Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
👍21🤔12😱6
Fartuk va galstuk

Bir qarashda maʼnosi bir-biridan ancha uzoq boʻlgan bu ikki soʻz aslida qarindosh.

Fartuk oʻzbek tilida uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Odatda kiyimni iflos qilmaslik uchun uning ustidan kiyiladigan yoki ish paytida belga bogʻlab olinadigan ish kiyimi; peshband.

2️⃣ Oʻquvchi qizlarning rasmiy maktab kiyimi ustidan kiyiladigan oq yoki qora rangdagi yengil kiyimi.

3️⃣ Soʻzlashuv tilida: etak.

Galstuk esa koʻylak yoqasi ostidan oʻtkazib, oldini tugun yoki bant qilib taqiladigan mato, yaʼni boʻyinbogʻdir.

Fartuk rus tiliga nemis tilidan polyak tili orqali XVII asrda oʻtgan. Vortuch nemischada oldga tutilgan mato, etak maʼnosini bildiradi. Vor – old, tuch – mato.

Galstuk rus tilida XVIII asrlardan qoʻllana boshlagan. U dastlab galzduk shakliga ega boʻlgan, chunki holland tilidagi halsdoek shaklidan oʻzlashgan. Biroq keyinchalik nemischa halstuch shaklidan olingan galstux shakli ommalashgan. Vaqt oʻtib, galstux galstukka oʻzgargan. Nemischa halstuch boʻyin matosi, boʻyinbogʻ degan maʼnoni anglatadi. Hals – boʻyin, tuch – mato.

Har ikki soʻz oʻzbekchaga rus tili orqali kirgan.

@oriftolib
👍17
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
19%
Janob oliylari
81%
Janobi oliylari
👍25😱4🔥2😢2
Tushunsalar, sevadilar: matbuot tilining 100 yillik oʻzgarishi

Daryo.uz nashrining “Kun matbuoti tarixi” ruknini men ham qiziqib kuzatib boryapman. Menga eng avvalo matbuot tili qiziq. Bundan 100 yo 90 yillar avval matbuot mavzulari qip-qizil propaganda boʻlsa ham, tili birmuncha shirali va xalqona ekani eʼtiborimni tortdi.

Masalan, 1932-yil 14-apreldagi “Qizil Oʻzbekiston” gazetasidan iqtibos:

«Karmana rayon Marjonxotin shoʻrosidagi “Oxunboboyev” kolxoziga Mamatov degan mushtumzoʻr ikki oʻgʻli bilan joylashib olgan. Bu sinfiy dushmanlar kolxozga zarba berayotirlar. Kolxozning 22 dona zotli qoʻylarini yoʻqotdilar. Koʻklam ishlarining gʻildiragiga tayoq tiqish uchun urinmoqdalar. Bu mushtumzoʻrlarni tezdan tozalash kerak».

Maqolaning nomi ham qiziq: “Mushtumzoʻr oʻz zotlarini kolxozga tortmoqda”.

Bugun shu matnni matbuotimiz taxminan bunday bergan boʻlardi:
«Karmana tuman Marjonxotin kengashidagi “Oxunboboyev” nomli kolxozda Mamatov ismli shaxs ikki oʻgʻli bilan istiqomat qiladi. Mazkur tinchligimizni koʻrolmaydigan, kimlarningdir nogʻorasiga oʻynovchi shaxslar kolxozga zarba berish maqsadida gʻayriqonuniy faoliyat bilan muntazam shugʻullanib kelmoqdalar. Xususan, ushbu oila jinoiy maqsadlarda oʻzaro til biriktirib kolxozning 22 bosh zotli qoʻyini gʻaraz maqsadlari yoʻlida talon-taroj qilgani aniqlandi. Hozirda ular bahorgi qishloq xoʻjalik faoliyatiga, ayniqsa, ekin-tikin ishlariga zarar yetkazish uchun tinmay harakat qilmoqdalar. Bu gʻaraz maqsadli shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish uchun masʼul tashkilotlardan zarur xatti-harakatlarni kutib qolamiz».

Sarlavhasi ham hoynahoy “Karmanada jinoiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan oila fosh etildi” tarzida boʻlarmidi...

Balki bundan ham siyqaroq boʻlardi, lekin men tusha olgan daraja shu hozircha))

Nima demoqchiman?

Til tafakkurni aks ettiruvchi oyna. Bundan 100 yillar avval matbuot tili sodda, xalqona boʻlgan. Murakkab ifodalar, qoʻshma gaplar emas, sodda, aniq ifodalar ustunlik qilgan. U paytlar “amalga oshirish”magan, shunchaki “qilishgan”, “talon-taroj qilish”magan – yoʻqotishgan, “istiqomat qilish”magan – joylashishgan, yashashgan. 30-yillardagi “Qizil Oʻzbekiston” til va uslubiyot nuqtayi nazaridan hali 1907-10 yillarda boshlangan oʻzbek jadid matbuoti tilini butkul yoʻqotmagan, uning qisman tashuvchisi edi. Balki shuning uchun ham odamlar matbuotni koʻplashib qiziqib oʻqishgan va tushunishgan. Keyin esa matbuot tili xuddi qonunchilik tilidek rasmiylashdi, qiyofasizlashdi, sovuqlashdi, xalqdan yiroqlashdi – balki bugun majburiy obunaga qaramlik sabablaridan biri shudir.

Sizni tushunmasalar – sevmaydilar!

Manba: @shahnozxon

@oriftolib
👍34
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
27%
Uydurma
52%
Uydirma
21%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍20
👍23🤔8🔥2😱2
Xuligan

Oʻzbekchada bezori degani. Bu soʻzning kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Shulardan biriga koʻra, bu soʻz XIX asrda Londonda yashagan asli irlandiyalik Patrik Hulihan (Patrick Houlihan) ismidan kelib chiqqan. U koʻchabezorilik, oʻgʻrilik va kissavurlik bilan shugʻullangan. Muxtasar Oksford lugʻatiga koʻra, xuligan 1890 yillarda mashhur boʻlgan bir qoʻshiqdagi toʻpolonchi irland oilasi nomiga borib taqaladi.

Ushbu soʻz ilk bor 1894 yili London politsiyasi hisobotlarida paydo boʻlgan. Londonning Lambet tumanida bezorilik qiladigan bolalar toʻdasi the Hooligan Boys (Huligan bolalari), keyinroq esa OʻHooligan Boys (OʼHuligan bolalari) deya atalgan.

Keyinchalik bu soʻz turli toʻdalarga qoʻshilib, bezorilik qiladigan, lekin oʻgʻrilik qilmaydigan yigitlarga nisbatan qoʻllangan. XX asrda xuligan juda koʻp tillarga koʻchib oʻtib, baynalmilal soʻzga aylandi.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍32🔥4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Rayxon
80%
Rayhon
👍21🔥13🤔3
“Ramazon” nima degani, “roʻza”-chi? Ramazonga oid soʻzlarning lugʻaviy maʼnosi

Yurtimizda muborak Ramazon shukuhi kezyapti. Musulmonlar bu oyni sogʻinib kutadi, katta xursandchilik va toat-ibodatlar bilan oʻtkazadi. Bu oy bilan bogʻliq koʻplab soʻzlar, atamalar oʻzbek tili xazinasidan joy olgan.

“Daryo” nashrining “Tilimizni bilamizmi?” ruknida ana shunday soʻzlarning baʼzilarini izohladim:

Ramazon
Roʻza
Saharlik
Iftorlik
Tarovih
Qadr kechasi
Fitr
Fidya
Arafa
Hayit

👉 https://daryo.uz/2022/04/20/tilimizni-bilamizmi-ramazon-nima-degani-roza-chi-ramazonga-oid-sozlarning-lugaviy-manosi/

@oriftolib
👍28
👍14🤔11🔥1😱1
Ramazon

Hijriy-qamariy yil hisobida toʻqqizinchi oy shunday nomlanadi. Bu oy davomida musulmonlar roʻza tutadi.

Maʼlumotlarga koʻra, bu soʻz qadim tarixga ega. Ramazon dastlab juda issiq kunlarga toʻgʻri kelgani uchun unga ramazonjuda issiq, kuydiradigan issiq deb nom berganlar. Soʻzning ana shu maʼnosidan kelib chiqib, bu oyda roʻza tutgan odamning gunohlari kuyib, yoʻq boʻladi degan fikr ham aytiladi.

@oriftolib
👍32
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
68%
Kunpayakun boʻldi
32%
Kunpaya-kun boʻldi
👍8🤔6😱3
Shovinizm

Millatchilikning tajovuzkor shakli. Napoleon Bonapartga oʻlguday sodiq askar Nikola Shoven (Nicolas Chauvin) nomidan kelib chiqqan. U 1815 yildan soʻng, yaʼni Bonapart taxtdan ketib boʻlgach ham, sobiq imperatorga tarafdor ekanini namoyish qilib yurgan. Aytishlaricha, kambagʻalligi, mehnatga layoqatsizligi va tahqirlashlarga qaramay, Shoven oʻz xojasining ashaddiy tarafdori, uning istilochilik gʻoyalari yoqlovchisi boʻlib qolavergan. U har qanday masalada Bonapartni haq deb bilgan, u bilan hatto butun dunyoga qarshi kurashishga ham tayyor turgan.

Shoven nomi asos boʻlgan shovinizm soʻzi hozirgi kunda oʻzga millatlarni kamsitish, tahqirlash, oʻz millatini boshqa millatdan ustun qoʻyish, milliy takabburlik, milliy xudbinlik illatlarini oʻzida mujassam etgan mafkurani anglatadi.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍14🤔5🔥3
Roʻza

Forscha roʻz, yaʼni kun soʻziga -a qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan. Ildizi soʻgʻdchaga borib taqaladi. Roʻza tutgan kishi sahardan quyosh botgunga qadar, demak, butun kun davomida yeb-ichmaydi. Bu soʻz arab tilida as-savm, as-siyam deyiladi. Uning lugʻaviy maʼnosi biror narsadan oʻzini mutlaqo tiyib turishdir.

Roʻza soʻzi Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi mamlakatlar tillarida ham ishlatiladi. U rus tiliga uraza shaklida kirgan.

@oriftolib
👍20🔥6
👍18🤔9😢9😱3
Saharlik va iftorlik

Saharlik arabcha sahar soʻziga oʻzbekcha -lik qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan. Tong otmasdan, roʻza tutish vaqti boshlangunga qadar yeyiladigan ovqat va shunga belgilangan vaqtni anglatadi. Saharlik arab tilida suhur deyiladi. U sahar soʻzi bilan oʻzakdosh.

Iftor arabcha roʻza tutishni toʻxtatdi maʼnosidagi fatara feʼlidan yasalgan. Asliyatda roʻza tutishni toʻxtatish, nonushta qilish maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida roʻza kunlari shom paytida oʻtkaziladigan roʻzani ochish, ogʻiz ochish marosimini, ogʻiz ochib ovqatlanishni, mana shu paytda beriladigan ziyofat, mehmondorchilikni anglatadi.

Roʻza ochish jarayonini soʻzga -lik qoʻshimchasini qoʻshib iftorlik deb atash ham keng tarqalgan.

@oriftolib
👍33
Qay biri toʻgʻri?

Nihoyatda ozib ketgan, quruq suyak – ...
Anonymous Quiz
53%
Eti ustixoniga yopishgan.
30%
Eti ustuxoniga yopishgan.
17%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍19😱14🤔3🔥2
Dostonlarning tili – xazina

Xalq dostonlarining tili samimiy va pishiq, bilʼaks latif tashbihlar koni ekanini qahramonlar tilidan yangragan bir ogʻiz soʻz bilan anglay olamiz.

Toʻsatdan biror noxush xabar eshitgan kishiga nisbatan rang-quti oʻchdi, kapalagi uchdi, tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi iboralarini qoʻllaymiz. Ammo qoʻrquvning turfa darajasi bor va oʻta qoʻrqib ketilgan holat “Kuntugʻmish” dostonida uchraydi:

Toʻra (Kuntugʻmish) oʻn yillik oʻlikdan yomon boʻlib qoldi...

Tilimizda “sakramoq” feʼli koʻp ishlatamiz. “Sakrab oʻrnidan turdi” jumlasi qoʻqqisdan, tezda oʻrnidan sapchib turish maʼnolarida keladi. Dostonlarda bu soʻzning sachrab shakli koʻproq ishlatilgan va bu goʻzalroq maʼno boʻyoqdorligiga ega:

Bobojon, deb sachrab oʻrnidan turib,
Bobo Qambar koʻrdi Ahmad oʻgʻlondi...

Soʻzlashuvda anjom soʻzini koʻpincha uskuna, buyum koʻrinishida qoʻllaymiz. Dostonlarda esa bu soʻzning bir-biriga oʻxshamaydigan maʼno jihatlariga duch kelasiz:

Oʻqib koʻrib, qilsin yoʻlning anjomin... (“Yusuf bilan Ahmad”).

Bu oʻrinda anjom – tadorik, tayyorgarlikni ifodalasa, boshqa oʻrinlarda yarogʻ-anjom (qurol-aslaha), toʻy anjom (toʻyga kerak boʻladigan narsalar), ot-anjom (ot buyumlari) kabi maʼno shakllarini kasb etadi.

Xalq tilida falonchi quyushqondan chiqdi mazmunidagi mashhur iborani eshitgansiz. Bir qarashda “haddidan oshmoq”, “izdan chiqmoq” maʼnolarini anglatuvchi ushbu jumladagi quyushqon nima ekanini hamma ham bilavermaydi.

Quyushqon – egarning oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga birlashtiriladigan qayish. Ana shu qayish boʻshab qolsa egar oʻynab qoladi va bu ot ustidagi yoʻlovchi yoki chavandoz uchun noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Quyushqonning tarang va mahkam turishi egarning mustahkam oʻrnashishini kafolatlaydi. Iboraning maʼnisi ham shunda.

Bobur Elmurodov
maqolasidan

@oriftolib
👍20🔥3
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
6%
Voqia
88%
Voqea
6%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍27🔥7😱1
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
13%
Pachaq
65%
Pachoq
22%
Ikkovi ham toʻgʻri.
😱32👍12🤔1
Tarovih va qadr kechasi

Tarovih
– arabcha taravihu – tarviha soʻzidan, oʻzbek tiliga tovush oʻzgarishiga uchragan holda oʻtgan. Asliyatda dam olish, hordiq onlari maʼnosini anglatadi. Ibodat maʼnosida esa asliyatda ham, oʻzbek tilida ham xufton namozidan keyin oʻqiladigan sunnat namozni anglatadi. Toʻrt rakat oʻqib, ortidan dam olingani uchun bu namoz tarovih deb nomlangan.

Qadr kechasi – Ramazon oyidagi fazilatli, ming oydan afzal kecha. Arab tilidagi laylatul qadr iborasi oʻzbekchada belgilash kechasi, miqdor kechasi maʼnosini anglatadi. Qadr kechasi oʻzbek tilida laylatulqadr shaklida ham ishlatiladi.

@oriftolib
👍29🔥1