-yil 19-oktabr kungi ona tilimizga bag‘ishlangan maxsus sonida Komil Jalilovning “Yangi avlod ona tili darsliklari haqida "mif"lar" nomli maqolasi chop etildi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
👍9💯3
Oktyabrning 19-kuni. Kamoliddin hovlida sarpoychan yurgan edi.

Jumladagi “sarpoychan” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
21%
Yasangan, sarpo kiygan holatda
32%
Yupqa, yupun kiyimda
47%
Paypoqsiz, yalang oyoqda
👍40💯13🤨8😢5
Forwarded from Behzodbek Abdurasulov
Birovning cho'ntagidagi pul hammaga qizig'-a?

HBS izlanuvchilari yaqinda katta bir bankning xodimlari orasida tadqiqot o'tkazishibdi. Tadqiqotning maqsadlaridan biri - boshliqlarning qancha pul topishini bilish xodimlarning ishchanligiga qanday ta'sir o'tkazishini o'rganishdan iborat.

Tadqiqotchilar bankdagi 2060 ta xodimdan menejerlar qancha topishi borasida taxminlarini so'ragan. Taxminlar olingach, ularning yarmiga ixtiyoriy 5 ta menejerning maoshlari haqida signallar ma'lum qilingan. Yarmiga esa bunday axborot berilmagan.

Bir o'q bilan ikki-uchta quyonni urish maqsadida xodimlardan o'zlari bilan deyarli bir darajadagi hamkasblarining maoshi qanchaligini taxmin qilish ham so'ralgan. Taxminlar olingach, ularning yarmiga haqiqiy maoshlar haqida signallar berilgan.

Ya'ni so'rovnomadan so'ng xodimlarning yarmi o'z taxminlarining qanchalik to'g'riligi haqida ayrim axborotga ega bo'lgan, yarmi esa yo'q.

So'rovnomadan 90 kun o'tib, ularning ish faoliyati o'rganib chiqilgan. Natijalarga ko'ra, xodim boshliqlarning qancha topishini bilishi uning ishchanligiga ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Boshqacha aytganda, menejerning oyligi xodim taxmin qilganidan 10% ga balandroq bo'lishi uning ishchanligini 1,5% ga oshirarkan. (Bu faqat xodimdan 1-2 pog'ona yuqori turadigan menejerlarning maoshiga tegishli. Ya'ni xodim karyera imkoniyatini chamalab ko'radi va qattiqroq ishlaydi)

Endi ikkinchi masala - xodimlar o'zlari bilan teng darajadagi hamkasbining oyligini bilishi ham uning ishchanligiga ta'sir o'tkazadi. Farqi shuki - ta'sirning yo'nalishi "minus". Ya'ni, agar xodim o'z hamkasbining oyligi o'zi taxmin qilganidan baland ekanini bilsa, uning ishchanligi kamayadi. Raqamlar bilan aytadigan bo'lsak, hamkasbning haqiqiy maoshi boshlang'ich taxmindan 10% yuqori bo'lsa, xodimning ishchanligi 9.4% ga kamayar ekan. Bu yetmagandek, xodimlarning ishdan bo'shab ketish ehtimolini ham oshirar ekan.

Xullas, hurmatli boshliqlar, 1-2 pog'ona quyi mansabdagi xodimlaringizga oyligiz qanchaligini shipshitib qo'ysangiz bo'laveradi.
👍18🔥5🤨4💯1
Qay biri toʻgʻri?

Eski radioni ... oʻtirardi.
Anonymous Quiz
53%
Chuqalab
29%
Chuqilab
18%
Chuqulab
🤨49😱21👍16🔥3💯3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Jinsi shim
29%
Djinsi shim
👍21😱11🔥7😢4
Professor – xalq oʻqituvchisi

Professor soʻzi lotinchada ommaviy oʻqituvchi, xalq oʻqituvchisi degan maʼnoni anglatadi. Uning oʻzagi profiteri – ochiq aytmoq, eʼlon qilmoq, oshkor gapirmoq feʼliga borib taqaladi.

Professor oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi yuksak malakali ilmiy xodimlarning ilmiy unvoni yoki lavozimidir. Dastlab XVI asrda Oksford universitetida rasmiy maqom sifatida tatbiq etilgan.

Professor soʻzi oʻzbek tiliga rus tilidan oʻtgan. Rus tiliga XVII–XVIII asrlarda nemis tilidan kirgan.

Birinchi oʻzbek professori Abdurauf Fitratdir. U 1926-yili ana shu ilmiy unvonga ega boʻlgan.

@oriftolib
👍34😱2😢2🤨2
Oʻzbek bogʻiga oʻzbekcha nom yarashmaydimi?

Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻning “ismi sharifi” oʻzgaryapti ekan. Yuz mingdan ortiq oʻzbekcha soʻz ichidan shu bogʻga munosib nom topilmabdi. Oʻzbekcha nom qoʻysa, yarashmaydi yo zamonaviy koʻrinmaydi deb oʻylashgandir, balki. Inglizchalab Dream Park desa modern toʻking boʻladi-da, a? Hech qursa, “Orzular bogʻi” de, “Orzu” bogʻi de. Yoʻq, albatta, ajnabiy ot qoʻyilishi kerak.

Oʻzi hammayoq shunaqa xorijiy nomlarga toʻlib ketyapti. Hech boʻlmasa, ommaviy maskanlarga oʻzbekcha ot qoʻyinglar, baraka topkurlar.

Sizningcha, bu bogʻga qanday nom bergan maʼqul? Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

@oriftolib
👍92🤨16😢10🔥6💯6
🫰 Anchadan beri yaxshi siyosiy kanal tavsiya qilaman deb yurgan edim

Sizga siyosiy maydondagi soʻnggi xabarlar, xolis maqolalar, statistikalar va siyosiy tahlillar kerak boʻlsa, Politico’ga ulaning.

Siyosatni tushunish uchun siyosatshunoslikda oʻqish shart emas. Yaxshi siyosiy kanalni kuzatib borishning oʻzi yetarli!

Ulanish:
👉 @GeoPolitico
👍15
Gʻafur Gʻulom bogʻining nomi oʻzgarayotgani boʻyicha izoh berildi

Chilonzor tumanidagi istirohat bogʻiga inglizcha nom berilishi mumkin. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy qarshi olingach, Kun.uz bogʻ maʼmuriyati bilan bogʻlandi. Maʼlum boʻlishicha, bogʻ endilikda Gʻafur Gʻulom nomidagi Dream Park yoki “Orzular bogʻi” deb ataladi.

Kun.uz bogʻ nomining yangilanishi masalasiga aniqlik kiritish uchun bogʻ maʼmuriyatiga murojaat qildi. Bogʻ direktori oʻrinbosari Zafar Mirzaulugʻovning aytishicha, “bogʻ nomi oʻzgarmaydi” va Gʻafur Gʻulom nomi saqlanib qoladi. Faqat yoniga Dream Park soʻzi qoʻshiladi.

“Orzular bogʻi” degan soʻz qoʻshilib, Gʻafur Gʻulom nomidagi Dream Park yoki “Orzular bogʻi” deb ataladi. Nom masalasida bizda juda koʻp variant bor edi. Masalan, Gʻafur Gʻulom yoniga “Shum bola” soʻzini ham qoʻshmoqchi boʻldik. Rahbariyat Dream Park nomini tanladi”, – dedi bogʻ direktori oʻrinbosari.

Menimcha, Dream Park yoki “Orzular bogʻi” deyish shart emas. “Orzular bogʻi” deyish yetarli. Mutasaddilar jamoatchilik fikriga eʼtibor qaratadi degan umiddaman.

Toʻliq:
👉 https://kun.uz/00566962

@oriftolib
👍46😢3
Monitor, displey, ekran va tachskrin: farqi nimada?

Bu atamalarni sinonim sifatida ishlatish koʻp uchraydi. Aslida ular bir-biridan farq qiladi.

Monitor – vizual axborotni aks ettirishga xizmat qiluvchi elektron qurilma. U mustaqil ishlay oladi. Uni bir qurilmadan, masalan, kompyuterdan uzib, boshqa qurilmaga ulash mumkin.

Displey ham vizual axborotni aks ettiradi. Biroq u qurilmaning bir qismi xolos. Oʻzi mustaqil ishlamaydi. Alohida holatda qurilmaning detali sanaladi. Masalan, mobil qurilmalar, kalkulyatorlar, elektron soatlar, murakkab elektron dastgohlar displey bilan jihozlangan. Monitorlarda ham displey bor.

Ekran – vizual axborot aks etadigan hudud, sath. Kinoteatr sahnasidagi tasvir koʻrinadigan joy ham ekran sanaladi. Monitor va displey ham ekranga ega. Bunda tasvir hosil qilishda qatnashuvchi qoʻshimcha qism va jihozlar ekran sanalmaydi.

Tachskrin yoki sensorli ekran – teginish orqali axborot kiritishga xizmat qiluvchi qurilma. U monitor yoki displeyning teskarisi, qurilmadan maʼlumot chiqarishga emas, unga maʼlumot kiritishga xizmat qiladi. Baʼzi monitor va displeylar sensorli ekranga ega. Aytgancha, men sensor telefonlarni siypaloq deb atayman 😄. Balki, oʻzbekchada unga boshqa soddaroq ot topsa boʻlar.

@oriftolib
👍16🔥3
Qay biri toʻgʻri?

Hammayoq ... boʻlib ketdi.
Anonymous Quiz
11%
Algʻov-dolgʻov
79%
Algʻov-dalgʻov
10%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍25💯14🔥5