Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
“Barq urmoq” iborasi qanday maʼnoda qoʻllanadi?
Anonymous Quiz
11%
Yashin urib, jarohatlamoq
37%
Oʻsmoq, boʻy choʻzmoq
51%
Yashnamoq, jilolanmoq
👍34😱6🔥4💯3
Texnik xato va imloviy xatoning farqi nimada?

Koʻpchilik texnik xato va imloviy xatoni farqlay olmaydi.

Soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

Suiisteʼmol soʻzini suyisteʼmol, suiistemol, suisteʼmol, suistemol, susteʼmol, sustemol kabi yozib qoʻysangiz, bu – imloviy xato. Yaʼni siz soʻzning qanday yozilishi toʻgʻri boʻlishini bilmaysiz. Qilgan xatolaringiz inson ehtimoliy qilishi mumkin boʻlgan imloviy xatolardir:

Suyisteʼmol deb yozganingizda yonma-yon kelgan unlilarning yozilishi bilmagan boʻlasiz.

Suisteʼmol yozsangiz, bu soʻzning ikki i bilan yozilishini bilmagan boʻlasiz.

Suiistemol yozsangiz, tutuq belgisi haqida bilimlaringiz yetarli emasdek tuyuladi.

Susteʼmol deb yozsangiz, aytilishi va yozilishida farq qiluvchi soʻzlar borasida bilimingiz kam, deyish mumkin.

Endi shu soʻzni suiisteʼmlo, suiistʼemol, siusteʼmol kabi yozsangiz yoki duiisteʼmol, suiisteʼnol kabi bir harfni boshqasiga almashtirib yozsangiz, bular imloviy emas, texnik xato boʻladi. Bir harfni boshqasiga almashtirib qoʻyishda oʻsha harf oʻzgarishi butunlay boshqa maʼnoni beradigan soʻz paydo boʻlishiga sabab boʻlmasligiga diqqat qilish kerak.

Texnik xatoni shunday tushuntirish mumkin: bunday xato qilgan odam imloni biladi, lekin qandaydir eʼtiborsizlik, shoshilish yoki boshqa sabab bilan shunga yoʻl qoʻygan boʻladi. Texnik xatoni toʻgʻri tushunish kerak deb oʻylayman. Har holda hammamiz odammiz – xato qilamiz.

Kitoblarda ham texnik xato boʻlsa, muharrir yoki musahhihni boʻralatib soʻkmayman (ichimda), imlo xatolarni esa kechirmaslik kerak deb oʻylayman.

Shokir Tursun
Manba

@oriftolib
👍45🔥1
“Ilvasin” nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
22%
Yovvoyi qushlar
43%
Yirtqich hayvonlar
34%
Sudralib yuruvchilar
👍17🔥8😱7😢5💯1
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” – bu soʻzlarning asl maʼnosi nima?

Taʼlim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar bir necha nomlar bilan ataladi. Ularning kelib chiqishi, etimologiyasi turlicha, albatta. “Daryo” internet nashrida ana shunday soʻzlarning baʼzilari haqida maʼlumot berdim.

👉 https://bit.ly/3rq7506

@oriftolib
👍13🔥1
Ustoz – usta degani

Ustoz
soʻzi tilimizga forschadan oʻtgan. U usta soʻzi bilan oʻzakdosh. Asliyatda muallim, usta maʼnolari ishlatiladigan bu soʻz oʻzbekchada ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Kasb, hunar, ilm va shu kabilarni oʻrgatuvchi; oʻqituvchi, muallim.

Ustozidan saboq olgan, auditoriyalarda boʻladigan bahslar va jiddiy mashgʻulotlarda qatnashgan talaba boʻshagan zahoti ikkinchi uyi – yotoqxonaga shoshiladi.
Gazetadan.

2️⃣ Yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, tarbiyalovchi, murabbiy; rahnamo, oʻqituvchi, muallim.

Shunday qilib, kitobni koʻtarib, ming istihola bilan ustoz Mirtemirga yaqinlashdim.
Gazetadan.

Bu soʻz ustod shaklida ham qoʻllanadi, lekin bu shakl hozir eskirgan.

@oriftolib
👍28🔥1
👍26😱8🤨2
Muallim – ilm beruvchi

Muallim soʻzi arab tilidan olingan, ilm, taʼlim, olim soʻzlari bilan oʻzakdosh. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Dars beruvchi kishi; oʻqituvchi, pedagog: matematika muallimi, musiqa muallimi, universitet muallimi.

Fiqhdan taʼlim beruvchi muallimning maoshi 300 dirhamni tashkil etgan.

“Fan va turmush”.

2️⃣ Taʼlim beruvchi, birovga biror narsa oʻrgatuvchi kishi; ustod, ustoz.

Bugun muallim soʻzi jonli tilda kam qoʻllanadi. Ogʻzaki uslubda malim shaklida ishlatish uchraydi.

@oriftolib
👍10😱2
👍27😢3💯1
Kichiklarga hazilu istehzo oʻqin otmoq – ulugʻlik obroʻsin bekorga sotmoq va zillatu xorlik gʻuboriga botmoqdir.

Abdurahmon JOMIY

Darhaqiqat, kichiklar bilan oʻzaro hazillashib, mazaxlashib yuradigan odam kamida ular bilan oʻzini teng tutadi, kichiklarning kulgi va yerga urishlariga duch kelib, ulugʻligi va obroʻsini toʻkadi.

@oriftolib
👍45💯4🤔3
Guruchning maydasi – ...
Anonymous Quiz
65%
Oqshoq
25%
Oqishoq
10%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍19🤔14🔥1💯1
Domla – katta oʻqituvchi

Domla soʻzining etimologiyasi haqida turli qarashlar bor. Soʻzning toʻliq shakli – domulla. Xalq tilida ana shu toʻliq shakli ham ishlatilib turadi. Izohli lugʻatga koʻra, fors va hind tillaridagi soʻzlardan hosil boʻlgan dodo va arabcha mulla soʻzlari birikishidan hosil boʻlgan. Dodo – ota, katta; mulla esa oʻqimishli, taqvodor odam maʼnosiga ega. Yaʼni domulla – katta oʻqituvchi, bosh muallim.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, bu soʻz eski maktablarda oʻgʻil bolalarga taʼlim-tarbiya bergan ziyolilar; masjid imom-xatiblari; oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida dars beruvchilar; biror sohada obroʻ-eʼtibor qozongan, ilgʻor dunyoqarashi, eʼtiqodi va boshqa fazilatlari bilan oʻzgalarga oʻrnak boʻladigan kishilarga nisbatan ishlatiladi.

@oriftolib
👍27🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
48%
Shahdam
52%
Shaxdam
👍36💯5
👍26🔥3
Oʻqituvchi – sof oʻzbekcha atama

Oʻqituvchi soʻzi domla, muallim, ustoz, murabbiy kabi soʻzlar qatorida sof oʻzbekcha ekani bilan ajralib turadi. U fan, tarbiya asoslaridan birini oʻqitadigan, dars beradigan kishini anglatadi.

Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida, maktablarda dars beradigan mutaxassislarning rasmiy lavozimi ham aynan oʻqituvchilikdir:

Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi unga “sendan yaxshi sportchi chiqadi”, degan.
Oʻ. Hoshimov, “Qalbingga quloq sol”.

@oriftolib
👍23🤨4
“Baholi qudrat” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
70%
Qoʻldan kelgancha
25%
Bor kuchi bilan
5%
Istar-istamay
👍10💯1
“Gʻoʻch” nima degani?

#Soʻragan_edingiz

Gʻoʻch soʻzi Xorazm shevasiga xos. Mard, botir maʼnosida qoʻllanadi. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, xalq ogʻzaki ijodida bu soʻz tez-tez koʻzga tashlanadi.

Izohli lugʻatdagi misollar ham xorazmlik mualliflarning asarlaridan olingan ekan:

Osilgan kim?
– Qiyotlik gʻoʻch yigit.

J. Sharipov, Xorazm.

Qiz bolaning sochidan anqigan hid bilan gʻoʻch yigitning bilagida toshgan ter hidi...
E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq.

Gʻoʻchchi ismli yoki Gʻoʻchchiyev familiyali kishilarga duch kelgan yoki shu ism-familiyalarni eshitgan boʻlsangiz kerak. Bu soʻzlar gʻoʻch bilan oʻzakdosh-qarindosh ekani kunday ravshan. Gʻoʻchchi ismi baquvvat, nasldor qoʻchqor yoki mard, jasur, dovyurak maʼnolariga ega.

Bugungi tilimizda ishlatiladigan qoʻchqor soʻzining asl oʻzagi qoʻchdir. Gʻoʻch ana shu soʻzning tovush oʻzgarishiga uchragan shakli. “Devonu lugʻatit turk”da qoʻchqor soʻzi qoʻchingar, qoʻchngar shaklida keladi. Mahmud Koshgʻariy qoʻch soʻzini izohlar ekan, bu soʻz oʻgʻuzchaligi, asli qoʻchingar ekanini aytadi. Maʼlumot uchun: xorazmliklarning aksariyati oʻgʻuz lahjasida soʻzlashadi.

@oriftolib
👍30
“Baholi qudrat”ning qudrati kam

Baholi qudrat
birikmasini bor kuchi bilan, azmu shijoat bilan, gʻayrat qilib kabi maʼnolarda tushunish va qoʻllash uchraydi. Lekin iborada bu maʼnolar yoʻq. Qaytaga kamtarlik mazmuni yashirin. Bu ibora qudrati, qurbi yetgancha, qoʻldan kelgancha, imkoniyat darajasida maʼnolarini anglatadi:

Baholi qudrat dasturxon yozilgan.
A. Suyun, “Olis tonglar”.

U adolat va haqiqat uchun baholi qudrat kurashadi.
“Yoshlik”.

@oriftolib
👍22🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
17%
Mahalla oqsaqoli
83%
Mahalla oqsoqoli
👍22💯2
Murabbiy – tarbiyachi demak

Murabbiy
arab tilidan olingan, tarbiya soʻzi bilan oʻzakdosh. Oʻzbek tilida tarbiyachi, rahnamo, sport treneri kabi maʼnolarda ishlatiladi:

Murabbiy – bola qalbida nish ura boshlagan umid gʻunchalarining mehribon sohibidir.
R. Usmonov, “Odobnoma”.

Xosiyatxon faqat Naziraning ustozigina emas, qanchadan-qancha qiz-juvonlarning murabbiysi.
Y. Shukurov, “Margʻilon goʻzali”.

U oʻz jamosi bilan juda koʻp sovrinlarni qoʻlga kirita olgan murabbiydir.

Mamlakatimizda eng yaxshi murabbiylar uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni taʼsis etilgan.

@oriftolib
👍11😢2💯2
👍17🔥1
Mudarris – dars beruvchi

Mudarris soʻzi arab tilidan kirgan. Dars, madrasa soʻzlari bilan oʻzakdosh. Madrasada dars beruvchi kishini, madrasa oʻqituvchisini bildiradi. Hozir ham diniy taʼlim muassasalari, jumladan, madrasa muallimlari mudarris deb ataladi. Bu soʻz oldinlari tilda faol qoʻllangan:

Katta amakisi Buxoroning “Xoʻja Porso” madrasasining mudarrisi boʻlib, Abdurahmon shu kishining tarbiyasiga kelgan edi.
A. Qodiriy, “Mehrobdan chayon”.

@oriftolib
👍16🔥2