Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
👍45🤔6😢1
Forwarded from Orif Tolib
Baʼzan ismini toʻgʻri yozolmaydigan odam ham seni koʻrsavodlikda ayblashi mumkin.

#Kundalikdan

@oriftolib
👍55😢13🔥2
Chipor qanaqa rang?
Anonymous Quiz
14%
Qizgʻish
12%
Koʻkimtir
74%
Ola-bula
🔥24👍9😱3🤔2😢2
👍24🔥4💯2😱1
Akademik

SSSR vaqtida bir sanatoriyga akademik kelayotgani shov-shuv boʻlibdi. Akademiklar obroʻli va katta maosh oladigan vaqtlar ekan. Hamma derazadan qarab, akademikni koʻrgisi kelibdi.

Bir vaqt qop-qora yaltiroq “Volga” uchun sanatoriy darvozalari ochilib, qizil gilam boʻylab yoshi katta ayol va erkak ichkarilay boshlabdi. Ularni toʻgʻri oshxonaga olib kirishibdi. Mehmonlar uchun yozilgan dasturxonga hamma birga oʻtiribdi.

Yoshi katta erkakning oldiga bir yosh ayol atay kelib, oʻtiribdi. Erkak bilan suhbatga kirishib, sekin-asta koʻnglini ola boshlabdi. Shu tariqa yaqinlashib, uchrashuvlari kundan haftaga, haftadan oylarga choʻzilibdi. Erining xiyonatiga axiyri chidolmagan yoshi katta xotin erining oʻynashi bilan koʻrishishga kelibdi.

– Kechirasiz, yosh va goʻzal ayolsiz. Kasalvand, alohida parvarish kerak boʻlgan erim sizga nega kerak? Axir u muhtoj boʻlgan parvarishni hamma ayol ham koʻtara olmaydi.

– Qiziqmisiz, akademikning oyligiga uni aʼlo darajada parvarish qila oladigan kamida uchta xizmatchini yollasa boʻladi. Xizmatchini yollab, oʻzimga qarab yuraman, sizga oʻxshab qarimsiq boʻlib olmayman, – debdi juvon pisand qilmay.

Shunda yoshi katta ayol biroz sukutdan soʻng debdi:

– Toʻgʻri, lekin oilamizda akademik menman, erim emas...

Manba

@oriftolib
👍47🔥6
-guncha, -gungacha: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Shu qoʻshimchalardan soʻng vergul ishlatish koʻp uchraydi. Aslida bu qoʻshimchalar vergul talab qilmaydi. Solishtiring:

Kuzgacha ishni tugatish kerak.
Kuz
kelguncha ishni tugatish kerak.

Yuqoridagi jumlalarda ajratib koʻrsatilgan soʻzlar alohida gap emas. Ular qachongacha? degan soʻroqqa javob boʻlyapti.

Vergul ishlatish qoidalarida vergul birdan ortiq ish-harakat ifodalangan sodda gaplar, birdan ortiq kesim qatnashgan qoʻshma gaplarda qoʻllanishi aytilgan edi. Bunda ketma-ketlik, sanash maʼnolari ifodalanishi kerak. – guncha va – gacha qoʻshimchalari esa bunday maʼno hosil qilmaydi:

Osh dam yeguncha piyola necha bor qoʻldan qoʻlga oʻtdi.
S. Ayniy, Doxunda.

Ustanikida tong yorishgandan qosh qoraygungacha tinim yoʻq – dam bosish, bosqon urish, suv tashib, oʻtin yorish...
R. Fayziy, Hazrati inson.

@oriftolib
👍22🔥1
Qazisan, qartasan,
Asl zotingga tortasan.
Ushbu maqoldagi “qarta” soʻzi nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
11%
Oʻyin turi
37%
Taom nomi
52%
Qari, qartaygan
👍28🤔18😢8🔥2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
4%
Qoʻlay
90%
Qulay
6%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🔥10👍8😢2💯2
Qozogʻiston poytaxti – Ostona

Qozogʻiston boshkenti nomi Nursultonga aylangach, imlosi borasida xilmaxilliklar kuzatilgan edi. Bugun Qozogʻiston prezidenti Qosimjoʻmart Toʻqayev poytaxtga Ostona nomini qaytarish haqidagi farmonni imzoladi.

Demak, poytaxt nomini yozishdagi qiyinchiliklar ham barham topdi.

❗️ Yodda tuting: Qozogʻiston boshkenti nomi oʻzbek tilida Astana emas, Ostona shaklida yoziladi.

@oriftolib
👍54
Ishonch va nuqtayi nazar

Huquq amaldordami?

Gazetada chop etilgan shu sarlavha ostidagi maqola nima haqida boʻlishi mumkin?

A) Amaldorlarning huquqni buzayotgani haqida
B) Huquq va jamiyat haqida
C) Jamiyatdagi qonunlarning mansabdorlar orasidagi ahamiyati haqida

Yuqoridagi savolda tilga olingan maqola amaldorlarning oʻz mansabini suiisteʼmol qilib, qoʻl ostidagilarga tazyiq oʻtkazgani haqida.

Bu sarlavha tajriba ishtirokchilariga berilib, ulardan maqola nima haqida boʻlishi mumkinligi soʻralgan. Tajribada xorijiy filologiya fakultetining 1-kurs talabalari ishtirok etgan. Tajriba oldidan ishtirokchilardan ota-onasi kim boʻlib ishlashi haqida maʼlumot olingan.

Endi tanlash uchun berilgan javoblarga eʼtibor bering.

“Amaldorlarning huquqni buzayotganlari haqida” javobini otasi yoʻq, onasi tikuvchi boʻlgan qiz yozgan.

“Huquq va jamiyat haqida” javobini otasi firma direktori boʻlgan qiz yozgan.

“Jamiyatdagi qonunlarning mansabdorlar orasidagi ahamiyati haqida” javobi esa otasi kollej direktori boʻlgan qizga tegishli.

Yaʼni otalari amaldor boʻlgan qizlar maqola haqida “yaxshi gumonda” boʻlishgan.

Buni men ilmiy ishimda taassub tushunchasi bilan izohlaganman. Psixologiyada taassub (inglizcha – prejudice; ruscha – предубеждение) ong harakatining cheklanishi sifatida baholanadi. Bunda inson oʻzi qatʼiy ishongan xulosa qabul qilayotgan gapini toʻliq dekodlashga xalal beradi.

Keltirilgan misollarda otasi amaldor boʻlgan qizlar sarlavhadan anglashilib turgan tanqidiy ohangni qabul qilmagan.

Lingvist Iroda Azimova sahifasidan

@oriftolib
👍30🔥3🤔1
Shukur Xolmirzayevning “Zov ostida adashuv” nomli hikoyasi bor. “Zov” nima degani?
Anonymous Quiz
25%
Gʻor
50%
Daradagi chuqurlik
25%
Choʻqqidagi qoya
👍27🤔7🤨2😢1
“Dilovar” nima degani?
Anonymous Quiz
49%
Goʻzal
31%
Aldovchi
20%
Botir
👍26🤔7😱6💯4🔥2
Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

Ba’zi so‘zlarning asl ma’nosi boshqa, lekin biz yanglish ma’noda qo‘llashga o‘rganib qolganmiz.

“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida ana shunday so‘zlarning ba’zilarini izohladim.

👉 https://dy.uz/pITyn

@oriftolib
👍26🔥8
Dilovarlik goʻzallik emas

Dilovar
soʻzini goʻzal, chiroyli, dilbar maʼnosida tushunish uchrab turadi. Bir paytlar “dilovar oqshomlar” degan ibora juda mashhur boʻlgan edi.

Fors tilidan olingan dilovar soʻzi yurakli, qoʻrqmas, jasur, botir degan maʼnoni anglatadi:

Zaminu zamonda oʻzingsan gʻolib,
Ey mening dilovar, olovqalb ukam.
A. Oripov, “Yillar armoni”.

Dilovar soʻzi erkak va ayollarga ism sifatida ham qoʻyiladi. Lekin bu ismdagi erkaklar hozir kam uchraydi. Katta ehtimol bilan, bunga soʻzning maʼnosini yanglish tushunish sabab boʻlgan.

@oriftolib
👍41
Qazisan, qartasan, asl zotingga tortasan

Maqolning toʻgʻri maʼnosi: qazi, ayniqsa, qarta har qancha totli taom boʻlgani bilan, baribir qandaydir hidi kelib turadi.

Majoziy maʼnosi: yomondan tugʻilgan, yomonlar davrasidan chiqqan odam ming yaxshi boʻlib ketgani bilan, baribir asl zotiga tortadi. Yaʼni uning xatti-harakatida, yurish-turishida, gap-soʻzida asli-naslidagi odamlarga yoqmaydigan, ular dilini ranjitadigan oʻsha yomonlikdan qandaydir bir asorat saqlanib qoladi.

Qazisan, qartasan, axir zotingga tortasan! – dedi kampir omborni qulflayotib. – Endi jir bitdi-da! Bitta koʻylak ikkita boʻldi! Uvada, isliqi toʻn, chilvir belbogʻning xumorisi tutgandir!..
A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

“Hikmatnoma. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati” kitobi asosida tayyorlandi.

@oriftolib
👍23🔥4
“Barq urmoq” iborasi qanday maʼnoda qoʻllanadi?
Anonymous Quiz
11%
Yashin urib, jarohatlamoq
37%
Oʻsmoq, boʻy choʻzmoq
51%
Yashnamoq, jilolanmoq
👍34😱6🔥4💯3
Texnik xato va imloviy xatoning farqi nimada?

Koʻpchilik texnik xato va imloviy xatoni farqlay olmaydi.

Soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

Suiisteʼmol soʻzini suyisteʼmol, suiistemol, suisteʼmol, suistemol, susteʼmol, sustemol kabi yozib qoʻysangiz, bu – imloviy xato. Yaʼni siz soʻzning qanday yozilishi toʻgʻri boʻlishini bilmaysiz. Qilgan xatolaringiz inson ehtimoliy qilishi mumkin boʻlgan imloviy xatolardir:

Suyisteʼmol deb yozganingizda yonma-yon kelgan unlilarning yozilishi bilmagan boʻlasiz.

Suisteʼmol yozsangiz, bu soʻzning ikki i bilan yozilishini bilmagan boʻlasiz.

Suiistemol yozsangiz, tutuq belgisi haqida bilimlaringiz yetarli emasdek tuyuladi.

Susteʼmol deb yozsangiz, aytilishi va yozilishida farq qiluvchi soʻzlar borasida bilimingiz kam, deyish mumkin.

Endi shu soʻzni suiisteʼmlo, suiistʼemol, siusteʼmol kabi yozsangiz yoki duiisteʼmol, suiisteʼnol kabi bir harfni boshqasiga almashtirib yozsangiz, bular imloviy emas, texnik xato boʻladi. Bir harfni boshqasiga almashtirib qoʻyishda oʻsha harf oʻzgarishi butunlay boshqa maʼnoni beradigan soʻz paydo boʻlishiga sabab boʻlmasligiga diqqat qilish kerak.

Texnik xatoni shunday tushuntirish mumkin: bunday xato qilgan odam imloni biladi, lekin qandaydir eʼtiborsizlik, shoshilish yoki boshqa sabab bilan shunga yoʻl qoʻygan boʻladi. Texnik xatoni toʻgʻri tushunish kerak deb oʻylayman. Har holda hammamiz odammiz – xato qilamiz.

Kitoblarda ham texnik xato boʻlsa, muharrir yoki musahhihni boʻralatib soʻkmayman (ichimda), imlo xatolarni esa kechirmaslik kerak deb oʻylayman.

Shokir Tursun
Manba

@oriftolib
👍45🔥1
“Ilvasin” nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
22%
Yovvoyi qushlar
43%
Yirtqich hayvonlar
34%
Sudralib yuruvchilar
👍17🔥8😱7😢5💯1
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” – bu soʻzlarning asl maʼnosi nima?

Taʼlim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar bir necha nomlar bilan ataladi. Ularning kelib chiqishi, etimologiyasi turlicha, albatta. “Daryo” internet nashrida ana shunday soʻzlarning baʼzilari haqida maʼlumot berdim.

👉 https://bit.ly/3rq7506

@oriftolib
👍13🔥1