Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
3.23K subscribers
30K photos
1.88K videos
51 files
3.86K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#Profilaktika

Voyaga yetmagan oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishqaratilgan profilaktik tadbirlar Oqqoʻrgʻon tumanida muntazam oʻtkazib borilmoqda. Xususan, bugun XTB tasarrufidagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Davomad” va “Tigʻ” tadbirlari oʻtkazildi. Unda
Oqqoʻrgʻon TIIB HPB katta inspektori mayor Gʻ.S.Abduraimov va Oqqoʻrgʻon tuman “Bolalar masalalari boʻyicha” shoʻba mudiri S.Sh.Abduvaliyev noqonuniy internet saytlari, noqonuniy diniy video, avdiolarni tayyorlash, saqlash va tarqatish, namoyish etish, tamaki maxsulotlarini isteʼmol qilish kabi jinoyat va huquqbuzarliklar toʻgʻrisida gapirib, bunday xolatga tushib qolmaslik uchun oʻz vaqtida dars jarayonlariga qatnashishlari, maktabda tashkil etilgan fan va sport toʻgaraklariga muntazam ishtirok etishlari, boʻsh vaqtlarida badiiy kitoblar mutaola qilishlari maqsadga muvofiq boʻlishi taʼkidlandi. Shuningdek, mobil telefondan maktabdan tashqarida va oilada xam maqsadli foydalanish lozimligi uqtirib oʻtildi.
#profilaktika

Bugun Oqqoʻrgʻon tumani XTB tasarrufidagi 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 3-sektor raxbari, IIB boshligʻi podpolkovnik I.T.Turgʻunov tomonidan oʻquvchilarga IIVning 2022-yil 29-sentyabr tasdiqlangan Yoʻl xaritasiga muvofiq oʻquvchilarga
“Jinoyat tushunchasi va uning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan Oqqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻining maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari kapitan Sh.Yu.Abdurahmonov, tuman IIB XPB VE va YOOʻHPTEG katta inspektor mayor Gʻ.S.Abduraimov va XTB mudiri M.Tojiboyev oʻquvchi-yoshlarga jinoyatning oldini olishning eng asosiy omili ilm olish, kasb-hunar oʻrganish va sport bilan shugʻullanish ekanini xalqchil misollarda tushuntirib oʻtdilar.

Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.
#profilaktika

Oqqo'rg'on tumani hokimligi bolalarni himoya qilish sho''basi bosh mutaxassisi G.Bekboyeva hamda Oqqoʻrgʻon tumani IIB HPB VEMB katta inspektor psixolog kapitan B.Toʻraqulov bilan birgalikda “Jagʻalboyli” MFY Sofdillik koʻchasi yashovchi fuqaro N. Boyboʻtayevani qaramogʻida qolgan voyaga yetmagan nevarasidan xabar olindi.

Chaqaloqning umumiy ahvoli oʻrganildi. Vasiyga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
#Profilaktika

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini "Yong’inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong’in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2023-yil 4-avgustdagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Yong’indan ogohlik” umummilliy kompaniyalari haqida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 26-avgustdagi 360-son farmoyishi ya'ni Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2023/2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo'yicha qabul qilingan farmoyishlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Hususan, tuman Gaz ta'minoti bo‘limida tuman hokimi o‘rinbosari Z.GNormatov boshchiligida tuman FVB, tuman Gaz bo‘limi xodimlari ishtirokida hukumatimiz va vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan farmoyish va qarorlarning mazmun mohiyati va ulardan ko'zlangan asosiy maqsadlar va favqulodda vaziyatlarning turlari va oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

@oqqorgon_hokimligi