Tilning ham joni bor
Biz hayvonot olami vakillarining joni borligini toʻla his qilamiz-u, nabotot olami vakillarining ham joni mavjudligini unchalik sezmaganday boʻlib yuramiz. Holbuki, oʻsimlik tugul, hatto, tuproqning ham joni bor.
Bu gaplarga-ku koʻndingiz. Lekin agar: “Tilning ham joni bor”, desam, ishonarmikinsiz?
Mana, 55 yildirki, nonim ham, suvim ham ‒ soʻz. Birinchi maqolam 1967-yili bosilib chiqqan-da.
Tajribamdan kelib chiqib aytay: tilning ham shunday nozikdan-nozik joni ‒ borki!..
Lekin, biroq, ammo ‒ maʼnodosh soʻzlar. Yaʼni ular oʻzaro sinonim. Buni hamma biladi. Bordi-yu, esa ishlatilsa, bu uch soʻzning hech biriga ehtiyoj qolmasligini, yaʼni vazifadoshlik nuqtai nazaridan u aynan ana shu uch soʻzga sinonim boʻlishini faqat tilning jonini dil-dildan his qilganlargina biladi.
Yana bir bor ishonchingiz komil boʻlishi uchun misol keltiraman. Bir qarashda: “Biroq Fitrat va Choʻlpon oʻrtasidagi munosabatlarda esa, aksincha, deyarli har doim hamfikrlilik kuzatiladi” degan jumlada hamma narsa joy-joyidaday.
Ammo bu gapdagi biroq bilan esa aynan bir vazifani oʻtab kelgan. Demak, bu yerda pleonazm (soʻz yoki qoʻshimchani bir oʻrinda ortiqcha, takror ishlatish) hodisasi yuz beradi. Nima qilmoq ‒ kerak? Yo biroqdan, yo esadan voz kechib, bittasini qoldirish zarur. Boshqa yoʻl yoʻq.
Endi shu jumlani biz taklif qilayotgan ikki variantda oʻqib koʻraylik:
1️⃣ “Biroq Fitrat va Choʻlpon oʻrtasidagi munosabatlarda, aksincha, deyarli har doim hamfikrlilik kuzatiladi”.
2️⃣ “Fitrat va Choʻlpon oʻrtasidagi munosabatlarda esa, aksincha, deyarli har doim hamfikrlilik kuzatiladi”.
Bularning ikkalasi ham ‒ toʻgʻri.
Ikkalasi ham ‒ teng kuchga ega.
Sultonmurod OLIM,
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
“Hurriyat” (2022-yil 2-fevral) gazetasidan
@oriftolib

👍23🔥3🤔1
👍22🤔11😢7🔥6😱1
Xususan: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Xususan soʻzi boshqalaridan koʻra; ayniqsa degan maʼnoni anglatadi va vergul talab qiladi. Gap boshida undan keyin, gap oʻrtasida ikki tomondan vergul qoʻyish kerak:
Xususan, oʻqishning dastlabki yilida bola koʻpgina qiyinchiliklarga duch keldi.
“Fan va turmush”.
Charos, xususan, Temur portreti haqida gapirmoqchi edi.
Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

👍23
Harorat oraligʻi qanday ifodalanadi?
Oraliqlarni ifodalash ham koʻp chalkashtiradi. Jumladan, haroratni koʻrsatganda plyus va minus belgilarini qoʻllash boʻyicha xilma-xil usullar bor.
Koʻp ishlatiladigan usullar:
10–15 °C iliq ✅
10–15 °C sovuq ✅
+10 dan +15 °C gacha ✅
+10 dan +15 gradusgacha ✅
+10 gradusdan +15 gradusgacha ✅
−2 dan +10 °C gacha ✅
−2 dan +10 gradusgacha ✅
Selsiy boʻyicha −2 dan +10 gradusgacha ✅
+10...+15 °C ✅
−10...−15 °C ✅
❗️ Minus va tire ketma-ket kelib, chalkash holat paydo boʻlgani uchun mana bunday shakldan foydalanmaslikni tavsiya etaman:
−10 – −15 °C ❌
+10 – +15 °C ❌
° belgisini chiqarish uchun Windowsʼda ALT+0176 tugmalarini bosish kerak.
Maxsus minus belgisi (−)ni MS Word dasturida belgilar qatoridan topish mumkin. Lekin amaliyotda uning oʻrniga defis (-) yoki oʻrtacha tire (–) ishlatish odat tusiga kirgan.
Temperatura oʻlcham birliklari ichida Selsiy (℃), Farengeyt (toʻgʻrisi – Farenheyt, ℉) va Kelvin (K) shkalalari mashhur. Bundan boshqa shkalalar ham bor.
Selsiy boʻyicha 100 daraja haroratning Farenheyt va Kelvindagi koʻrinishi:
100 ℃ = 212 ℉ = 373,15 K
Shkalalarning barchasi olimlar nomiga qoʻyilgan va bosh harf bilan yoziladi.
🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Oʻlcham birliklari qanday yoziladi?
👉 Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi
👉 Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq
👉 Axborot miqdori oʻlchamlari
👉 Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi?
👉 Gradus belgisidan oldin boʻsh joy kerakmi yoki yoʻq?

👍19
👍22🤔14😱4🔥2😢2
👍21😢7🤔3🔥2
Shuningdek: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Shuningdek soʻzi bilan vergul ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin.
📌 Vergul kerak emas:
Agar soʻz shunga oʻxshash, shu kabi, shu singari kabi maʼnolarni anglatsa va sifat boʻlib kelsa:
Xalq shuningdek gaplar bilan yuz yoqdan... hujum qilib, hatto adabsiz soʻzlar bilan ham soʻkar edi.
A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
❗️ Lekin hozir soʻzni bu maʼnoda qoʻllash juda kam uchraydi.
📌 Vergul kerak:
Soʻz bundan tashqari, buning ustiga, shu bilan bir qatorda kabi maʼnolarni anglatsa va modal soʻz boʻlib kelsa:
– Shuningdek, rais majlisni olib borishda ham koʻpchilikka hurmatsizlik qildi... – dedi Elmurod.
P. Tursun, Oʻqituvchi.
U dovyurak, shuningdek, bilimdon kishi edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida.

👍27🤔1
#oʻzbekcha_ifodalang
“Ilk parvozim” loyihasida “Temir daftar”ga kiritilgan 15 nafar ayol Buxoroga sayohatni amalga oshirdi ❌
“Ilk parvozim” loyihasida “Temir daftar”ga kiritilgan 15 nafar ayol Buxoroga sayohat qildi ✅

👍40
👍25😱11🔥3🤔2
👍23🤔9🔥3
👍22🔥5😱5🤔3
🔥24👍9🤔5😱1
👍27🔥7😱6🤔1
№ belgisi haqida
Ushbu belgi bizga rus tipografikasidan kirib kelgan. Tartib raqamini ifodalaydi.
Biror hujjatni oʻsha hujjatning oʻzida raqamlashda yoki matndan tashqarida, masalan, gazeta sonini koʻrsatishda qoʻllash oʻzbekcha uchun mantiqan toʻgʻri: № 3. Belgidan keyin boʻsh joy tashlash kerak.
❗️ Matn ichida bu belgini qoʻllashni ortiqcha deb hisoblayman:
№ 16-maktab ❌
Sababi:
1️⃣ Chiziqcha bilan -inchi maʼnosi anglashilyapti, u tartibni bildiradi. Demak, tartibni, raqamlashni bildiruvchi belgini yana bir bor qoʻllashga zarurat yoʻq.
2️⃣ Bu belgi rus tilida номер soʻzi oʻrnida ishlatiladi va jumlani qisqartirishga xizmat qiladi, oʻzbek tilida unday emas.
3️⃣ Raqamli yoki sonli soʻzi oʻzbekchada sondan keyin keladi, rus yoki ingliz tilida sondan oldin: номер 2, number 2, 2-sonli. Школа №2, school number 2, 2-sonli maktab – 2-maktab.
Ushbu belgi oldin ingliz tilida ham ishlatilgan. Lekin hozir No. qisqartmasi qoʻllanadi. Qisqartmadan keyingi nuqta qoʻyilmasligi ham mumkin. AQSHda tartib raqamini ifodalash uchun panjara belgisi – # ishlatish urf boʻlgan. Nemislar Nr. shaklidan foydalanadi. Fransuz, ispan, italyan va portugal imlolarida boshqacha belgi va qisqartmalar ishlatiladi.
№ belgisi asosan texnik xarakterdagi matnlarda uchraydi.
📌 Demak:
14-maktab, 34-uy, viloyat hokimining 52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-sonli qarori ✅
№14-maktab, №34-uy, viloyat hokimining №52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining №355-sonli qarori ❌
Koʻpincha sonli soʻzini ishlatmasa ham boʻladi. Loʻnda ifodalaganga nima yetsin:
Viloyat hokimining 52-Q/22-qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-qarori ✅

👍32
👍15😱5🤔4😢4🔥1
Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?
Turli adabiyotlarda bu soʻzlarga duch kelamiz. Ular nimani anglatadi?
Sarlavhadagi soʻzlarning isteʼmolga kirishi istilochilik davri bilan bogʻliq.
Metis – turli irqqa, masalan, yevropaliklar bilan hindularga mansub er-xotindan bunyodga kelgan avlod; duragay.
Mulat – oq tanli (yevropeoid irqiga mansub)lar va qora tanlilardan tugʻilgan avlod, nasl.
Sambo – hindular va qora tanlilar nikohidan tugʻilgan avlod.
Kreol – istilochilik davrlarida Amerika, Afrika va Osiyoda turli irq va millatlar qoʻshilishidan paydo boʻlgan avlod.
Ushbu soʻzlar hududlarga koʻra turlicha maʼno tashishi mumkin. Masalan, Oʻrta Osiyoda mongoloid va yevropeoid irqiga mansublardan tugʻilganlar metis deb ataladi.

👍25
“Ittifoqo” nima degani?
Bu soʻz asosan badiiy uslubda ishlatiladi. Asli arabcha bu soʻz kutilmaganda, tasodifan, toʻsatdan maʼnolarini anglatadi:
Ittifoqo uchrashib qoldik.
Ittifoqo bu masalaga eʼtibor qaratdi.
Bu soʻzdan soʻng koʻpincha vergul qoʻyishadi. Aslida vergul kerak emas.

👍30🔥4🤔2😱2
👍30🔥6😢1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
51%
Uzoqlarga termuldi.
30%
Uzoqlarga termildi.
18%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍11😱6
Sulola nomi qanday yoziladi?
Sulolalar nomini yozishda turli nashrlar, hatto lugʻat va ensiklopediyalarda ham xilmaxilliklar, chalkashliklar uchrab turadi.
2013-yilgi imlo lugʻati sulolalar nomini kichik harfda yozgan boʻlsa, milliy ensiklopediya baʼzan kichik, baʼzan bosh harflar bilan bergan. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?
Sulolalar nomi millat, elat, qavm nomiga oʻxshaydi va ularni kichik harf bilan yozish kerak: hoshimiylar, abbosiylar, umaviylar, temuriylar, qoraxoniylar, usmonlilar kabi.
❗️ Ammo bu soʻzlarning baʼzilari jumla ichida bosh harfda ham yozilishi mumkin. Bunda ular davlat nomini bildiradi: Abbosiylar xalifaligi, Umaviylar davlati, Temuriylar davlati, Usmonli sultonligi kabi.
📌 Demak:
Amir Temur Temuriylar davlati va temuriylar sulolasining asoschisidir. ✅
Usmon Gʻoziy Usmonlilar davlati va usmonlilar sulolasining asoschisidir. ✅

👍45🔥9