Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
👍23🤔8🔥2😱2
Xuligan

Oʻzbekchada bezori degani. Bu soʻzning kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Shulardan biriga koʻra, bu soʻz XIX asrda Londonda yashagan asli irlandiyalik Patrik Hulihan (Patrick Houlihan) ismidan kelib chiqqan. U koʻchabezorilik, oʻgʻrilik va kissavurlik bilan shugʻullangan. Muxtasar Oksford lugʻatiga koʻra, xuligan 1890 yillarda mashhur boʻlgan bir qoʻshiqdagi toʻpolonchi irland oilasi nomiga borib taqaladi.

Ushbu soʻz ilk bor 1894 yili London politsiyasi hisobotlarida paydo boʻlgan. Londonning Lambet tumanida bezorilik qiladigan bolalar toʻdasi the Hooligan Boys (Huligan bolalari), keyinroq esa OʻHooligan Boys (OʼHuligan bolalari) deya atalgan.

Keyinchalik bu soʻz turli toʻdalarga qoʻshilib, bezorilik qiladigan, lekin oʻgʻrilik qilmaydigan yigitlarga nisbatan qoʻllangan. XX asrda xuligan juda koʻp tillarga koʻchib oʻtib, baynalmilal soʻzga aylandi.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍32🔥4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Rayxon
80%
Rayhon
👍21🔥13🤔3
“Ramazon” nima degani, “roʻza”-chi? Ramazonga oid soʻzlarning lugʻaviy maʼnosi

Yurtimizda muborak Ramazon shukuhi kezyapti. Musulmonlar bu oyni sogʻinib kutadi, katta xursandchilik va toat-ibodatlar bilan oʻtkazadi. Bu oy bilan bogʻliq koʻplab soʻzlar, atamalar oʻzbek tili xazinasidan joy olgan.

“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini izohladim:

Ramazon
Roʻza
Saharlik
Iftorlik
Tarovih
Qadr kechasi
Fitr
Fidya
Arafa
Hayit

👉 https://daryo.uz/2022/04/20/tilimizni-bilamizmi-ramazon-nima-degani-roza-chi-ramazonga-oid-sozlarning-lugaviy-manosi/

@oriftolib
👍28
👍14🤔11🔥1😱1
Ramazon

Hijriy-qamariy yil hisobida toʻqqizinchi oy shunday nomlanadi. Bu oy davomida musulmonlar roʻza tutadi.

Maʼlumotlarga koʻra, bu soʻz qadim tarixga ega. Ramazon dastlab juda issiq kunlarga toʻgʻri kelgani uchun unga ramazonjuda issiq, kuydiradigan issiq deb nom berganlar. Soʻzning ana shu maʼnosidan kelib chiqib, bu oyda roʻza tutgan odamning gunohlari kuyib, yoʻq boʻladi degan fikr ham aytiladi.

@oriftolib
👍32
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
Kunpayakun boʻldi
32%
Kunpaya-kun boʻldi
👍8🤔6😱3
Shovinizm

Millatchilikning tajovuzkor shakli. Napoleon Bonapartga oʻlguday sodiq askar Nikola Shoven (Nicolas Chauvin) nomidan kelib chiqqan. U 1815 yildan soʻng, yaʼni Bonapart taxtdan ketib boʻlgach ham, sobiq imperatorga tarafdor ekanini namoyish qilib yurgan. Aytishlaricha, kambagʻalligi, mehnatga layoqatsizligi va tahqirlashlarga qaramay, Shoven oʻz xojasining ashaddiy tarafdori, uning istilochilik gʻoyalari yoqlovchisi boʻlib qolavergan. U har qanday masalada Bonapartni haq deb bilgan, u bilan hatto butun dunyoga qarshi kurashishga ham tayyor turgan.

Shoven nomi asos boʻlgan shovinizm soʻzi hozirgi kunda oʻzga millatlarni kamsitish, tahqirlash, oʻz millatini boshqa millatdan ustun qoʻyish, milliy takabburlik, milliy xudbinlik illatlarini oʻzida mujassam etgan mafkurani anglatadi.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍14🤔5🔥3
Roʻza

Forscha roʻz, yaʼni kun soʻziga -a qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan. Ildizi soʻgʻdchaga borib taqaladi. Roʻza tutgan kishi sahardan quyosh botgunga qadar, demak, butun kun davomida yeb-ichmaydi. Bu soʻz arab tilida as-savm, as-siyam deyiladi. Uning lugʻaviy maʼnosi biror narsadan oʻzini mutlaqo tiyib turishdir.

Roʻza soʻzi Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi mamlakatlar tillarida ham ishlatiladi. U rus tiliga uraza shaklida kirgan.

@oriftolib
👍20🔥6
👍18🤔9😢9😱3
Saharlik va iftorlik

Saharlik arabcha sahar soʻziga oʻzbekcha -lik qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan. Tong otmasdan, roʻza tutish vaqti boshlangunga qadar yeyiladigan ovqat va shunga belgilangan vaqtni anglatadi. Saharlik arab tilida suhur deyiladi. U sahar soʻzi bilan oʻzakdosh.

Iftor arabcha roʻza tutishni toʻxtatdi maʼnosidagi fatara feʼlidan yasalgan. Asliyatda roʻza tutishni toʻxtatish, nonushta qilish maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida roʻza kunlari shom paytida oʻtkaziladigan roʻzani ochish, ogʻiz ochish marosimini, ogʻiz ochib ovqatlanishni, mana shu paytda beriladigan ziyofat, mehmondorchilikni anglatadi.

Roʻza ochish jarayonini soʻzga -lik qoʻshimchasini qoʻshib iftorlik deb atash ham keng tarqalgan.

@oriftolib
👍33
Qay biri toʻgʻri?

Nihoyatda ozib ketgan, quruq suyak – ...
Anonymous Quiz
53%
Eti ustixoniga yopishgan.
30%
Eti ustuxoniga yopishgan.
17%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍19😱14🤔3🔥2
Dostonlarning tili – xazina

Xalq dostonlarining tili samimiy va pishiq, bilʼaks latif tashbihlar koni ekanini qahramonlar tilidan yangragan bir ogʻiz soʻz bilan anglay olamiz.

Toʻsatdan biror noxush xabar eshitgan kishiga nisbatan rang-quti oʻchdi, kapalagi uchdi, tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi iboralarini qoʻllaymiz. Ammo qoʻrquvning turfa darajasi bor va oʻta qoʻrqib ketilgan holat “Kuntugʻmish” dostonida uchraydi:

Toʻra (Kuntugʻmish) oʻn yillik oʻlikdan yomon boʻlib qoldi...

Tilimizda “sakramoq” feʼli koʻp ishlatamiz. “Sakrab oʻrnidan turdi” jumlasi qoʻqqisdan, tezda oʻrnidan sapchib turish maʼnolarida keladi. Dostonlarda bu soʻzning sachrab shakli koʻproq ishlatilgan va bu goʻzalroq maʼno boʻyoqdorligiga ega:

Bobojon, deb sachrab oʻrnidan turib,
Bobo Qambar koʻrdi Ahmad oʻgʻlondi...

Soʻzlashuvda anjom soʻzini koʻpincha uskuna, buyum koʻrinishida qoʻllaymiz. Dostonlarda esa bu soʻzning bir-biriga oʻxshamaydigan maʼno jihatlariga duch kelasiz:

Oʻqib koʻrib, qilsin yoʻlning anjomin... (“Yusuf bilan Ahmad”).

Bu oʻrinda anjom – tadorik, tayyorgarlikni ifodalasa, boshqa oʻrinlarda yarogʻ-anjom (qurol-aslaha), toʻy anjom (toʻyga kerak boʻladigan narsalar), ot-anjom (ot buyumlari) kabi maʼno shakllarini kasb etadi.

Xalq tilida falonchi quyushqondan chiqdi mazmunidagi mashhur iborani eshitgansiz. Bir qarashda “haddidan oshmoq”, “izdan chiqmoq” maʼnolarini anglatuvchi ushbu jumladagi quyushqon nima ekanini hamma ham bilavermaydi.

Quyushqon – egarning oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga birlashtiriladigan qayish. Ana shu qayish boʻshab qolsa egar oʻynab qoladi va bu ot ustidagi yoʻlovchi yoki chavandoz uchun noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Quyushqonning tarang va mahkam turishi egarning mustahkam oʻrnashishini kafolatlaydi. Iboraning maʼnisi ham shunda.

Bobur Elmurodov
maqolasidan

@oriftolib
👍20🔥3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
6%
Voqia
88%
Voqea
6%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍27🔥7😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
Pachaq
65%
Pachoq
22%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😱32👍12🤔1
Tarovih va qadr kechasi

Tarovih
– arabcha taravihu – tarviha soʻzidan, oʻzbek tiliga tovush oʻzgarishiga uchragan holda oʻtgan. Asliyatda dam olish, hordiq onlari maʼnosini anglatadi. Ibodat maʼnosida esa asliyatda ham, oʻzbek tilida ham xufton namozidan keyin oʻqiladigan sunnat namozni anglatadi. Toʻrt rakat oʻqib, ortidan dam olingani uchun bu namoz tarovih deb nomlangan.

Qadr kechasi – Ramazon oyidagi fazilatli, ming oydan afzal kecha. Arab tilidagi laylatul qadr iborasi oʻzbekchada belgilash kechasi, miqdor kechasi maʼnosini anglatadi. Qadr kechasi oʻzbek tilida laylatulqadr shaklida ham ishlatiladi.

@oriftolib
👍29🔥1
👍22😱20
Fitr

Ramazon oyi roʻzasidan keyin, shukronalik uchun beriladigan sadaqa. U iftor soʻzi bilan oʻzakdosh boʻlib, roʻza tutish tugashini, ogʻzi ochiqlikni bildiradi. Uning ehson, hadya maʼnosi ham bor.

Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadigan Ramazon hayiti yoki roʻza hayiti arab tilida Iydul fitr deb ataladi. Bunda bir oylik roʻza yakuniga yetib, ogʻzi ochiqlik boshlanadi.

@oriftolib
👍18
Qay biri toʻgʻri?

Tuproq yemirilishi – ...
Anonymous Quiz
53%
Eroziya
47%
Erroziya
👍25🤔7😱4🔥1
Fidya

Fidyaning lugʻaviy maʼnosi fido qilishdir. Shariatda maʼlum bir narsaning oʻrniga mol sarflash fidya berish deyiladi. Masalan, Ramazon oyi roʻzasini uzrli sabablar tufayli tuta olmaganlar fidya beradi.

Fidya bir kambagʻalning bir kunlik oʻrtacha tirikchiligini taʼminlaydigan ovqat miqdoridir. Uning hajmi taom yoki unga toʻgʻri keladigan pul birligida belgilanadi. Bunda har bir joyning iqtisodiy-maishiy shart-sharoitidan kelib chiqiladi.

@oriftolib
👍24
👍17🔥7😢5🤔2