Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
12.4K subscribers
30.2K photos
1.9K videos
52 files
3.92K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oramizdagi_qahramonlar

Unutmang, ular biz uchun mehnat qilishmoqda!

Aybni kimgadir yuklab qoʻyishdan osoni yoʻq. Sovuq tufayli oʻzimiz qoʻlimizni choʻntagimizdan chiqarishga erinayotgan bir vaqtda kimlardir biz uchun jon kuydirib mehnat qilyapti.

Sinovli kunlar oʻtkinchi,  birdam boʻlaylik, qadrdon!

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qish hukmronligini o‘tkazib turgan ushbu sinovli kunlarda aholi uchun munosib sharoit yaratish har qachongidan muhim.
Shu maqsadda Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Berdialiyev Oqqo‘rg‘on tuman hokimi A.Karimdjanov va boshqa sektor rahbarlari tumandagi ijtimoiy obyektlarning qishki shart-sharoitlari bilan tanishdilar.

Xususan, dehqon bozoridagi oziq-ovqat yarmarkasi, undagi mahsulotlarning sifati saqlanishi va narx-navosi nazorat qilindi. Sotuvchilarga sun’iy narx oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida tushuntirishlar berildi.

Tuman tibbiyot birlashmasida esa isitish tizimining holati, bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, qozonxonalar texnik imkoniyatlari, favqulodda holatlarga tayyorligi o‘rganilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
#jarayon
#inson_qadri_uchun

Oqqo‘rg‘on tumani DSI tomonidan tumandagi barcha hududdagi mahallalarda arzonlashtirilgan ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Bugun ham belgilangan tartibda barcha mahalla markazlarida ko‘chma savdo yarmarkalari tashkillashtirildi. Yarmarkalarda sifatli un va yog‘, go‘sht, poliz mahsulotlari, guruch va shu kabi yigirmadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda sotilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, ayni sovuq kunlarda tashkil etilayotgan bu kabi ko‘chma savdo yarmarkalari fuqarolarimizga yengillik bo‘lmoqda. Bu kabi ko‘chma savdo yarmarkalari belgilagan tartibda hududlarda davom ettiriladi.
#jarayon
#taraddud

Bugun Oqqo‘rg‘on tuman FVB va Xalq ta’limi bo‘limi hamkorlikda qishki ta’til cho‘zilgan joriy o‘quv yilining 4-chorak darslarini boshlash oldidan maktablarni isitish, favqulodda vaziyatlar oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishdi.

Yig‘ilishda tuman FVB boshlig‘i kapitan I.Nurmatov va XTB boshlig‘i M.Tojiboyev o‘tayotgan anomal sovuq dekadasida maktablar qozonxonalarini qayta nazoratdan o‘tkazish, gaz bosimi past hududlarda isitish quvurlarida suv muzlab qolmasligini muntazam nazorat qilish, gazlashmagan hududlarda esa ko‘mir va o‘tin zaxirasini etarliligini nazorat qilish, sinfxonalarda harorat belgilangan talab darajasiga etkazish va shu asosda darslarni tashkil etish lozimligi uqtirildi.

Yig‘ilishdan so‘ng tuman FVB xodimlari guruhlarga bo‘lingan holda maktablarda ko‘rilayotgan sharoitlarni o‘rganishga bo‘linishdi.