Orif Tolib
11.3K subscribers
1.13K photos
104 videos
8 files
1.94K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
56%
Suqsur
19%
Suxsur
25%
Ikkovi ham toʻgʻri.
🤔20👍13😱4🔥2
Metsenat

Ilm-fan va sanʼat rivojiga shaxsiy mablagʻlari hisobidan begʻaraz hissa qoʻshuvchi shaxs. Oʻzbek tilida bu soʻz homiy, otaliqqa olish kabi iboralar bilan ifoda etiladi. Biroq soʻnggi paytlarda metsenat soʻzini qoʻllash ham birmuncha ommalashdi.

Miloddan oldingi I asrda yashagan Gay Metsenat ismidan kelib chiqqan. U Rim imperatori Oktavian Avgustning yaqin kishisi boʻlgan, uning muhim siyosiy, diplomatik va shaxsiy topshiriqlarini bajargan. Metsenat ilm-fan, sanʼat va adabiyot sohasi vakillariga homiylik qilgan.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍24
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
64%
Hazir boʻling!
36%
Xazir boʻling!
👍15🔥3🤔2😢2
Koʻcha nomlari va uy raqamlari qanday yoziladi?

Koʻcha nomlari tarkibida atoqli ot yoki turdosh ot qatnashganidan qatʼi nazar, bosh harfda va qoʻshtirnoqsiz yoziladi:

Abdulla Qodiriy koʻchasi, Mustaqillik shohkoʻchasi, Navroʻz koʻchasi, Uylanish koʻchasi.

Koʻcha nomidagi turdosh ot birdan ortiq soʻzdan iborat boʻlsa, faqat birinchi soʻz bosh harfda yoziladi:

Sharq tongi koʻchasi, Bahor nafasi koʻchasi, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi.

Oddiy uy raqamlarini yozishda muammo yoʻq: 14-uy, 30-uy kabi. Lekin qoʻshimcha harfiy belgiga ega raqamlarni yozishda chalkashliklar bor. Mantiqqa koʻra, raqamdan keyin kichik harf bilan yozgan toʻgʻri, joy ham tashlamaslik kerak: 14a-uy, 30b-uy kabi. Nega bu shakl toʻgʻri? Chunki harf bir xil raqamli ikki uyni farqlash uchun qoʻshilyapti xolos. Belgini bosh harfda yozishga ham, qoʻshtirnoqqa olishga ham ehtiyoj yoʻq.

Lekin amaliyotda 14A-uy, 14-A, 14-“A” uy kabi variantlar ham uchrab turadi. Birinchisiga chidasa boʻladi. Koʻzga yaxshi tashlanishi uchun bosh harf bilan yozilyapti deyish mumkin. Lekin ikkinchisi xato. Chunki -inchi qoʻshimchasini ifodalaydigan chiziqcha uy soʻzidan oldin qoʻyilishi kerak. Axir raqam va harf uyning tartibini ifodalayapti-ku. Qoʻshtirnoqqa ham hojat yoʻq.

❗️ Bunday qoida “Toshkent shahrida joylashgan shaxsiy va koʻp qavatli uy-joylar, maʼmuriy, madaniy va maishiy binolarni tartibli raqamlash va koʻcha koʻrsatkichlarini oʻrnatish tartibi”da ham belgilab qoʻyilgan ekan. Toʻgʻri, faqat Toshkent shahri uchun, lekin boshqa hududlarga ham tatbiq qilsa boʻladi:

Koʻcha yoʻnalishidagi uy-joy va maʼmuriy binolar oraligʻida paydo boʻlgan yangi inshootga yondosh binoning tartib raqamidan kelib chiqib, misol tariqasida 1a, 1b, 1v, 1g shaklda harflanadi yoki 1/1, 1/2, 1/3,1/4 koʻrinishda droblanadi.

📌 Demak:

Abdulla Qodiriy koʻchasi, Mustaqillik shohkoʻchasi, 1a-uy

“Abdulla Qodiriy” koʻchasi, “Mustaqillik” shohkoʻchasi, “Mustaqillik” shoh koʻchasi, 1-A uy, 1-“A” uy

Mavzu aloqador:
👉 Manzil qanday yoziladi?
👉 MFY va QFYlar nomi qanday yozilishi kerak?
👉 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi

@oriftolib
👍20
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
20%
Dovruq
56%
Dovrugʻ
24%
Ikkovi ham toʻgʻri.
👍18🤔9😱5😢2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
33%
Abu Nasr Forobiy
67%
Abu Nasr Farobiy
👍30😱19🤔9🔥2😢2
Sinflar nomi qanday yoziladi?

Baʼzi holatlar imlo va punktuatsiya qoidalarida aniq koʻrsatilmagan, lekin shakllangan tartib va odatlarga koʻra yoziladi. Buni al- artikli imlosida koʻrgan edik.

Sinflar nomini yozishda ham shakllangan odatga amal qilinadi. Aksariyat holatlarda bir maktabda bitta sinf kamida ikkita yoki undan koʻp boʻladi. Farqlash uchun A, B, D, E kabi harflar bilan sinflar alifbo tartibida qoʻshimcha nomlanadi:

1-“A” sinf, 2-“B” sinf, 10-“D” sinf, 11-“G” sinf.

Nomning soʻz bilan oʻqilishi:

Birinchi “A” sinf, ikkinchi “B” sinf, oʻninchi “D” sinf, oʻn birinchi “G” sinf.

Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablarda oʻqitish toʻliq lotin alifbosi asosida olib boriladi. Shu sababli sinflarni nomlashda ham lotincha harflardan foydalaniladi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, sinflarning nomlanishi uylarni raqamlashdan farq qiladi. Shunaqa tartib shakllangan.

Bunday yozilishiga boshqa bir asoscha ham bor. Imlo qoidalari ichida berilgan misolda xuddi shu usul qoʻllangan: 5-“A” sinf, V “V” guruh.

Sinflar nomi odatda rim raqamlari bilan yozilmaydi.

Xilmaxillik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun bitta uslub tanlangani maʼqul.

📌 Demak:

3-“B” sinf, 4-“D” sinf, 8-“E” sinf, 9-“F” sinf
3-B sinf, 4D-sinf, 8 “E” sinf, 9”F”-sinf

@oriftolib
👍22🔥3
👍21😱5🔥1
Kvazarlar nima?

Savol:
Oʻtkir Hoshimovning “Kvazarlar” nomli asari bor. Shuning lugʻaviy maʼnosi nima?

Javob:
Bu atama inglizcha quasar soʻzidan olingan, u esa quasi-stellar soʻzlaridan yasalgan boʻlib, yulduzga oʻxshash degan maʼnoni anglatadi.

Kichik kvazar blazar deyiladi.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, kvazarlar burchak oʻlchamlari juda kichik kosmik obyektlardir. Galaktikamizdan ancha uzoqda joylashgan kuchli nurlanish manbai boʻlib, optik diapazonda xira yulduzsimon koʻrinishga ega. Ilk bor 1960-yili radionurlanish manbai sifatida topilgan.

Kvazarlar galaktikadagi eng yorqin jismlardan biridir. Shu sababli ularni koinot mayoqlari deb ham atashadi. 2019-yili eng yirik kvazarlardan biri aniqlangan. Uning yorugʻligi 600 trillion quyoshga teng deb baholangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, milliondan ortiq kvazar aniqlangan.

🧐 Suratda NGC 4319 galaktikasi va Markarian 205 kvazari.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
👍13🔥2
Rizamat

Oʻrtapishar mahalliy xoʻraki va mayizbop uzum navi. Milliy ensiklopediyaga koʻra, Shreder nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand filialida Kattaqoʻrgʻon va Parkent uzum navlarini chatishtirib chiqarilgan.

Garchi chatishtirish ishlarini K. Smirnov va A. Gerasimova bajargan boʻlsa-da, uzum naviga mashhur bogʻbon Rizamat Musamuhamedov (1881–1979) nomi berilgan. Bu kishi tokchilik boʻyicha yirik mutaxassis boʻlgan. Rizamat Musamuhamedov rahbarligida Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 3250 gektar namunali bogʻ va tokzorlar barpo etilgan. Agronom “Tokchilik boʻyicha qoʻllanma” (1939), “Moʻl uzum hosili yetishtirishdagi tajribalarim” (1959) kabi kitoblar yozgan.

Rizamat uzumi Oʻzbekiston va Tojikistonda mashhur.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍21
Xufya va xufiya: farqi nimada?

Ikkovi ham arabchadan kirgan. Shakli yaqin boʻlsa-da, maʼnolarida farq bor. Ana shu farqni bilmaslik ularni xato qoʻllashga sabab boʻladi.

Xufya soʻzi aygʻoqchi, izquvar degan maʼnoni anglatadi. Tarixda xuddi shunday ish bilan shugʻullanuvchilar boʻlgan:

Qulingiz Samarqanddagi xufyalardan kelgan bir xabarni amirzodamga koʻrsatishdan tortingan edi.
P. Qodirov, “Yulduzli tunlar”.

Xufiya esa ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Boshqalarga bildirilmaydigan, sir tutiladigan; yashirin, maxfiy: xufiya topshiriq, xufiya gap.

2️⃣ Bildirmasdan buzuqilik qiluvchi; yashirin ravishda fohishalik qiluvchi. Lekin bu maʼnoda qoʻllash hozir eskirib ulgurgan: xufiyalik qilmoq, satang xufiyalar.

📌 Demak:

Xufiya ish, xufiya maʼlumot, xufyaning maʼlumoti, xufiyona

Xufya ish, xufya maʼlumot, xufyona

@oriftolib
👍28🔥4
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
87%
Sabzavot
13%
Sabzovot
👍14🤔2🔥1
Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar va kafedralar nomi qanday yoziladi?

Bu borada xatolarga koʻp yoʻl qoʻyiladi. Ayniqsa, tarjima materiallarda asliyatga ergashish holatlari tez-tez koʻzga tashlanadi. Oʻzbek tili alohida til va oʻzbekcha imlodagi soʻzni uning qoidalari asosida yozish kerak. Masalan, Massachusetts Institute of Technology ingliz tili imlo qoidalariga koʻra toʻgʻri yozilgan. Lekin uni oʻzbekcha tarjimada beradigan boʻlsak, Massachusets texnologiya instituti deb yozishimiz kerak.

Oʻzimizdan misol:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Uzbek State University of World Languages
Узбекский государственный университет мировых языков

Xoʻsh, nega bunday? Chunki imlo qoidalariga asosan, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi.

Fakultetlar esa universitet yoki institut tarkibidagi boʻlim, alohida tashkilot emas. Shu sababli ular kichik harfda yozilishi kerak:

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti

Kafedralar nomi ham xuddi shunday. Ularning nomi qoʻshtirnoqsiz va kichik harflarda yoziladi:

Toshkent tibbiyot akademiyasi travmotologiya, ortopediya kafedrasi
Yuristlar malakasini oshirish markazi kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish kafedrasi

Mavzuga aloqador:
👉 Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
👉 Boʻlim va boshqarmalar nomi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik?
👉 Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi
👉 Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?
👉 Hokimiyatmi yoki hokimlik?

@oriftolib
👍12
“Sher ila durroj” hikoyati va bu asosda ishlangan multfilm bor.

“Durroj” qanday maʼnoni anglatadi?
Anonymous Quiz
31%
Duradgor
9%
Vahshiy hayvon
60%
Qush turi
👍28🔥1🤔1😱1
Saksofon

Puflab chalinadigan musiqa asbobi. Uni 1840-yillarda belgiyalik usta Adolf Saks ixtiro qilgan. U 1846-yil 21-mart kuni Fransiyada sakkiz turli damli cholgʻu asboblariga patent olgan. Adolf dastlab bu musiqa asbobini naychali ofikleid deb atagan.

Saksofon nomini bir necha yil oʻtib musiqa mutaxassisi Hektor Berlioz taklif qilgan.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍16🔥3
👍29😱11🔥8🤔3🤣1
​​Har va -lar

Har
olmoshidan keyingi ot yoki feʼlni koʻplikda qoʻllash holatlari uchrab turadi. Bu, albatta, xato. Oʻzbek tili tabiatiga zid.

Har olmoshi zamirida koʻplik maʼnosi boʻlsa-da, aniq shaxs yoki narsa-buyumni alohidalab, belgilab koʻrsatadi. Bunda undan keyingi ot ham, feʼl ham birlikda boʻlishi kerak:

Har bir kishi buni bilishi kerak.
Har bir kishilar buni bilishlari kerak.

Baʼzan har soʻzi oʻzidan keyingi ot bilan birga umumiylikni ifodalaydi. Bunda ot birlikda ham, koʻplikda ham kelishi mumkin:

Har narsani gapiraverma!
Har narsalarni gapiraverma!

Lekin bu shakl asosan ogʻzaki tilga xos va kamdan kam uchraydi.

📌 Demak:

Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdi.
Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdilar
Tadbirda har bir oʻquvchilar qatnashdi
Tadbirda har bir oʻquvchi qatnashdilar

🔄 Mavzuga aloqador:
-lar qoʻshimchasini qoʻllashdagi xatolar
Arabcha siniq koʻplik va oʻzbekcha koʻplik
“Inson” soʻzini qoʻllashdagi xatolar

@oriftolib
👍12
Togʻgami yoki toqqa?

Imlo masalasida bahslarga koʻp sabab boʻladigan holatlardan biri joʻnalish kelishi qoʻshimchasini ishlatish bilan bogʻliq. Chunki kiril yozuvidagi tartib bilan lotin yozuvidagi qoida farqlanadi.

Farq yoki g tovushi bilan tugagan soʻzlarda kuzatiladi. Kirilda talaffuzga eʼtibor qaratilsa, lotinda soʻz oxiridagi tovush hal qiluvchi boʻladi. Masalan, togʻ + ga soʻzini soʻzlashuvda toqqa deb aytamiz. Kirilda xuddi shu shaklda yozamiz. Lekin lotinda togʻga deb yoziladi. Chunki imlo qoidalariga koʻra:

1️⃣ k undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yoʻlakka, elakka, bilakka, tilakka kabi.

2️⃣ q undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchaning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqa, uzoqqa kabi.

3️⃣ Qolgan barcha hollarda, soʻz qanday tovush bilan tugashidan va bu qoʻshimchaning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qatʼi nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bugʻga, sogʻga kabi.

Birinchi va ikkinchi qoidalar kirilga ham taalluqli. Farq faqat uchinchi qoidada.

📌 Demak:

Togʻga, Chortoqqa, qishloqqa, etikka, terakka, bargga
Toqqa, Chortoqga, qishloqga, etikga, terakga, barkka

Тоққа, Чортоққа, қишлоққа, этикка, теракка, баркка
Тоғга, Чортоқга, қишлоқга, этикга, теракга, баргга

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Bargga yoki barkka? (© @xatoliklar)
👉 Hujjatni oluvchi qanday aks ettirilishi kerak?

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
👍15
👍35🤔7
Sendvich

Orasiga qiyma va boshqa masalliqlar solingan non boʻlagi. Oksford lugʻatiga koʻra, bu soʻz manbalarda ilk bor 1762-yili qoʻllangan. Bu soʻzning paydo boʻlishi ingliz diplomati, lord Jon Montegyu Sendvich (1718–1792) nomiga borib taqaladi. U yaxna goʻshtni qovurilgan non boʻlaklari orasiga solib yeyishni xush koʻrgan. Bu turdagi taom Buyuk Britaniya va Amerikada hozir ham juda sevib isteʼmol qilinadi.

#Mashhur_eponimlar

@oriftolib
👍20🔥2
👍21🤔12😱6