Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi
2.59K subscribers
24.8K photos
1.58K videos
43 files
3.17K links
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali

Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Download Telegram
#bilib_olgan_foyda

Yaldo kechasi...

🌒 21-dekabrdan 22-dekabrga oʻtar kechasi eng qisqa kun va eng uzun tun (17 soat) sodir boʻladi. Ushbu tun Yaldo kechasi deyiladi.

👉Manba
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga ajiotaj talab yuzaga kelganda tahlil o'tkaziladi

Hukumat qarori (716-son, 19.12.2022 y.) bilan Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi bo'yicha tizimli nazorat o'rnatish va zarur choralar ko'rish tartibi to'g'risidagi nizom tadiqlandi.

🔰Nizomga ko'ra, narxlarning keskin tebranishi holatlari yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda vakolatli organ tomonidan tahlil o'tkaziladi.

💰 Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranish davri ushbu mahsulotlarning narxi oxirgi 30 kungacha bo'lgan davrda Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng yoki undan yuqori darajada oshganda yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda, 6 oygacha bo'lgan muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

📝 Asosiy turdagi tovarlar narxlarining o'zgarish dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda:

🔸 bozorlar, savdo komplekslarida, chakana savdo tarmoqlarida, birjalarda kunlik shakllangan narxlar to'g'risidagi ma'lumotlarni;

🔸 statistika va bojxona organlari ma'lumotlarini (ma'lumot, byulleten va boshqalarni);

🔸 ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarni;

🔸 qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan ma'lumotlarni to'plash orqali monitoring o'tkazib boradi.

📁 Bozorda mahsulotlar (tovarlar)ning sun'iy taqchilligini keltirib chiqargan alomatlar aniqlanganda, vakolatli organ xo'jalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan o'tkazadi.

Nizom qoidalari yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallar hamda ushbu quyidagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi:

▫️bug'doy va un;
▫️qolipli non;
▫️mol go'shti;
▫️parranda go'shti;
▫️tuxum;
▫️paxta yog'i;
▫️kungaboqar yog'i;
▫️guruch;
▫️shakar;
▫️sut (qadoqlangan).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#bildirish

‼️ “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi “Usta Normat” MFY hududidagi mavjud D-250 mm li ichimlik suv quvurida nosozlik yuzaga kelganligi sabab mavjud muammoni rejalashtirilgan holda bartaraf etish maqsadida 2022-yil 22-dekabr kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha ichimlik suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatilishini ma’lum qiladi.

‼️Mazkur nosozliklar sohaga masʼul xodimlar tomonidan bartaraf etilganidan soʻng ichimlik suv taʼminoti tiklanib, bir meʼyorda uzatilishi ta’minlanadi.

‼️ Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ”Toshkent suv taʼminoti“ MCHJ Oqqoʻrgʻon tuman bo‘limi “Birlik”, “Mustaqillik”, “Usta Normat” MFYlar aholisiga ichimlik suv zaxirasi yaratishlarini eslatadi va ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

☎️Murojaat uchun:

+998705521082
+998705521207

✍️”TOSHKENT SUV TA’MINOTI" MCHJ Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi ijro nazorati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қозоғистон Президенти Ўзбекистонга давлат ташрифининг биринчи кунида Мустақиллик монументи пойига гул қўйди ва "Кўксарой" қароргоҳида дарахт экди

Президент Казахстана в первый день государственного визита в Узбекистан возложил цветы к Монументу Независимости и посадил дерево в резиденции "Куксарой"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#sana

Bugun — energetiklar kuni

Shu munosabat bilan mamlakatimiz energetika tizimi tarmoqlarida sharaf va masʼuliyat bilan xizmat qilayotgan soha hodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun mamlakatimiz energetika salohiyatini yuksaltirish, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, xonadonlarimiz, koʻcha va xiyobonlarimiz, umuman, hayotimizning barcha jabhalarini nurli va farovon qilishni mazkur tizim vakillarining fidokorona xizmatlarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, Istiqlolimizning ilk kunlaridayoq yurtimiz energetika tizimini mustahkamlash borasida oʻta muhim va strategik qadamlar tashlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, xalqimiz xizmatida tunu kun sobit boʻlib kelayotgan soha hodimlariga mustahkam sogʻliq, sharafli va masʼuliyatli ishlarida hamisha zafar va muvaffaqiyatlar, oilalariga tinchlik va xotirjamlik, baxt va iqbol tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев мамлакатимизга ташрифи доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев билан биргаликда Тошкент шаҳридаги Шайх Хованди Тоҳур ва Тўлабий мақбараларини зиёрат қилди.

Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев
в соответствии с программой пребывания в нашей стране вместе с Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым посетил мавзолеи Шайха Хованди Тахура и Тулебия в Ташкенте.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#yarmarka

Xalqimizga toʻylar, bayramlar yarashadi. Bu kunlarda elimiz himmatini dasturxonlarda koʻrish mumkin.

Yangi yil bayrami yaqin. Dehqon bozorlarimizda ham toʻkinlik, seroblik. Aholini arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash ham anʼanaga aylangan.

Ayni damda Oqqoʻrgʻon dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan. Ushbu rastadan goʻshtdan tortib shakargacha, shuningdek, ko‘plab poliz mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib olishingiz mumkin.
Диққат, сўровнома - 1⃣

Юқоридаги суратдан сиз таниган инсонлар - ҳудудларнинг ҳокимлари ўрин олган.

Сизнингча қайси ҳоким жорий йилда ёшларни кўпроқ қўллаб-қувватлади, уларга камарбаста бўла олди? Қани ёшлар, энг муносиб номзодга овоз беринг.

Сўровнома 29 декабрь соат 10:00 гача давом этади.

⚠️Эслатма: турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🎁Ғолиблар йил якунида тантанали тарзда тақдирланади.

Овоз беришда иштирок этиш учун ушбу каналга уланинг:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi
Forwarded from Daryo — LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biz avval mahallabay, koʻchabay va xonadonbay ishladik. Endi fuqarobay ishlab, fuqarolarga yordam beradigan tizimni Oqqoʻrgʻon tajribasi sifatida boshlaganmiz” – Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 2023-yilda bajariladigan eng muhim vazifalar haqida gapirdi.

@daryo_live
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
«HUDUDGAZTAʼMINOT» AJNING ISTEʼMOLCHILARGA MUROJAATI

Ushbu qish kunlarida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning dekabr oyi davomida barcha toifadagi isteʼmolchilarga 2 milliard metr kubdan ortiq tabiiy gaz yetkazib berildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 foizga ko‘pdir.

Shunga qaramasdan, dekabrning sovuq kunlarida 200 mingdan ortiq xonadon aholisi bosimning pasayishiga, 115 mingdan ortig‘i tabiiy gaz tanqisligiga duch keldi, bu esa fuqarolar o‘rtasida asosli norozilik va shikoyatlarni keltirib chiqardi. “Zangori” yoqilg‘ining tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida tabiiy gazni sanoat korxonalari, avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari, boshqa yirik ulgurji isteʼmolchilardan, aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltirish bo‘yicha barcha choralar amalga oshirildi.

Natijada 16,4 mingdan ortiq yuridik shaxslarining gaz yetkazib berish reja jadvallariga vaqtinchalik cheklovlar va o‘zgartirishlar kiritilgan. Tejab qolingan tabiiy gaz, tanqislik bilan bog‘liq masalalarning oldini olib, 3,5 milliondan ortiq isteʼmolchilar va ijtimoiy soha obyektlarining ehtiyojlariga yo‘naltirilgan.

Taʼkidlash joizki, «Hududgaztaʼminot» AJ doimo isteʼmolchilarni tabiiy gazdan oqilona foydalanishga va uni tejashga chaqiradi. Shunga qaramasdan mavjud vaziyatga befarqlik holatlari uchramoqda. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan monitoring shuni ko‘rsatdiki, bitta isteʼmolchi tomonidan kuniga o‘rtacha gaz isteʼmoli 35 metr kubni tashkil qiladi. Bu hajm uyni isitish, ovqat tayyorlash va suvni qaynatish uchun yetarlidir. Shu bilan birga, «Hududgaztaʼminot» AJga onlayn tarzda kelib tushadigan hisoblagich ko‘rsatkichlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, isteʼmol hajmi kuniga 35 metr kubdan 318 metr kubgacha bo‘lgan uy xo‘jaliklari mavjud.

Shunday qilib, TGNHAT tizimi shuni ko‘rsatdiki, sovuq kunlarda o‘rtacha 2 663 297 isteʼmolchi 35 metr kubgacha gazdan foydalanadi, bu esa kuniga 44,3 million metr kub tabiiy gaz yoki umumiy hajmning 67 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, 443 002 isteʼmolchi 35 metr kubdan ortiq foydalanadi, bu esa kuniga 22,1 million metr kub gazni tashkil qiladi. Yaʼni, isteʼmolchilarning 14 foizi mamlakat aholisiga yetkazib beriladigan tabiiy gaz umumiy hajmining 33 foizini isteʼmol qiladi. Ushbu hisob-kitoblarga markaziy isitish tizimiga ega bo‘lgan xonadonlar isteʼmolchilari kiritilmagan.

«O‘zgidromet» ning havo harorati pasayishi haqidagi maʼlumotlariga ko‘ra, aholi va ijtimoiy soha obyektlari o‘rtasida tabiiy gaz isteʼmoli ko‘payishi kutilmoqda. Soha mutaxassislari har bir xonadon va uy xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazilib berilishi, isteʼmolchilarning “zangori” yonilg‘ida muammolari bo‘lmasligi va shinam sharoitda bo‘lishi uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Tabiiy gazni isteʼmolchilarga teng va adolatli taqsimlanishida, fuqarolarning qo‘llab-quvvatlashi hamda bevosita ishtiroki juda muhim sanaladi. Yaʼni xonadonlardagi isitish qozonlari harorati va termoregulyator tezligini biroz pasaytirilishi, “zangori” yoqilg‘idan birlamchi ehtiyoj uchun foydalanilishi, shuningdek, ehtiyojdan ortiqcha gaz uskunalaridan foydalanmaslik, gaz taʼminotida uzilishlar kuzatilayotgan uy xo‘jaliklaridagi muammolarni oldini olishga yordam beradi.

Shu munosabat bilan «Hududgaztaʼminot» AJ hurmatli isteʼmolchilarni mavjud vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, tabiiy gazdan imkon darajasida oqilona foydalanishga chaqiradi.
Gaz taʼminoti bo‘yicha barcha turdagi muammo, savol va takliflarni 1104 call-markazi yoki 104 qisqa raqamlariga qoldirishingiz mumkin. Gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari tomonidan har bir murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish uchun zarur choralar ko‘riladi.

"Hududgaztaʼminot " AJ matbuot xizmati
#qishloq_xoʻjaligi

Boʻsh turgan maydonlar davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarorlariga koʻra, Piskent, Parkent, Ohangaron, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq, Qibray, Bekobod, Boʻka hamda Toshkent tumanidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Hujjatga koʻra, Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari X.Niyozov zimmasiga yuklatilgan.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sinov_test
#Ixtisoslashtirilgan_maktab.

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarning bilim-salohiyatini oshirish, test topshirish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida || chorak uchun o‘tkazilgan choraklik summativ baholash sinovi jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

🔰O‘tkazilgan test sinovlari ixtisoslashtirilgan aniq fanlar doirasida o'tkazildi.
💎Test jarayoni haqqoniy, shaffof o'tkazilishi alohida nazoratga olindi. Test natijalari ikki variantda, ya'ni 1-2-variantlarda olindi.

📑📝Bu kabi sinov testlari o'quvchilarning o'z ustilarida ishlashga, kamchiliklarini bartaraf etishga imkoniyat yaratib beradi.
♻️Biz ijtimoiy tarmoqlarda ⬇️

|Facebook |Telegram |Instagram |