Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
23%
Noʻxot
62%
Noʻxat
15%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍18🤔6🔥5💯2
Begonalashgan tabaka

Tobaki degan soʻzimiz bor. Uning qismati ajoyib. Tob oʻzak soʻzining qizitish, kuydirish maʼnolaridan kelib chiqqan toba (yassi qozoncha, biz uni tova, tava deymiz), toblanish, obu tob, tobiga keltirish singari kalimalar koʻp. Tobaki deb tobada pishirilgan yoki umuman qovurilgan taom aytiladi.

Xullas, tobaki degan soʻz “safarga chiqib”, Rossiyaga bordi va oʻris boʻlib qaytdi. Meliboy – Misha, Safarboy – Sasha, Ergashboy Erik boʻlib qaytgani kabi Tobaki degan nomini Tabaka qilib keldi. Tobada pishgan taom ekani esidan chiqdi va qovurilgan joʻjaga aylandi. Biz ham oʻzimizning “bolamiz”ni tanimay, Tabaka deb chaqiradigan boʻldik.

Erkin Vohidov

@oriftolib
👍63🔥18🤔3
🔥15👍6🤔6😱4😢3
“Obyektivka”dan voz kechiladi

Prezident kechagi majlisda: “Bundan buyon rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini oʻz koʻzi bilan koʻrib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, deya taʼkidlagan.

Shuning uchun 1 noyabrdan:

🔹 eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechilib, ilgʻor IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga oʻtiladi;

🔹 xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va koʻrsatgan natijalari asosiy mezon boʻlishi shart.

Ishga qabul qilishda soʻraladigan hujjatlarning aksariyati ortiqchaligi, obyektivkaga oʻxshash maʼlumotnomalar ish beruvchiga qiziq boʻlgan jihatlarni aks ettirmasligi haqida oldinroq yozgan edim:

👉 Ishga kirishda soʻraladigan hujjatlarning koʻpi – ortiqcha qogʻozbozlik

@oriftolib
👍24🔥6
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
16%
Shaxrixon
76%
Shahrixon
8%
Shahrihon
👍15🔥5😢3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
Parallelepiped
58%
Parallelopiped
🔥19👍11😱11💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
35%
Parallelegramm
65%
Parallelogramm
🔥19👍17😱8😢2🤨2💯1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
55%
Diagonal
21%
Diaganal
25%
Diogonal
👍35😱5🔥4💯2🤨2
👍30🔥6😢5😱2💯2
“Bilmoq” haqida bilib oling

Arabcha علم (bilmoq) soʻzidan yasalgan va oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar:

1️⃣ Ilm علم – bilmoq, bilim.

2️⃣ Olim عالم – biluvchi, bilimdon.

3️⃣ Maʼlum معلوم – bilingan, kimdir bilgan narsa.

4️⃣ Muallim معلم – bildiruvchi, bilim beruvchi.

5️⃣ Taʼlim تعليم – bilim berish, bildirish.

6️⃣ Maʼlumot معلومات – bilingan narsalar, “maʼlum”ning koʻplik shakli.

7️⃣ Alloma علامة – oʻta biluvchi.

8️⃣ Ulamo علماء – biluvchi, olim (aslida bu soʻz “olim” soʻzining koʻpligi – olimlar degani. Lekin bizga koʻplik shakli birlik maʼnoni anglatadigan soʻz boʻlib oʻzlashgan).

9️⃣ Olam عالم – bilingan, yoki bilish mumkin boʻlgan borliq.

🔟 Alam علم – bildirib turuvchi, belgi, yaʼni bayroq. “Alambardor” degani bayroqdor degani.

1️⃣1️⃣ Aʼlam أعلم – biluvchiroq. “Allohu aʼlam” iborasi Alloh biluvchiroq degani.

1️⃣2️⃣ Alomat علامة – bildirib turuvchi narsa, belgi.

Husan Xidirboyev sahifasidan olindi.

Manba

@oriftolib
👍78🔥2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
9%
Nagʻora
20%
Nogʻara
71%
Nogʻora
👍33🔥9🤔4😢1💯1
“Tang qolmoq” iborasi qanday maʼnoga ega?
Anonymous Quiz
71%
Ilojsiz qolmoq
23%
Hayratda qolmoq
6%
Gʻamga botmoq
🤔21😱10👍8🔥3💯1
“Nashʼa” nima degani?
Anonymous Quiz
32%
Narkotik modda
68%
Huzur, gasht
🔥20👍15😢11🤔7
Tang qolmoq: “tang” nima degani?

Tang
soʻzi fors tilidan oʻtgan, asliyatda tor, siqiq, zich maʼnolariga ega. Oʻzbekchada ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Oraligʻi, eni, hajmi yetarlicha katta boʻlmagan; tor, chogʻ.

Tang yoʻlak.

Vaqt tang, dalada ish tigʻiz.
Oybek, Tanlangan asarlar.

2️⃣ Qutulish, hal qilish yoki iloji, davosini topish juda qiyin boʻlgan, gʻoyat ogʻir, mushkul, nochor.

Tang ahvol. Tang vaziyat. Bemorning ahvoli tang.

Ishning eng tang joyi – qum bilan shagʻalning yetishmasligida.
A. Muxtor, Tugʻilish.

Baʼzan soʻzlar iboralar tarkibida lugʻaviy maʼnosidan uzoqlashadi. Tang qolmoq (yoki qotmoq) iborasida ham tang soʻzi yuqorida sanalgan maʼnolarni anglatmaydi. Ibora butun holatda hayratda qolmoq degan maʼnoga ega:

Zulayxoning osoyishta yuziga qarab tang qoldim.
P. Qodirov, Qadrim.

“Har qalay, uygʻotay”, dedi yana ona va oʻgʻlining boshiga egildi, egildi-yu, tang qotdi.
I. Rahim, Chin muhabbat.

@oriftolib
👍31
#Kundalikdan

Birovning haqqidan qoʻrqmaydigan odamga ishonish – koʻzni yumib mashina haydashday gap. Halokati koʻp kuttirmaydi.

@oriftolib
👍50😢8😱3
“Mishiqi” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
17%
Mushukka oʻxshash
18%
Oʻgʻrilikka moyil
66%
Burni oqqan
👍37😱7💯3🔥2😢2
👍20🔥4🤔3💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
48%
Jamiki
33%
Jamiyki
18%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤔15👍14🔥2💯2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
Svilizatsiya
58%
Sivilizatsiya
👍24😱15🤔8🔥7😢1💯1
#Kundalikdan

“Gʻiybat qilishmas-u” deb boshlanadigan gaplarning aksariyati gʻiybat boʻladi.

@oriftolib
👍152🔥9
Qay biri toʻgʻri?

Ona yurting omon boʻlsa, ___________________ somon boʻlmas.
Anonymous Quiz
44%
Rangi roʻying
56%
Rang-u roʻying
👍21🔥15😢10💯1