Assalomu alaykum!
Xudo xohlasa, tahrir boʻyicha bilganlarimni bugundan boshlab oʻrtoqlashmoqchiman. Darslarda kitoblardan oʻqib-oʻrganganlarim, ustozlar sabogʻi, shaxsiy tajribalarimga asoslanaman.
Agar xatoliklar yoki noaniqliklarni koʻrsangiz, @oriftolib_xatlar_bot orqali murojaat qiling.
@oriftolib

🔥18👍12🤔4💯1
-ni va -ning qanday farqlanadi?
Soʻz bilan ishlagan, kitob koʻrgan kishilar yaxshi biladi, baʼzi hollarda -ni va -ning qoʻshimchalari xato qoʻllanadi. Bunday xatolardan xoli boʻlish uchun soddagina bir qoidani bilish kifoya.
-ni feʼl va uning shakllari bilan bogʻlanadi, -ning esa ism soʻzlar (ot, olmosh, harakat nomi) bilan. Masalan,
Kitobni oʻqidim, kitobni oʻqish. Bu oʻrinda -ning ishlatish xato.
Kitobning muqovasi, kitobning oʻqilishi. Bu oʻrinda -ni ishlatish xato.
“Kitobning muqovasi” birikmasini “Kitob muqovasi” deb qoʻllagan maʼqul. Loʻndalashadi. Umuman, agar qisqartirish imkoni boʻlsa, hatto qoʻshimchalardan ham voz kechish kerak. Maʼnoga taʼsir koʻrsatmasligi sharti bilan, albatta.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, -ning qoʻshimchali soʻzlar ham, -ni qoʻshimchali soʻzlar ham feʼlning noaniq (oʻqish) yoki bosh shakliga (oʻqimoq) bogʻlanishi mumkin. Lekin -ni dan soʻng albatta aniq nisbatdagi harakat nomi (oʻqish), -ning dan soʻng esa majhul nisbatdagi harakat nomi (oʻqilish) kelyapti va unga egalik qoʻshimchasi (-i) qoʻshilyapti.
Demak, kitobning oʻqish yoki kitobni oʻqilishi deyish xato boʻladi.

👍25🔥7
Yili va yilda
Yillarni ifodalashda yili va yilda soʻzlari qoʻllanadi. Masalan, 2019-yili yoki 2019-yilda. Men koʻpincha 2019-yili deb ishlataman. Chunki sanadan keyin yana -da qoʻshimchali soʻz kelishi mumkin va takror paydo boʻladi:
2018-yilda korxonamizda yangi boʻlim ish boshladi.
Erkin Vohidov 1936-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.
Mana shunday oʻrinlarda yili deb qoʻllagan maʼqul.
Yil va kun birgalikda yaxlit sanani bildirsa, -da ishlatiladi:
Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Oltiariq tumanida dunyoga kelgan.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi gapda ikkita -da qoʻshimchasi ketma-ket kelib qoldi. Bunday hollarda 1936-yil 28-dekabr kuni degan yaxshiroq.
❗️ Yil va kun birga kelganda yil ishlatiladi, yili emas. Masalan, 1936-yili 28-dekabrda deyish xato.
Kun biror yilga tegishli ekani bildirilganda qaratqich qoʻshimchasi (-ning) ishlatilishi ham, ishlatilmasligi ham mumkin. Agar kun sanasi aniq koʻrsatilsa, -ning ishlatiladi, noaniq boʻlsa, tushirib qoldirsa boʻladi:
1936-yilning 28-dekabrida.
1936-yil(ning) dekabrida.
Bu qoidalarga doim amal qilish shart emas. Baʼzi oʻrinlarda yilda deb ishlatish oʻrinliroq boʻladi. Qay birini ishlatishni jumla va umumiy mazmun (kontekst)dan kelib chiqib belgilaysiz.

👍17🔥4
Xorazm shevasi soʻzlaridan
Bu galgi lugʻatimiz Xorazm viloyati shevasi asosida tuzildi.
Yoqtu
Xorazm shevasida ushbu soʻz “yorugʻ” maʼnosini ifodalaydi. Mumtoz adabiyot namunalarida ham undan keng foydalanilgan. Masalan:
Iki yoqtu guhar olamga bergan,
Muhabbat ganjini odamgʻa bergan.
(“Muhabbatnoma”dan).
Digʻiriq
Ushbu soʻz vohaning asosan Urganch, Xiva, Xonqa tumanlarida “tor koʻcha”, “jin koʻcha”, “boshi berk koʻcha” maʼnolarida keladi. Masalan: “Digʻiriqdan u yogʻiga yoʻl yoʻq edi”.
Xaraz
Bu soʻz “tegirmon” maʼnosida qoʻllanilib, vohaning barcha tumanlari uchun xarakterlidir. Masalan: “Otanazar kun peshinlab un torttirgani xarazga ketdi”.
Secha
Asosan oʻgʻuz shevasiga xos boʻlib, “chumchuq” maʼnosida keladi. Vohaning Urganch, Xonqa, Xiva, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir tumanlarida bu soʻz keng qoʻllaniladi. Masalan: “Bola qoʻliga tosh olib ulgurmay, shoxdagi sechalar pir etib uchib ketdi”.
Uchak
Vohada bu soʻz “tom” maʼnosida qoʻllaniladi. Gurlan, Yangibozor tumanlarida esa uning muqobili sifatida “tambash” soʻzidan foydalaniladi. Masalan: “Dovul ogʻa somon tashlash uchun uchakka chiqdi”.
Qarinja
Xorazm vohasida hozir ham qoʻllanib kelinadigan bu soʻz “chumoli” maʼnosini ifodalaydi. Masalan: “U qoʻlida oʻrmalab ketayotgan qarinjani puflab tashladi”.
Rabgʻuziyda “qarinja” – “qarinchqa” tarzida uchraydi:
“Qarinchqalarning ulugʻi oqsoq erdi”. (“Qisasi Rabgʻuziy”dan)
Akmal JUMAMURODOV
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 8-sonidan olindi.

👍6🔥4
Intizor onam. Gulsanam Mamazoitova ijrosida
https://mover.uz/watch/l7Dvgt8m
Mover (Tas-IX)
https://youtu.be/SSI7zZ4tRzY
Youtube
mp3 shaklida yuklab olish – https://yadi.sk/d/EQJGjbemTkcUdA
Yandeks.Disk (4.97 mb).
Sheʼr muallifi: Orif Tolib
Bastakor: Alisher Neʼmatov
Musiqa sayqalchisi: Farrux Komilov
Saytda koʻrish:
https://oriftolib.uz/?p=2590

🔥11👍3
Mahmud Saʼdiy. Yosh yozuvchi uchun foydali 50 kitob
Oʻzbek kitobxoniga tavsiya qilinayotgan kitoblarning koʻpi oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan, baʼzi tarjimalardan esa mening koʻnglim toʻlmagan. Shu sababli ularni ruschada oʻqiganman. Hozir yoshlarimiz chet tillarni puxta oʻrganyapti. Agar asarni asliyatda, asl jozibasini his qilib oʻqishsa, nur ustiga nur. Mutolaa sabab balki tarjima istagi ham uygʻonib qolar. Asliyatdan qilingan yaxshi tarjimalar soni koʻpaysa, milliy tafakkurimiz jahon adabiyotining yangi-yangi durdonalari bilan boyib borishi shubhasiz.
Kobo Abe, “Qumdagi xotin”.
Muxtor Avezov, “Abay yoʻli”.
Chingiz Aytmatov, “Oq kema”.
Akutagava hikoyalari.
Semyuel Bekket, “Godoni kutib…”.
Luis Borxes. Timsoliy novellalar.
Mixail Bulgakov, “Ityurak”.
Ivan Bunin, “Arsenyevning hayoti”.
Rey Bredberi hikoyalari.
Tomas Vulf, “Uyga qaytolmaysiz”.
Jon Golsuorsi, “Forsaytlar dostoni”.
Maksim Gorkiy, “Klim Samgin hayoti”.
Grem Grin, “Yuvosh amerikalik”.
Jeyms Joys, “Uliss”.
Patrik Zyuskind, “Parfyumer. Bir qotillik tarixi”.
Jek London, “Martin Iden”.
Yasunari Kavabata hikoyalari.
Alber Kamyu, “Begona”.
Elias Kanetti, “Jaholat”.
Frans Kafka, “Jarayon”.
Ken Kizi, “Kakku uyasi ustida parvoz”.
Xulio Kortasar hikoyalari.
Agata Kristi, “Oʻnta negr bolasi”.
Tomas Mann, “Iosif va akalari”.
Heynrix Mann, “Sodiq fuqaro”.
Gabriel Garsia Markes, “Oshkora qotillik qissasi”.
Somerset Moem, “Oy va chaqa”.
Jorj Oruell, “1984”.
Milorad Pavich, “Xazar lugʻati”.
Dos Passos, “AQSH”.
Boris Pasternak, “Doktor Jivago”.
Andrey Platonov, “Kotlovan”.
Marsel Prust, “Boy berilgan vaqtni izlab…”.
Valentin Rasputin, “Yongʻin”.
Erix Mariya Remark, “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq”.
Uilyam Saroyan hikoyalari.
Jerom Selinjer, “Javdarzor adogʻidagi jar ustida”.
Antuan de Sent-Eksyuzperi, “Kichkina shahzoda”.
Aleksandr Soljenitsin, “GULAG arxipelagi”.
Jon Steynbek, “Gʻazab kosasi toʻlib-toshganda”.
Aleksey Tolstoy, “Oltin kalit yoki Buratinoning sarguzashtlari”.
Zakiy Validiy Toʻgʻon, “Xotiralar”.
Rabindranath Thakur, “Halokat”.
Uilyam Folkner, “Shovqin va gʻazab”.
Frensis Fitsjerald, “Buyuk Getsbi”.
Mixail Sholoxov, “Tinch Don”.
Bernard Shou, “Pigmalion”.
Lao She, “Mushuklar saltanati”.
Mo Yan, “Musallas mamlakati”.
Ernest Heminguey, “Chol va dengiz”.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 7-sonidan olindi.

👍11🔥3
Rasul Hamzatov
***
Xotiniga atab sheʼr yozar shoir:
“Sen mening chirogʻim, yulduzim, shuʼlam.
Sen yonimda boʻlsang, hayot shirindir,
Yoʻq boʻlsang, dilimga toʻlar achchiq gʻam”.
Mana, ostonada boʻladi hozir
Sheʼrda madh etilgan yulduz – pariroʻy.
“Eh, yana senmisan, – qichqirar shoir, –
Xudo haqqi, birpas ishlagani qoʻy!”
Orif Tolib tarjimasi

😁37🔥7👍4😢1
Afsus
Shirin tushday oʻtib ketdi yillar ham,
Seni unutmoqqa iloj boʻlmadi.
Muhabbatga lim-lim toʻldi-yu koʻnglim,
Lekin muhabbatdan koʻnglim toʻlmadi.
Orif Tolib
2005
@oriftolib
Shirin tushday oʻtib ketdi yillar ham,
Seni unutmoqqa iloj boʻlmadi.
Muhabbatga lim-lim toʻldi-yu koʻnglim,
Lekin muhabbatdan koʻnglim toʻlmadi.
Orif Tolib
2005
@oriftolib
🔥15👍7
Rasul HAMZATOV
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻylamay, fikr qilmay,
Kulsa hech toʻxtov bilmay,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kuni oʻtsa tuygʻusiz,
Butun umri qaygʻusiz,
Shuyam erkak boʻldimi?
Hattoki tilak chogʻi,
Ochilmasa qovogʻi,
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻtsa yonib suymasdan,
Oʻpich taʼmin tuymasdan,
Shuyam erkak boʻldimi?
Ishq, rozda boʻlib suyuq,
Bilmasa oʻlchov, tiyiq,
Shuyam erkak boʻldimi?
Xushomad-la iydirib,
Ketsa sotib, kiydirib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kelsa-yu magʻrur, poʻrim,
Qadahi qolsa yarim,
Shuyam erkak boʻldimi?
Odamlar koʻp joyda ham
Ichsa bilmasdan toʻxtam,
Shuyam erkak boʻldimi?
Yurtidan badar ketsa,
Ota uyin unutsa,
Shuyam erkak boʻldimi?
Birovlarning mehnatin
Bilmasa qadr-qimmatin,
Shuyam erkak boʻldimi?
Vaʼda berib, soʻz aytib,
Olaversa soʻng qaytib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻylamay, fikr qilmay,
Kulsa hech toʻxtov bilmay,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kuni oʻtsa tuygʻusiz,
Butun umri qaygʻusiz,
Shuyam erkak boʻldimi?
Hattoki tilak chogʻi,
Ochilmasa qovogʻi,
Shuyam erkak boʻldimi?
Oʻtsa yonib suymasdan,
Oʻpich taʼmin tuymasdan,
Shuyam erkak boʻldimi?
Ishq, rozda boʻlib suyuq,
Bilmasa oʻlchov, tiyiq,
Shuyam erkak boʻldimi?
Xushomad-la iydirib,
Ketsa sotib, kiydirib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Kelsa-yu magʻrur, poʻrim,
Qadahi qolsa yarim,
Shuyam erkak boʻldimi?
Odamlar koʻp joyda ham
Ichsa bilmasdan toʻxtam,
Shuyam erkak boʻldimi?
Yurtidan badar ketsa,
Ota uyin unutsa,
Shuyam erkak boʻldimi?
Birovlarning mehnatin
Bilmasa qadr-qimmatin,
Shuyam erkak boʻldimi?
Vaʼda berib, soʻz aytib,
Olaversa soʻng qaytib,
Shuyam erkak boʻldimi?
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
👍9🔥6
Rasul HAMZATOV
Qon va koʻzyosh
Yaradan qon oqib choʻzilar uzun,
Ammo koʻzda yosh yoʻq…
Chunki bizlarda
Yoshmas, qon oqizmoq afzal er uchun.
Aksini tanlagan erkak boʻlarmi?
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
Qon va koʻzyosh
Yaradan qon oqib choʻzilar uzun,
Ammo koʻzda yosh yoʻq…
Chunki bizlarda
Yoshmas, qon oqizmoq afzal er uchun.
Aksini tanlagan erkak boʻlarmi?
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
🔥11👍4
Rasul HAMZATOV
Bulbul qoʻshigʻi
Bulbul qoʻshigʻini eshityapsanmi,
Tingla, qanday yuksak, qanday sof tuygʻu.
Ammo neni kuylar – bilmaydi hech kim,
Qush tilin anglashdan ojiz insonlar.
Ishonaman:
Yurtin kuylayapti u.
Yoʻqsa, zerikardi allaqachonlar.

🔥9👍6
Rasul HAMZATOV
Ikkita sholroʻmol
Koʻklam arafasi, ajoyib bir kun
Oʻzga el-yurtlardan esdalik deya
Ikkita oq roʻmol olib kelgandim –
Ikki ayol uchun kamtar bir hadya.
Mudom tushuniksiz turmushning kori:
Qarang, biri soʻlib, biri kulibdi:
Birisini tashlab ketibdi yori,
Ikkinchisin yori qaytib kelibdi.
Birinchisi – togʻda yashagan ayol –
Ayriliqda bagʻri kuyib boʻlgan kul –
Oppoq sholroʻmolni yaldo tun misol
Qop-qora ranglarga boʻyamish butkul.
Unisi – ovulda makon tutgani –
Baxtga toʻlib, dildan shodlangan ayol
Quvonchin ifoda etmishdir, yaʼni
Qirmizi ranglarga chulgʻanmish roʻmol.
Xattaxtaga oʻxshar inson manglayi,
Unga bitilmishdir taqdir, qismati.
Mening koʻz oʻngimda turadi doim
Sholroʻmolli ikki ayol surati.
Umidu hadik va muhabbat, ozor,
Iztirobu quvonch rangiga axir
Soʻzlarni boʻyadim necha bor, takror,
Har joyda ularga boʻldim men asir.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
Ikkita sholroʻmol
Koʻklam arafasi, ajoyib bir kun
Oʻzga el-yurtlardan esdalik deya
Ikkita oq roʻmol olib kelgandim –
Ikki ayol uchun kamtar bir hadya.
Mudom tushuniksiz turmushning kori:
Qarang, biri soʻlib, biri kulibdi:
Birisini tashlab ketibdi yori,
Ikkinchisin yori qaytib kelibdi.
Birinchisi – togʻda yashagan ayol –
Ayriliqda bagʻri kuyib boʻlgan kul –
Oppoq sholroʻmolni yaldo tun misol
Qop-qora ranglarga boʻyamish butkul.
Unisi – ovulda makon tutgani –
Baxtga toʻlib, dildan shodlangan ayol
Quvonchin ifoda etmishdir, yaʼni
Qirmizi ranglarga chulgʻanmish roʻmol.
Xattaxtaga oʻxshar inson manglayi,
Unga bitilmishdir taqdir, qismati.
Mening koʻz oʻngimda turadi doim
Sholroʻmolli ikki ayol surati.
Umidu hadik va muhabbat, ozor,
Iztirobu quvonch rangiga axir
Soʻzlarni boʻyadim necha bor, takror,
Har joyda ularga boʻldim men asir.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
👍7🔥4💯1
Rasul HAMZATOV
Agar…
Agar senga sovchi qoʻyish-chun
Tayyor tursa mingta xaridor,
Oʻshalarning ichida, bilgin,
Shak-shubhasiz, Rasul Hamzat bor.
Agar senga yuz nafar yigit
Koʻpdan boʻlsa beqaror shaydo,
Shu yuz yigit ichida albat
Boʻlajakdir Rasul ham paydo.
Agar seni oʻn nafar oshiq
Sevsa jonin oʻtlarga otib,
Ushbu safdan joy olar aniq
Shod va gʻamgin Rasul Hamzatov.
Agar faqat bitta chin majnun
Qolar boʻlsa ahdga vafodor,
Oʻsha sodiq oshiqni, bilgin,
Togʻlik Rasul atarlar, dildor.
Agar seni sevmasa hech kim,
Yashar boʻlsang alamlar yutib,
Demak, togʻlar bagʻriga bu dam
Koʻmilibdi Rasul Hamzatov.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib
Agar…
Agar senga sovchi qoʻyish-chun
Tayyor tursa mingta xaridor,
Oʻshalarning ichida, bilgin,
Shak-shubhasiz, Rasul Hamzat bor.
Agar senga yuz nafar yigit
Koʻpdan boʻlsa beqaror shaydo,
Shu yuz yigit ichida albat
Boʻlajakdir Rasul ham paydo.
Agar seni oʻn nafar oshiq
Sevsa jonin oʻtlarga otib,
Ushbu safdan joy olar aniq
Shod va gʻamgin Rasul Hamzatov.
Agar faqat bitta chin majnun
Qolar boʻlsa ahdga vafodor,
Oʻsha sodiq oshiqni, bilgin,
Togʻlik Rasul atarlar, dildor.
Agar seni sevmasa hech kim,
Yashar boʻlsang alamlar yutib,
Demak, togʻlar bagʻriga bu dam
Koʻmilibdi Rasul Hamzatov.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
@oriftolib
👍10🔥4😢4💯1
Rasul Hamzatov sheʼrlari rusiyzabon oʻquvchiga, rus tili orqali boshqa tilli kitobxonlarga yetib borishi va shuhrat qozonishida katta hissa qoʻshgan tarjimon va shoir Yakov Kozlovskiy.
Bir gal Rasul Hamzatov shoir Yakov Kozlovskiy haqida shunday degan edi:
“U tarjima qilgan sheʼrlarni avar tiliga qayta oʻgirsam, oʻzimnikidan koʻra yaxshiroq chiqadi”.
Bu gapda shoirona lutf, shu bilan birga haqiqat ham bor, menimcha.

👍8🔥4💯1
Naum Grebnev (1921–1988)
Rus shoiri va tarjimoni. Uning tarjimalarida 150 dan ortiq kitob chop etilgan. Shoir ruschaga yigirmadan ortiq tildan oʻgira olgan. Asosan, Sharq va Kavkazning mumtoz shoirlari, xalq ogʻzaki ijodi namunalarini tarjima qilgan. Oʻzbek adabiyotidan Ogahiy, Turdi Farogʻiy, Uvaysiy, Maxmur, Furqat, Hamza Hakimzoda kabi shoirlar sheʼrlarini, xalq qoʻshiqlari va laparlarini ruschalashtirgan.
Tarjimalari orasida Rasul Hamzatov asarlari ayniqsa diqqatga molik. Grebnev Ikkinchi jahon urushidan soʻng Moskvadagi Adabiyot institutiga kiradi va Hamzatov bilan birga oʻqiydi. Shu davr ularning doʻstligi va hamkorligiga tamal toshini qoʻyadi.
Naum Grebnev tarjimasidagi “Turnalar” sheʼri Rossiya xalq artisti Mark Bernes (1911–1969) ijrosida 1969-yili ilk bora yangraydi va u misli koʻrilmagan dovruq qozonadi.

🔥5👍3
Rasul HAMZATOV
***
Olis yurt safarin tugatib qaytdim,
Oʻgʻli halok boʻlgan onalar dilgir
Soʻradilar: “Bolam, musofir payting
Biror yurtdoshingga koʻzing tushgandir?”
Men esa yolgʻonni toʻqidim shitob:
“Ha, bir vatandoshga, rosti, duch keldim”.
Onalar jim qotdi. Har biri shu tob
U mening bolam deb oʻyladi, bildim.

👍8😢8🔥6
🔥9👍4
Toʻgʻri va haq yoʻldan yurgan kishining qadam bosishi arslon yurishidan ham mahobatliroq, haybatliroqdir.
Mahmud Zamaxshariy
@oriftolib
Mahmud Zamaxshariy
@oriftolib
🔥7👍4
Rasul HAMZATOV
***
Tiriklarga tegma, tegma, shuhrat-shon,
Sen hali bilmaysan insonning sirin.
Gohida oʻldirib qoʻyasan, ishon,
Hatto eng kuchlisi, eng yaxshilarin.
Asli, oʻliklarga keraksan, bilsang,
Ularga xalaqit bermaysan, ishon.
Aksincha, olovli nafasing bilan
Ularga qaytadan baxsh etasan jon.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
Tiriklarga tegma, tegma, shuhrat-shon,
Sen hali bilmaysan insonning sirin.
Gohida oʻldirib qoʻyasan, ishon,
Hatto eng kuchlisi, eng yaxshilarin.
Asli, oʻliklarga keraksan, bilsang,
Ularga xalaqit bermaysan, ishon.
Aksincha, olovli nafasing bilan
Ularga qaytadan baxsh etasan jon.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
🔥9👍4💯1
Rasul HAMZATOV
***
Sheʼriyat, kuchliga xizmatkormassan,
Mudom mazlumlarni qilding himoya.
Panohsiz qolganga tashlading soya,
Zolimga haq soʻzni aytding qoʻrqmasdan.
Sheʼriyat, biz senga qilamiz havas,
Kuchlilar koʻziga tik boqding, bardam.
Shu sabab judayam goʻzal boʻlsang ham,
Seni kelinchakka oʻxshatib boʻlmas.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
***
Sheʼriyat, kuchliga xizmatkormassan,
Mudom mazlumlarni qilding himoya.
Panohsiz qolganga tashlading soya,
Zolimga haq soʻzni aytding qoʻrqmasdan.
Sheʼriyat, biz senga qilamiz havas,
Kuchlilar koʻziga tik boqding, bardam.
Shu sabab judayam goʻzal boʻlsang ham,
Seni kelinchakka oʻxshatib boʻlmas.
Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib
👍6🔥4