Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Tang qolmoq: “tang” nima degani?

Tang
soʻzi fors tilidan oʻtgan, asliyatda tor, siqiq, zich maʼnolariga ega. Oʻzbekchada ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Oraligʻi, eni, hajmi yetarlicha katta boʻlmagan; tor, chogʻ.

Tang yoʻlak.

Vaqt tang, dalada ish tigʻiz.
Oybek, Tanlangan asarlar.

2️⃣ Qutulish, hal qilish yoki iloji, davosini topish juda qiyin boʻlgan, gʻoyat ogʻir, mushkul, nochor.

Tang ahvol. Tang vaziyat. Bemorning ahvoli tang.

Ishning eng tang joyi – qum bilan shagʻalning yetishmasligida.
A. Muxtor, Tugʻilish.

Baʼzan soʻzlar iboralar tarkibida lugʻaviy maʼnosidan uzoqlashadi. Tang qolmoq (yoki qotmoq) iborasida ham tang soʻzi yuqorida sanalgan maʼnolarni anglatmaydi. Ibora butun holatda hayratda qolmoq degan maʼnoga ega:

Zulayxoning osoyishta yuziga qarab tang qoldim.
P. Qodirov, Qadrim.

“Har qalay, uygʻotay”, dedi yana ona va oʻgʻlining boshiga egildi, egildi-yu, tang qotdi.
I. Rahim, Chin muhabbat.

@oriftolib
👍31
#Kundalikdan

Birovning haqqidan qoʻrqmaydigan odamga ishonish – koʻzni yumib mashina haydashday gap. Halokati koʻp kuttirmaydi.

@oriftolib
👍50😢8😱3
“Mishiqi” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
17%
Mushukka oʻxshash
18%
Oʻgʻrilikka moyil
66%
Burni oqqan
👍37😱7💯3🔥2😢2
👍20🔥4🤔3💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
48%
Jamiki
33%
Jamiyki
18%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤔15👍14🔥2💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
Svilizatsiya
58%
Sivilizatsiya
👍24😱15🤔8🔥7😢1💯1
#Kundalikdan

“Gʻiybat qilishmas-u” deb boshlanadigan gaplarning aksariyati gʻiybat boʻladi.

@oriftolib
👍152🔥9
Qay biri toʻgʻri?

Ona yurting omon boʻlsa, ___________________ somon boʻlmas.
Anonymous Quiz
45%
Rangi roʻying
55%
Rang-u roʻying
👍21🔥15😢10💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
54%
Osori atiqa
46%
Osori-atiqa
👍29🔥6🤔5😱1💯1
😢16🤔8👍6
👍32😱5🔥4
“Tuvagi tillodan” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
66%
Oʻta boy
24%
Takabbur
10%
Saxiy
👍22🔥4😱1💯1
Forwarded from IT taʼlim
10-sinf “Biologiya” darsligida xato mavjud deya koʻrsatilgan fayllar asliga muvofiq emas

Ijtimoiy tarmoqda 10-sinf “Biologiya” darsligi deya koʻrsatilgan sahifa bir necha oy avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan darslikning ishchi fayli boʻlib, darslikning original maketida mazkur xatoliklar kuzatilmaydi.

Shu o'rinda keng jamoatchilikdan tarqatilayotgan yolg'on xabarlarga ishonib qolmasliklarini so'raymiz.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍10🔥4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Muofiq
83%
Muvofiq
5%
Muvofuq
👍21🔥5😱2💯1
👍24🔥5😱4🤔2💯1
🤔20👍11🔥5😢3
​​Charlzmi yo Karl?

Oʻta murakkab iqtisodiy tushunchalarni ham sodda tilga oʻgirib beradigan kanal bor – “Iqtisodchi kundaligi”. Shu kanal muallifi “Buyuk Britaniyaning yangi qiroli nomi oʻzbekchada Charlz shaklida berilishi kerakmi yoki Karl?” degan savolni oʻrtaga tashladi.

Haqiqatan, ruslar toʻliq ismi Charlz Filip Artur Jorj boʻlgan bu shaxsni valiahd shahzodaligida Charlz deb atagan, taxtga oʻtirgandan keyin esa Karl deb atay boshlagan.

Oʻzbekchada xorijiy nomlarni oʻzlashtirish borasida kamchiliklar koʻp. Koʻpincha rus tilidan koʻchirib qoʻya qolamiz. Rus tilida esa oʻzlashmalar imlosi nemis va fransuz tillari taʼsirida shakllangan.

Vikipediyadan solishtirib koʻrdim. Asl inglizcha varianti – Charles III. Qirol boʻlgandan keyin ismida tovush yoki imlo oʻzgarishi boʻlmagan. Turk, qozoq, qirgʻiz, ozar, tatar, moʻgʻul, kurd, urdu, fors, boshnoq, ukrain, dan, fransuz, niderland, shotland kabi tillarda asliga muvofiq yozilgan. Toʻgʻri, oz-moz tovush oʻzgarishlari bor. Lekin Charlzning turli shakllari.

Rus, ispan, portugal, italyan, venger, horvat kabi tillarda Karlning turli shakllari qoʻllangan. Nemis tilida ham Charlz, ham Karl ishlatilgan oʻrinlar bor ekan.

Xoʻsh, oʻzbekchada qanday bergan maʼqul? Men lotin tiliga moslashga asos yoʻq deb hisoblayman va qirolga aylangan shahzoda nomini Charlz shaklida beraverish tarafdoriman. Chunki asliyatdagi imlo va oʻzbekchadagi talaffuz shuni taqozo etadi.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Bermudmi yo Bermuda?
🔹 Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar
🔹 Sifatlovchili oʻzlashma soʻzlar imlosi
🔹 Oʻzbek tili ot qoʻyishdan ojizmi: tilimizning toʻrini egallayotgan chet soʻzlar
🔹 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi
🔹 H tovushli oʻzlashma soʻzlar imlosi

@oriftolib
👍21🔥5
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Suyinchi
71%
Suyunchi
9%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍22🔥5💯3😢2
Qonun, qaror, farmon va farmoyish: farqi nimada?

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Oʻzbekistonda eng asosiy qonun – Konstitutsiya.

Qaror esa davlat organi yoki mansabdor shaxsning oʻz vakolati doirasida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjatidir. Izohli lugʻat qaror soʻzini “rasmiy organ, tashkilot, majlis, mansabdor shaxs va shu kabilarning biror ish, masala yuzasidan bamaslahat qabul qilgan toʻxtami, hukmi” deb sharhlagan.

Farmon – hokimiyat oliy organi yoki davlat boshligʻining qonun kuchiga ega boʻlgan buyrugʻi, farmoyishi.

Farmoyish – boshqaruvga doir huquqiy hujjat. Konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori farmoyish shaklida chiqariladi.

📌 Demak:

Qonun – eng yuqori kuchga ega hujjat. Qaror – rasmiy organ yoki mansabdor shaxsning biror masala boʻyicha toʻxtamini ifodalovchi hujjat. Farmon – eng yuqori organ yoki davlat boshligʻining buyrugʻi. Farmoyish esa tez hal qilinishi kerak boʻlgan masalalar haqidagi farmon yoki qaror ekan.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Bosh harf bilan yozilmaydi
🔹 Qonun hujjatlari tili: “oʻzgartish”mi yoki “oʻzgartirish”
🔹 Qomus nima degani?

@oriftolib
👍29
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
48%
Daxmaza
52%
Dahmaza
🔥20👍11🤔10