Orif Tolib
12.5K subscribers
1.17K photos
105 videos
9 files
1.98K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://is.gd/elonlar

Boshqa sahifalarimiz:
👉 https://taplink.cc/oriftolib

Muallif haqida:
👉 https://oriftolib.uz/?p=575

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Асосан: вергул керакми ёки йўқ?

Энг кўп учрайдиган хатолардан бири асосан сўзи билан вергул ишлатишда кўзга ташланади. Ўрни бўлса-бўлмаса, вергул қўйиб кетилаверади. Ўзи, вергул керакми? Керак. Фақат бир ҳолатда. Қолган пайтларда вергул ортиқча.

Асосан равиш бўлиб келганда асос эътибори билан, умуман олганда, кўпинча деган маъноларни англатади. Бунда сўз вергул талаб қилмайди:

Республикамизда кўп болали оналарнинг катта қисми асосан қишлоқларда яшайди.
“Саодат”.

Асосан сўзи кўмакчи вазифасида келганда сабаб, асос муносабатини билдиради ва кўра, биноан, мувофиқ каби сўзларга маънодош бўлади. Агар мана шу пайтда у кириш бирикма таркибида келса, сўздан сўнг вергул қўйилади:

Қонунга асосан, вояга етмаган болалар майда маиший битимларни мустақил туза оладилар.

Юқоридаги гапда вергул кириш бирикма сабабли қўйиляпти. Агар асосан сўзи кўра, биноан, мувофиқ сўзларига маънодош бўлиб келса-ю, кириш бирикма таркибида бўлмаса, вергул қўйилмайди:

Топшириқларни қонунга асосан бажаринглар.

👉 Тўлиқ ўқиш

@oriftolib
👍5
Сувости ва сув ости

Кўпинча сувости сўзи сув ости шаклида ёзилади ва бу – хато. Лекин сув ва ости сўзлари ҳар доим ҳам қўшиб ёзилавермайди. Хўш, қачон қўшиб, қачон ажратиб ёзиш керак? Буни маъно аниқлаштириб беради.

Сувости сўзи ўзбек тилида икки хил маънода ишлатилади:

1️⃣ Сув остида қилинадиган, бажариладиган, сув остида мавжуд бўлган.

Сувости спорти. Сувости телевидениеси. Сувости тизмалари.

2️⃣ Сув остида ҳаракатланадиган (кема ҳақида).

Сувости кемасини қуриш 17-асрдан бошланди.
“ЎзМЭ”.

Эътибор берган бўлсангиз, юқоридаги мисолларда сувости сўзида сифатловчилик, хослик характери бор ва бирорта келишик қўшимчасини олмаган. Ости сўзи келишик қўшимчасини олган ҳолатларда икки сўз ажратиб ёзилади. Қиёсланг:

Сувости дунёси ➡️ Сув остидаги дунё

Сувости кемаси ➡️ Сув остида ҳаракатланувчи кема

Қўшиб ёки ажратиб ёзишни фарқлашнинг яна бир усули бор. Сув сўзига -нинг қўшимчасини амалда қўшиб бўлса, икки сўз ораси ажратиб ёзилади. Йўқса, бирлаштириб:

Сувнинг ости дунёси – хато бирикма, бундай ифода ўзбекчага хос эмас. Демак, бу бирикмада сув ва ости сўзлари қўшиб ёзилиши керак. Қаратқиш қўшимчаси эса бўлмаслиги зарур.

Сувнинг остидаги дунё – қаратқич қўшимчаси турса ҳам, маънога зарар етказмайди. Демак, сув ва ости сўзлари ажратиб ёзилиши керак.

Бу қоида шунга ўхшаш ерости сўзида ҳам амал қилади. Негадир ерусти сўзи доим ажратилиб ёзилади. Мантиқ бўйича, у ҳам сифатловчилик, таърифловчилик хусусиятига эга бўлганда қўшиб ёзилиши керак. Насиб қилса, бу ҳақда алоҳида ёзаман.

📌 Демак:

Сувости кемаси, сувости тизмалари, сув остида сузувчи кема, сув остидаги тизмалар, сув остига тушиш, сув остини ўрганиш

Сув ости кемаси, сув ости тизмалари, сувостида сузувчи кема, сувостидаги тизмалар, сувостига тушиш, сувостини ўрганиш

@oriftolib
👍2
Зумрад қанақа ранг?
Anonymous Quiz
59%
Оч яшил
25%
Кўк
16%
Тўқ сариқ
💯3
#Soʻragan_edingiz

Insho va uning rejasi

Insho rejasi qanday tartibda tuzilishi kerakligi haqida soʻrashgandi. Bilganlarim va toʻplagan maʼlumotlarim asosida maqola tayyorlardim.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, pedagogikada insho oʻquvchi mavzuni mustaqil yoritadigan yozma ish turlaridan biridir. Ona tili va adabiyot darslarida taʼlimiy hamda nazorat maqsadlarida umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining barcha bosqichlarida oʻtkaziladi.

Insho oʻtilgan biror mavzu yoki erkin mavzuda boʻlishi mumkin. Bu yozma ish turi oʻquvchilar badiiy adabiyotni toʻgʻri idrok etishlariga, fikrni ixcham, mantiqiy ifodalashlariga, ularning yozuv savodi oʻsishiga yordam beradi.

“Yozni qanday oʻtkazdim?”, “Kelajakda kim boʻlmoqchiman?” kabi oldindan belgilangan mavzulardagi insholar mulohazali insho yoki esse sanaladi.

Esse AQSHdagi juda koʻp universitetlarda dastlabki oʻquv yilida oʻtiladigan asosiy fanlar qatoriga kiritilgan. Bu fan doirasida talabalar essening asosiy turlari va ularni qanday yozishni oʻrganadi.

Adabiy janr sanaladigan esse taʼlimdagi essedan farq qiladi.

Bizda asosan insho keng tarqalgan. U ona tili va adabiyot fani doirasida yoziladi.

Insholarga sodda yoki murakkab reja tuzish mumkin. Reja shakli oʻquvchi mavzuni qay darajada yoritmoqchi boʻlganiga yoki qoʻyilgan talabga koʻra tanlanadi.

Sodda reja qolipi:

Sarlavha (insho mavzusi)

Reja:

1. Rejaning birinchi bandi.
2. Rejaning ikkinchi bandi.
3. Rejaning uchinchi bandi.

Rejadagi bandlarni 4, 5 yoki 6 tagacha ham tuzish mumkin. Reja bandlari raqamlanadi, raqamlardan keyin nuqta qoʻyiladi va jumla bosh harf bilan boshlanib, uning oxiriga tegishli tinish belgisi, odatda nuqta qoʻyiladi. Rejada soʻroq yoki undov gaplarni ishlatish amaliyotda deyarli uchramaydi.

Davomi bu yerda.

👉 2-qism
👉 3-qism

@oriftolib
Қай бири тўғри?
Anonymous Quiz
58%
Расамад | Rasamad
42%
Расамат | Rasamat
😱1
Shaxsiy fikrlash uslubi

Kunlarning birida Britaniya Qirollik akademiyasi prezidenti Ernest Rezerfordga kasbdoshi yordam so‘rab murojaat qildi. U talabalaridan biriga fizika bo‘yicha eng past ballni qo‘yishni istar, talabasi esa eng baland ballga loyiq ekanini ta’kidlardi. Ikkovlari oxir-oqibat uchinchi shaxsning – betaraf hakamning xulosasini qabul qilishga kelishgan, bu uchun domla Rezerfordni tanlashgandi.

Imtihondagi savol quyidagicha edi: “Binoning balandligini barometr yordamida qanday qilib o‘lchash mumkin?” Talaba shunday javob bergandi: “Binoning tomiga chiqib, barometrni arqonga ulab pastga tashlash kerak, so‘ng uni tortib olib, arqonning uzunligini o‘lchash zarur”.

Savol qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, javob tushunarli va aniq edi. Boshqa tomondan, imtihon fizika fani bo‘yicha bo‘lib, javobning bu fanga aloqadorlik jihati juda kam edi.

Domla Rezerford talabaga yana bir bor urinib ko‘rish imkonini berdi. Olti daqiqa vaqti borligini aytib, javobi fizika qonunlariga asoslanishi shartligini ta’kidladi. Besh daqiqa o‘tdi hamki, talaba javoblar varag‘iga hech narsa yozmadi. Rezerford talabadan:

– Javobing yo‘qmi, tan berdingmi? – deb so‘radi.

Talaba javoblari bir nechtaligini, u eng yaxshisini tanlashga urinayotganini aytdi.

Bu gap domlaning qiziqishini orttirdi. U belgilangan vaqt tugamay turib javob berishini so‘radi talabadan. Yangi javob quyidagicha edi: “Tomga chiqasiz va barometrni pastga tashlaysiz. Uning tushish vaqtini hisoblab turasiz. So‘ng formula yordamida binoning bo‘yini topish mumkin”.

Rezerford sherigidan bu javobdan qoniqqan-qoniqmaganini so‘radi. U noiloj ma’qul ishorasini berdi. Biroq talaba yana bir qancha javoblari borligi haqida eslatdi. Domlalar ularni ham aytishini so‘rashdi.

– Barometr yordamida bino balandligini o‘lchashning bir necha usullari bor, – deb gap boshladi talaba. – Masalan, quyoshli kunda ko‘chaga chiqib, barometr va uning soyasi uzunligini o‘lchaysiz. So‘ng bino soyasini o‘lchaysiz. Bundan keyin oddiygina tenglama yordamida bino balandligini topish mumkin.

– Yomonmas, boshqa javoblaring ham bormi? – dedi Rezerford domla.

– Bor, juda oddiy uslub ham bor. U sizga albatta yoqadi. Barometrni qo‘lga olib, narvondan ko‘tarilasiz. Shu jarayonda barometrni devorga yopishtirib, belgi qo‘yib ketasiz. So‘ng belgilarni barometrning uzunligiga ko‘paytirsangiz, binoning balandligi kelib chiqadi. Agar siz murakkabroq yo‘ldan bormoqchi bo‘lsangiz, – deb gapini davom ettirdi u, – barometrga bog‘ich bog‘laysiz va uni kapgir kabi tebratib, binoning poydevori va tomida tortishuv kuchini o‘lchaysiz. Ana shu ikki o‘lchov orasidagi farqdan ham binoning bo‘yini topsa bo‘ladi. Tebrangichingizni tomga olib chiqib, uni tebratib, tebranish vaqtlariga asoslanib ham bino balandligini aniqlashingiz mumkin. Va nihoyat, ushbu masala yechimlari ichida eng zo‘r bitta uslubi bor: barometrni olasiz va bino boshqaruvchisini topib: “Aka, ajoyib bir barometrim bor. Agar binoning balandligini aytsangiz, sizga beraman”, deysiz.

Shundan so‘ng Rezerford domla talabadan: “Nahotki bu savolni yechishning umum qabul qilingan uslubini bilmasang?!” deb so‘radi. Talaba o‘sha usulni bilishini, biroq o‘qituvchilar o‘z fikrlash uslublarini o‘tkazdiradigan, nostandart yechimlarni qabul qilmaydigan maktab va kollejlardan to‘yganini aytdi.

Bu talaba 1922-yili Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan daniyalik fizik Nils Bor (1885–1962) edi.

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib
👍6
Dangasalik juda sekin sudralganidan kambagʻallik tezda unga yetib oladi.

Benjamin Franklin

@oriftolib
👍3
Davomi. Boshlanishi bu yerda.

Insho va uning rejasi

Murakkab reja qolipi:

Sarlavha (insho mavzusi)

Reja:

I. Kirish. Insho yoʻnalishini ochib beruvchi band.

II. Asosiy qism:
1. Asosiy qismning birinchi bandi.
2. Asosiy qismning ikkinchi bandi.
3. Asosiy qismning uchinchi bandi.
4. Asosiy qismning toʻrtinchi bandi.

III. Xulosa. Insho mavzusini xulosalaydigan band.

Murakkab koʻrinishdagi rejalar kirish, asosiy qism va xulosaga boʻlinadi. Oʻz navbatida, bu katta boʻlimlar oʻz ichiga mayda bandlarni oladi. Odatda kirish va xulosa qismi bittagina banddan iborat boʻladi. Asosiy qism ikki va undan ortiq qismdan tashkil topishi mumkin. Katta boʻlimlar rim raqamlari bilan, asosiy qismning bandlari esa arab raqamlari bilan belgilanadi.

Asosiy qismning raqamlaridan soʻng qavs qoʻyib, jumlalar oxiriga nuqtali vergul qoʻyish, eng oxirgi bandda esa nuqta qoʻyish ham mumkin. Lekin bu koʻzga uncha yoqimli emas. Raqamdan keyin nuqta qoʻyish va har bir jumlani bosh harf bilan boshlash jumla aniq-tiniq ajralib-koʻrinib turishiga zamin yaratadi. Shu usulni tanlagan maʼqul.

Davomi bor...

👉
1-qism
👉 3-qism

@oriftolib
👍1
Мирзо ва мирза: фарқи нимада?

Мирзо сўзи арабча амир ва форсча зода сўзларидан ҳосил бўлган амирзода сўзининг қисқартмасидир. Амирзода – амир авлоди, амирнинг фарзанди деган маънони англатади. Фақат эркакларга нисбатан ишлатиладиган мирзо сўзи тегишли атоқли отдан олдин ёки кейин келиши мумкин: Мирзо Улуғбек, Улуғбек Мирзо.

Мирзо атоқли исмсиз ҳам амирзода маъносида ишлатилиши мумкин:

Мирзолар улғайишди, энди уларнинг кўпи катта бир вилоятнинг эгаси.

Мирза сўзи ана шу мирзонинг талаффуз варианти. Лекин унинг маънолари фарқланади:

1️⃣ Ёзув-чизув ишларини олиб борган лавозимли киши; котиб.

Амлокдорнинг мирзаси белига суқилган қаламдонини очиб, қаламини қўлига олди.
С. Айний, Қуллар.

2️⃣ Кўчма маънода: саводли, ўқимишли одам.

3️⃣ Юқори табақаларга мансуб киши; жаноб.

Лекин бу маънода қўллаш ҳозир эскирган:

Мен чўриман, сиз мирзасиз, беквачча!
“Гўрўғли”.

4️⃣ Мирза (эркаклар исми).

Мирза йигит ибораси саводли, ўқимишли ёш кишиларга ҳурмат билан мурожаатда ишлатилган. Лекин бу ибора ҳам ҳозир эскириб улгурди.

Мирза сўзининг юқорида саналган биринчи ва иккинчи маънолари мирзо сўзида ҳам бор. Яъни мирзо сўзи ҳам котиб ва ўқимишли одам маъноларида қўллана олади.

Котибликни билдирганда тегишли атоқли отдан олдин ёки кейин келиши мумкин: мирзо Анвар, Анвар мирзо.

Агар мирзо нисба ёки тахаллусга айланган бўлса, бош ҳарф билан ёзиш керак: Мирзо Бедил.

@oriftolib
👍2
👍1💯1
Зулайхоми ёки Зулайҳо?

Х
ва ҳ масаласида ҳатто луғат тузувчилар ҳам адашиб туриши ҳақида олдинроқ айтиб ўтгандим. Бу ҳолат биз ўрганаётган исмда ҳам кўзга ташланади. Тўғри, ўзбек тилида исмлар луғати йўқ. Лекин киши номлари қатнашган бирикмалар луғатда изоҳланган, исмлар луғатдаги мисоллар ичида келган ҳолатлар бор.

Э. Бегматовнинг “Ўзбек исмлари маъноси” китоби (2007)да бу исм Зулайҳо кўринишида берилган.

“Навоий асарлари луғати” (1972)даги мисолда ҳам сўз ҳ билан ёзилган. “Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати” 2-жилди (1983)да баъзи мисолларда Зулайхо, баъзиларида Зулайҳо тарзида, 4-жилди (1985)да барча ўринларда Зулайхо тарзида берилган.

Изоҳли луғат (5 жилдик, 2006–2008)даги мисолларнинг барчасида бу исм Зулайҳо шаклида учрайди.

Хўш, аслида қандай ёзиш тўғри?

Исмнинг тўғри имлоси – Зулайхо. Нега?

Бу сўз бизга араб тилидан кирган. Қуръони каримда “Юсуф ва Зулайхо” қиссаси келади. Бу қисса Шарқ мумтоз адабиёти, жумладан, туркий адабиётда ҳам бадиий шаклда акс этган. Яъни, у асосида бутун бошли асарлар, ривоятлар ва ҳикоятлар яратилган. Ғазалларда эса бу қиссага ишоралар берилган.

Нега ҳ билан ёзиш оммалашиб кетган? Менимча, кимдир бошлаб берган хатони бошқалар давом эттириб кетаверган. Айниқса, эски ўзбек ёзувидан воз кечилгач, сўзда араб имлосидаги қайси ҳарф қўлланганини билиш имконияти йўқолган.

Ҳозирги имлога эски ўзбек ёзувидаги ҳойи ҳутти (ﺡ) ва ҳойи ҳавваз (ﻩ) ҳарфлари ҳ тарзида ўгирилади. Хе (ﺥ) ҳарфигина х тарзида ифода этилади. Зулайхо исмида ана шу хе ҳарфи қатнашган: زليخة‎.

📌 Демак:

Зулайхо
Зулайҳо

@oriftolib
Forwarded from Shokirjonov news
Бир воқеа мени жуда тўлқинлантирди...

Ўзлари ижара квартирада яшаб, боғча ёшидаги уч нафар ўғилчани тарбия қилаётган қўшниларимиз -- ёш оила: аёли фарзанд тарбияси билан банд, эр рўзғор учун ҳалол пул ишлаб, субсидияга уй оламиз деб тишининг кавагида йиғиб юрган 1500 доллар пулини 10.000 долларга ҳинд врачларга миясидаги шишни операция қилдирган бемор қўшнимизга бериб юборибди...

Қандай яхши одамлар бор-ей! Уларни деб ҳали қиёмат қўпмайди.

Сизлардан ҳар икки қўшнимиз ҳақига дуо қилишни сўраб қоламан. Бемор қўшнимиз тезроқ оғир дарддан фориғ бўлиши, нариги қўшниларимизни эса фарзандларининг камолини кўриши учун дуо қилиб қўйинг, яхшилар. Кўпнинг дуоси ижобат бўлади. Яхшилар кўпаяверсин.

👉 @shokirjonov
👍5
Davomi. Boshlanishi bu yerda.

Insho va uning rejasi

Hayotni qiyinlashtirishga ixlosmandlar murakkab rejalardagi bandlarni yana ichki bandchalarga boʻlishi mumkin. Menimcha, oʻta katta ehtiyoj boʻlmasa, bunday reja tuzmagan maʼqul.

Murakkab+ reja qolipi:

Sarlavha (insho mavzusi)

Reja:

I. Kirish. Insho yoʻnalishini ochib beruvchi band.

II. Asosiy qism:

1. Asosiy qismning birinchi bandi.
a) birinchi bandning birinchi kichik bandi;
b) birinchi bandning ikkinchi kichik bandi.
2. Asosiy qismning ikkinchi bandi.
a) ikkinchi bandning birinchi kichik bandi;
b) ikkinchi bandning ikkinchi kichik bandi.
3. Asosiy qismning uchinchi bandi.
a) uchinchi bandning birinchi kichik bandi;
b) uchinchi bandning ikkinchi kichik bandi.

III. Xulosa. Insho mavzusini xulosalaydigan band.

Kichik bandlar ikkitadan ortiq ham boʻlishi mumkin. Kichik bandlarni oʻzi tegishli boʻlgan katta bandlarga mos ravishda 1.1, 1.2, 2.1, 2.2, 3.1, 3.2, 3.3 tarzida ham raqamlash mumkin.

Ammo bunday sershox reja maktab yoki litsey oʻquvchisi yozadigan insho uchun keraksiz. Reja soddaroq boʻlsa ham, fikr va tasvirlar pishiq-puxta boʻlsa bas.

👉 1-qism
👉 2-qism

@oriftolib
👍5